FOJIALI MUHABBAT [Tragedy love]
1 - BOB - [Honimning buyrug'i]
Boshingizdan mayin suv zarralari sochilib turgani, va siz tunda ko'cha bo'ylan sayr qilishingiz, haqiqattan ham zavqli. Extimol faqat men uchun.......Yarim kunlik ishni tugatib ustib shalabbo bo'lgan ko'yi uyga qaytyabman. Tan olaman oyoqlarim charchoqli....Lekin yomg'ir....axx buni o'zi charchoqlarni yo'q qilishga qodir. Shunchalik erkinmanki...o'zimni qushdek his qilyabman....odatda juda baxtli bo'lib yuborsangiz, ko'ngilsizlak sodir bo'la boshlaydi.......men qo'rqqan narsa ham aynan shunday....
Tsk....men baxtli bo'lganimga hali ko'p bo'lmagandi....qarshimda menga soyabon tutib turgan uch nafar barzangilarni ko'rib ustimni tog' bosgandek bo'ldi. Haa kim ekanliklarini taxmin qilyabman..
- yosh honim biz sizning tansoqchilaringizmiz...
Huddi o'ylaganimdek. Nega men adashgan bo'lib chiqmadim...Bag'ritosh otam men
uchun yonlagan sanoqsiz qo'riqchilarining davomi....erkinligimni buzuvchi kimsalar...
- otamga qo'ng'iroq qilib bering..
Men uning gaplarini kesib tashlab, so'zlarini e'tiborsiz qoldirdim. Qattiq g'azablanganim uchun xurmatsizlik qilganga o'xshayman. Ammo hozir otamga qo'ng'iroq qilib hisob so'rashdan boshqa chora yo'q.....
Kishi menga telefonni uzatgach, holi bo'lish uchun uzoqlashdim. Lekin zum o'tmayman yana o'sha devqomat soyabon tutib qarshimda turibdi...
- honim shamollab qolsa yaxshi bo'lmaydi...
O'sha devqomat.! Mana edi unga yaxshiroq e'tibor berdim. Shunday yomon ob havoda ham yaxshi tartiblangan sochlar, qulay kostyum va shim. Uzoqdan ko'zga tashlanuvchi poyafzal ham, u qo'riqchi uchun qimmat emasmi..? Va eng asosiysi, uning yuzi....Haddan tashqari daxshatli, jiddiy. Ammo labida tabassum adashmasam ko'rganimdan beri so'nmaydi. Yuzi men daxshatliman den qichqiradi ammo tabassum qiladi. Aqldan o'zish mumkin, u meni masxara qilyabdimi...?
Asabiylashganimdan chalg'ib qoldim...
- Sea qizim...bu senmi..? Ha-ha ular juda tez yetib borishibdi..
- nega.? Yana dada nega ular shu yerda.? O'tgan gal biz gaplashgandik..
- meni qizim hol-axvol o'rniga mendan hisob talab qilyabdi....ranjidim...!
- dada...!!! Men yosh bola emasman. Shunchaki yashashimga qo'yib bering bas..!
- 17 yoshli qiz hattoki balog'at yoshiga yetmasdan erkinlik talab qilyabdimi..? Eslasang meni seni otangman. Va seni himoya qilish meni vazifam..!
Doimgidek dadam hamma narsani moddiy taminot bilan o'lchaydigan odam. Men uni faqat "ota" sifatida yaxshi ko'raman.
- unda ular ham oldingilaridek qaytib ketishadi...
Dadam taslim bo'lmasa men ham taslim bo'lmayman..
- aslo..! Sea hattoki hayolingga ham keltirma. Shundoq ham bu safar tansoqchi topish juda qiyin bo'ldi. Agar o'sha qiliqni yana takrorlasang jazolayman. Bu safar men jiddiyman...!!!
Jin ursin* jazo kerak emas. Otam men yoqtirgan hamma narsadan meni ajratib devorlari ko'zni qaytarmaydigan honaga qamab qo'yadi. Va bu haqiqiy azob...
- men birinchi tugataman. Keyinroq ko'rishamiz hayir...va axmoqlik qilma..!.
Men boshi berk ko'chadaman. O'sha odam esa axmoqona jilmayish bilan hali ham shu yerda.
Telefonini qaytarib bergach, u yomg'irda qolganligini angladim. Butun vaqt davomida u faqat menga soyabon tutdi, o'zi esa yomg'irda qoldi. Yaxshi kostyumga achindim...
