June 17, 2022

​🌐 Internetning mo’jizaviy evolyutsiyasi

Internet nima o’zi va u qayerda joylashgan? Qanday qilib u insoniyat uchun yangi bir madaniyatga aylanishga ulgurdi? Biz har kuni soatlab foydalanadigan internet qanday bosqichlardan o’tib kelganligini hech o’ylab ko’rganmisiz? Keling internet bilan qaytadan tanishamiz!

Web 1.0 (1990-2004).

“World Wide Web” ya’ni internetning ilk avlodi bo’lib, bu bir tomonlama internet, internet ensiklopediyadir. Web 1.0’ning klassik misoli bu Vikipediya. Siz u davrda faqat saytlardan foydalanishingiz, musiqa, filmlar va kitoblarni yuklab olishingiz mumkin bo’lgan. Barcha o'zgarishlar faqat sayt dasturchilari tomonidan amalga oshirilgan, ya'ni foydalanuvchilar unga o’z kontentini joylashtirisholmagan. Dastlabki internetda foydalanuvchilar o’rtasidagi aloqa deyarli nolga teng bo’lgan. Bu davrning ommalashgan platformalariga misol qilib, BROADCAST.COM, PIZZA.COM va YAHOO.COM saytlarini aytishimiz mumkin.

Web 2.0 (2004-yildan hozirgi kungacha).

Foydalanuvchilar uchun markazlashtirilgan internetdir. Unda foydalanuvchilar tomonidan kontent joylashtirish va o’zaro aloqa o’rnatish mumkin. Bu Mark Sukerberg va Pavel Durovlar tomonidan ma'lumot almashish platformalari yaratilgan internetdir. Ushbu davr ijtimoiy tarmoqlar davri ham deb ataladi. Bu davrda tarmoqlarda sharhlar yozish, kontent yaratish va foydalanuvchilar bilan har tomonlama aloqada bo'lish imkoniyati yaratilgan. Ammo quyidagi muammolar bu davrning katta kamchiligi edi. Ya’ni internetning korporatsiyalar qo’l ostida to’planishi, kontent yaratishda to'liq erkinlikning yo'qligi (Twitter Trampning akkauntini bloklashi), YouTube senzurasi va Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari muntazam ravishda uchinchi tomonga berib borilishi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi internet davri shakllandi.

Web 3.0 (2014 — kelajak).

Bu ma'lum odamlar yoki kompaniyalarga tegishli markazlashtirilgan serverlarda emas, balki alohida zanjirlarda va foydalanuvchilarning qurilmalarida "yashovchi" internetdir. Shunday qilib, Web 3.0, markazlashtirilgan Web 2.0 dan farqli o'laroq, bir vaqtning o'zida hamma joyda va hech qayerda joylashgan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Web 3.0’ga misol qilib blokcheyn, NFT, kriptovalyuta, DeFi, DAO’larni aytishimiz mumkin. Web 3.0 markazlashtirilmagan, undan foydalanishda esa cheklovlar mavjud emas va uning o’z to’lov tizimi mavjud.

Yuqorida berilgan ma’lumotlar sizning internet haqidagi qarashlaringizni o’zgartirdi degan umiddamiz. Kelgusida bundanda qiziqarli va foydali ma’lumotlarni sizlar bilan o’rtoqlashamiz.

🚀 HODL