To'y Kuni [REAKSIYA]
(Gang Gongju kelin libosida, ko‘zlarida yosh, hayajon va baxt bilan to‘lib-toshgan. U o‘z xonasida o‘zi bilan suhbatlashayotgandek mulohaza qiladi.)
Gang Gongju:
"Bugun mening orzuyim ushaladi. Nahotki men sevgilimga erishsam? Nahotki uning qo‘llarini ushlasam, yuragimdagi bu hislarni unga bildirsam? Bu qanday hayajonli kun, yo Xudoyim! Balki u hozir sovuq tuyulgandir, lekin vaqt o‘tib, albatta, sevib qoladi. Axir biz birga yashaymiz, birga tushlik qilamiz, hatto birga uxlashni boshlaymiz. Sevgi o‘z yo‘lini topadi. Men bunga ishonaman…"
(Kelin tomonidagi eshik taqillaydi. Dugonasi ichkariga kiradi.)
Dugona:
"Gongju, tayyormisan? Nikoh marosimi boshlanish arafasida, seni kutishyapti."
Gang Gongju:
(Hayajon bilan jilmayadi) "Ha, tayyorman. Chunki bugun men baxtli bo‘lish uchun birinchi qadamni qo‘yayapman."
(Dugonasi uning qo‘lini ushlab, unga ishonch bag‘ishlaydi.)
(Nikoh marosimida Jungkook allaqachon kelinning oldida. U orqadan yaqinlashib kelayotgan Gang Gongjuni sovuq va befarq qarash bilan kuzatadi. Gang Gongju esa uning ko‘zlariga qarab, yuragi tez urishni boshlaydi.)
Gang Gongju (o‘ziga ichida):
"U qanday sovuq qarayapti… Balki hayajonlangandir. Ha, bu birinchi kun, balki shu sababli shundaydir. Lekin men bilaman, bu sovuqlik o‘tib ketadi. Axir hozir u mening erim bo‘lishga rozilik berdi, bu hammasini o‘zgartiradi."
(Nikoh marosimi boshlanadi. Ovozlar orasida ikkisi bir-biriga nazar tashlaydi.)
Marosim olib boruvchisi:
"Jungkook-ssi, Gang Gongju-ssi, sizlar bir-biringiz bilan bir umr yonma-yon yashashga rozimisiz?"
(Jungkook ko‘zini bir soniyaga chetga olib qochadi, lekin javob beradi.)
(Gang Gongju esa hayajon bilan javob beradi, ovozi titrab chiqadi.)
Gang Gongju:
"Ha, men ham roziman."
(Shundan so‘ng ular qo‘l ushlashadi. Gang Gongju Jungkookning sovuq, ammo kuchli qo‘llarini his qiladi va yuragi sevinchdan qattiq uradi, lekin Jungkookning yuzida hech qanday hissiyot yo‘q.)
(Kechqurun yangi turmush qurganlar uyga kelishadi. Gongju xonada turgan holda hayajon bilan ichkariga qadam qo‘yadi. Jungkook esa orqasidan sovuqqina gapiradi.)
Jungkook:
"Men bu turmushni faqat ota-onam uchun qabul qildim. Sendan boshqa hech narsa kutmayman. Shunchaki bu yerda o‘z o‘rningni bil va xotirjam bo‘l."
(Gang Gongju bu so‘zlarni eshitib, yuragiga ozgina og‘riq sezadi, lekin jilmayishga harakat qiladi.)
Gang Gongju:
"Men... men seni sevadigan ayolman, Jungkook-ssi. Faqat sen bilan birga bo‘lish mening orzuyim edi. Men buni sekin-asta tushunishingga ishonaman."
(Jungkook Gang Gongju tomon qaraydi, bir lahza jim qoladi, lekin hech narsa demay, boshqa xonaga ketadi. Gongju esa yolg‘iz o‘tirib, o‘ziga shunday deydi:)
Gang Gongju:
"U sovuq bo‘lsa ham, muhimi, yonimda. Bir kun kelib, yuragini menga ochadi. Men shunchaki sabr qilishim kerak."
