October 16

~ QALAM ~

Muallif: Sea Silverstone

1 - BOB - [ Vanilla ifori ]

--- mening qo'li gul oy qizim...!

Yuzlaridan yumshoqlik taralgan ayolning zabonidan chiqqan ilk so'z shu edi. Qarshisida manikenga kiydirilgan oppoq oqshom libosiga asta tegib qo'ydi. Huddiki yaxshiroq ushlab qo'ysa, uni kir qilib qo'yadigandek.

--- menda oxirgi ish tugadi. Nihoyat u tayyor.......edi egasiga topshirish qoldi...

Soolinning yig'ilgan sochlari bir-oz tartibsiz, kecha yarim tundan buyon tinmagani, ko'z qoshlaridan bilinardi. Axir butun boshli san'at asarini yaratish oson bo'lmagan. Qiz onasiga mehir bilan nazar tashlab o'tdi. Ayni dam uning uchun, onasining ikki og'iz maqtovi charchoqlarini chiqarishga ko'maklashdi...

Ikki ona va bolaning asta chug'urlashini tashqaridagi mashina buzib qo'ydi. Soolin qiziqsinib, derazadan tashqariga tezda qaradi, ammo shu dam ko'zlarda hafsalasizlik va havotir chaqnadi.

--- Soolin qizim kim ekan.?

--- Bobom va buvim.....

Xona sukunatini Soolinning mayus ovozi egalladi. Shu holatda havotirda qolgan faqat Soolin bo'lmadi, qizining javobidan jovdiragan Jisung honim ham tezda deraza qarshisida paydo bo'ldi. Qiziqdi ayol..! Oxirgi bor bir yil muqaddam ularni ko'rgandi, ayni shu vaqt davomida ularni soyasiga ham ko'zi tushmagani uchun.

U ikkisi biladi. Ular bu uy ostonasiga bekorga kelmaganliklarini.

--- Soolin...qizim...shu yerda o'tirib tur. Istasang tushma hopmi..

--- hop...

Qizining javobini eshitgach, Jisung eshikka yugurib chiqib ketdi. Soolin yana xo'rsindi. Onasini chiqarib yuborish niyyatida emasdi. Biladi. Onasi chiqqach uning ustiga qanday dashnom-u, haqoratlar yog'dirilishini. ......jizillab urgan yuragi yaxshi narsadan dalolat bermasdi.


--- hali ham o'zgarmagan.!

Betoqat sukunat kishilarni yegani yetmagandek, qari kampirning diqqat qiluvchi gapi ham qo'shildi. Ixcham hona, afti angoridan uyning ancha murab qolgani ham malum edi. Oddiy divan, stol, uyga qoplangan eski rusumdagi gul qog'ozi. Stol ustida hiyol-hiyol pari chiqib turgan choy. Kattalar qo'l uzatmagani bois, qolganlarniki ham finjonda qo'l uzatishsiz turardi.

--- Soolin qayerda.?

Og'ir sukunatni buzib, yoshi 60dan oshgan, egnida davradagi hech kimda yo'q smoking. Hech kimga qaramasdi, extimol buni o'ziga ep ko'rmasdi. Quturgan nafs.!

--- kxm.....u honasida...ishlari bor edi...

--- ishlari bizdan ham muhimmi.?

58-ni qoralagan bu kampirning umumiy turishi million dollarni tashkil qiladi. Jisungning og'zidan so'zlarining hammasi chiqib ulgurmasidan, kapmir chaqib oldiy-u, chaqqan yeri zirqirab og'riq berdi.

--- tugatsa chiqadi...oyi...

Kampir tishlarini qayrab, og'zida jirkanch so'zlar bilan haqoratladi

--- o'g'lim hotiningga qachon gap qaytarishni o'rgatding...

Erkak shu on bosh ko'tardiy-u, ayoliga bir qalam nigoh tashladi. Vaziyat jiddiylashayotganini his qilib, gapni burishga urindi.

--- oyi...choy sovub qolyabdi ichmaysizmi.?

Choi Minho, erkak o'zini ignada o'tirgandek his qilib, oyisi chalg'itdi. Bir paytlar jonidan ham balandroq pog'onada turadigan ota-onasini, hozir tezroq ketishini istardi. .....Kampir Suna jirkanch nigohini finjonga qaratib, so'ng o'g'liga qaradi.

