MEXANIK [Mechanical]
Tashqaridagi yomg'irning sharroslab quyishi, ichkariga musiqaning mayin kuyi ohangida kirib turardi. Ushbu ohangga qo'shilib, mashina tuzatish moslamalarining ham ovozi hamohang. Ikki darvozasi katta ochiq holdagi mashina tuzatish shaxobchasi. Ikki yonga yoyilgan bir qancha temirlar-u, devordagi iliniq turgan moslamalar. Har bir burchakda qora moyning aksi. Kiraverishda oldi ochiq holdagi tuzatilayotgan ozroq eski rusumdagi "ferrari".
Keng gavdali kishi moyga botgan qo'lini, juda ko'p marta ishlatilganidan qora rangga kirib ketgan matoga artdi. Hech qanday ortga harakatlarsiz tashqaridagi yomg'irga quloq tutdi. Ichkariga kirgan yomg'irning daydi mayin shamoli, kishining yuzini siypalab o'tdi. Turishidan sokinlik ufirgan bu kishi, harakatlarining ham barcha qismini sokinlik tashkil qilardi. Qo'lidagi bir nechta uskunalarni stol ustiga, boshqa moslamalar oldiga qo'shdi. Eski rusumli "ferrari"ga bir on nigoh tashladi. Uning qora ko'zlaridagi mashina aksi ish yakunlanganligini anglatdi.
......Ammo soniyalar farq qilmay tashqaridagi yomg'ir ovoziga begona tovush qo'shildi. Umuman begona.....Yigitning quloqlari asta qimirlab, tovushsiz qadamlarni tingladi. Gavdasini hotirjamlik tark etmay, uskunalarni tekshirgan bo'lib, qo'liga temir lomni( uchi uchli uskuna)oldi. Yatiroq diskadan ko'ringan qora kiyimli soyaga qaradi. Qo'lida pichoq bilan, huddi sichqonni poylamoqchi bo'lgan gavda. Ammo aslida kim sichqon, kim mushuk.?!
Bo'yin qismining yonidan kirgan lom, bo'ynining narigi tarafidan teshib chiqdi. Qo'lidagi pichoq chunonan yerga tushdi. Kishining yuziga va bo'yniga sachrab ketgan qon yuqi. Qora kiyimdagi odam o'layotgan sichqon misol tipirchiladi.
--- J-jeon Ju-Jungkook-k....s-seni o'ldiraman.....!
Og'zidan nafas bn barobar qon otilganicha, o'limdan avval aytmoqchi bo'lgan so'zlarini tashqariga chiqardi. Uning yuzida o'layotgan insonning emotsiyasi egalladi. Ushbu achinarli holatda o'zgarishsiz turgan kishi asta so'z qotdi.
--- urinib ko'r....! Men qarshingdaman...
--- j-jin u-ursin* s-seni ab-ablax....
Inson hayoti davomida qanday umr kechirgan bo'lsa, u so'nggi nafasida ham shuni ko'rsatadi. Kishi og'zidagi so'nggi nafasi chiqqinuga qadar ham jirkanch so'zlarini og'zidan qo'ymadi. Qasd olish istagidan u, o'ldi......
Bir urunish bilan qo'lidagini kishining bo'ynidan chiqarib oldi. Shu onda yerga bir qop go'sh kabi jasad tushdi. Yerning bir qismi, sutli qaxva rangli ish kiyimining bir qismi ham qon edi. Avvaliga hech qanday harakat qilmay, Jungkook qo'l soatiga qaradi..
--- seni deb kech qolishni hohlamayman.!
Takidlab, so'ng soatni ko'rdi. 22:45 ni ko'rganida bilinar bilinmas hotirjam bo'ldi. U mana endi qonga deyarli botgan atrofiga qaradi. Lablari orasidan sekin ho'rsinish chiqdi....
Yomg'ir hali ishini to'xtatmagan. Sharroslab quygan yomg'ir ostida, kichik tamaddihona oldiga to'xtagan eski, oldingi dizyn uslubidagi ferrari...mashina ichidan tushgan Jungkook, tamaddihonaga qaradi. Tashqaridagi yomg'irning sovug'i, va ichkaridagi issiqlik tasirida oynavand derazalar par bilan qoplangan. Jungkook oynadan ichkariga nazar tashladi, izlagan kishisini izladi...Malum vaqtda u, qo'li ish bilan band bo'lgan harakatchan qizning jussasini payqadi. Qalbiga hotirjamlik yugurib, uni yaqinroqdan ko'rgisi keldi..
