February 3, 2025

CHO'RI [Maid] - 11 - BOB

- o'sha kechadagi kabi ismimni takrorla..!

Aql bovar qilmaydi, qanday qilib yigit bunchalikka bora oladi. Qizning kichik kaftlari ko'proq qisildi. O'sha nonoq aqli bilan vaziyatdan chiqib ketishni tinmay o'ladi.....

- ismimni ayt....!!!..

Bu safar dag'alroq edi. Har bir ohangdan yigit uni devorga siqib boradi. Taqdirga tan berish har doim shunday qiyin bo'lganmidi..? Qancha o'ylamasin, ziyon ko'rmasdan turib vaziyatdan chiqib bo'lmadi. Bu axir Kim Taehyung edi......!.

- T-taehyung....

Yerga kirib ketguday bo'lib qiz takrorladi. Qanday achinarli ko'rindi o'ziga....

- yana...! Yana ismimni ayt..!!!

U jiddiymi..? Qizning imkonsiz holatidan shunchalik zavqlanadimi.? Mina lablarini bir biridan ajratishi shunchalik qiyin bo'ldik-i..... nima bo'lsa ham shu inson uning xo'jayini edi....

- T-taehyung-g......

- yana....!

- t-taehyung-g....

- yana....!

- T-taehyung-g......

Hech o'ylamaganda yigit qizning yelkasiga boshini bexol tashladi. Nafas ritmi noteks va bejo......

- seni jazolayman...!.....meni aqldan ozdirganing uchun...! Men....menga nima qilding o'zi..?!

Taehyungning ovozi yo'g'on va qo'rqituvchi. Har nafas olganida qizning bo'yni kuyib ketgandek bo'ladi. Bu aqldan ozdiradigan muhit qachon tugaydi o'zi...?!

- j-janob men ketish k-kerak...

- men bilmayman qachon bunday bo'lganini.. meni telbaga aylantirding......nega. ? Nega bunday qilding..? Kim Taehyung bunday emasdi.. u hech qachon o'z chegarasidan chiqmagan. Chiqmasligi kerak edi......s-seni deb shunday bo'ldi...! Mendan o'ch olmoqchi edingmi .....? Meni tamom qilmoqchimiding..a..? S-sen yutding....meni tor-mor qilding.....endi g'alabangni nishonla.....chunki men seni aqldan ozar darajada sevib qoldim..!!!

Qiz so'zlarni qayta-qayta taxlil qildi. Bu erkak unga nimalar deganini o'ylab chiqdi. Ammo baribir natija bir hil. Yigit unga butunlay tan oldi.....Hammasini boricha to'kdi.....Lekin aqlga sig'maydi. Balki yigit uni aldagan, ozroq ozroq o'ynashmoqchi bo'ldi, balki aqli o'zida emasdir... Lekin voqealik bularni barini rad etdi. Minaning bo'ynini kuydirgan o'sha nafas, hali ham juda betartib.

Yigit hammasini to'kib sochganidan keyin, javob kutdi. Hech bo'lmaganda uning qaltiroq ovozini eshitishga ham tayyor edi.....lekin qizning titroq nafasidan o'zgasi emasdi..

- sen....javob bermaysanmi..?

Oxiri toqati toq bo'lganida, Taehyung sekin bosh ko'tardi. Javob olmagani uchun jaxl bilan qaradi...

- m-mazur tuting j-janob....

- ho'sh...?..

Qiz yuzini burib, ilojsizlikdan labini qon ketguncha tishladi. Ushbu sukunat doimgidanda yomonroq bo'ldi..

- sukut saqlayabsanmi.? Yoki meni ilojsizligimdan rohatlanyabsanmi..?

- k-kechiring janob.....

Taehyung sekin ovoz chiqarib kuldi...mazaxomus, va alam bilan. Qizda bu ilk marotaba bo'lgani kabi yigitda ham bu birinchisi edi......

- men...men sendan nima kutdim o'zi..? Sen oddiy qul bo'lsang....

Minaning yuragiga nimadir kirgandek sanchidi. Taehyungning tan olishi kutilmagan edi, lekin bu so'zlar undan ham kutilmagan bo'ldi. Va ko'proq og'riqli....qiz ham bu odamdan nimadir umid qilib qo'ygandi...

- m-men ketaman....