--- uyingdan bir ho'plam choyni ham olib chiqib ketmayman...!

O'g'lining nigohida og'riq turdi. Onasining so'zlari jon-jonini teshib ketti. O'zi ham bilmaydi. Ota onasini qachon bu darajada o'zgarganini. Extimol bu ularning fe'li. Ularning dunyo qarashi, albatta hammaning ham o'z fikri bor. Lekin gap shundaki, bu degani barcha fikrlar ham to'ri ekanligini anglatmaydi.

--- Soolin..! Uni olib ketamiz....chaqiring...!

Chol mag'rur osmonga tikilishdan charchagan ko'rinadi, maqsadga o'tdi. Ikki insonning jussasi muzlab ketdi. Er va hotin bir birlariga jovdirab qaradilar. Ikkovidan tashqari mag'rur inson bor. Bu Beomgyu edi. Boshidan beri chol va kampirning toqat qilib bo'lmas so'zlariga jag'larini qisib, arang o'tirgan yigit bu safar yorildi.

--- singlimni nima qilasizlar...?

--- ko'rdingmi.? Sen o'g'lingga tarbiya bermagansan....kelib kelib o'zingga nish uryabdi..

Suna paytdan foydalangan bo'ldi..

--- Beomgyu.! Bu nimasi.....

--- Soolin hech qayerga ketmaydi.!

--- O'CHIR OVOZINGNI.!!!..........Sheyna qizingni chaqir...tayyorlanib chiqsin..!

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

To'rt kishining hohish va istaklarini ikki kishining bir og'iz so'zlari bosib ketdi. Soolin tayyor holda eshik ostonasida turar, Akasini tinchlantirishga uringan onasiga g'amgin nigohlarini berib qo'yardi. Minho ota onasini haddan ziyot hurmat qilar, kundan kunga ularga bo'lgan mehri so'nib borayotganini ham his qilib turardi.

--- qizim....havotir olma bir necha kunda seni o'zim olib kelaman....hoynahoy bobong bilan buving seni to'y bazmiga olib ketishga kelgan ko'rinadi..

Ota onaga bo'lgan hurmat sabab, Minho qizini ichidagi yaxshi o'ylar bilan siyladi. Soolin hiyol jilmaydi, otasiga taskin berdi go'yo. Beomgyu ham otasi oldida hech nima demadi. Bobosi va buvisinidan qancha nafratlanmasin, dadasiga hurmatsizlik qilmadi.

--- tun-u kun uyda yotmasdan biror ishni boshini ushlang.! Hech bo'lmaganda ustingizga tuzukroq kiyim sotib olasiz...

Suna keliniga oxirgi bor zaxarli so'zlarini yuborin, hattoki yuzidagi hafalikni kuzatib o'tirmadi. Ammo Sheynani havotirga solgan narsa qizini shunday insonlar qo'liga topshirayotgani edi.

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

Soolin haddan tashqari hashamdor uyga, derazadan nazar tashladi. Odamlar har yog'da topiladi. Bugun qizning ammasining, o'g'lining to'y marosimi. Suna va Hyunho birgina qiziga o'g'lidanda katta mehr beradi. Ko'ringanidek ularning to'y marosimini ham o'z hashamdor uyida o'tkizishmoqda.

Soolin egnida tanasini quchoqlagan oppoq kiyimda edi. Libosning har qarichida qizning qo'llari bor. ....U yoqtirmaydi. Uning nazdida bu yer g'urbatxonadek. Yuragi siqildi, begona joy edi bu. Ammo bir tarafdan ular Soolinni nima uchun bu yerga olib kelganlarini ham bilmaydi. Har gal o'ylaganida har hil javob..

--- Soolin~........

Buvisi chaqirib kirganida qiz o'zini tartibladi. Undan qattiq hayiqadi. Ammo Sunaning afti burishdi, qizning kiyimiga qarab.

--- buni qayerdan olding.?

--- uydan olib kelganman..! O'zim tikkanman....!

--- almashtir bo'lmaydi......tavbaa-tavbaaa....buni kiy...uni esa axlat chelakka tashla..!

Kampir Suna qo'lidagi katta qutini Soolinga deyarli otdi. O'zining egnida marjon-u, mo'nchoqlar...

--- bu menga yaxshi.....shuni kiymoqchiman...

