December 15, 2024

MENING O'QITUVCHIM - 1 - BOB


1-Bo‘lim: Sovuq nazar

Shahar chetidagi eski maktabga kuzning salqin bir kuni yangi o‘qituvchi keldi. Taehyung. Qora kostyumi uning sovuq nigohini yanada keskin ko‘rsatardi. U sinfxonaga qadam qo‘yganda hamma jimib qoldi. Talabalarning ustida yashin singari chaqnagan nigohi, qat’iy va shafqatsiz ovozi ularni birinchi daqiqalardanoq hayratga soldi.

– Sizlar o‘rganishga emas, vaqtni bekorga o‘tkazishga o‘rganib qolgansizlar, – dedi u sinfdagi jimjitlikni buzib. – Ammo men bilan bu ishlamaydi. Men uchun bahona degan narsa yo‘q. Ishlashni o‘rganasizlar.

Birinchi qatorda o‘tirgan Misu boshini ko‘tarmadi. U Taehyungning ovozidan hayratda emas edi, aksincha, bu odatdagi tanqidlar qatoriga qo‘shilgandek edi. Misuning hayoti allaqachon sinov edi: onasining dorilari, elektr uchun qarz, hamma narsaga yetishmovchilik...

O‘sha kuni darsda Taehyung barcha talabalarni o‘zining sovuq talablariga moslashishga majbur qildi. Lekin uning e’tibori bir qizga tushdi. Bu Misu edi.

“Boshqacha,” deb o‘yladi Taehyung. “Ularning ko‘pchiligi qo‘rqadi, ammo bu qiz... U shunchaki o‘zimni sezmagandek.”

Dars tugagach, Misu odatdagidek eski daftarini va qalamlarini sumkasiga soldi. Lekin shoshilinchda daftaridan bir qog‘oz yerga tushib ketdi. Taehyung uni ko‘rib qoldi va qaytarish uchun yerga egildi. U qog‘ozda yozilgan so‘zlarni o‘qimaslikka urinib, lekin tasodifan ko‘zlari qatorlardan o‘tib ketdi:

“Qarzdorlik hisoboti: 2 450 000 von.”

Taehyung ko‘zlarini qisdi. "Shuning uchunmi u mendan ham qo‘rqmaydi?"


2-Bo‘lim: Sir ochiladi

Taehyung o‘sha qog‘ozni o‘qib bo‘lgach, Misuga qaradi. U hali ham sumkasini joylayotgandi, qog‘oz tushib qolganini hatto payqamagan edi.

– Bu nima? – Taehyungning ovozi sovuq va qat’iy yangradi.

Misu boshini ko‘tardi. U Taehyungning qo‘lidagi qog‘ozni ko‘rib, ko‘zlari kattalashib ketdi. Butun tanasi muzlab qolgandek edi.

– Bu... – dedi u past ovozda, ammo so‘z topa olmadi. Sharmandalik uni bosib ketdi.

– Mening savolim aniq edi, – davom etdi Taehyung. – Bu nimaning hisoboti?

Misu bir necha daqiqa sukut saqladi. Nihoyat, boshini egib, gap boshladi:
– Bu... oilamning qarzdorligi. Onam kasal. Otam... otam bizni qarzga botirib qochib ketgan.

Taehyungning yuzi o‘zgarmadi, lekin ich-ichida qandaydir noqulaylik paydo bo‘ldi. U har doim o‘z hayotini tartibga solishga muvaffaq bo‘lgan. Qiyinchilik deganda nimani anglatishini deyarli unutgandi. Ammo bu qizning sovuqqonligi va irodasi... unga ta’sir qilgandek edi.

– O‘zingni sharmanda qilishingni xohlamasang, buni hech kimga ko‘rsatmaslik kerak edi, – dedi Taehyung qog‘ozni stol ustiga qo‘yarkan.

Misu bu gapni eshitib, o‘zini qo‘lga oldi.
– Bu mening muammom. Uni o‘zim hal qilaman, – dedi u qat’iyat bilan.

Taehyung bir lahza jim qoldi. "Bu qiz o‘z dardini yashirish uchun hamma narsaga tayyor ekan. Lekin qanday qilib? Bu yoshda bu darajada matonatga ega bo‘lish mumkinmi?"

– Yaxshi, – dedi Taehyung oxiri. – Lekin bu seni darslaringni o‘z vaqtida bajarishdan ozod qilmaydi.