Mina bor kuchini to'plab, yigitni o'zidan itardiy-u, go'yib bo'lish uchun shoshdi. O'zida bo'lgan hamma kuchni to'plab, yig'lamaslikka tirishdi.......Hech bo'lmaganda u Minaga bunday gaplarni aytmaydigandek ko'ringandi. Taehyung qancha qizni majburlasa ham, bunga jur'ati yetmaydigandek ko'rindi qizga.... va yana u adashdi. Isonlardan qanday qilib bunday narsalarni kutishga haddi sig'di...?! Qiz ishongan hamma narsa yana bir bor sinib ketdi...

≈≈≈≈≈

Kechadan beri hayoli bir joyda bo'lmagan yigit, ishlashdan mano yo'q ekanligini bilib uy ostonasiga qadam qo'ydi. O'zidan farq qilgan holda haddan tashqari o'ychan...

- o'g'lim Taehyung....

Yigit uy yo'lagida o'ychan to'xtab, yugirgilab kelayotgan onasiga qaradi. Va shu bilan atrofga ham. Bazm..! Bu uyda hozir bazm ketardi. Taehyung esa buni deyarli uyga kiray deganda angladi. Onasi ham anchayin hashamdor kiyingan ko'rinadi. O'g'lini ko'rib sevinib ketganinichi...

- oyi..?

- nihoyat kelding...Hyunsukka qattiq tayinlasam ham ertaroq kelmading....mayli ichkariga kir. Hamma seni kutyabdi.

- bazm ekanligini aytmagan eding Hyunsuk..

Taehyung g'azab aralash sokinlik bilan yonidagi yordamchisiga o'girildi.

- j-janob men sizga ko'p marta ayttim. Lekin siz meni eshitmadingiz. Hattoki mashinada ham.....

Taehyung shunga o'xshagan so'zlar aytilganini esladi. Lekin to'liq emas. U bugungi bo'lgan deyarli hamma ishlarni eslolmaydi. Hayoli juda band. Va hato qilgani uchun qattiq pushaymon.

Yigit bundan buyog'iga qarshilik qilolmaydi. Onasi uni majburan bazm bo'layotgan zalga olib kirdi. Mamlakatning qurilish sohasida yetakchi kompaniyasining uyidagi bazm albatta hashamdor bo'ladi. Bu oddiygina yig'ilish bo'lsa ham farqi yo'q. Erkak va ayollar o'zlarining darajalarini belgilab beradigan liboslar bilan bezanishgan. Yuzda tabassum, so'zlardan soxtalik tomchilaydi. .

- mening o'g'lim bilan tanishing Kim Taehyung....

Xena davra ichida bir nechta ayollarga o'g'lini ro'baro qildi. Hech bo'lmaganda bunday davrada orasi yaxshi bo'lmasada o'g'li bilan faxrlanish qanday zavq beradi...!?

- hey bu Taehyungmi..? Hattoki yaqin orada ko'rganimda ham 18 yoshli tirishqoq bola edi. O'sha paytdagi sovuqqonligini eslayman...kitoblardan bosh ko'tarmasdi..

Xenaning yaqin ulfatlaridan bir ayol Taehyungning yoshligini eslab o'tdi. Taehyung bu atmosferada qanchalik bo'g'ilib ketmasin, yaxshi xulqli erkak kabi turishda davom etdi...

- u kimning o'g'li ekanligini unutma..

Maqtangan bo'ldi Xena. Aslida ziyofatdan asosiy maqsad, o'g'lini kelini bilan uchrashtirish. Rejalangan holda rejalashtirilmagan uchrashuv. Yaqin ulfatining latofatli qiznini o'g'liga to'g'irlab qo'ydi. Hattoki buni yashirmoqchi ham emas.

O'g'lim qizimni eslaysanmi..? Yura . Kelganimda o'zim bilan olib kelgandim...

- men....eslayman. Yosh honimni..

Ayolning ko'zlari chaqnab ortida turgan qizni tezda oldiga o'tkazdi. Imkoniyat..

- hayirli kech janob Kim Taehyung..

- sizga ham Yura honim...

Ikkisi bir biriga mulozamat ko'rsatganidan keyin kattalarning suxbati ulanib ketdi. Endi Taehyung yuzidagi soxtalikni yashirmay ham qo'ydi..