Tamaddihona gavjum. Yarim tunga qadar ishlaydigan atrofda faqat sanoqli tamaddihonalar mavjud. Bu ulardan biri....Jungkook ko'rinib turgan oynadan, ichkarisiga qarab turardi. Bu yerdagi hammani shirin taomi bilan siylayotgan qizdan qora tuynuk kabi ko'zlarini uzmasdi..
Anchagacha sukut qilib, tepasidagi qora sochli qizga javob qildi. Ammo ko'zlar hamon oshxonada....Minsora bir bor u qarab turgan tarafga qiyo boqib, so'ng stoldan uzoqlashdi....
--- o'sha mijoz......hali ham senga qarab turibdi....
Minsora jon kuydirib ish qilish bilan band bo'lgan Vanessaga gap qistirdi.
Vanessa hech nimaga e'tibor qilmay ko'rsatgan tomoniga qaradi. Ko'zlari qora quyuq tuman qoplagan inson bilan to'qnashkanida, vujudini titroq bosdi. Bir seskangan bo'lib undan ko'zlarini tez uzdi. Doimiy ishini qilishga chog'landi, u uchun buyurtma tayyorlash
--- Vanes....u sendan nima hohlaydi..?
--- bu nima deganing.? Men uni nima hohlashini qayerdan bilaman...
--- ammo sen bunga qiziqmaysan ham....
Vanessa ko'zlarini qorachiq bo'ylab aylantirib, ishiga qaytdi. Minsora butunlay g'alati gaplarni gapirdi
--- hey undan extiyot bo'l.! U mexanik..
--- nima.? Mexaniklardan uzoq yur demoqchimisan.?
Vanessa ozroq kulimsiradi, Minsora sekin xo'rsingan bo'lib yon cho'ntagidan sigareta qutisini chiqardi. Ichida bittasini sug'irib oldiy-u, lablariga qistirdi. Bir soat oldin stol ustga qo'ygan yondirgichni olib, sigareta o'z ishini boshlashiga qo'yib berdi. Minsora ichidagi tamaki tutunini tashqariga chiqarar ekan, Vanessa buni payqagan ko'yi hafsalasi pir bo'lib ketdi...
--- yanami Minsora...? 18 yoshdan boshlab o'ziga qabr qaziydigan axmoqlardansan...
--- oyimga o'xshab gapiryabsan....
--- chunki oying ham o'lishingni hohlamaydi...
--- uning hohishlariga tupurganman........menga qara rostan ham u bilan bog'liq joying yo'qmi.?
Minsora yana ko'zlari bn stoldagi ko'zlarini quyuqlik qoplagan erkakka ishora qiladi. Vanessa bu gal unga uzoq qarolmadi, tezda javob qila-qoldi
--- agar ishonmayotgan bo'lsang o'zidan so'ra....
--- balki........qandaydir sabab bo'lmasa bunday qilmasdi. Unga kerak bo'lgan narsa senda bor.!
--- menda unga kerak bo'lgan nima ham bo'lishi mumkin.......yaxshisi manabuni unga olib bor.!
Minsora yana bir marta tutun purkaganida, Vanessa yo'talib qoldi. Tez orada ko'zlari yoshlanib ketdi. Qo'lidagi patnosni tushurib yubora yozdi
--- allergiyam borligini bila turib oldimda chekasan.! Hoziroq oshxonadan daf bo'l.!
Vanessa eshikni quluflab bo'lganida, Minsora atrofga qarab qo'yib qizga taklif kiritdi.
--- sen uchun 7 yoshli qizchamanmi.? Doimgidek o'zim ketaman....
--- Vanes..! Hali ham yomg'ir yog'yabdi, senda esa na soyabon va na yopiq oyoq kiyimi bor. Gulzorni sayr qilish uchun chiqqan qizchalarga o'xshaysan.!
Vanessa kiyimiga bir ko'z yugurtirdi, oyog'ida deyarli hamma yeri ochiq bo'lgan oyoq kiyimi. Erta tongdan u chiqib turgan quyoshga ishongan chog'i.
--- hech qisi yo'q....uy uzoq emas.! Yetib olaman...
--- kuzatib qo'yaman,...hech bo'lmasam yarim yo'lga qadar...
Vanessa o'ylanmay, dugonasining yuziga o'pich qoldirib, uzoqlashdi
--- hayirli tun....yaxshi yetib ol...
Tezda manzili tomon jo'nab ketti...ortidan termulgan Minsora esa, bir on sukut qilib sekin ho'rsindi. Yuragidagi allanechuk qo'rquv, uni ham havotirga solardi. Ammo o'rinsiz deb hisoblagan fikrlarni, bir chetga surib, soyabonni ochdi. U uyiga enson omon yetib olishiga ishonch bog'ladi.