Misu hech narsa demadi, lekin o‘zining ichki dardlarini yutib yubordi. U bilardi: bu o‘qituvchi unga yordam bermaydi, lekin bu ham uning muhtoj emasligini anglatardi.


3-Bo‘lim: To‘qnashuv

Ertasi kuni Taehyung kutganidan farqli ravishda Misu darsda faol qatnashdi. U shunchaki savollarga javob beribgina qolmay, hatto o‘qituvchiga qarshi chiqib, o‘z fikrlarini himoya qilishga urindi. Sinfdagi boshqa talabalar hayron bo‘lib, pichirlab qoldi.

– Misu, – Taehyung nigohini unga qadadi. – Menga noto‘g‘ri fikrni qanchalik yaxshi himoya qilishingni ko‘rsatishga harakat qilmayotgandirsan, a?

Misu chuqur nafas oldi.
– Men noto‘g‘ri fikrni himoya qilmayapman, – dedi u. – Men faqat haqiqatni aytyapman.

Taehyungning ko‘zlarida bir lahza kulgi chaqnab o‘tdi, lekin uni yashirishga harakat qildi.
– Juda yaxshi. Ammo unutmang, bu sinf emas, hayot sizni sinaydi. Va men kabi sovuqqon odamlar sizni siqib tashlaydi.

– Hayot meni allaqachon siqib tashladi, – dedi Misu. – Endi meni qo‘rqitish oson emas.

Taehyung jim qoldi. Bu javob unga tasir qilgandek edi. "Hayotdan qo‘rqmaslik, deysanmi?" deb ichida o‘yladi. "Shunda ham tirik qolish mumkinmi?"


4-Bo‘lim: Sinov boshlanishi

Taehyung o‘z stolida Misuning sinov daftarini varaqlab o‘tirarkan, nigohida o‘sha qog‘oz haqida o‘ylardi. O‘ziga-o‘zi savol berardi: "Qashshoqlikda o‘sayotgan qiz qanday qilib shunday qat’iyatli bo‘la oladi? Bu faqat niqobmi yoki haqiqiy jasorat?"

Shu payt u o‘ziga reja tuzdi. "Men uning qanchalik chidamli ekanini bilib olaman. Agar bu faqat niqob bo‘lsa, u sinadi. Lekin agar bu haqiqiy bo‘lsa... qiziq, qanday holga tushadi?"


Ertasi kuni, maktabda.

Misu sinfga kirdi. Har doimgidek tinchgina joyiga o‘tirdi. Ammo bugungi dars boshqacha edi. Taehyung talabalarga o‘ta murakkab topshiriq berdi.

– Bu sizning bugungi sinovingiz, – dedi u qat’iy ohangda. – Kechga qadar topshirmasangiz, ikki haftalik bahongiz nol bo‘ladi.

Talabalar shovqin-suron qilib qoldi. Ba’zilari shikoyat qildi, boshqalari esa topshiriqni qanday bajarishni bilmay garangsirab qoldi. Ammo Misu sukutda qog‘ozga qaradi.

– Savolingiz bormi, Misu? – Taehyung uni ataylab o‘rtaga oldi.

– Yo‘q, janob, – dedi u.

– Shunchalik qiyin topshiriqni qanday qilib bir kunda bajarayotganingizni ko‘rishni xohlayman, – dedi Taehyung. Undagi sovuqqon tabassum Misuning tanasidan o‘tib ketdi, lekin u sir bermadi.


Tushlik tanaffusidan so‘ng.

Taehyung koridorda yurib, Misuning qayerda ekanini bilib olishga qaror qildi. U qizni maktab kutubxonasida topdi. Misu daftariga nimanidir yozib, ba’zan boshini ko‘tarmay kitobni varaqlardi. Uning yuzidan charchoq bilinib turardi, ammo nigohlarida qat’iyat bor edi.

– Ishlashdan to‘xtamaysizmi? – Taehyung kutubxonadagi sukutni buzdi.

Misu boshini ko‘tarmadi.
– Kechgacha topshirishim kerak, janob. Siz aytgan edingiz, esingizdami?

Taehyungning yuzida tabassum paydo bo‘ldi. "Men uni qiynash uchun bu vazifani berdim, lekin u hatto shikoyat ham qilmayapti."

– Yaxshi, – dedi Taehyung, yoniga kelib. – Lekin buni bajarishga vaqting yetarmikan? Har holda, bu sening qobiliyatingni oshkor qilishga qaratilgan sinov edi.