Soolin bu safar itoatkorlik qilib o'tirmadi. Extimol buvisi unga shunchaki kiyishi kerakligini aytganida bu mumkin edi.

--- nima deding..? Seni shu yerga olib kelib yaxshilik qilsam-u, sen nonko'rlik qilyabsanmi.?

--- unday emas..!

--- qanday.? Senga tarbiya berishmabdi..! O'zim sen bilan shug'ullanaman..!....buni kiy...

--- kiymayman..!

Oxiri qiz buvisining yuziga qaramay javob qilganida, kampirning yuzida asabiy jilmayish o'ynadi. Bir qancha makiyaj tasirida ham, yuzidagi ajinlar asabiylashganda yaqqol ko'rindi.

--- menga qaychini olib kel...!

Suna yonidagi hizmatchiga ishora qilganida, yordamchi tez fursatda honaning o'zidan qaychini topib kampirga uzatdi. Qo'liga tushgan on Suna Soolinning yoniga bordiy-u, kiyimiga chang soldi. Qiz anglamay qoldi. Bir ikki qarshilik esa befoyda edi, bir necha soniyalar ichida libos abgor holatda edi. Suna hech achinmay, libosni qiymaladi...

--- gapimga kirmasang shu holat bo'ladi.....men sening oying emasman..! Endi esa buni kiy....

Sunaning qo'lidagi qaychiga qizning munchoq ko'z yoshlari tomchiladi. Qo'llarini bir biriga bog'lab unsiz yig'ladi. Haftalab ketgan mehnatiy-u, libosga bo'lgan muhabbati ko'z o'ngida gavdalandi.....Shunday edi, aslida ham bu uy g'urbatxona..!

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

--- Jeon Jungkookga qara...u haddan tashqari mag'rur..!

Ikki hamsuhbatdan biri, bir necha metr narida kishilar bilan salomlashayotgan yigitga ishora qildi. Jungkook barchaga birdek, hiyol tabassum bilan javob qilardi. Extimol shuning uchun ham bu ikkisining ushbu fikrga kelishiga sabab bo'lgan.

Hademay ikkisi oldiga kelayotgan Jungkookni ko'rishdi va, o'zlarini tartibladilar.

--- oh Jungkook to'y bazmida sizni ko'rganimizdan juda hursandmiz....

--- men ham....o'zingizni asrang..!

Jungkook ikkisiga ham ushbu tabassumni berdi, va sekin o'tib ketdi. Uning so'zlarini mag'zini chaqishga uringan ikkovining ko'zlari Jungkookning poyafzaliga ergashdi...

--- Jeon Jungkook kelmaysiz deb o'ylagandik...

--- taklif berilganida kelmasam hurmatsizlik bo'lardi...ayniqsa hurmati bor katta yoshli kishilar taklif bersa...

Jungkook hushmuomila va savlatli edi. Ikki nuroniy bilan shoshmasdan salomlashdi. Keyingi galda Sunaning qizi Mika bilan, va yosh kelin kuyovlar, Sehun va Kira bilan..

--- Sehun tabriklayman...

--- raxmat Jungkook....vaqt ajratib kelganingiz uchun...

Sehun ichidagi hayajonni yashirishga urinib dedi, u uchun Jungkookning uning to'yiga kelgani hayratlanarli edi. Sehunning ayoli Kiradan so'ng navbat yana bir uy a'zosi Soolinga keldi. Jungkook hayratlandi, oldinlari u bu qizga ko'zi tushmagan. Ammo bir zumga uni begona deb ham o'yladi.

Yigit qizning mayin jussasiga tikilganida hammasini unutdi. Bir onda burun kataklarini kezgan vanilla ifori, uni mast qilishga ulgurdi. Tanasiga kiydirilgan hushbichim libos, qizni shirin paxta kabi ko'rsatdi. Extimol Jungkookning hayollari izdan chiqib ketdi. Tanasini egallagan bexat begona tuyg'u, uni garang qilayozdi. Hammasi atayin qilgandek qizning hijolatomus harakatlari aqldan ozdiradi.

Salomlashish uchun cho'zgan qo'llari havoda muallaq qolgach qiz tepasiga nazar soldi. Unga qadalgan bir juft quyuq shariklarni ko'rganida, o'zida hijolatning yuqori darajasini his qildi. Qo'rg'ondagi hammaning ko'zi unda ekanligini bilib, chuqur nafas oldi. O'zini bu uy uchun haddan ziyot begona his qila boshladi. Ketishni hohlaydi.....!

