CHO'RI [Maid] - 9 - BOB
Deraza oshib hovlida yomg'ir tomchilashni boshlaganida, kichik kulbadan yig'i ovozlari sekin sirpaldi. Tumba ustidagi hira chiroq arang voqelarni yoritib beradi. Qiz qattiq yig'lar, yuzi qizil tusga kirgan ko'yi yolvorishdan to'xtay olmadi.
Taehyungni metin qo'li, qizning kichik bilaklari yotoqqa bosib, unda qoniqishda davom etishni hohlaydi. Maqsad ham shu emasmidi..?....... Bir on yigit qizning bo'ynidan yuzini ko'tardi, va umidvor yolvorishlarga quloq tutdi. Botingan bo'lib qizning holatiga nazar tashladi..........To'zg'ib ketgan sochlar, ishgan va deyali qon talash holatga kelgan lablar, ikki kuz qirmizi olma kabi, kipriklar esa nam.......Yigit qaraganida haddan ziyot go'zal manzarani ko'rdi. U uchun bu holat takrorlanmas...U qizni quchog'iga olib aytmoqchi edi, "seni hech qachon qo'yib yubormayman.! Hech qachon hafa qilmayman" lekin u buni qilmadi. Extiros azobi ichida u arang o'zini boshqardi. Achishgan yuragi bilan qizning ustidan sekin pastga tushdi.
Qiz endi og'irlikni his qilmay qo'yganida, ko'zlarini ochdi. Divandan sirg'alib ketayotgan og'irlikni sezib qo'rquv bilan tartibsiz ustki kiyimlarini to'g'irladi. Divan burchagiga bordiy-u, gu'janak bo'lib o'tirdi. Balki qochib ketish kerakdir....Qiz qizil olma kabi qizarib ketgan. Ham uyatdan ham yig'idan.....
Minaning noiloj jussasiga tikilib sekin pichirladi. Negadir Taehyung hozir qilgan ishidan afsuslangan. Odatda bunday bo'lmasligi kerak edi.....bu notog'ri.
- t-tegmang j-janob i-il-iltimos.......
Ammo baribir yigit qizning so'zlarini qabul qilganida, yuragi qattiq uvishdi. "Men nima qildim.?" O'ziga o'zi savol yo'lladi. Bu begona tuyg'u...! Bu unga tegishli emas. Demak bu yangimi...?
- q-qo'rqma mendan. Senga tegmayman. So'z beraman.....
Yigit unga qarab harakatlanganini sezgan Mina tezda yolvorish bilan ortga yurdi. Yana ozroq va u divandan tushib ketishi mumkin. Taehyung uning titrab ketayotgan tanasiga qarab uvushgan yuragi battar og'riy boshladi. Axir yigit qizning nomusiga tegmoqchi edi...! Qizning bunday qilishi mantiqqa to'g'ri keladi.
- kechir iltimos......men hech nima qilmayman. Axir so'z berdim...
- i-ltimos chiqib keting janob......
- senga tegmayman. Bunga ishon bugun men shu yerda qolaman. ....Qara bu burchakda o'tiraman ovoz chiqarmayman. Masofa uzoq shunday ekan havotir olishing kerak emas. Men havfsizman...
"U qanday qilib havfsizman deyabdi..?" Mina hayron unga qaradi. Ortiqcha gap aytish hato bo'ladimi.? Albatta u bu uyning egasi, uni majburan ham chiqarib bo'lmaydi. Toki o'zi hohlamaguncha. Balki rostdan ham endi tegmas. Har holda uning harakatlaridan shuni tushunish mumkin. "Unga ishonib bo'lmaydi.! Hamma insonlar bir hil" Sokin ho'rsindi. Bir tomondan hozirgi bo'lgan ishlarni hayolidan o'tqazib yana ko'zini namladi.
Oxir oqibat qiz yigitning uxlab qolishini kutishga qaror qildi. Ko'zlarini tayyorlab tuni bilan uxlamaslikka axd qildi. Ana o'shanda qiz bildirmay derazadan chiqib ketishi mumkin edi. .....Oradagi chidab bo'lmas toqatsiz sukunat allaqachon qizni aqldan ozdirdi. Nega endi yigit uxlash o'rnida qizga g'alati tikilishdan to'xtay olmaydi. Faqat o'sha tikilish......Manoli va g'alati.....
Tumba ustidagi o'sha eski soat ovozi.....Vaqt o'tganidan o'tib boradi. Qizning rejasi esa allaqachon chippakka chiqib bo'ldi. Charchoqmi yoki boshqa narsadanmi...qizning ko'zi ilindi. Tez orada boshini qo'llari ustiga qo'yib uxlab qoldi.
