January 7, 2025

CHO'RI [Maid] - 10 - BOB

Sea Silverstone

10 - BOB - [ Ismimni ayt.!]

"Kim biladi, qachon bu holga tushganimni...?!"

O'sha zax kulbaning nursiz kuni. Havo doimiy bo'lganidek juda sovuq. Huddi hech qachon issiq bo'lmaganidek. Yana o'sha bo'chka ko'zga tashlanadi.

O'sha uy bekasi va uy cho'risi birga. Ammo oddiy odamlardek baxtli emas, aksincha Uy bekasi cho'rining tepasida yuzini bochkaga bostirganicha turardi. Cho'rining yuzi qizil tusdan ko'kimtirga aylana boshladi. Qarshilik qilmaydi, balkim bunga haqqi yo'q....

- seningcha boshqaning erkagiga osilish qiziqarlimi...?

- bekam iltimos-s....

- sen cho'ri qanday qilib erim bilan vaqti chog'lik qilasan....??

Beka uni o'sha eskirib ketgan bo'chka oldiga sudradi. Alam bilan hayqirig'i butun qo'rg'onni tutdi. Hasad o'tida shunday qovurildik-i...

- men senga hamma narsani berdim. Ko'chada itdek yashab yurganingda kim senga ovqat berdi. KIM SENGA UY BERDI..?? KIM SENGA YASHASHING UCHUN IMKON BERDI AA..??? GAPIR ITVACHCHA...!!!

- s-siz b-bekam...

Bekaning vajohati oshgani sayin, qo'llaridagi soch tolalarini maxkamroq siqardi. Qanchalik azob bergan bo'lmasin ayol javob berdi. Tasdiqladi...!

- unda.....unda qanday ifloslik bilan mening ortimdan pichoq urding..??

- m-men qilmadim b-bekam.....men siz norozi bo'ladigan hech nima qilmadim-m....

Qo'rqoqlik bilan yolvordi. Qilmagan ishi uchun hech kim haq to'lashni hohlamaydi..! Ayniqsa bunday jirkanch ish uchun...Pok bo'lgan ayol bundan nafratlanadi..

- O'CHIR OVOZINGNI..!!! KO'RGAN NARSAMNI KO'RMADI DEMOQCHIMISAN..?? SEN IFLOSSSS...!!!

Beka ikkilanmadi. Qarab turib jirkanib ketadigan o'sha bo'chka ichiga ayolning boshini ikkilanishsiz zarb bilan tiqdi. Qandayin nafrat......Havo sovuq edi. Bu jismoniy zo'ravonliklarning boshi bor, davomi bor, lekin oxiri ko'rinmaydi. Manaviy zo'ravonlik esa, jismoniysidan ming chandon yomonroq.... Kelaveradi, kelaveradi, kelaveradi....Qo'rqoq, kuchsiz, ezilgan ruh esa buni qabul qilaveradi....

Bo'chka ichida ayolning hushi o'zidan keta boshladi. Qarshilik qilish uchun ham imkon va kuch yo'q.! Qanday ham bo'lsin...?!

- oyi......oyi...

Uy ichidan yupin kiyimda yugurib chiqqan go'dak, yosh ko'zlari bilan bekaning qo'llariga yopishdi...

- o-oyimni qo'yib yuboring... .

- a-x sen cho'ri.......menga qo'lingni tekkizma
..!

- yolvoraman u-unday qilmang...

Qizcha onasining ancha sovub qolgan tanasi jonsizlashganini sezib tipirchilardi. Lekin murg'ak go'dakning bekaga kuchi yetarmidi.? Axiyri ayol hushini yo'qotganida beka uni qo'yib yubordi. Mushtiga siqqan qo'llarini hamon bo'shatmay, yuziga yaqin tutdi....

- quloq sol..! Agar yana bir marta erimni sening atrofingda ko'rsam o'sha safar umringga yakun yasayman..!

Tana allaqachon hushdan ketgan, ammo shunda ham bekaning so'zlari quloqlariga quyildi. Beka uni siltab qo'yib yubordiy-u, qaddini tikladi. Jirkanch ish qilganidan so'ng u, qo'llaridagi bir qancha suv tomchilarini siltab tashladi. Va nigohi tushgan ayoldan yana bir bor jirkandi....Aqlga sig'maydi lekin shu holatida ham o'sha ayol haddan ziyot go'zal ko'rinardi....Olovda toblangan go'zallik. Hasad qiladigan albatta Xena edi....Uning go'zalligiga toqat qilib bo'lmaydi.

- o-oyi......ko-ko'zingizni oching....

- g-gul q-qizim-m....m-men yaxshiman.....