Misu unga bir qaradi. Uning ko‘zlarida yoshlar yiltirardi, lekin u boshini baland tutdi.
– Agar vaqtim yetmasa, bu meni muvaffaqiyatsizlikka mahkum qilmaydi. Bu shunchaki keyingi safar yaxshiroq harakat qilishim kerakligini bildiradi.

Taehyung bir lahza jim qoldi. "Bu qiz... haqiqatan ham sinmas ekan. Ammo uni yana bir bor sinab ko‘rish kerak."


Kecha.

Misu vazifasini tugatib, uni darsdan so‘ng Taehyungning stoliga olib bordi.
– Mana, janob, – dedi u, vazifasini uzatarkan.

Taehyung qog‘ozni qo‘liga oldi. U qaradi, lekin hech narsa demadi. So‘ngra, asta gap boshladi:
– Yaxshi ishlabsiz, lekin bu mukammal emas.

Misu uni sinchkovlik bilan kuzatdi.
– Men mukammallikni emas, imkoniyatni tanlayman, janob.

Taehyungning yuragi bir zum titrab ketdi. Bu gap uning ichida qandaydir hislarni uyg‘otdi, lekin u o‘zini qo‘lga oldi va sovuqqon nigohini davom ettirdi.
– Yaxshi. Ertadan boshlab, yana qiyinroq sinovlarga tayyor bo‘lasiz.



5-Bo‘lim: Hiyla

Kunning oxirida maktab bo‘shab qoldi. Misu darsdan keyin kutubxonada ishlayotgan edi, shu payt Taehyung kirib keldi. Qizning nigohi hali ham kitoblar va yozuvlarda edi, lekin uning kelishini sezdi.

– Kech bo‘ldi, – dedi Taehyung, ovozida sirli ohang bor edi. – Uyga ketmaysanmi?

Misu kitobni yopib, unga qaradi.
– Hali vazifalarim tugamadi. Uyga borib ham shularni davom ettiraman.

Taehyung bir necha qadam tashlab, stol yoniga keldi.
– Bilaman, hayoting oson emas. Qarzdorlik, onangning sog‘ligi... bu senga katta yuk.

Misuning yuragi bir zumda urib ketdi. Bu gaplarni u boshqa hech kimdan eshitmagandi.
– Bu mening muammoim, janob, – dedi u qattiq ohangda. – Sizga buning aloqasi yo‘q.

– Balki bordir, – dedi Taehyung sekin, yuzida sirli tabassum bilan. – Chunki men senga yordam bera olaman.

Misu nigohini undan uzmadi. Bu gapning orqasida nimadir borligini sezdi.
– Qanday yordam?

Taehyung cho‘ntagidan o‘sha qog‘ozni chiqardi. Misuning oilaviy qarzlari yozilgan qog‘oz.
– Men buni to‘lashim mumkin. Bir kunda hamma muammolaring hal bo‘ladi.

Misuning ko‘zlari kattalashib ketdi. Bu taklif unga orzu kabi tuyuldi, lekin uning ovozidagi ohangdan nimadir noto‘g‘riligini sezdi.
– Siz... buning evaziga nimani xohlaysiz?

Taehyungning ko‘zlari qizga qadaldi.
– Juda oddiy. Bir tun. Men bilan vaqt o‘tkazasan, va sening qarzlaring yo‘q bo‘ladi.

Kutubxona sukunatga to‘ldi. Misuning boshi aylanib ketdi. Bu so‘zlarni eshitganida ichida qandaydir g‘azab va sharmandalik uyg‘ondi.
– Siz... meni haqorat qilyapsizmi?

– Yo‘q, – dedi Taehyung sovuqqonlik bilan. – Men shunchaki savdo taklif qilyapman. Sen uchun katta imkoniyat, Misu. Axir, qarzlaringdan qutulishni xohlamaysanmi?

Misuning qo‘llari titray boshladi. Unga qarzlar va onasining muammolari haqida o‘ylashdan boshqa narsa qolmadi. Lekin shu payt nigohini ko‘tarib, Taehyungga qattiq qaradi.
– Men och qolaman, ishlayman, yerni supuraman, lekin o‘z qadr-qimmatimni sotmayman.

Taehyung kulib qo‘ydi, lekin bu kulgi iliq emas edi.
– Yaxshi. Lekin esingda bo‘lsin, Misu, hayotda bunday imkoniyatlar ko‘p marta bo‘lmaydi.

U orqasiga qayrildi va ketib qoldi. Ammo Misuning ichida g‘azab alangasi lovullab yonar edi. Bu odam uni sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan, lekin u sinmadi.