Qiz...juda jozibali edi. Harakatlari nafis, tabassumi o'zgacha, nigohlari honimlarnikidek. "Kim" lar honadoni uchun mukammal kelin edi. Lekin Taehyung unga bir marta qaraganicha qayta qarami. Nigohlari uni faqat bir marta uchun loyiq ko'rdi. Qayta uni ko'ngli tusamadi.

- o'g'lim Yura qizimni kuzatib qo'y. Kech bo'ldi, yo'lg'iz ketmasin..

- yaxshi..

Ikkisi yonma-yon hovli tomon yurishdi. Barchaning e'tibori yosh honim va Taehyungda edi. Hamma uchun ular juda mosdek ko'rindi. Shunday qilib ularning hayolida aynan shu narsa "bo'lajak oila" tushunchasi shakillandi. Va hayratlanarli hech nima yo'q edi..

- janob Taehyung....ochiqroq gaplashsak bo'ladimi..?

- ha...

- buni yashirish kerak deb o'ylamayman. Chuni buni hamma biladi. Yani bizni unashtirmoqchi ekanliklarini.

- extimol shundaydir...

Sekin tabassum bilan javob qildi Taehyung..

- Xena holam bilan yaqin ekanligimizni bilsangiz kerak. Bu turmush foydali bo'lishiga ishonchim komil. Axir biz ikkimiz ham tarbiyali va oq sukay janob va honim emasmizmi..?! Demoqchi bo'lganim aslida biz kabi martabali oilalar shunday quriladi. Bu sog'lom fikrlash...!

Ikkisining ham qadamlari mayda. Taehyung Yuraning so'zlarini haddan jiyot jim holda tingladi. Yuzidan aynan nimanidir o'qib olish imkonsiz ish.

- demak sog'lom fikr...?

- shunday...!

Yura qaddini tik qilib, mag'rur jabob berdi. Aynan hozir u mukammal nutq qilganiga ishonchi komil edi...

- bilasizmi yosh honim.? O'ylaganimdan ham aqilsiz ekanligingizdan qattiq ranjidim. Va eng kulgulisi osti chirik bo'lgan fikrlaringni "sog'lom" deb atashing.!

- bilmayman men haqimda qanday fikrdasan ammo men sen o'ylagandan ancha yomonman. Hozirdan chiritishni boshlagan aqling bilan uzog'i mening hisobchimga rafiqa bo'lishni uddalaysan..! Shunday ekan yaxshilab harakat qil.!

Taehyung ulardan ko'p ham uzoq bo'lmagan masofadagi yordamchisini yoniga chaqirdi. Kelishi bilan ustidagi kostyumini olib qizning ustiga tashladi.

- yosh honim uchun sovuq bo'ladi..

Va u qizni masxara qildi. Taehyung Yuraning jaxldan qizargan yuzini ko'rishni kutmay ortga o'grildi.

- Hyunsuk honimni uyiga eltib qo'y, keyinroq senga yangi kostyum olib beraman....

Taehyung Hyunsukning yelkasiga qoqib, ko'rinib turgan kichik kulbaga nazar tashladi. Chiroqlar yoniq...!

- honim mashinaga mining..

Hyunsuk

Yura hotirjam bo'lishga tirishdi. Yordamchi oldida izza bo'lgani ko'plik qildi. Ustidagi kostyumni yulib oldiy-u, yon yeridagi axlat chelakka otdi..

- yangisini sotib olsangiz eskisi kerak bo'lmaydi...

Hotirjam tabassum bilan mashinaga mindi. U kutgan birorta reaksiyasini olmadi. U o'ylagan Kim Taehyung o'ylagandan ham boshqacha bo'lib chiqdi. Ammo aytganlari haqiqat edi... Qandayin sharmandalik...

- Yura hali ortga qaytmaydi...!