- o'zimni tanishtirishga ruxsat bering honim...men Tayler Dion sizning maxsus tansoqchingizman..
Uning orqasidagi ikki baxaybat odamlarga ishora qildim. Yuz ifodalari noroziga o'xshaydi..
- ha ular mening yordamchilarim honim..
Qaraydigan bo'lsam ular unchalik ham yaxshi ko'rinishmadi. Menimcha bu odamning gaplari ular uchun yangilik bo'ldi shekilli...
- yaxshi tanishganimdan hursandman Janob Dion...
- yosh honimim meni janob deb chaqirmang....axir sizning qo'riqchingizman...
Yana o'sha tabassum, soxta ammo g'alati ham. Ayniqsa nigohlari etimni junjiktiradi. Hammaga shunday yeb yuboruvchi nigoh beradimi..?
- honim sizni uyga mashinada tashlab...
- yayov ketaman va mendan yigirma qadam uzoq yuring. Bu mening buyrug'im.!
Qoidaga ko'ra ular mening buyrug'larimni so'zsiz bajarishlari kerak. Ulardan qutulolmas ekanman, hech bo'lmaganda aytganimni qildira olaman.
- honim meni kechiring lekin siz soyabonsiz kasal bo'lasiz.
Soyabonni tutib yonimga turib oldi. Men toqat qilolmaydigan darajada odam. O'zini bo'ysinuvchan kuchukdek tutishi aqldan ozdiradi. Holbuki u kuchuk emasligi aniq..!
- yaxshi unda buni menga bering va yigirma qadam...!
Yuzimni shirin holatga keltirib buyruq yo'lladim. Ozroq jim qolib sekin bosh egdi.
U uzoqlashim ketdi. Nihoyat yengilman. Bugun classik uslubda kiyinganim uchun qanday omadliman...
Men uchun kam narsa shu edimi.? Kun yaxshi boshlangandi lekin, tun kirganidan keyin hammasi boshlandi. Nima qilish kerak...
- qayoqqa hali seni tatib ko'rma...ax-x-x.....
Sekin ularni chetlab o'tmoqchi bo'lib panaroqdan yurdim, lekin o'sha ko'cha bezorilari tinch qo'ymaydiganga o'xshaydi...birdan menga qo'l cho'zgan jirkanchning qo'lini kimdir qayirib tashladi..
- honim buyuring men uni burdalab tashlayman..
Ah Janob Dion...tabassum yo'q bo'gan vaqtda u sha qadar qo'rqinchili ko'rinar ekanki....G'azabi toshib ketganga o'xshadi...
- shart emas....lekin bittagina zarba yomon emas...
Ko'ngilchanglik qilib qo'yishimga oz qoldi. U menga hali hech nima qilmagandi, lekin agar ish shunday qolsa kim biladi nafsiga qul ablaxlar men kabi zaiflarga nima qilishmaydi...
U avval daxshatli jilmaydi. Huddi yovuzlardek, keyin zarba berdi, men hattoki zarbaning ovozini eshitdim. Menimcha o'sha kimsa hushidan ketdi. Yosh qiz sifatida ozroq qo'rqdim ham....
Qolganlari esa allaqachon juftagni rostlashga shay. Ammo qolgan ikkita barzangi ularni ushlab qoldi. Ular jami olti yoki yettita bo'lishi kerak. Ko'rinishlariga qaragandi yo'l to'sadigan bezorilarga o'xshaydi...
- Dion bir ish qilolasizmi....ulardagi pulni menga olib bering.
Negadir u qolgan ikkitasidek hayratlanmadi. Shunchaki itoatkor bosh egib bezorilarning pullarini shilib oldi. Qilayotgan ishidan mamnun ko'rinadi...
Bir talay yig'ilgan pullar. Bular o'ylaganimdek ko'p. Ana endi ularni qo'yib yuborish mumkin..
Men pullarni ryukzagimga solib qo'ydim. Ularning ishlatiladigan vaqti ertaga keladi. Dadamning mamlakatdagi juda katta shaxs ekanligi menga ba'zida as qotadi. Agar dadamning qanoti ostiga kirsam istalgan ishimni qilishim mumkin, ammo....baland mavqeyda bo'lgan insonlarning hammasi ham yaxshi bo'lavermaydi. Mening dadam yaxshi inson emas, yovuz odam. Aynan shu sababli ham men u bilan birga bo'lishni hohlamayman. Ko'ringanidek hali mustaqil emasman. Lekin menimcha menda aslzodalarning qoni bor.