6-Bo‘lim: Ikki tomonlama o‘yinning boshlanishi

Ertasi kuni Misu sinfda boshqacha edi. Uning nigohlarida Taehyungga qarshi nafrat va qat’iyat paydo bo‘lgandi. Endi u faqat o‘zi uchun emas, Taehyungni yengish uchun ham kurashishni boshladi.

– Yaxshi, Misu, – dedi Taehyung, darsda unga savol berib. – Javob bera olasanmi?

Misu unga hech qanday hissiyotsiz qaradi.
– Albatta, janob, – dedi u va mukammal javob berdi.

Taehyung ichida o‘ziga kulib qo‘ydi. "U hali sinmadi. Lekin bu hali o‘yin tugadi degani emas."

Taehyung Misuni o‘ziga qiziqishga majbur qilmoqchi edi, lekin bu o‘yin endi o‘ziga qarshi o‘girilishi mumkinligini sezmayotgandi. Misu esa o‘z ichida unga qarshi kurashish uchun rejalar tuzishni boshlagandi.


Misu

7-Bo‘lim: Chegara

Kech tushgach, Misu kutubxonada o‘tirgan edi. Kutubxona odatdagidek jimjit, tashqarida faqat daraxtlarning shabadaga to‘qnashib shovillashi eshitilardi. Bir payt eshik ochilib, Taehyung kirdi. Uning sharpasi kutubxona yorug‘ligida yanada sovuqqon ko‘rindi.

Misu boshini kitobdan ko‘tarmadi. U ich-ichidan bu uchrashuvning tinch o‘tmasligini his qilardi, lekin sir bermaslikka harakat qildi.

– Hali ham o‘qiysanmi? – dedi Taehyung unga yaqinlashib. Ovozi past, ammo unda bir qadar tahdid bor edi.

– Vazifamni tugatishga yaqinman, – dedi Misu sokinlikni saqlab.

Taehyung qizning qarshisiga o‘tirdi. Bir oz jim bo‘lib, uning ishini kuzatdi. So‘ng sekin gap boshladi:
– Misu, sen o‘ta g‘ururlisan, bilasanmi? Ba’zan odamning qadr-qimmati uning hayotini qiyinlashtirishi mumkin.

Misu unga bir qarab qo‘ydi.
– O‘z qadr-qimmatimni yo‘qotish hayotimni qiyinlashtirmaydi, janob. Bu meni inson sifatida yo‘q qiladi.

Taehyung kulimsiradi. U stuldan turib, Misuning oldiga yaqinlashdi.
– Qiziq, – dedi u pichirlab. – Sen o‘zingni shunchalar mustahkam tutyapsan-ki, meni yanada sinashga majbur qilyapsan. Qachon sindingni ko‘rishni istayman.

Misuning yuragi tez-tez ura boshladi. Taehyungning nigohida qandaydir qoralik bor edi. U o‘zini chetga surishga harakat qildi, lekin o‘rnidan turishga ulgurmasdan Taehyung uning yoniga egildi.

– Bir marta o‘z chegaralaringdan chiqib ko‘r, Misu, – dedi Taehyung, ohangida qandaydir o‘ynoqilik bilan. – Balki shunda hayot senga boshqacha yo‘l ochib berar.

Bu so‘zlar bilan u qo‘lini Misuning qo‘li tomon uzatdi. Ammo shu payt Misu o‘rnidan sapchib turdi. Unga qattiq tikildi, ko‘zlarida g‘azab lovillardi.

– Menga yaqinlashmang! – dedi u ovozini ko‘tarib.

Taehyung bir lahza hayron bo‘lib to‘xtadi, lekin yuzidagi sovuqqon ifoda o‘zgarmadi. U yana bir qadam tashladi, ammo u shundoq qaragancha qotib qoldi. Misuning qo‘li uning yuziga tarsaki bo‘lib urilgandi.

Kutubxona sukunatga cho‘mdi. Taehyungning yuzi tarsakidan keyin yonib ketdi, lekin uning nigohida qandaydir yashirin zavq bor edi.

– Men sizga tegajog‘lik qilmang, deb aytdim! – dedi Misu, ovozi titrab. – Mening qadr-qimmatimni sotib olishga yoki menga teginishga haqqingiz yo‘q.

Taehyung bir lahza jim qoldi. U yuzini asta siladi va kulimsiradi. Bu safar uning kulgusi sovuqqon emas edi, aksincha, qandaydir ichki qiziqish bor edi.
– Sen chindan ham boshqacha ekansan, Misu. Juda qiziq odamsan.