--- s-salom j-janob...

Jungkook mayin honishni eshitib, o'zini yig'ib oldi. Nazdida u bir onda har yoqqa sochilib ketgan soat qismlari kabi tasavvur qildi o'zini. So'ngra u o'ziga uzatilgan kichik kaftga qaradi. Jungkook o'ylamadi. Hech qanday rejalarsiz u, qizning kaftini qo'llari orasiga olib, lablariga tekkizdi. Mayin o'pish ortidan turgan g'ayritabiy hohishlar yigitni egallab oldi. Bir tomondan hamma chuqur va bo'g'iq ovozda nafas oldi. Hayratlanish yon atrofga tarqaldi. Ayni damda qizning noqulayligi ortdi. Avvallari hech ham his qilmagan bu hodisaning hissiyotlari u uchun begona. Tez fursatda qiz qo'llarini majburan Jungkookning qo'llaridan halos qildi. Noqulay jilmayib, o'zini deyarli Kira( ushbu to'y marosimidagi kelin)ning ortiga oldi.

--- salom malika~

Jungkook shu vaqtga qadar hech kimga bermagan tabassumini qizga hadya qildi. Ko'z o'ngida deyarli yosh qiz kabi mayin harakatlar qilgan Soolinga nisbatan qiziqish olovi balandlab bordi. Ammo u 27-yoshli erkak sifatida vaqtni juda oz deb belgiladi. Bu qadar hohish uchun soatlar juda kam edi.

--- Jungkook bu yerda boshqalar bilan ham suxbat quring, sizni chaqirishmoqda...

Tezda oraga aralshgan Suna, Jungkookning ko'zlari Soolindan uzilmaganini ko'rib uni chetga surmoqchi bo'ldi. Kampirning hayollari qarshi narsadan dalollat berdi. Uning nazdida bu xato edi......

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

To'y bazmining qolgan qismini o'sha qizchaga termulish bilan o'tkazgan Jungkook, har gal unga qaraganida haddan ortiq tubsizlik va bilar - bilinmas g'amni ko'rardi. Tashqi tovushlar quloqqa kirmas, va ammo qizning tubsiz ko'zlarida cho'kishga tayyor holda turardi. Aqalli bir bor haqiqattan ham ularga kechsiz termulishni istaydi. Hohishlar yetaklagan manzil anchayin qiziqarli bo'lishi sezib turardi. Hali beri undan ajramasidan u, vanilla iforini sog'inishni boshlagan.

Qadaxiga yarimlab kuyilgan vinoni bir simirish bilan tugatdi. Ammo hamon ko'zlar u bilan. Marosimga kelishga bo'lgan hohishsizliklar allaqachon bo'lmagandek bo'lib unutilgan. Oxirgi bor u, qizga nigoh tashlab to'y bazmini tark etishga qaror qildi. Extimol allaqachon qizning izmiga tushin qolayotganini anglagan...............Va lekin u istamadi. Ichida yonib borgan ulkan hohishga qarshi turishga kirishib ketdi. Qilolmaydi.! Butun vujudini kichik qizaloq izmiga topshirib qo'yolmaydi. Bu uning yo'nalishiga kirmaydi.! Osmon bo'lgan qaddini bukib, qizcha oldida tiz cho'kolmaydi.! Lekin bu Qancha muddatga.....?!

β‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆβ‰ˆ

Allaqachon to'y marosimi o'tib ketganiga ikki kun bo'ldi. Ammo Soolin uchun qo'rg'on darvozalari kelgan kundan buyon yopiq edi. Bobosi va buvisining buyrug'i bilan uy sharoitida dars qilish bilan band.! ....Soatlar o'tgani sayin dadasini ko'proq kutardi. Bu uy u uchun emasligini bilardi.....bu yerda u uchun mehr yo'q.! Faqat buyruq va boy kimsalarning axmoqona odatlari. ....Atrofni qoplagan pullar sabab qiz ham ulardek bo'lib qolishdan juda qo'rqadi.....

