October 17

CHO'RI {Maid}

Sea Silverstone

6 - BOB - [ Quyosh chiqishi ]

Flashback - Bir soat avval - [ qo'rg'on omborxonasi ]

Omborxonaga bir qancha mevalarni joylashtirgan Mina, ularni qaytadan tekshirib chiqardi. Mevalar tabiy va o'z holida saqlanishi uchun qiz yaxshigina harakat qiladi. Tezroq ishini bitirishga harakat qilib, qo'llarini harakatga keltirdi. .....bir qancha vaqt o'tganida omborxona eshigi ochilganini payqadi qiz. Aslida bu yerga undan boshqasi kirmasdi. Ammo bazida Xena qizning ishlarini tekshirish uchun kirib turardi. Buni qarangki hozir u keladigan vaqt emas.!

Mina boshini ko'tarib kelgan insonga qaraganida, sekin yutundi. Sona bu yerga kirmasdi. Bu nimanidir anglatadi, u qizdan hohlagan narsasi Minani qo'rqitdi.

--- vanihoyat yana uchrashdik cho'ri..."yolg'iz"....

Sona "yolg'iz" so'ziga urg'u berdib o'tdi. Qo'lidagi dazmolni o'ynagancha, atrofdan razvetkani izladi. Minaning hayollari tarqoq. Ayni damda Sona nima qilmoqchi ekanligini bilmaydi. Shunday bo'lsa ham, ko'ngli yaxshi narsani sezmadi.....Sona dazmolni razvetkaga qo'yib, yuzida axmoqona tabassum bilan so'z qotdi.

--- bilasanmi nima uchun aynan buni tanladim..? Chunki u og'ir, va mustaxkam. Ho'sh og'irligi nima uchun kerak? Chunki u issiqni ko'p vaqt davomida ushlab turadi. Bu esa uning harorati yuqori seltsiylarda bo'lishini taminlaydi. ....To'g'ri, eski rusumda, extimol 88 - yoxud - 89 - yillarga tegishlidir lekin bu tanaga yetarlicha azob keltirib beradi. Va buni sinab ko'rishimiz mumkin......Extimol chala qolgan so'zimizni tugatib ham qo'yarmiz....nima deysan qul.!

Minaning ko'zlarida qo'rquv uchquni ko'rindi. Axir Sonaning shuncha gaplaridan keyin ham qo'rqmasinmi.? Tanasiga keladigan azoblarni his qildi. Sekingina yurgancha eshikdan chiqib ketmoqchi bo'di. Lekin Sona abjir edi, tirsagidan tutib, yerga uloqtirib yubordi.

--- qocholmaysan.! Eshikni qulflamaydigan darajada axmoq emasman...

Sona mazaxomus oxangda tabassum qildi. Bir necha qadam bosar-bosmas cho'ntagidan allaqanday qog'oz chiqardi. Yozilganlarni o'qigan bo'lib, xiringlab kuldi

--- hey qul.! Bu varoq esingdami.? O'shanda o'qib bermagan eding.....ammo bu safar chiroyli ovozing bilan o'qib berasan...

Sona yerda tirsakka suyanib qolgan Minani zo'rlab turg'izib, dazmol oldiga olib keldi. Qo'lidagini ko'zlari oldiga tutgancha tishlari orasida vishshilladi

--- o'qi.! Hoziroq......o'qimasang cho'g' kabi qizib turgan dazmol badaningdan joy oladi...

Sonaning po'pisalaridan jovdirab qolgan qiz, yutinib yana o'sha tushunarsiz qog'ozga tikildi. Hech nima tushunarli emasdi. Mina yozuvlarning birortasiga tushunmadi. O'sha galgidek, tikilib turishda davom etdi. Extimol nimanidir anglashga umid qilib, qog'ozga sinchiklab boqdi. Miyyasidagi begona so'zlar, harflarning bari yarasini tirnagandek, qayta qayta aylanardi...

--- yana ko'p kutamanmi.? CHO'RI.!!!

Badanida qaltiroq turdi. Sonaning vaxshatidan, seskandi. Qilolmaydi....! Bilmagan harflarini bir onda qanday qilib bilib olishi mumkin....Unda o'qish bo'yicha hech qanday bilim yo'q. Tanasidagi ruh jasaddan ko'chdiyu, yerda toptaldi. Bilmaslikning azobi og'ir.....

Sona mazaxladi. Qilolmasligini biladi, ammo o'lja bn ozroq o'ynashishni hohladi. Qog'ozga Minaning ko'z yoshlari tomganini ko'rganida, uni olib qo'ydi. Dazmolga ko'z tashlab u allaqachon qizigan ekanini angladi. Qo'pol harakat bilan qizni siltab yerga otdi.