Uchta katta tanaga ega bo'lgan kishilar, o'smirin qizni shaxsiy kvartirasining eshigiga tashlab qo'ygach ortga qaytishdi. Sea kirib ketgan ular ham o'z manzillariga borishlari kerak. Afsuski ortga piyoda qaytishga to'g'ri keladi. Mashina o'sha joyda qolib ketgan....Bu o'jar qiz ularni sarson qildi. Erkaklar birdek norozi, lekin bir kishidan bo'lak. Va hattoki u mamnun...Dion..
- o'sha kichkina qizcha....aytishganidek qaysar ekan..
- hudoyim u pullarni nega olganini hali ham bilmayman. O'g'rini qaroqchi urgandek bo'ldi. Jin ursin* biz hattoki piyoda qolib ketdik..o'sha kichkina o'jar qizcha...
- qanday g'ashga tegadigan ovoz...
Birdan tilga kirgan Diondan ikkisi ham tishini g'ichirlatdi. Uning vazmin va tabassumli yuzi juda hotirjam...
- sen jiddiymisan...? Hattoki bizni yordamchilarim deb tanishtirding. Qobilyatingni deb o'zingni bizdan ustin bilma axmoq...!!!
Dion masxaranomus jilmaydi. Yigit atayin ularni kimsasiz tor ko'chaga boshlab kelganini ham sezishmadi.
- bu alamingizni keltirdimi. O'zaro janga sizni yer tishlatganimni hazim qilolmadingizmi..?
Erkakning biri g'azab bilan Dionga tashlanganida, yigit tez chap berib uni devorva mixladi. Erkakning kamaridagi qurolini o'ziga qarata tiradi...
- shoshma men kimman..? Men sizga ismimni aytmadimku to'g'rimi..? Jeon Jungkook....shuni o'zi yetarlimi..?
- n-nima..? B-bo'lishi m-mumkin emas...
Yonidagi sherigi butunlay dovdirab qoldi. Aqliga yigitning qo'lidagi sherigini qutqarish fikri ham kelmay qoldi..
- qiziq sizga hattoki Jeon Jungkookning yuzini ko'rish baxti berilmagan bo'lsa kerak. Ammo hozir ayni vaqti emasmi..?.
Aynan Jeon Jungkook ismli shaxsni ko'rishmagan. Faqatgina criminal olamda aylanib yurgan mish-mishlar bor holos. O'z shaxsini malum qilmaydigan yovuz inson. Ko'ringanidek ismining o'zi qaltirashlari uchun yetarli bo'ldi.
- bizni aldamoqchimisan. ? S-sen axmoq.
- sizni aldash uchun men bekorchiga o'xshaymanmi..?
Dion tisharini g'ichirlatdi. Uning g'azabi juda keskin va yondiruvchi..
- n-nega sen o'zingni boshqa shaxs deb tanishtirding..va nega bir qizga tansoqchi bo'lding.?
Erkak baribir ishonmay so'radi.
- agar men shunday qilsam honimga tansoqchi bo'lolmayman. Uni atrofidagi pashshalardan himoya qilolmayman.! Demak buni hech kim bilmasligi uchun ikkingizni tilingizni kesib olaman..!
Biz zumda yigit boshqa erkakning extiyotsizligidan foydalanib uni qurolsiz qoldirdi va ikkisining peshonasida sovuq qurol paydo bo'ldi.
- avval tilingizni kesib olishim kerak edi lekin o'ldirganimdan keyin buni qilsam ham bo'ladik-u, to'g'rimi..?
- h-hey b-biz sening yordamchilaring emasmizmi.? K-kel shunchaki jim ishlashda davom etamiz. Muammosiz hal qilamiz
Erkak darxol yalinishga tushdi. Jon achchig'i. Darxol yigitning haqiqiy "Jeon Jungkook" ekanligiga ishonishmagan bo'lsa ham yigit havfli ekaniga ishonch hosil qildilar. Bu aqldan ozgan yigit ularni o'ldirishdan tab tortmaydi...
- yaxshi....."erkak" boshingiz bilan menga yalingan ekansiz buni keyingi safarga qoldiraman. Honimning atrofida soyangizni ham ko'rmay..!!!
Ikki erkak qurolsiz yugirib ketishdi. Yigit o'sha ko'chadan sekin chiqish uchun harakatlandi..
- hech bo'lmaganda ularning tilini uzib olishim kerak edi....
Qiz dugonasiga ensa qotirgancha turtdi. Sea dugonasi imlagan tarafga bir qarab hafsalasi sovub ketdi..