– Bu o‘yinlaringizni bas qiling, janob, – dedi Misu qat’iy ohangda. – Men bu yerga bilim olish uchun keldim, o‘yinchoq bo‘lish uchun emas.

Taehyung yana bir qadam oldinga yurdi, lekin Misuning qahrli nigohi uni to‘xtatdi.
– Bugungi kecha sening g‘alabang, – dedi u oxiri, orqasiga qayrilib. – Ammo bu hali tugadi degani emas.

U kutubxonadan chiqib ketdi. Ammo Misuning ichida titroq davom etardi. Bu odamning sovuqligi ham, uning qandaydir yashirin samimiyati ham uni chalkashtirardi.


8-Bo‘lim: Qonunlar buzilganda

Misu ertalab sinfga kirganida ichida qandaydir g‘ashlik bor edi. Kutubxonada kechgan voqeadan keyin u Taehyungdan yiroqlashishni istardi, lekin darslardan qochib bo‘lmaydi. Sinfning jimjitligi uning g‘oyibona his-tuyg‘ularini yanada keskinlashtirardi.

Dars tugagach, talabalar asta-sekin chiqib ketdi. Misu o‘zining yozma ishini tekshirish uchun o‘tirib qoldi. Shu payt Taehyung kirib keldi va eshikni ichkaridan yopdi. Eshikning qulfi ohangsiz tovush chiqardi. Misu boshini ko‘tardi va uning kirishini kuzatdi.

– Hali ketmadingmi? – dedi Taehyung, ovozi past va sokin. Ammo bu sokinlik uning ichki niyatlarini yashira olmasdi.

– Vazifamni tugatishim kerak, – dedi Misu, boshini qayta egib.

Taehyung unga yaqinlashdi va stolning chekkasiga suyanib turdi. Bir necha soniya jim bo‘lib, uni kuzatdi. Bu nigoh Misuni noqulay ahvolga soldi, lekin u hislarini bildirmaslikka harakat qildi.

– Kecha meni urding, – dedi Taehyung nihoyat, ovozida sovuq qat’iyat bor edi. – Bu qilmishing javobsiz qoladi, deb o‘ylayapsanmi?

Misu unga qattiq qaradi.
– Men o‘z chegaralarimni himoya qildim, janob. Siz meni hurmat qilmaganingiz uchun shu javobni oldingiz.

Taehyung kulimsiradi, lekin bu kulgi noxush edi.
– Chegara deysanmi? Men senga o‘zimning chegaramni ko‘rsataman.

U birdan Misuning yoniga egilib, qo‘lini stolga tiradi. Misuning yuragi tez urishni boshladi, lekin u o‘zini chetga tortmadi.

– Menga nima qilishni xohlayapsiz? – dedi u past, ammo dadil ovozda.

Taehyung bir lahza uni sinchiklab kuzatdi. So‘ngra, nigohini sekin Misuning yuziga, undan so‘ng sonlariga tushirdi. U asta qo‘lini qizning stuliga yaqinlashtirdi, so‘ng o‘zini tutolmagandek, qo‘lini Misuning soniga qo‘ydi.

Misu titrab ketdi. Qo‘rqinch uning butun vujudini qamrab oldi, lekin ichki g‘azabi bu qo‘rquvni bosdi.

– Bu nima qilayotganingiz? – dedi u, ovozida nafrat bor edi.

Taehyungning yuzida yana o‘sha sovuq tabassum paydo bo‘ldi.
– Bu sening o‘z kuchingni bilib olishing uchun. Hayotda faqat g‘urur bilan uzoqqa borolmaysan, Misu. Ba’zan sening tanang ham senga qarshi ishlaydi.

Shu payt u qo‘lini Misuning yuziga yaqinlashtirdi, lekin qiz uni itarib yubordi. O‘zini qat’iyat bilan o‘rnidan turdi.

– Siz bu yerda o‘qituvchisiz, janob! – dedi u qattiq ovozda. – Menga qo‘l tekkizishga haqqingiz yo‘q!

Taehyung uning bu ishonchidan hayratda qoldi, lekin buni yuzida bildirmadi. U yana bir qadam oldinga yurib, past ovozda so‘zladi:
– Lekin kim isbotlaydi, Misu? Bu joyda bizdan boshqa hech kim yo‘q.