--- unutadi deb o'ylaganmiding..?

Qiz qo'lida qizdirilgan dazmol bilan unga yaqinlashar ekan, Mina sekin yutungancha halittan og'riqni his qildi. Jovdiragan ko'zlari bilan Sonadan o'tinch so'radi go'yo..

--- menga bunday qarama.! Akam nimani o'ylaganini bilmayman..Ammo uzog'i bir kunlik shaxsiy* munosabatlardan uyog'iga o'tmaysan...oxirida esa sen foxisha* cho'riga aylanasan..!

Avvaliga so'zlar bilan ezish, so'ngra haddan tashqari issiq bo'lgan dazmol bilan ezishga o'tildi....Sona qizning og'riqni ovozini yoqtirmay, yon-yeridagi chang artgich bilan unini o'chirdi. Kuchi boricha dazmolni Minaning bilagiga bosdi. Dazmolning o'lchami qizning kichik bilagidan ham tashqariga chiqib turardi.

--- ey qul.! Keyingi safar zinxor menga yuz burmaydigan bo'lasan.! Har safar menga ko'zingni ko'tarib qaraganingda, shu onni eslab badaning zirqiraydi...

Minaning yuzidan sirpalgan og'riqli ko'z yoshlari, og'zidagi kir va chang bo'lgan matoga oqib, ho'l qilardi. Yuzlari og'riqdan qizarib, ichidagi bosimni tashqariga chiqara olmagani uchun ham qiynalardi.

Oxirgi bor dazmolni bosganida tashqaridagi shitirlagan tovushlarni eshitgan Sona, tezda uni oldiy-u, bir chetga qo'ydi. Yerga yonboshlab qolgan Minaning tepasiga kelib turdi.

--- bu on hotirangda yaxshi muxirlandi deb umid qilaman qul.!

Flashback - tugashi ..........!!!

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

Erta tongning mayin shamoli, etni junjuktirib odamga zavq beradi. Hali quyosh chiqib ulgurmagan. Osmon asta qizarishni boshlaganida qiz stolga cho'kdi. Yuzida allaqandan halovat. Uzoqdan elas elas qushlarning sayrashi.....qo'rg'onda hali beri hech kim uyg'onmasa kerak. Hovlida ishlarini tugatib, unga zavq beraoladigan mashg'ulotini qilishga chog'landi. ....Extimol u hursand..balki kecha tunda uning farishtasi kelgan. Bir necha kunlar oralig'ida onasini tushida ko'rmay qo'ygan qiz, allaqachon ham ruhan ham jismonam tushkunlikka tushgandi....Ammo kecha, onasi uning qo'lini silaganida og'riqlar o'tib ketgan....Qo'lini bezab turgan katta dazmol izi turgan bo'lsada, og'riq yo'q.!

--- Mina~

Sapchib ketdi qiz. Qarshisida turgan Soobinni ko'rganida qo'llarini bir biriga bog'lab asta yerga qaradi...

--- qo'rqitib yuborganim uchun meni kechir....

Mina ishonqiramay Soobinga qisqagina tikildi. Bu yigit kelganidan buyon uni hayratda qoldirishdan to'xtamaydi. Qiz uni bu uydagilarga qanday bog'liqlik tomoni borligini o'ylay boshladi

--- o'tirishing mumkin...

--- a-haligi-i.....sizga nimadir kerakmi....?

--- yo'q hech nima kerak emas.....aytmoqchimanki sen bilan birga o'tirmoqchi edim...

Mina unga hayrat bilan qaradi. Hech qanday reaksiyasiz Soobinning yuziga tikildi. Soobin qiz ishonmaganini payqadi shekilli avval o'zi stolga o'tirib oldi.

--- kel men bilan o'tir...

---.......

Soobin qizning hali ham jovdirab turgan yuziga tikilib ho'rsindi. Nazdida qiz haddan tashqari qo'rqoq. U buni uyga kelgan kuniyoq bilgandi. Extimol endi tushunishni boshlagan, qiz qanday qilib holasiga chidayotganini.

--- Mina..! Kel va men bilan o'tir.! Senga hech nima qilmayman.! Menga ishon..!

Ishonch.! Mina ushbu so'zni eshitganida sekin nafas chiqardi. Extimol kecha u ozroq ishonishni boshlagan insoni unga nima qilgani esiga tushgan. Taehyungga yaxshi inson sifatida qarashni boshlagandi. Ammo kecha u, hali bu haqda hech qanday tasavvuri bo'lmagan qizni hohishiga qarshi qoniqdi. U o'sha vaqtda faqat o'zini o'ylagan........shunga qaramay qiz Soobinning yonidan joy oldi. Uni ikkilantirgan yagona narsa, agar uning so'zlarini qilmasa, shu uchun ham jazo olishi mumkin edi...