(Gang Gongju yangi xonasida, kelin uchun maxsus tayyorlangan yotoqda o'tiradi. Ko'zlarida hayajon va bir oz qo‘rquv bor. U yangi hayot boshlanishi haqida o‘ylaydi, lekin ichida hali ham bir ishonch bor: bir kun kelib Jungkook uni sevib qoladi. O‘sha paytda eshik asta ochiladi, Jungkook xonaga kiradi.)
Gang Gongju:
(Hayajon bilan o‘rnidan turadi) "Jungkook-ssi, siz keldingizmi? Men... sizni kutayotgan edim."
(Jungkook bir so‘z demay, xonani ko‘zdan kechiradi. U deraza yonidagi stulga borib, yengil nafas oladi. Gongju uning har bir harakatini kuzatib turadi.)
Jungkook:
(Sovuqqina, qisqa ohangda) "Haqiqatan, kutyapsanmi? Bu yerda yashash qoidalarini o‘rganishing kerak."
(Gang Gongju bir lahzaga titrab ketadi, lekin jilmayishga harakat qiladi.)
Gang Gongju:
"Ha, albatta. Men... men qo'lingizdan kelgancha yaxshi xotin bo'lishga harakat qilaman."
(Jungkook uning so‘zlariga e’tibor bermaydi va shkaf tomon boradi. U ichkaridan bir nechta kiyim olib, qadoqlay boshlaydi. Gongju nima bo‘layotganini tushunmaydi.)
Gang Gongju:
(Javdirab) "Siz... bu nima qilayotganingiz? Siz ketmoqchimisiz?"
Jungkook:
(Sovuqqina ohangda) "Men boshqa xonada uxlayman. Bu nikoh shunchaki vazifa edi, sevgiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bizni hech kim birga bo‘lishga majburlay olmaydi."
(Gang Gongju uning bu so‘zlarini eshitib, yuragi og‘rib ketadi. Lekin o‘zini qo‘lga oladi va asta, titroq ovozda javob beradi.)
Gang Gongju:
"Lekin... lekin biz endi er-xotinmiz. Axir... birga bo‘lishimiz kerak emasmi?"
Jungkook:
(U Gongjuga sovuq nigoh bilan qaraydi.) "Bu seni xursand qilish uchun qilingan to‘y, xolos. Men bunga ko‘ngilli emasman, shunchaki ota-onamning istagini bajardim. O‘zingni ortiqcha umidlarga aldamagin."
(Jungkook kiyimlarini qo‘liga olib, eshik tomon yo‘naladi. Gongju esa uning ortidan qattiq ko‘z yoshlarini tiyib turadi.)
Gang Gongju:
(Sezilarli dard bilan pichirlab) "Men shunchaki seni sevaman... Va bir kun kelib, sen ham meni sevasan. Bu vaqt masalasi, to‘g‘rimi?"
(Jungkook uning so‘zlarini eshitmaslikka harakat qilib, xonadan chiqib ketadi. Gongju esa yolg‘iz xonada, orzulari va ko‘nglida kechayotgan iztiroblari bilan qoladi.)
Gang Gongjuning ichki kechinmalari:
"Uning so‘zlari yuragimni tilka-pora qildi. Axir men uchun bugun hayotimdagi eng go‘zal kun edi. U bilan birga yashash, birga orzu qilish, birga kulish haqida o‘ylagan edim. Lekin uning sovuq nigohi, befarq so‘zlari... Nahotki, men uchun hech qanday ahamiyatim yo‘q? Nahotki, bu to‘y faqat men uchun muhim?
Men uni sevaman. Uning yuragidagi devorni buzib o‘ta olishimga ishonaman. Balki bugun yo‘lida to‘siq bo‘lar, lekin men taslim bo‘lmayman. Chunki men uchun muhimi, uning yonida bo‘lish. U meni sevmayotganini bilsam ham, bir kun kelib sevib qolishiga umid qilaman.
Ammo shu sovuq xonada yolg‘iz qolib, uning meni tashlab chiqib ketayotganini ko‘rib... yuragimda bir tuyg‘u o‘rmaladi: ‘Men yetarli emasmanmi? Balki u hech qachon meni qabul qilmas?’ Bu fikrdan o‘zimni qo‘rqinchli tunda adashib qolgan boladek his qildim. Ammo bir narsa aniq: men bu sevgi uchun kurashaman."