Misu ko‘zlariga yosh qalqsa-da, uning qaddini tik tutdi.
– Siz qanchalik sovuqqon bo‘lishingizdan qat’i nazar, bu qilgan ishingizni yashira olmaysiz. Men buni o‘z qadr-qimmatimni sotish uchun ishlatmayman, lekin sizni to‘xtatishga yetarli kuchim bor.

Uning so‘zlari Taehyungni to‘xtatdi. Bir lahza jim qoldi, keyin ortga chekindi.
– Juda yaxshi, Misu. – dedi u asta. – Sen haqiqatan ham qiziq ekansan. Bu o‘yinda hali ko‘p narsa bor.

U eshikni ochib, sinfxonani tark etdi. Ammo Misuning yuragi tinchlanmadi. U bu o‘yin oxir-oqibat qayerga olib borishini bilmasdi, lekin o‘z g‘ururi uchun kurashishni davom ettirishi kerak edi.


9-Bo‘lim: Chegaradan tashqarida

Misu o‘zini qandaydir muvozanatni yo‘qotgandek his qilardi. Taehyung xonadan chiqib ketgan bo‘lsa-da, uning ko‘zlari va harakatlari qizning ongida haligacha aylanardi. "Bu odamni qanday qilib to‘xtatishim mumkin?" degan savol uni qiynardi.

Ammo bir necha daqiqadan so‘ng eshik yana ochildi. Taehyung qaytib keldi. Uning qadamlarida qat’iyat va nigohida qandaydir yovvoyi o‘t bor edi. Misu eshik tomon qarab, o‘rnidan turdi.

– Siz yana nima istaysiz? – dedi u sovuqqina ovozda.

Taehyung eshikni qulfladi va asta yurib uning qarshisiga keldi.
– Men aytdim, Misu. Tarsakining javobsiz qolmasligini aytdim.

Misu qadam tashlab orqaga chekinmoqchi edi, lekin orqasida devor bor edi. U o‘zini qopqonda his qildi, lekin yuzidagi qat’iyatni yo‘qotmadi.
– Menga yaqinlashmang, – dedi u qattiqroq ovozda.

Taehyung kulimsiradi. Bu safar uning kulgusi nafrat uyg‘otadigan darajada sovuq edi. U qizning yuziga qattiq tikildi, so‘ngra bir harakat bilan uni devorga siqib qo‘ydi. Misu qo‘llari bilan uni itarishga harakat qildi, lekin erkakning kuchi undan ancha ustun edi.

– Sen o‘zingni juda jasur ko‘rsatyapsan, – dedi Taehyung uning yuziga yaqinlashib. Ovozi past, ammo vahimali edi. – Lekin bu jasorat uzoqqa cho‘zilmaydi.

Misuning ko‘zlariga yosh qalqdi, lekin u ovozini yo‘qotmaslikka harakat qildi.
– Menga tegishni bas qiling! Bu qilmishlaringiz sizga qaytadi, janob!

Taehyung uning yuziga yaqinlashdi. Qizning titrayotgan lablariga qaradi va bir lahza o‘zini tiyolmay qoldi. U Misuning lablariga ehtiros bilan bosildi. Buni Misu o‘zini sharmandali his qilishini istagan maqsadda qilardi.

Ammo shu payt Misu kuchini yig‘ib, qo‘lini tortib chiqardi va uni yana tarsaki bilan urdi. Bu safar Taehyung qadam chekinishga majbur bo‘ldi.

– Bu men uchun oxirgi sabr edi, janob Taehyung! – dedi u qattiq nafrat bilan. Ko‘zlarida achchiq yoshlar bor edi. – Sizni bu harakatingiz uchun hech qachon kechirmayman.

Taehyung bir necha lahza unga tikilib qoldi. Uning yuzi qizarib ketgan, lekin nigohi o‘zgacha edi. U nimadir aytmoqchi bo‘ldi, lekin o‘zini tutdi va eshik tomon yurib borib, xonani tark etdi.

Misuning tizzalari bo‘shashib, u stulga o‘tirib qoldi. Qo‘llari titrardi. U kuchli ekanligini isbotladi, lekin ichida qandaydir chuqur yarani his qilardi. Taehyungning bu qilmishi unga nisbatan nafratini oshirdi, lekin bu erkakning ichida nimadir uni qiziqtirayotganday edi.


1 - BOB YAKUNI....

MUALLIF: Kim Misu

KANAL: @abyss_fanfictions

Fikr va mulohazalarni unutmang. Har bir fanfic bir biriga chambarchas bog'liq.❗️