--- shu qadar erta uyg'onasanmi.?

--- men.....qilishim kerak bo'lgan ishlar tufayli

.

--- yoshing nechida

Soobin ortiq ish haqida gapirishni istamadi. Holbuki Mina haddan ziyot ko'p ish qilar ekan, uni necha yoshda ekanligini bilishi kerak.!

--- m-menimcha bu yil qish oxirida 17- yosh bo'laman...

--- nima.? 17 yosh.? Sen juda kichiksan..! Nega maktabga bormaysan..?

--- bilmayman....menga hech kim maktabga borishim kerakligi aytmagan. Men deyarli tashqariga chiqmaganman...

Mana endi borgan sari yigit hayratlanmay qoldi. Extimol qiz haqida, bu uyga kelganida eshitgan. Balki ko'rgan ham, biroq buni jiddiy qabul qilmagan. Aslida uning o'z shaxsiy hayotida ham katta o'zgarishlar bor edi. Holasining uyiga esa kamdan-kam kelardi. Bu holatda bunday narsalarga e'tibor berish oson emasdi.

Soobin. Haqiqattan ham juda humuomila yigit. U hech qachon kimsalar haqida noto'g'ri fikrlarga bormaydi. Avvvaliga u o'ylaydi. Noto'g'ri ishni qilgan inson haqida, keyin o'sha ishning sabablari haqda. Oxir oqibatda u doimo o'sha inson haqida yaxshi fikr bilan chiqadi. "Har kimning ham o'z sababi bor" degan tushuncha bilan yashaydi. Extimol bu ba'zi vaqtlarda teskari tarafga ishlaydi, ammo Soobinning tushunchalariga bu to'g'ri kelmaydi. U shunday harakterga ega inson.!

--- menga yoqtirgan ishlaring haqida gapirib beraolasanmi.?!

Soobin shu damda qizni qaytadan ilojsizlik botqog'iga ko'chtirishni istamadi. So'zlarini yaxshi tarafga qayta yo'naltirdi. Holbuki u qiz g'amgin bo'lib qolishini istamaydi

--- ......men yoqtirgan ishlar....gullarni parvarishlash...

--- demak doimo gullar oldida bo'lishing sababi ham shu ekanda

Mina sekin beozorgina bosh qoqdi.

--- ho'sh yana.....hammasini bilishni istayman...

Mina ozroq o'ylandi. Nazdida Soobin u uchratgan insonlarga o'xshamaydi. Haqiqattan ham u o'zgacha. Ammo bir safar ham kimdir haqda shunday o'ylagan, ko'ringanidek o'sha kimsa qiz o'ylaganidek yaxshi bo'lib chiqmadi. ........Yana bir safarga qiz sodda qalbi bilan kimnidir yaxshi inson ekanligiga ishondi. Uning ko'ngli qanchalar parchalarga ajralib, tubsizlikka ko'milgan bo'lmasin, u qaytadan ishonishda davom etadi.......Na chora, bu beg'ubor qalb..!

--- bilasizmi....hayotimdagi eng ajoyib narsa bu "quyosh chiqishi" uni ko'rganimda tirik ekanimni his qilaman. Nafas olganim ovozini eshita olaman. Extimol shuning uchun ham hayotimning tugash nuqtasida "quyosh chiqishi"ni ko'rishni istarman...

--- ammo bu go'zal hotima emas..

--- hayotimda bor bo'lgan bundan go'zal narsani bilmayman...

Ho'rsindi Soobin. Hozirda qizga aytilgan harflar ham ko'nglini og'ritishi mumkin. Indamadi. Jim qoldi. O'zida aytish uchun munosib so'zlar topmadi. Amin bo'ldiki, qiz juda toza. Sekingina uning quyoshda tovlangan mayin yuziga tikildi. Mina quyoshning takrorlanmas mo'jizasidan baxra olgan kabi, Soobin ham qizning yuzidan baxra oldi...

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

Ertalabgi nonushtadan so'ng Taehyung doimiy ishiga sho'ng'idi. Bugun dam olish kuni. Bu shuni anglatadiki, u mashina tuzatish bilan band bo'ladi. Bu ish uni chalg'ituvchi yagona mashg'ulot....