- demak reja amalga oshmadi qizim...
Taehyung sekin jilmayib qo'ydi. Huddiki qizning ich ichidagi so'zsiz rejasidan habardordek.....Balki unda boshqacha qobiliyat bor, ammo uzoqqa ketish shart emas.! Bu aqilli insonlar shunchaki taxmin va o'lchovlar bilan topishi mumkin bo'lgan narsa edi.....Yigit ham huddi shunday qildi.
Mana end u o'rnidan qo'zg'alishi mumkin. Taehyung tartiblangan honada oyoq uchida yurib bordi. Agar qiz uyg'onsa albatta muammo bo'ladi. Eski divanning u o'tirganida gi'chirlashiga qaramay qiz uyg'onmadi. Bir tartibda nafas olib uxlashda davom etdi....
- ax-x-x.....hech qachon kimdir uyg'onib qolishidan bunchalik qo'rqmaganman.....bu haddan tashqari qiyin...
Taehyung o'zi rozi bo'gan holatda pichirlab qo'ydi. Qizning rejasi ishlamagan holda yigitning rejasi muammosiz ishladi. U yotoqqa o'rnashib g'ujanak bo'lgan qizni ham quchog'iga oldi. Sekin va sekin......
Nihoyat yengillik....ish bitdi. Taehyung quchog'idagi qizga mamnun tikildi. U tinch va bir maromda uxlashda davom etadi. Bir qarashning o'zida u qizni polaponga o'xshatdi. Shirin va yumshoq....qora sochlari hisobga olganda uni qora polapon deyish mumkin. Heh...yoqimli tuyg'u-u....
- jin ursin* u tuxumdan chiqqan yangi polaponga o'xshaydi.....
Yigit quchog'idagi qizga qarab hayajon ichra bo'g'iq ovozda pichirladi. Soyada yaltiragan oppoq yuziga qaradi. Nazorat qilib bo'lmaydigan yoqimtoylik....yigitning hayoliga uni yeb qo'yish fikri o'rmalaganida, boshini silkib qo'ydi.
Chuqur hafsalasi pir bo'lgandek nolidi. Bu o'ziga yoqsa ham....
Taehyung bugun axmoqona ish qilib qo'yishiga oz qolganligini o'yladi. Unda o'sha tuyg'u paydo bo'lmaganida allaqachon qattiq afsusga duchor bo'lardi.....Ammo hammasidan ko'ra u hozir o'rik guli iforli qizi bilan uxlashni hohlaydi. Bundan ortig'i muhim emas......
- ah nihoyat kelding...o'qituvchini kuttirish yaxshi ish emas....
Soobin qiz kelishi bilan norozi kiprik qoqdi. Haqiqiy o'ituvchilar kabi ko'zoynak taqishni ham unutmagan...Hayratlanarli holda hattoki bu ham yigitni kelishgan ko'rsatadi...
- meni kechiring....ishlarni tugatishim kerak edi...
Soobin oldindan tayyorlagan dars stoliga qizni o'tqizni. O'zi ham uning oldiga....
- demak haflarning talaffuzidan boshlaymizmi..?
- mendan ham ko'ra siz ko'proq bilasiz Soobin...
- bu to'g'ri....albatta shundan boshlaymiz......lekin oldin bu mevalarni yeb tugat...
Qiz endi stol ustiga nazar soldi menimcha....mevalardan chiroyli holda kesilgan bo'laklar. U faqatgina uyga keladigan mehmonlar uchun bo'lar edi. Ammo bu qizning oldiga qanday keldi.....
- bu yerda sendan boshqa qizaloq yo'q..!
- k-kerak emas bu.....men yemayman buni...
Soobin uni inkor qilishiga ishonchi komil edi. Qabul qilmasdi....Qiz buni yemasdi...
- ho'sh agar bularni yemasang senga dars berishdan bosh tortaman...!
- Soobin iltimos mayli men ularni yeyman....faqat rad qilmang..!
Qiz sarosima ichida tezda mevalardan og'ziga oldi. Mevalar uchungina o'qishdan mahrum bo'lolmaydi. Bu u uchun juda muhim. Og'ziga ochko'zlik sabab yong'oqlarni to'ldirib olgan olmahonga o'xshaydi....Soobin stolga qo'l tirab astoidil olmahonni kuzatishni boshladi. Bir tomondan qiz hech qachon bunday tropik mevalardan tatib ko'rmagan. Bo'lsa ham eslolmaydi. Ular rostdan ham shirin...