Atroflarida hech zog' qolmagach kichik Mina onasinga yordamlashib uy ichiga olib kirdi. Ayol oyoqlarini bazo'r ishlata oldi. Arang yonib turgan kamin oldiga keldi....Qizcha yugurgiladiy-u, kattagina matoni oyisining ustiga tashladi. Sochlari tezroq qurishi uchun matoda pala partish quruta ketdi...."Qizchaning ko'zlarida jiqqa yosh"

- oyi.....nega sizni doim qiynashadi...?..

- aybim borligi uchun qizim...

- shunday katta ayb qilganmisizk-i, shunday qilishdi. ?.

- ha gulim aybim katta edi......

- u-unda yarmini menga bering, shunda ikkimizga teng bo'ladi, siz o'zingiz qiynalmaysiz..

Besh yoshli qizcha onasiga raxmi keldi. O'yladi "oyim yo'q bo'lib qolsa nima qilaman" qo'rqib ketdi. O'sha kuni tun bo'yi mijja qoqmadiy-u, yig'lab chiqdi. O'sha qo'rquv bilan. Onasidan ayrilib qolishdek qo'rquv bilan.....

Flashback tugadi...

Mina/tilidan...

Bu safar oyim kelmadi. Yana og'riq bilan uyg'onish meni tamom qiladi. Kipriklarimni qoplagan g'am bilan ochishni istamayman. Bu safar oyimning og'riqlarini his qilganimda, yuragim uvishib ketdi. U ana shu og'riqlar bilan shu uyda o'lim topgan. Endi men ham uning davomchisi bo'lamanmi.? Men ham oyim kabi ularning bergan azoblari tasirida o'lim topamanmi..?. Qasamki men buni hohlamayman.

Nima bo'lganini bilmayman lekin o'z honamda ekanimni bildim. Burnimga kirib borgan albatta mening, oyimdan meros qilib olgan iforim edi. Onamga o'xshashligim rost....

- Mina.~.

Soobin....!? Tezda ko'zlarimni ochganimda tepamda turgan Soobinni ko'rib ajablandim..o'z yotog'imda u nima qilyabdi..?

- nihoyat uyg'onding.. qo'rqib kettim. Uyg'onmasangchi deb o'yladim.

Hasrat bosgan ko'zlarini menga tikib qo'llarimdan ushladi. So'ng ikkilanmay meni quchog'iga oldi. Qotib qoldim. Albatta men buni kutmaganman. Men uning issiq quchog'ida mehrni his qildim....Ishongim kelmaydi. Oxirgi vaqtlarda men qoidilarimni juda ko'p buzyabman...

- S-soobin......

- meni kechir.....men axmoqni kechir. Senga azob berishgunicha qarab turganim uchun. H-hattoki kechirishingga ham arzimayman...

Nega u bunday qilyabdi. Men hech narsaga tushuna olmadim. Ammo.....Ammo bu meni tinchlantirdi.

- S-soobin nega kechirim so'rayabsiz...?

- azob chekayotganingda men hech nima qilmaganim uchun...

U qattiqriq quchoqladi. Issiqlik tafti. O'ylaganimdan ham yaxshiroq. Bu menga......o'sha tongda Taehyungning quchog'ini eslatdi. Juda axmoqona nega o'zi buni eslab qoldim..? Sharmandalik emasmi..?

- bu-bu haqida qayg'urish kerak emas maylimi..? Shunchaki bo'lmagandek qilib unuting Soobin...

- nima..? Nega unutishim kerak..? Bu daxshatli edi. Sen o'zing boshingda shuncha azob borligini bilib ham chidab kelgansan....

Bo'lmaydi. Men uchun buncha mehr ko'plik qiladi. U men haqimda qayg'urganini bilish yomon. Bunga o'rganib qolsam.....yana shunday holatda uning mehrini kutib qolaman. Agar....agar o'shanda u menga men kutgan mehrni bermasa bu juda azobli bo'ladi. Yana men kimnidir yaxshi ko'rib qololmayman.....

- ax bu haligi....keling shu safar unutamiz iltimos-s.........sh-shoshmang sochlarimni qurutdingizmi...? K-kiyimim-m....

U bilan bo'lganimda men juda befarq bo'ldim. Men yotog'imda kiyimim almashgan va sochlarim quruq edi. Bu uyda faqat Soobin bor demak........m-menga u qildi demang..!!!

- hey qo'rqma buni men qilmadim. Mona holadan bularni qilishini so'radim. Hozir u ishi borligi uchun chiqib ketdi....

Bir onga o'zimni yumshab ketgan sariyog'dek his qildim. Tinchlandim. Soobinga qaradim. Unda haliham o'sha nigoh. Achinish va mehr. Extimol aybdorlik ham bor.....bir onga....atiga bir onga uning mehrida erib ketay dedim. Nigohim yumshashni boshlaganida tezda ularni olib qochdim....Men kimman va u kim.? U bu uyning egalaridan biri men esa cho'risiman. Qanday qilib o'rtadagi ulkan devorni buzushim mumkin edi.