Qo'llaridagi moyni artib tashlar ekan, chetda turgan sigaretani labalari orasiga qistirdi. Ustiga "lola" shakli tushirilgan yondirgich bilan sigareta ishini boshladi. Allanechuk hal qilinmagan ishlar bilan tutunni tashqariga chiqardi......Oyisi Xena nonushtada singlisi Sonani ishga olishi kerakligini talab qilgan. Lekin Taehyung hattoki bilim yurtida o'qimagan qizni, oliy toifali hodimlardan iborat bo'lgan kompaniyaga qanday qilib ishga olishi mumkin. Holbuki Sona hattoki farroshlikdan ham habardor emas. Albatta Taehyung unday qilmaydi, va buni qatiy rad etgan. Natijada Jungha va Xenaning g'azabdan tirishgan yuziga duch kelgan. ......Taehyung bunday narsalarga e'tibor beradigan inson emas. U butunlay e'tiborsiz qoldirdi buni. Hayotida bundan ham jiddiyroq muammolar bisyor...Aytaylik cho'risi Mina..!

U kechagi roxatbaxsh "bo'sa"ni o'ylab lab chetida katta jilmayish hosil qildi. Va qiz hushidan ketgani va uning o'zi uni honasiga joylashtirganini ham. Ko'rinishidan Taehyung u hushida bo'lmagan vaqtda ham uni kuzatib o'tirgan. Ammo gap ham shunda...Halicha u bu tuyg'ularning oxiri qayerga olib borishini bilmaydi. Hohishlar, istaklar, hissiyotlar..!

Bu haqda doimgidek ko'p o'ylashni hohlamadi. U shunchaki yo'l oxiri qanday bo'lishini kuzatadi. Oxirgi bekatni........

Kutilmaganda ko'zlarida qorayish hosil bo'ldi. Mina bilan Soobinni ko'rganida. Taehyung erta tongdan, hali quyosh yer yuzini isitmasidan Minani habar olmoqchi bo'lgan. Tongga yaqin uni tark etgan bo'lishiga qaramay, hushida emasligi sabab undan havotir olgan......Lekin kutilmaganda u ikki jussaning suxbatlashib turgan holatiga dush kelgan. Anachayin g'azabga berildi.....!

--- MINA~

yigit uni chaqirganida, qiz yurgan yo'lidan to'xtadi. Qo'lida turgan axlat chelakni sekin pastga qo'ydi...

--- yonimga kel..!

Mina avvaliga qo'rqib joyidan qimirlamadi...lekin unga yopishgan qora ko'zlarni sezganida itoatkor u tomon bordi..

--- Soobin bilan nimani gaplashdingiz..?

Lablari orasida sigaretaning tutunini chiqarib, sokin savol berdi. Ammo bu qo'rqinchli edi...

--- h-hech nima...

--- 45 daqiqa davomida shunchaki bir-biringizga qarab lablaringizni qimirlatib o'tirdingizmi..?

Minaning tanasiga sovuq ter tomchilari oraladi. Shundoq ham kechagi hodisa sabab Taehyungdan katta masofa saqlashno boshlagan. Hali ham o'sha holat nimani ifodalashini anglab yetmagan...

--- m-men........sh-shunchaki suxbatlashdik......

--- nega..? Boshqa qiladigan ishing yo'qmidi...?

--- k-kechiring....

--- men sening XO'JAYININGMAN shunday ekan mendan boshqasi bilan shunchaki suxbat ham qurmaysan.! Aks holda siz qurgan o'sha suxbatni oyoqlarim ostida toptayman..tushunarlimi...?

---........

--- TUSHUNARLIMI DEDIM...???

β€” h-ha.....

Qizning ko'zlaridagi yosh tezlikda tomchiladi. Taehyung chuqur ho'rsindi. Ko'zlarini hafsalasizlik ila yumdi....boshi quyi egilgan, qo'llari bir-biriga bog'langan, tanasi esa titrab turardi.

Taehyung lablari orasiga sigaretani joylab, oldinga yurganida qiz ortga tisarildi. Ammo yigit ancha tez va ulkan. Qizning qo'llari tezda ushlab, bilagini yopib turgan kiyimini tepaga ko'tardi ...

--- buni kim qildi...?

Ko'rinishidan kecha allaqachon buni bilgan.

--- h-hech k-kim...

--- aldayabsan......g'azablantirma meni...!

--- m-men buni o'zim qildim......b-bilmasdan....

Taehyung ichi achigan ko'yi, ulkan dazmoldan qolgan izga qaradi. U buni kim qilganini shundoq ham taxmin qilib turibdi.

--- nega yarani davolamading.?

--- b-bu og'riq bermadi....

Taehyung ajablandi. Shunday bo'lsa ham qizni yolg'on gapirishda ayblab, jim qoldi...

--- kim qilganini hali ham aytmaysanmi.....?

--- m-men q-qildim -bun-buni....

--- yaxshi......allaqachon ayon bo'ldi...

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

Muallif: Sea Silverstone

Nice read readerπŸ“š

@ABYSS_FANFICTIONS