≈≈≈≈≈

Hamma uchun bugun og'ir kun bo'ldi. Ziyofat tugaganiga hali ko'p bo'lmagan. Qiz hali hamon o'sha darslar bilan o'ralashgan. Ikki kun u ziyofat sabab hech nima qilolmadi. Hech bo'lmaganda qo'shimcha hizmatchilar borligi uchun u juda baxtli. U baribir charchagan bo'lsa ham, katta ishtiyoq bilan dars qiladi. Deyarli tugay dedi....Lekin kutilmaganda o'sha daxshatli tan olish hayolga keldi. Ham azoblaydi ham hayratlantiradi. Buni hech qachon kutmagan. Hattoki aynan qaysi manoda ekanligini ham bilmaydi lekin bu narsa muhim ekanligini bildi. Extimol bu shunchaki o'yin edi. Ko'p o'ylash unchalik ham shart emas...!.

"Eshik ochildi" kirgan odamni ko'rgan qiz oqarib ketdi.

- j-janob..?

- .....

Qisqa ko'z aloqasidan keyin Taehyung qizning ishiga qaradi. Shuncha vaqt uxlamasdan shu bilan band edimi...?

- tayyormi..?

- n-nima..?

- dars...u tayyormi deyabman..

- a-a..ha deyarli tayyor edi..

- deyarli..? Nima uchun to'liq emas..?

Qiz hijolatdan terlab, yana yerga qaradi. Dars tayyor emasligi uchun bunday muomilani taxmin qilgandi, lekin o'ylaganidan ham yomonroq va noqulayroq edi..

- ho'sh buni hozir topshir. Tayyor bo'lmasa ham...

Taehyung bemalol stulga o'rnashdi. Qo'liga kitobni olib tik turgan Minaga diqqat bilan tikildi.

- boshla...

- n-nimani..?

- nega dovdiraysan..? Yodlashni boshla dedim..! 15 - betdan boshlab 25 - gacha..!

- h-hop....

Va qiz boshladi. Yodlash juda oson edi. Ammo uni Kim Taehyung oldida aytish...hona issiq yoki faqat qiz terlab ketgan. Peshonasida ter tomchilari ko'rindi. Yigit yarim tunda qizdan dars so'rash uchun keladi deb kim ham o'ylabdi..?! Hattoki Mina tez-tez so'zlarni yoki adashtirdi, yoki yoddan chiqardi. Yigitning teshadigan nigohlariga dosh berish shunday qiyinki...! Muddat hech qachon tugamaydigandek juda uzoq davom etdi.

- sen ikki kun ichida nima qilding..?. Hattoki 10 bet lug'atni ham yodlay olmagansan. Bari chala..! Jazo uchun bu gal 20 bet lug'at va ikkita hikoyani mustaqil o'qish....bu safargini esa qaytadan topshirasan..!

- h-hop janob..!

Juda katta miqdor. Hattoki bu safargini tunlari uxlamay tayyorladi. Shunda qanday qilib shuncha......bu endigina ikkinchi dars edi...

Taehyung o'rnidan turdi. Mayda qadam bosib qizga yaqinlashdi.

- modomiki o'rganishni hohlagan ekansan buni yaxshi bajar. Sen shu sabab Soobinga osilmadingmi..? Bu o'g'ir ekanmi..? Boshlab bo'lding. Endi oxirigacha bor. Ortga zinxor qaytolmaysan. Ilm olish uy tozalashdan ancha qiyin..! Agar seni Soobin bilan yana ko'rsam, nima qilishimni tasavvur qilolmaysan...!.

Minaning ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi. Uning so'zlari qizga og'ir botishga haqqi yo'q. Qizning ko'ngli og'rishiga haqqi yo'q. Ortga qaytib bo'lmaydi. Garchi vaziyat oldingidan ancha yumshoq bo'lsa ham, baribir qiz endi o'zgarolmaydi.

Taehyung so'zini tugatdi, lekin joyidan qimirlolmadi. Odatga ko'ra u so'zlarini tugatib chiqib ketishi kerak edi. Lekin yo'q. Qilmadi. ...Taehyung qo'llari bilan qizning qora sochlarini o'ynadi. Bir tutamini katta kaftiga oldi. Juda mayin. Egildi...o'sha mayin sochlarni u sekin o'pib qo'ydi. Uzoqroq shunday qoldi. Haqiqattan ham yigitga bu turish juda yoqqan. Ammo baribir qizning qaltirashini sezdi. Sekin bu holatdan chiqib eshikka bordi. Oxirgi bor honaning u sevadigan iforidan ko'proq yutib chiqib ketdi.

11 - BOB YAKUNI...

Muallif: Sea Silverstone

Kanal: @abyss_fanfictions