Tong endigina otayotgan payt. Quyoshning ilk nurlari derazadan ichkariga tushib, xonani yoritadi. Gongju hali ham uxlamagan. U o‘rnidan turib, deraza yoniga boradi va tashqariga tikiladi. Tashqarida hamma narsa tinch, faqat uning ichida bo‘shliq bor edi.
Gang Gongju (ichida):
"Bu tong mening orzularimdek yorqin bo‘lishini kutgandim, lekin yuragimda qorong‘ilik hukm suradi. Kecha menga faqat sovuq va begonalik qoldi. U mening yonimda emas, hatto hozir qayerda ekanligini ham bilmayman.
Men o‘zimni yolg‘iz his qilaman, lekin taslim bo‘lmayman. Bu mening oilamning qarori edi, bu mening tanlovim. Balki, bu sevgi uchun kurashim kerakdir. Balki vaqt o‘tib, u menga o‘z yuragini ochar.
Ammo... agar bu hech qachon sodir bo‘lmasa-chi? Agar u menga qaramasa, hech qachon sevmasa-chi? Shunday bo‘lsa ham, men uni sevishni to‘xtata olmayman. Men uchun bu sevgi qiyinchiliklarga arziydi."
(Gongju chuqur nafas olib, yuzini qo‘llari bilan yuvadi va o‘zini dadil ko‘rsatishga harakat qiladi. Shu paytda eshik taqillaydi. Gongju eshik tomon boradi. Eshikni ochganda, Jungkook qo‘lida qahva bilan turibdi.)
Jungkook:
(Qattiqqina ohangda) "Nonushta tayyor. Yonimga kel, faqat ovqatlanib ol."
(Gongju uning so‘zlaridan bir lahza o‘ylanib qoladi, lekin jilmayishga harakat qilib, javob beradi.)
Gang Gongju:
"Rahmat... Men hozir kelaman."
(Jungkook indamay orqasiga qaytadi. Gongju esa ichida so‘zsiz kurash boshlaydi.)
Gang Gongju (ichida):
"Qanchalik sovuq bo‘lmasin, hech bo‘lmasa u meni unutmagan. Men unga yaqinlashish uchun kichik imkoniyatlardan foydalanaman. Har kuni."
Ertalab quyosh xonani yoritganida, Gang Gongju ovqat tayyorlash uchun oshxonaga tushdi. U har bir harakatida hushyor va ehtiyotkor edi, Jungkookning sovuq nigohini o‘ylab, unga ozgina bo‘lsa ham yaqinlashishni orzu qilar edi. Oshxonaga kirganida, u stolda o‘tirgan Jungkookni ko‘rdi. U gazetani varaqlab o‘tirardi.
Gang Gongju:
(Qiziqib, lekin o‘zini qo‘lga olib) "Jungkook-ssi, sizga kofe tayyorlab bera olamanmi?"
(Jungkook gazetadan ko‘zini uzmasdan, xotirjam ohangda javob berdi.)
Jungkook:
"Kerak emas. O‘zimga o‘zim yetaman."
(Gongju buni eshitib, biroz ranjidi, lekin taslim bo‘lishni xohlamadi. U o‘ziga ovqat tayyorlashni davom ettirdi. Stolda o‘tirib, qahva ichayotganida, Jungkookning oldiga bir kosa yengil nonushta qo‘ydi.)
Gang Gongju:
(Jilmayib) "Sizga tayyorlab qo‘ydim. Balki bir marta tatib ko‘rarsiz?"
(Jungkook unga bir qarab qo‘ydi, lekin hech narsa demadi. Biroq bir necha daqiqadan so‘ng, u Gongju tayyorlagan ovqatdan bir qoshiq oldi. Gongju ichida hayajonlanib ketdi, lekin sezdirishga harakat qilmadi.)
Gang Gongju (ichida):
"U mening ovqatimni tatib ko‘rdi... Bu kichik bir qadam bo‘lsa ham, men uchun juda muhim. Balki, asta-sekin uning ishonchini qozonarman."
(Jungkook ovqatlanib bo‘lgach, idishni bir chetga surdi va Gongjuga qaradi.)