- m-men qiladigan ishlarim bor edi janob.....s-sizga menga yordam berganingiz uchun katta raxmat aytaman...

Men o'rtadagi devorning o'sha tushib ketgan g'ishtini qayta qo'ydim. Bu gal mustaxkam bo'lishiga ishonch hosil qilaman....

- "janob" .? Mina qayoqqa ketyabsan. Nima bo'ldi...?

Shunchaki uni hayratda qoldirib kichik hammomim ichiga shoshdim. Toki u chiqib ketmagunicha shu yerda qolaman. Aks holda o'zim qurgan devorni o'zim buzushimga to'g'ri keladi....

โ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆ

- Soobin~

Katta zalni tinimsiz aylangan Sona nihoyat Soobinni ko'rganida yengillashdi. Ko'rganidagi uning yuzi yaxshi holatda emas. Kayfiyati mutlaqo yomon...

- hozir emas Sona...

- Soobin nega men bilan gaplashmayabsan..? Nega yuz buryapsan..?

- sababini bilsang ham mendan so'rayapsan...

- sababi o'sha cho'rimi..?

- BAS...!!!.....qayta mening oldimda uni "cho'ri" deb atama..!

Soobin qizga oxirgi bor g'azab sachratib uni chetlab o'tmoqchi bo'ldi. Butunlay qizdan hafsalasi sovub bo'ldi.

- to'xta..! Biz yoshligimizdan beri yaqinmiz Soobin. Nega endi u uchun meni rad qilyabsan. Yonimda emasligingda seni ko'p kuttim.... endi....endi kelganingda menga shunday qilyabsan....nega...???

Qiz chiqmoqchi bo'lgan ko'z yoshlarini arang tiyib...

- nega sen unday qilyabsan..? Men bilgan Sona shundaymidi...? Har doim mehribon emasmidi..? Akasining erkasi emasmidi..? Qanday bu darajaga kelding a.? Bugun men o'sha Sonani ko'rmadim. Men faqat razil ayolni ko'rdim...!

U suxbatga shunday yakun yasadi. Yigitning qo'lini tutgan qizning qo'llari, ko'z yoshlari kabi sirg'aldi. Sona hasad qiladigan Minada o'sha paytda bo'lmagan narsa qizda bor bo'lganligini bildi. Ammo hudbinligi sabab uni yo'qotgan. Yumshoq hayot uni aldagan. Nafsiga yoqadigan ishlar uni yo'ldan ozdirib bo'lgan. Sona sezmagan.....qo'lidagi hamma narsa allaqachon yerga tushgan......Endi qaytarib olmoqchi bo'lganda bu falokatga olib keldi. Ikki soat avval ham u bularni qaytarib olishga imkoni bo'lgan, lekin u shunda ham to'g'ri yo'lni tanlamadi. Oxirida u yana o'sha nafsi bilan yolg'iz qoldi....

โ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆโ‰ˆ

Ertangi kun..|

Taehyung | tilidan

Qachonki men u bilan bog'liq bo'lgan har qanday narsani ko'rganimda bu haddan oshishimga olib keladi. Mening har bir qadamimni o'g'irlab olgan uyimdagi bir cho'ri. Avvaliga meni aqldan ozdirgani uchun uni jazolamoqchi edim. Bu muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi albatta. Men uni hohladim. Men uning hamma narsasini hohladim. Uni o'zimniki qilmoqchi edim. Lekin bunda ikkilanish bor. Agarda bu faqat hohish bo'lsa....undan bir kecha foydalanganimdan so'ng uni nomus tamg'asi bilan azoblashni istamadim. Men bu keraksiz narsani qilishdan bosh torttim. Lekin o'sha aqldan ozdiradigan hissiyotlar meni battar siqishni boshladi. Qachonki u bilan to'qnash kelganimda, 28 yil toblagan o'zligim unutiladi. O'sha shaxvatim butunlay haddidan oshadi....Men tarbiyalagan Kim Taehyung butun vujudi bilan o'sha cho'ri tomon talpinadi....

Butun qo'rg'onni tozalab chiqishga ulgurish uchun qiz tinmay ishladi. Erta indin uyda bazm uyushtiriladi. Qo'rg'on har qachongidan ham tozaroq bo'lishi kerak. Har bir burchak alohida e'tiborga muhtoj..! Taehyung oz muddat Minani kuzatib turdi.....kechagi ishdan habardor bo'lgach u faqat uni tunda habar oldi. Va singlisi uchun alohida sovg'a tayyorladi.

- Mina.....Yoon Mina....