--- Soolin~

Soolin /pov

Qattiq ovozda akamning hayqirig'ini eshitib sapchib ketdim. Ko'zlarim jovdirashdan to'xtamaydi. O'tirgan joyimda irg'ib ketib tezda deraza oldiga shoshdim...bir nechta barzangilar qurshovidagi akamni ko'rganimda yuragim ming bo'lakka bo'lindi......o'ylamadim.! Shunchaki pastga yugurdim...Ulkan zinalar bo'ylab faqat pastga. Lanati g'ubat bosgan uy!

--- TO'XTA.!!!

buvimning so'zlariga quloq solmay o'tib ketmoqchi edim ammo, qurg'ur hizmatchilar meni qurshab o'tolmay qoldim. Eshik tomonga odimlab faqat akamni chaqirdim..

--- AKA~

--- ovozingni o'chir.!

--- nega.? Nima uchun.?

Nafrat bilan buvimning ko'zlariga tikildim. Axir mendan nima hohlashadi. Nima uchun o'z hayotim bilan yashash uchun qo'yishmaydi..?! Nega ular bu qadar hudbin..!?

--- sen bu uydan ketmaysan.! Aslo ketolmaysan.! Ikki qulog'ingga ham....! Aslo o'sha muragan kulbangga qaytarmayan seni.!

--- u yerda meni otam bor, onam bor, akam bor.! Qilolmaysiz.! Oldingidek bo'ling..! Ulardan jirkanganingiz kabi mendan ham jirkaning...!

--- o'sha non ko'r otang uni tanladi. Hammasidan maxrum qildik, boridan ayirdik. Ammo u qaytmadi. Ko'chadagi yalangoyoq bilan ketti...........shunga qaramay seni boqib olishganda seni qabul qildik. Senga o'z familiyamizni berdik....O'z nabiram deb tan oldik...! .....Lekin sen nonko'r buni ko'rmayabsan..!

Yuragim jizillab ketdi. Haqiqatdan habardor bo'lsamda, eshitish har galgidan ham og'ir edi. Men o'sha yaxshi insonlarning haqiqiy farzandi emasman..Aslida haqiqiy yalangoyoq men edim...

--- yalangoyoq menman..! Uloqtiring meni ko'chaga..!

--- hech qayerga ketmaysan......biz seni qayerga yuborsak ham o'sha uyga borolmaysan...,

Oraga bobom aralashdi. Kichik qora kamzulida allaqanday zanjir bor....Hassasimi yerga urgancha menga tepadan nigoh tashladi. Yusi jirkanch edi...extimol u, begunoh insonlarning mulkini haddan ziyod ko'p yeb yuborgan..

--- akamda nima ayb..? Sizning haqiqiy nabirangiz aslida u....! Nega uni eshik oldida ho'rlaysiz...?

To'lib ketdim...! Ularga hech qachon nimanidir tushuntirib bo'lmasligini bilardim...ammo men to'xtamay, yuzimdagi yoshlarga erk berib dedim...

--- u bu uyga kirmaydi...!

Bobom o'tib ketdi. Men hamon tashqarida izzillagan akamga qarayman. "SOOLINNI OLIB KETAMAN.!" Deb baqirardi. Ho'rligim keldi. O'zim uchun emas akam uchun..., chidolmadim....

--- nafratlanaman...sizlardan.!

Shu on yuzimga shapaloq kelib tushdi. Nihoyat buvimning yuzida ko'tarilgan g'azabni ko'rishga muvaffaq bo'ldim. O'ylaganimdan ham qiziqarli edi. O'zi uchun ishlatilgan har qanday yomon so'zdan u nafratlanadi..

--- senga tarbiya berish kerak..! Bugundan boshlab hech qayerga chiqmaysan.! Hech kim bilan gaplashmaysan.! Telefon ham sen uchun yo'q.! Hali tarbiyani mendan olasan.!

Shunday tarbiya beriladimi.? Bolaga shunday tarbiya beradilarmi? Uni boridan ayirib tarbiya qiladilarmi.? Nima uchun men ulardek emasligim haqida o'ylamaydilar.!?.....................shu on men o'yladim. Ular hech qachon foyda bo'lmasa bir ish qilmaydilar..! Shu kabi mendan ham foyda bo'lmasa bu yerga olib kelmasdilar..!

Muallif: Sea Silverstone

Kanal: @cruel_fanfic

Ushbu fanfic @cruel_fanfic kanali uchun yozilmoqda.