Jungkook:
(Qattiqqina ohangda) "Boshqa safar mendan so‘ramasdan bunday qilma. Lekin... yomon emas."
(Gongju bu so‘zlardan yuragida issiqlik his qildi. U Jungkookning qattiqqo‘l gaplari ortida bir oz yumshoqlik borligini sezdi.)
Gang Gongju (ichida):
"Yomon emas... bu birinchi qadam. Balki, uning yuragida sovuqni eritib, biroz issiqlik olib kelishim mumkin."
(Gang Gongju va Jungkook bir tom ostida yashashni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, o‘rtalaridagi sovuqlik hali ham his qilinardi. Gongju har kuni kichik, ammo samimiy harakatlar bilan Jungkookning e’tiborini qozonishga intilar edi. Jungkook esa bu harakatlarni befarq qarshi olardi. Lekin o‘zi ham bilmagan holda, Gongju hayotiga asta-sekin kirib bormoqda edi.)
Gongju deraza yonida gullarga suv quyib turgan edi. Jungkook ishga ketish uchun pastga tushdi. U har doimgidek sovuq va sukut saqlardi, lekin bugun Gongju unga ovqat tayyorlashga ulgurgan edi.
Gang Gongju:
(Jilmayib) "Men siz uchun nonushta tayyorlab qo‘ydim. Siz yoqtiradigan qahvani ham qo‘shdim."
(Jungkook bir lahzaga to‘xtadi. Gongjuning harakatlarini ko‘rib, ichida nimadir qimirlaganday tuyuldi. Lekin bu tuyg‘uni bilmaslikka olishga harakat qildi.)
Jungkook:
(Odatdagidek sovuq ohangda) "Men buni so‘ramaganman."
(Gongju biroz ranjidi, ammo jilmayishini davom ettirdi.)
Gang Gongju:
"Ha, bilaman... lekin birgalikda yashayapmiz. Sizni baxtli ko‘rish menga yoqadi."
(Jungkook uning so‘zlariga javob bermadi. U shunchaki stulga o‘tirdi va Gongju tayyorlagan ovqatni tanovul qila boshladi. Gongju bu kichik harakatni katta g‘alaba deb hisoblab, unga beparvolik bilan kuzatib turdi.)
(Jungkook ish bilan band bo‘lib, kech qaytdi. U xonaga kirganida, Gongju divanda uxlab qolgan edi. Qiz charchagan ko‘rinardi, qo‘lida kitob bor edi. Jungkook bir necha daqiqa unga qarab qoldi. Uning bu holatini ko‘rib, yuragida nimadir g‘alati his qildi. U asta-sekin yoniga bordi.)
Jungkook (ichida):
"U nimaga bu qadar yaxshi? Mendan hech narsa kutmasa ham, har doim kulib turadi. Men bu nikohga majburlangan edim, lekin u... u buni chin dildan qabul qilgan."
(U Gongjuning qo‘lidan kitobni olib, stulga qo‘ydi. V Gongjuni ohista kõtarib yotoqa qõydi"..
Jungkook:
(Pichirlab) "Nega sening yoningda o‘zimni yengil his qilaman?"
(Jungkook ertalab uyg‘onib, oshxonaga tushadi. Gongju allaqachon nonushta tayyorlab, uni kutib o‘tirgan edi. Jungkook birinchi marta o‘zining Gongju atrofida o‘zini xotirjam his qilayotganini sezdi. Uning so‘zlari va harakatlariga bir oz yumshoqlik kirdi.)
Jungkook:
"Rahmat. Ovqating... yaxshi chiqibdi"..
(Gongju bu so‘zlarni eshitib, xursand bo‘ldi.)
Gang Gongju:
(Jilmayib) "Sizning ovqatingizni tayyorlash menga yoqadi. Agar xohlasangiz, kechki ovqatni birgalikda qilishimiz mumkin."
(Jungkook uning bu taklifiga qarshi chiqmadi. Gongju bu kichik o‘zgarishni katta qadam deb his qildi.)
Gongju xonasida o‘zining kundaligini yozib o‘tirardi. Hali ham o‘zining barcha his-tuyg‘ularini unda aks ettirishni odat qilgan edi. Bu unga taskin berardi. Shu paytda eshik qattiq taqilladi. Gongju darhol o‘rnidan turdi va eshikni ochdi. Bu Jungkook edi.