Yomg'irning mayin tomchilari ostida o'ynoqlab ketayotgan Vanessa, insonlar ovozisiz sukunatdan baxra olardi. Yomg'ir va uning mayin shamoli. Yuziga yengil va sovuq shabboda yugurganida, eti shirin junjukdi. Ko'cha bo'ylab tirik kimsa ko'rinmaydi. Ammo bu qiz uchun ayni muddao bo'ldi. Kuni bo'yi, insonlar shovqinidan charchagan qiz, yolg'iz, yomg'irda va charchoq liq to'lgan oyoqlari bilan bo'lsada rohatlanib ketardi. U baxtli.! O'zida mavjud narsalardan benihoya mamnun...
......Ammo sukunat ovozlari ko'pka yetib bormadi. Havoda begona nafas, qadamlar paydo bo'ldi. Avvaliga ilg'ash qiyin, lekin vaqt o'tmay qiz payqadi. Qadamlari sekinladi. Ko'chani yoritgan yagona chiroqarlar, sekinlik bilan qo'rquvni chaqirishga kirishdi. Axmoq hayollar barcha yomon o'ylarni keltirib berdi. ....Qiz hali ham ortga qarash uchun qatiyat topmadi. Faqat ozroq sekinlar va tezlardi. Bugun unga kim havfli narsalar haqida gapirgan bo'lsa u hammasi hozirning o'zida hayolida jamladi...bu hayol, nimalarni o'ylashga majbur qilmaydi...?!
Nihoyat qadamlar yaqinlaganini his qildi, ortga qarash kerak, javob orqada...Vanessa yurgan yo'lidan tez to'xtadiy-u, ortga tez o'grildi. Kimsa qochib qolmasligi uchun....Lekin buni qarangki, u qizga qarab turardi. Hech qanday qimirlash yo'q. Bir tarafdan Vanessa u qochib qolgan bo'lishini hohlardi. Qo'rqyabdi..! Qiz "Kimsan" deyishga botinmadi, jim turar extimol qora kiyimli kimsadan bir og'iz tushuntirish kutar...
So'zlarini qaltiroqqa boyitib, sekin so'radi. Duduqlanmaslikka urunishlar foydasiz ketti. Oyoqda arang turib, kimsadan javob kutdi. Ammo u faqat qizga qaragancha jim turardi. Indamadi.! Huddiki hech nimani eshitmagandek. Vanessa qaltiragancha uzoq turdi, erkakka termulib, va erkak ham unga qarab turishdan hech zerikmadi. Aziyri qiz toqati toq bo'ldiyu, yo'lida davom etmoqchi bo'ldi. Qadamlatini tezlatib, ortga yarim ko'z bilan nazar tashlab ketardi.
.....Vaness tez yurgani sari, orqasidagi erkak ham tezlashardi. Hayoliga faqat ortga qaramay yugurish fikri keldi. Ozroq sekinlagan bo'lib, tezda bor kuchi bilan yugurdi. Yomg'irning sovuq havosi yana ham tezroq qizning yuziga urilardi.
Yana bir bor qiz yarim ko'z bilan ortga qaradi, va deyarli yetay deb qolgan kishini ko'rdi...nafasi qisilib baqirib yuborishdan o'zini arang tiydi...hozir faqatgina tezroq uyga yetib olish kerak.! Albatta qiz o'lishni hohlamaydi....!
Qizning chalkash qadamlari sabab qirrali yo'l toshiga qoqilib ketdi. Kutilmaganda og'zidan chiqqan ingroq, og'riqning darajasini belgilab berdi. Oyoq barmog'ining uchi qon bilan qoplanganida, qonga bo'lgan qo'rquv o'zini ko'rsatadi...Oqsoqlangan ko'yi, yomg'irdan panaroq joyga sekin o'tirdi...
--- sekin malika~ uni tozalash kerak...
Qizning ruhi ko'kka ko'tarilib qayta yerga tushgandek bo'ldi. Qarshisida yerga cho'kkan ko'yi, huddi o'zi azob chekkandek qizning oyoqlariga termulib turgan quyuq qora ko'zlini ko'rdi. Bu o'sha.....ko'zlari qora tuman kabi qora inson...U mexanik.! Minsora aytgan insonni qarshisida ko'rganida butun badanidan sovuq ter tomchilarni chiqib ketdi. Jarohatlangan oyog'ini tozalash bilan band bo'lgan kishiga qaradi, qo'rquv tufayli falajlik sabab Vanessa faqat jim turardi..
--- tugatdim.! Uni toza mato bilan bog'lash kerak.! Yo'qsa jarohat bitmaydi..malika~
Mana endi Jungkook unga to'laqonli qaradi. Qizning qo'rquvdan kattalashgan qorachiqlariga termuldi. Ayni damda ular hali ham cho'kib ketish uchun shay.....Tubsizlik ummoniga.....Vanessa uning chalg'iganidan foydalangan bo'lib zamogi ochiq qolgan sumkasini oldiy-u, oqsoqlangan oyoqlari bilan faqat to'g'riga intildi.