Mina og'ziga meva bo'laklarini to'ldirib rohat bilan pichirladi. U unutdi....lazzat ichida u o'z qoidalarini unutdi....
Bir necha metr narida, qo'llarini cho'ntagiga joylagancha turgan Taehyungning ko'rganlarida, arvohni ko'rgandek oqarib ketishdi. Mina og'zidagini yoki yutolmay yoki tashlab yuboraolmay qoldi....
- aka siz ishdan erta qaytdingizmi...?
- ha.....nima qilyabsizlar...?
- haligi biz....men unga o'qishni o'rgatmoqchi edim....
Qiz shundoq ham hijolat va qo'rquvdan nafassiz qolgandi. Soobinning gaplaridan yanayam ilojsiz qoldi. "Men tamomman" ichida pichirladi...
Taehyung astoidil hayratlandi. U umuman bu javobni kutmagan albatta. Shu paytga qadar bunga hatto qiziqmagan ham. Qanday axmoq odam....
Soobin begunoh tushuntirdi. Qiziq bo'ldi. Taehyungning ishlari odatda bunday vaqtda tugamaydi. Balki tugashi mumkin ammo u doimo ko'proq va ko'proq ishlaydi. Soobin kelganidan beri bildiki akasi juda ko'p o'zgargan.!
- Soobin ketishing mumkin buni men o'zim qilaman...
Soobin hayratdan porlab ketdi. Bu u bilgan Taehyungmi.? Qizning rangi oqardi. Qoyil....bu kunlarda Taehyung sabab bo'lgan ishlarning bari qizni o'ldirish uchun tayyorlanishga o'xshaydi. U ayb ish qildimi.....Mina tezroq bu hayotdan ketishni hohlaydi..
- l-lekin aka siz charchagan bo'lsangiz kerak. Dam oling buni men o'z zimmamga olganman.
- charchamadim....meniki bo'lgan narsaga o'zim g'amxo'rlik qilishga o'rganganman.....muammo yo'q sen dam olishing mumkin..!
Taehyung Soobinni chetlab o'tib bemalol stolga joylashdi. Soobin dars uchun tayyorlagan bir nechta naralarni tartibga soldi.
Huddi buni o'zi qilgandek. Havo naqadar bo'g'uvchi. Bir kishidan bo'lak ikkovi juda betoqat. Mina umid bilan Soobin boqdi. Ammo evaziga bo'sh va ilojsiz nigohlar.
- Mina...hali ko'p kutamanmi...
Bu kechagi voqealarga o'xshab ketadi. Buyruqli. Axmoq qo'rquv...yana qizni bezovta qilyabdi. Qo'llarini mushtiga tugib sekin stol oldiga bordi. Katta o'qituvchilardek kitob varaqlashga kirishgan yigitga pastdan sekin qarab qo'ydi.
Soobin uzoq termulib o'sha maskandan uzoqlashdi. Qololmaydi. Chunki Taehyungning fe'lini biladi. Ammo nima uchun unday qilganini bilmaydi....Har holda bugun qiz bilan ko'proq va ajoyin vaqt o'tkazishga umidi bor edi. Yaxshi boshlangandi.
- nega...? Unga ozroq yaqinlashsam yana uzoqlashaman....va nega bu Taehyungni deb...
Uzoq masofadan ikki jussani kuzatdi. Bu qadar do'stona emas, lekin yaqin deyishga arziydi...Akasi o'rnida u bo'lishi mumkin edi......HASAD...!
Shunchaki ikkovini ko'rish uni juda bezovta qiladi. Balki qaytib borib qizni o'zi o'qitishi kerakdir.....ammo bu bo'lmaydi. Qaytib borish muammoli. Kim Taehyung doimo o'zi istagan ishni qilgan, o'zi istagan narsaga erishgan, istagan gapini gapirgan. U doimo rostgo'y va hech kimdan qo'rqmaydi. Va hozir ham, u istaganini qildi. Hattoki Soobin yoqtirgan qiziga buyumidek muomila qiladi. Soobin esa unday emas. U yaxshi inson deb atash uchun juda ideal....Har tomonlama mehribon va yaxshi. U ko'rgan insonlarda doimo "mehribon" inson tasurotini qoldiradi. Har doim yaxshilik qiladi. Lekin.......Lekin hammada bo'lgani kabi unda ham yomon tomon bor. JUR'ATSIZLIK.! Undagi yomon tomon mana shu. U jur'atsiz. ......Mana.... ju'rat inson uchun shu qadar kerakli. Aynan erkak uchun...!