U odatdagidan boshqacha ko‘rinardi. Sovuq nigohlari yumshagan, yuzida qandaydir charchoq va o‘ychanlik bor edi.
Gang Gongju:
(Hayron bo‘lib) "Jungkook-ssi? Biror narsa kerakmi?"
Jungkook:
(Biroz ikkilanib) "Bugun... sening xonangda uxlayman."
(Gongju bir lahza o‘ylanib qoldi. U bunga ishonolmayotgandi, lekin unga joy tayyorlash uchun shoshildi. Biroq, ichida hayajon va bir oz qo‘rquv bor edi.)
Gang Gongju (ichida):
"Bu nima degani? Nahotki... u menga bir qadam yaqinlashmoqchi? Yoki bu shunchaki tasodif? Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men buni qabul qilaman."
(Gongju unga yostiq va adyol tayyorlab qo‘ydi. Jungkook karavotning bir chetiga o'tirdi, Gongju esa ikkilangan holda uning yoniga o'tirdi.)
Gang Gongju:
(Jilmayib) "Sizga qulay bo‘lishiga ishonch hosil qilaman. Agar biror narsa kerak bo‘lsa, aytishingiz mumkin."
(Jungkook uning gaplariga javob bermadi, lekin yotishga tayyorlandi. Gongju chiroqlarni o‘chirib, o‘z joyiga yotdi. Xona jimjit edi, faqat ikkala tomonda ham ichki kurash va hayajon hukm surardi.)
Jungkook (ichida):
"Nega bu yerda o‘zimni tinch his qilyapman? Uning yonida nimadir o‘zgarayotganga o‘xshaydi... Bu sovuq devorlarni sindira olarmikan? Balki, men unga imkon bersam, yaxshiroq bo‘larmidi?"
Gang Gongju (ichida):
"U mening yonimda. Balki, u o‘z yuragini ochishga yaqinlashgandir? Men bu lahzani hech qachon unutmayman."
(Shu tarzda ular bir xonada birinchi marta birga uxladilar. Jungkook hali sevgi so‘zlarini aytishga tayyor emas edi, lekin Gongjuga bo‘lgan munosabati asta-sekin yumshayotgan edi.)
Quyoshning birinchi nurlari xonani yoritdi. Jungkook asta-sekin ko‘zlarini ochdi va nafasini rostlash uchun bir necha soniya yotdi. Biroq, nimadir uning o‘ng qo‘lini qimirlatishiga to‘sqinlik qilayotganday tuyuldi. U pastga qaradi...
Gang Gongju uning bag‘rida, juda shiringina holatda uxlab yotgan edi. Uning nafas olishi yengil va tinch, sochlari yuziga tushib ketgan edi. Jungkookning yuragi bir lahzaga to‘xtab qolganday bo‘ldi.
Jungkook (ichida):
"Bu nima... Nega uning yaqinligi meni bezovta qilmayapti? Aksincha, bu juda... xotirjamlik bag‘ishlayapti."
U Gongju tomon yana bir bor nazar tashladi. Qizning yuzida beg‘ubor tabassum bor edi. Jungkook xuddi birinchi marta uning go‘zalligini payqaganday edi. U qizning qo‘lini asta siljitmoqchi bo‘ldi, lekin o‘sha vaqtda Gongju bir oz qimirlay boshladi.
Gang Gongju:
(Tushida pichirlab) "Jungkook... rahmat..."
Bu so‘zlar uning qalbiga o‘qdek tegdi. U qizning samimiy minnatdorchiligini, uning har bir harakatida bor mehrini his qilganday bo‘ldi. Shu onda Jungkook ko‘nglida yangi tuyg‘u paydo bo‘lganini tushundi. Bu sovuq devorlar orasidan yorib chiqqan iliqlik edi.
Jungkook (ichida):
"Men... uni sevyapmanmi? Yo‘q, bu imkonsiz... Lekin... Nega bu haqda o‘ylashni to‘xtata olmayapman?"