- matematika o'qituvchisi qanot chiqarib uchib ketdi desang bundan yoqimliroq eshitilgan bo'lardi. .......hudoyim u dars tugagunicha shu yerda kutganmi..?
Sea "uhh" tortdi. Unga bunday mulozamatlar yoqmaydi. O'zini noqulay his qilishi uchun yaratilgan muhitdek. Ha qiz o'zini ozroq aybladi ham....axir butun boshli erkak deyarli yarim kun qizni maktab oldida kutib turdi...
- menimcha u seni yangi tansoqching shundaymi..? Adashmasam u yoki axmoq yoki sendan nimadir hohlaydi...
- ikkalasi ham.....lekin nima hohlashini bilmayman shuning uchun u ko'proq aqldan ozgan.
Haruka qizga qarab kulib qo'ydi. Dugonasining harakteri doim juda o'zgaruvchan.
Sea ryukzagini ochib ichidagi pullarni Harukaga ko'rsatdi. Dugonasining ko'zlari moshdek ochildi.
- axmoqmisan.? Bu kecha men duch kelgan bezorilardan olingan. Ularni valantyorlikka bugun ishlatmoqchiman.
- pullar juda ko'p....kel ozginasini ovqat sotib olishga ishlatamiz.....bu birinchisi emasku Sea faqat bir marta..
- yo'q..!!! Men o'g'ri emasman. Har safar meni shunday yomon yo'lga boshlaysan. Bir chaqasiga ham qo'l tekkizmaymiz..!
- tsk...unda bizga o'sha kelishgan tansoqching olib beradi...
Sea dugonasini ortda qoldirib tansoqchisi tomon ketdi. Ortidan Haruka ergashdi..Ular deyarli hali ham maktab ichidalar..
- Sea seni yelkalaring ochiq.....yigitlar yep qo'ygudek qarashyabdi...
- nima....??.....ax-x men ustki kiyimimni yechib qo'ygandim...honada qolgandi..
Yosh nozik qomatli, oppoq teriga ega qizga albatta har qanday erkak suqlanib qaraydi. Aynan shunday nigohlardan qochib yuradigan qiz hozir bu vaziyatda. Dugonasi ham buni aniq bilgani uchun ertaroq ogohlantirdi...
- ah buni qara hattoki o'sha tansoqching senga bunday daxshatli qarash qilyabdi.....uning muammosi bormi..?
- qaysi ota qizi uchun shunday odamni tansoqchi qiladi..? Jazo olsam ham buni albatta hal qilaman...
Sea ustki kiyim izlash uchun honaga qaytmoqchi bo'lganida, tezda yonida paydo bo'lgan yigit uni yopdi. Dion o'zining kostyumini qizga tashladi..
- shunchaki ularning ko'zini o'yib olishni aytsangiz kifoya honim....
- Dion bekorchi ishlar bilan ham gaplar bilan ham kamroq shug'ullaning maylimi...
Sea ozroq ho'rsinib, oradagi masofani kengaytirdi. Dugonasining oldiga bordi.
- Haruka bu kishi mening tansoqchim Tayler Dion....Dion bu mening dugonam Haruka...
- janon tanishganimdan hursandman...
Haruka dugonasiga pichirladi. Ikki sherik doimo bir birining g'ashiga tegishni yoqtirib kelgan...
- "Soobin uchun bu so'zlaringni yozib olaman. Hozirdan yuzini tasavvur qildim"
Qiz ham javoban pichirlab, dugonasining rangini o'chirdi.
- honim bugun sizni mashinada olib ketaman. Yo'qsa o'zimni ushlolmay qolaman.
Dion atrofga ilg'amas g'azab bilan qarab, honimini yetaklashga urindi....
#izoh - [devorlari ko'zni qaytarmaydigan] - hona devorlarida hech qanday ilingan bezaklar bo'lmaganida ko'z ularga qarab to'xtamaydi. Yani devorlar bo'sh bo'lsa ko'z bir joyda to'xtamaydi. Bu jumla aynan shu manoda..
#izoh - [valantiyorlik] - uysiz boshpanasi bo'lmagan odamlar uchun oziq ovqat kiyim kechak tarqatish. Ovqat suv va har qanday ko'maklashuv ishlarini bir ikki va undan ortiq odamlar bajarishi.
Muallif: sizdan talab qilinadigan yagona narsa bu e'tibor bilan o'qishingiz. Iloji bo'lsa har bir detalni ko'rib chiqing. Yoqimli hordiq.💛
Kanal: @abyss_fanfictions