Hovlidan chiqib kulbam tomon yurdim. Havo salqin. Kuz kelgan....Qo'limdagi yelim idishda bugungi nasibam...Haddan ortiq charchoqli kun bo'ldi. Kunlik ish rejalari orasiga o'qish ham qo'shilib ketdi. Bu meni bezovta qilmaydi. Ammo bu Kim Taehyung bilan bo'lsa...bu juda yomon. Uning oldidagi 30 daqiqa qanday o'tganini bilmayman. Havo salqin bo'lsada men lava kabi issiq edim. Hayajondanmi..? Yo'q, yo'q. Bu asabiylikdan edi. U bilan bo'lgan ishlardan keyin ham u o'zini hissiz taxtadek tutadi.
Buni qanday qilishini bilmayman. Lekin qiladi. ....Ho'jayin bo'lgani kamdek endi o'zini o'qituvchiga aylantirdi. Bu meni mas'uliyatimni ikki barobar oshiradi. ......Bunday bo'lmaydi. Bir marta bo'lgan ishni ikkinchi marta qilolmayman. Mening o'qituvchim Soobin bo'lishi kerak edi. ....Axx boshim.....
bu shu darajada mashsaqqatlik-i, men o'lish uchun ham juda ko'p ishlayabman.
Uzoqdan men kutgan jussacha ko'rindi. Men uni anchadan buyon kutaman. Kichik mushukcha..Yugurgilan uni oldiga shoshdim. Devor oshib kelgan ko'rinadi, usti barg, chang.
- hey mushukcha~ shu paytgacha qayoqda eding..? Seni ko'p kuttim..
Uzun-uzun ovoz chiqarib miyovlab qo'ydi. Ko'p kuttirmay qo'limdagi ovqatgan ola boshladim. Har doimgi ishim. Deyarli har gal shu vaqtda mushuk shu yerga meni oldimga keladi. Ovqat uchun....
Boshim uzilib ketadigandek. Sochlarimdan siqimlagan qo'llar, nozik va yumshoq. Ammo ular yomon ish uchun ishlaydi...
- gadoy gadoy uchun yemish beryabdi. Achinarli manzara~ ammo avval o'zingni qorningni to'qlashing kerak edi....
Sona boshimni orqa qismidagi sochimdan mushtiga siqqanicha tishlarida vishshillaydi. Boshim uzilib ketadi...
- o'z o'rningni bilmay qolgansan. Osmonlarda uchasan shunday-a-a....
Og'riq meni yenggandek yolvordim. U juda qattiq tortyabdi. Orada mushukning miyovlashi...
- jin ursin* daf bo'l irkit yovvoyi...
Sona bir nimani tepib yubordi. Mushukning og'riqli ovozidan bildimki bu o'sha mushuk. Mening yagona suxbatdosh, qaxva rangli mushugim...
- bilasanmi hozir nimani eslab qoldim. O'sha kunni. Sen ham eslaysanmi...? Anavi bo'chkaga qara....balki eslarsan...
U kulba oldida turgan bochkaga ishora qildi. Ancha eski va yig'ilib qolgan suvlar turadigan qadimgi idish...
- axx o'sha kun ko'p yig'laganding. Oying ham....qara balki senda ham takrorlansa eslatishni hojati qolmas...
Mushtidagi sochlarimni qo'yib yubormay, o'sha tomonga sudradi. Taxmin qildim. Bu nima ekanligini. Ammo qarshilik qilmadim....O'yladim, Sona bugun o'z yog'iga qovurilishdan ko'ra meni qiynashni istagan bo'lsa kerak.
Ko'z ochib yumgincha boshimni suv ichida ko'rdim. Sovuq, juda sovuq.....suvda zang va balchiq hidi....juda eski...
Bir necha soniyada u meni chiqardi. Suvdagi aksimga tikilishimga yo'l berdi. Tamoman bo'chkada chirigan barglar, ko'k balchiq, qo'ra zangni ko'raman. Ancha yillar oldin ham u shunday edi....Mening o'rnimda oyim, Sonaning o'rnida esa Bu uy bekasi Xena....
Shu onda o'z aksimni emas, oyimning yuzini ko'rdim. O'sha kundagi oyimning masum chexrasi.....Yana bir bor suv ichiga kirganimda oyimning og'riqlarini his qildim. U qiynalgan...
Keyingi bob 100+ reaksiya va 40+ fikrdan so'ng. E'tiborli bo'ling. Agar limit to'lmasa keyingi bobni Sea tashlamay ham qo'yaveradi. Shuning uchun siz ham harakat qiling. Yoqimli mutolaaa🫠
Kanal: @abyss_fanfictions