U Gongjuni bezovta qilmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan yostiq tomon siljidi. Gongju buni sezmagan holda, hali ham uyquda edi. Jungkook esa o‘zining yurak urishini tinchlantirishga harakat qildi.
Gongju asta-sekin ko‘zlarini ochdi va qarshisida o‘tirgan Jungkookni ko‘rdi. U chalg‘ib, bir lahza nima bo‘lganini tushunmadi.
Gang Gongju:
(Hayajon bilan) "Oh! Men... Men sizning bag‘ringizda uxlab qolgan ekanmanmi? Uzr, men buni sezmay qolibman!"
(Jungkook unga bir lahza tikilib qaradi. Gongjuning xijolat chekkan yuzidagi qizarish unga yanada yoqimli ko‘rindi. Lekin u odatdagidek yuzini sovuq ushlab, o‘rnidan turdi.)
Jungkook:
(Cho‘zinchoq ohangda) "Hechqisi yo‘q. Lekin buni takrorlama."
(Lekin ichida uning qalbi butunlay boshqacha gapirardi.)
Jungkook (ichida):
"Axir, bu holatni takror ko‘rishni xohlayman..."
Gang Gongju (ichida):
"U menga qattiqqo‘l gapirsa ham, yuzida nimadir o‘zgarganday tuyuldi. Balki... u asta-sekin menga ko‘nika boshlayotgandir?"
Gang Gongju tashqarida, katta hovlining chetida o'tirib, bir-biriga o'ralgan barmoqlariga qarab, ichki dardlari bilan yolg'iz qolgan edi. Uning ko'zlari qiynalayotganini, ichidagi og'riqni yashira olmas edi. Birdan, uning yonida qadam tovushlari eshitildi.
"Bu yerda nima qilyapsan?" — degan sovuq ovoz eshitildi. Jungkook edi bu.
Gongju qo'rqib boshini ko'tarib qaradi, lekin uning ko'zlarida qandaydir yengillik paydo bo'ldi. "Hech narsa... faqat ozgina tinchlik istagandim."
Jungkook bir lahzaga jim qoldi. Keyin u Gongju yoniga o'tirdi. "Tinchlikni bu yerda topolmaysan," dedi, lekin bu safar uning ovozi yumshoqroq edi.
Ular bir muddat so'zsiz qoldilar. Shamol Gongjuning sochlarini uchirganida, Jungkook qo'lini uzatib, uning sochlarini ehtiyotkorlik bilan yuzidan chetga surdi. Bu oddiy harakat bo'lsa-da, Gongjuning yuragi tez ura boshladi.
"Yaxshi ko'rinmayapsan," dedi Jungkook asta, uning ko'zlariga qarab. "Biror narsa yomonmi?"
Gongju javob bermadi, lekin uning ko'zlari namlandi. Shunda Jungkook sekin uning yelkasiga qo'lini qo'ydi. Bu mehribonlik, bu himoya tuyg'usi Gongjuni hayratda qoldirdi. U hech qachon Jungkookni bunday ko'rmagan edi.
"Men... ba'zida hammadan uzoqlashgim keladi," dedi Gongju, nihoyat ichidagi so'zlarni chiqarib.
Jungkook bosh irg‘adi. "Lekin ba'zan, kimdir yoningda bo'lishi kerak. Hamma narsani o'zingga saqlayverma."
Bu safar Gongju o'zini tuta olmadi. Uning bir tomchi yosh yuziga oqib tushdi. Jungkook bunga qarab turmadi — u asta-sekin Gongjuni o'ziga tortdi va uning boshini yelkasiga qo'ydi.
"Bu yerda, yonimda, xavfsizsan," dedi u past ovozda.
Shu damda, Jungkookning sovuq fe'l-atvori orqasidagi haqiqiy mehribonlik ochilib, Gongjuning yuragini iliqlikka to'ldirdi. Bu, ularning birinchi haqiqiy yaqinlashuv lahzasi edi.
Jungkook va Gongju birgalikda bog'da sayr qilishdi. Ular sukunat ichida yurishar, faqat o'zlarining nafas olishlarini eshitishardi. Bir payt Jungkook to'xtadi va Gongjuni o'ziga qarab tortdi.