Jizillab achishtirgan oyoqlarim bilan yomg'irli yerda yugurib ketar ekanman, u ortimdan kelmaganligiga ishonch hosil qilardim. Uyga oz qoldi. Men hatto uyimning eshigi ko'ryabman. Qorong'u orasida yiltillab turgan uyning derazasini ham. O'pkam nasos bilan ishirilganga o'xshaydi, qattiq-qattiq nafas olganim sari, qiynalib ketardim..Toki uyning eshigi oldiga kelgunga qadar, aslo ortga o'girilmadim. Faqat oldinga.......Shoshib eshikni buraganimda u qulf edi....Ichimdan hafsalasizlik yopirilib keldi. Sumkamni kovlagan ko'yi, kalitni chiqarib eshikni amallab ochib oldim. Axmoqona....huddiki meni vaxshiy it quvlagandek, ishib ketgan o'pkam bn nafas olardim...ichkaridan qulflab, eshikka bazo'r suyandim. Shu qadar g'alati axvoldamanki, bo'lgan voqealar ketma-ketligini ham eslolmayman...
Ichkaridan oyimning ovozi yangraganida o'zimga keldim...O'pkasi shishgan axmoqlar kabi judayam vaxima qilganimni angladim...Ammo u ortimdan yugurganidagi holatimni tasvirlay olmayman, bu daxshatli edi. O'zimga arang kelib, ovozimga quvonoqlik qoshib javob berdim..
Ortimga qarab yopiq qolgan eshikka jim tikildim. Huddiki hozir u buzilib, kimdir bostirib keladigandek go'yo-o.....Boshimni tez-tez silkidim. Boshimdagi hamma o'ylar bekorchi, va axmoqona ekanliģini o'zimga takidladim. Bu bo'lmagan ish.! ....eshik yonida doimo turadigan ixcham oynaga qarab, tartibsizlikka barxam bera boshladim. Oyim meni bu holda ko'rsa, "yirtqich quvlagan" deb o'ylaydi. Chuqur nafas chiqarib ichkariga kirdim.
--- meni oy qizim~ nihoyat kelding....ko'zlarim yo'lingni poylab toliqdi...
--- doimo bir hil vaqtda kelamank-u oyi.! Meni kutmang axir, dam oling...qarang soat necha bo'ldi...?
--- kutmay bo'ladimi.? Balog'atga yetmagan qizni yarim kechasi ko'chada qoldirishning o'zi axmoqlik....senga nimadir bo'lsa men nima qilaman...?
Quloqlarimdan sizib kirgan jumladan negadir jimirlab kettim. Hozirgi bo'lgan voqeani o'ylab bildirmaygina ho'rsindim. Oyim uchinchi ayriliqqa ham chidolmaydilar..!......Shu on o'zimni nafas ostida lanatladim..! "Oh my goodnes*" nimalar haqida o'ylayabman o'zi..aqilga sig'maydi....
--- qizim taomlanasanmi.? Ularni tayyorlab qo'yganman..
--- oyi tamaddihonada kechki ovqatni qildim...yemayman...dam olamiz yuring..
Aslida bugungi hodisalar ko'plik qilgancha oyimni honalariga olib kirmoqchi bo'ldim. Nogironlar aravachasini ushlab honalari tomon kettim.
--- oyi~ belingizni uqalab qo'yaman hopmi.?
--- kerak emas....! Shundoq ham charchagansan.! Damingni ol..
Kun davomida aravachada o'tirib bellari qattiq og'rib ketganini bilaman. Meni ayash uchun ham doim rad qiladilar........Yon yerimdagi derazadan o'tib ketayotganimizda allaqanday begona tovush qoloqlarimga quyulib, taxta kabi qotib qoldim. Men deyarli butun vujudimni unutib, o'sha tomonga quloq tutdim..endi hech qanday sas-sado yo'q.
--- qizim nima bo'ldi.? Nega buncha oqarib ketting.?
--- a-a-a.? H-ha hech nima oyi....siz ham eshitdingizmi, tashqarida.?
--- nimani.? Bilmayman...bilasanku yovvoyi mushuklar bo'lsa kerak, shu atrofda ko'p daydishadi...
Bosh irg'ab tasdiqlagach yo'limda davom etdim. Kulbaning tor yo'lagi bo'ylab.....hayolimga kelgan fikrni sekin tasdiqladim.! Ertaga Minsoradan o'sha "Mexanik" haqida bilishim kerak....!