Yigit yaqinlashib qayta va qayta uning ismini chaqirdi. Qiz ishidan tez to'xtadi-u, ortga o'grildi. "Yumushingiz bormi.?" Degandek bosh egdi...

- kecha darsga kelmading....

- m-men......bu endi menga kerak emas janob...

- shunday degin....o'qituvching men bo'lganim uchunmi...?

- u-unday emas janob....bunga meni haqqim yo'q edi. Shuning uchun s-sizdan ham kechirim so'rayman...meni kechiring...

Mina to'qson gradus egilib kechirimini izhor qildi. Yigitning lablarida jilmayish o'ynaganida, boshini ozroq egdi.

- bundan keyin kelmagan har kuning uchun jazolayman. Sen meniki ekansan men istagan har qanday ishni qilasan. Kunduzgi soat 15:00 da hovlida bo'lasan. Nima qilishingdan qat'iy nazar hozir bo'l..!

- j-janob l-lekin....

- so'zimni bo'lmoqchimisan..?

-y-yo'q...

- unda savolimga javob ber...Soobin bilan uyda nima qildingiz...?

Qanchalik bo'y baland bo'lsa, tazyiq o'tkazish va bosim o'tkazish shunchalik oson bo'ladi. Taehyung yaqinroq bordi. Qiz o'zi kichik bo'yli bo'lsa ham ko'proq qaddini bukib bordi. Qiz o'ziga va'da bergan, o'sha devorni buzmaslikka. Ammo vaqti kelganida, uni istaganicha buzishi mumkin...!

- qizim..! Agar shunday qilib meni sabrimni sinashda davom etsang.....oxiri yaxshi bo'lmaydi. Quruq po'pisa bilan kifoyalanadi deb homtama bo'lma...!

- j-janob Soobin bilan hech nima bo'lmadi ..

- hech nima degin......unda ikki soat uning oldida nima qilganding...?

Taehyung qistovga olishda davom etdi. Qanchalik qoni qaynamasin o'zini sokin tutdi. Bir tomondan qizga yana o'sha qo'rquv o'rmaladi. Oradagi bo'lgan ishlar uchun uni jazolashlari mumkin. Ayniqsa bu odam.....qo'rqinchili aura va beshavqatlik bilan qizni kaltaklashi ham mumkin...

- j-janob Soobin menga ozroq yordam berdilar.......ont ichaman, men buni ulardan so'ramadim. Sh-shunchaki yordam berdilar...

- qanday yordam berdi...

Yigit hamma narsadan habardor bo'la turib, ataylab mavzuni o'sha tomon burdi. Qiz singlisining qilgan ishini aytmasligini bilsa ham, uning noiloj qiyofasidan zavq olgisi keldi. Qiz aynan shu holatda boshqacha edi. Uning ilojsiz holatini ko'rish......dunyoda boshqacha zavqlarni qidirib yurganlar uchun yoqimli edi.....Bu Kim Taehyung uchun keraklisi......

- uu...haligi......m-men suvga tushib ho'l bo'lganimda S-soobin yordam berdilar....

- mmm demak Soobin seni quritib qo'ydimi..??

Bilib turib uni yomon axvolga solish qanday zavqli...?! Shunchaki uning oppoq qo'llari etagini qattiq chimchib, o'ynashi uni huzurlantirdi...

- y-yo'q j-janob....b-buni Mona holam qildilar-r....

Bilmasdan qiz uning ko'zlariga qaradi. Ammo tezda yana yer tizishga o'tdi. Qani edi hozir hattoki Xena honim kelib qolganida....Lekin Kim Taehyungga kim ham buyruq beradi. Uning o'zi hattoki otasiga tazyiq o'tkazadigan odam bo'lsa....

- .........ismimni ayt...!

- n-nima...?

Birdaniga ajablandi qiz. Bu yomon muhit yanada yomonlashdi. Taehyung uzun qo'llari bilan qizning tong yorishishidan oldingiz zulmat kabi porlovchi qora sochlaridan bir tutam oldi. Barmoqlari orasida o'ynab, mayinligan jilmaydi...

- huddi o'sha kechada aytganingdek......ismim bilan chaqir....!!!

10 - BOB YAKUNI.....

(Tong yorishishidan oldingiz zulmat) - tunning eng qorong'u vaqti, tong yorishishidan oldingiz qorong'ulik hisoblanadi. Judayam qora rangli deb nisbat berish uchun ishlatildi..!

E'tibor bilan o'qing aziz o'quvchi. Shunchaki bitta nuqtani be'etibor qoldirsangiz ham fanfic manosiz bo'lib qolishi mumkin. Yoqimli hordiq....๐Ÿ’›

Muallif: Sea Silverstone

Kanal: @abyss_fanfictions