"Bu yerda..." Jungkook so'zini davom ettirdi, "hammasi tinch va go'zal. Boshqa joylarda hamma shovqin, tartibsizlik, lekin bu yerda faqat tabiatni his qilish mumkin."
Gongju o'zini bir oz bo'shashib, chuqur nafas oldi. "Men ham shunday his qilaman."
Shunda Jungkook asta-sekin uning qo'lini ushladi. Gongju bir oz hayron bo'lsa-da, uni tortib olishga jur'at eta olmadi. Chunki u buni kutmagan edi. Ammo Jungkookning qo'lidagi yumshoq siqish uning yuragini tezroq urdirishga sabab bo'ldi.
"Yuragingni tingla," dedi Jungkook, uning ko'zlariga qarab. "Bundan keyin, hech narsa seni xafa qilmasin."
Gongju unga qarab, ko'zlarida biror narsa o'zgardi — bir oz shubha, ammo so'ngra mehrga to'ldirilgan bir qarash. U ham o'z qo'lini Jungkookning qo'liga mustahkamroq o'radi.
Shu payt, bog'dagi kichik bir svetofor yorug'lik chirog'ini ko'rdilar. Jungkook, bir oz o'ylanib, quvnoq tabassum bilan "Shu yerda kutib turamizmi" deb so'radi.
Gongju uning yonida to'xtab, orqa tomonga qaradi. "Bu yerda... biz faqat ikkovimiz bo'lsak..."
Jungkook shivirlab: "Xuddi shunday," deb javob berdi va bir necha soniya davomida, ularning ko'zlari bir-biriga yopishganicha turdi.
Shundan so'ng, Jungkook asta-sekin Gongjuni o'ziga tortdi va engil tabassum bilan, uning peshonasiga yumshoqgina bõsa oldi.. "Sizni xavotirga soladigan hech narsa bo'lmaydi. Men sizni himoya qilaman."
Bu birinchi romantik harakat bo'lib, Gongju uchun butunlay yangi bir hisni uyg'otdi — o'ziga ishonch, himoya va sevgining yangi shakli.
Tun qorong'uligida, xonada faqat yulduzlar va yengil shamolning ovozi eshitilardi. Gongju tinchlanib, o'zining yotoqida uzilib ketgan edi. Birdan eshik engil shishanib ochildi, va Jungkook xonasiga kirdi. Uning boshi ozgina past, lekin qo'lida biror narsani ushlab turgandi.
"Gongju..." dedi u sekin, uning ismini aytishda ehtiyotkor bo'lib. Gongju yelkasini qisdi, uning qo'shni so'zi uning qalbini bir oz titratdi. Jungkook uning yoniga kelib o'tirdi va uzoq qarashdi. Gongju ko'zlarini yumdi, lekin bu safar u qo'rqmadi.
"Jungkook..." Uning ovozi sezilarli darajada o'zgarib, yengil titrardi.
Jungkook uning yuziga qo'lini qo'ydi, xuddi uni sezib, shunday deydi: "Seni qo'rqitmayman."
Gongju, uning qo'lini yuzida his qilgan holda, o'zini tinchlantirishga harakat qildi. Ammo ichida bir narsa boshqa tomon tug'ilayotganini his etdi — bu birinchi marta edi, u shunday yaqin va his-tuyg'ularni o'zida his qilar edi.
Jungkook asta-sekin uning boshiga qarab, muloyimlik bilan bo'sa berdi. Bu bo'sa o'zgacha edi — nafaqat sevgi, balki ishonch va himoya bilan to'ldirilgan edi.
Gongju, uning yelkasiga boshini qo'yib, uni his qila boshladi. Uning yuragi tezroq urardi, va shunday, bu ilgarigi qo'rquv o'rnini yangi, to'liqroq tuyg'u egalladi.
Jungkook esa, so'nggi bir qarash bilan, "Uxlama, men bu yerda, sening yoningdaman..." dedi va sekin, tizzasiga o'tirib, Gongjuning boshini o'z yelkasiga qo'ydi. Gongju tinchlikni his qildi, uning ichidagi og'riqlar va iztiroblar esa bir necha daqiqaga unutilgan edi.
Ular shunday, bir-biriga yaqin, birga uxlab qoldilar.
Kanal: @abyss_fanfictions