Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, tumanimiz ahli!
2026-yilning o'tgan 3 oyi davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar olib borildi.
Shovot tumanida barcha sohalar bo‘yicha sodir qilingan jinoyatlar o‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan 77,5 foizga (40/71)ga oshgan.
Ushbu jinoyatlarning 43 tasini Kiberjinoyatlar tashkil qilib o‘tgan yilga nisbatan (16/43) ga 168 foizga oshgan.
Jami 71 ta jinoyatlarning69 tasi asosiy jinoyatlarni, 2 tasi qo‘shimcha jinoyatlarni tashkil qiladi.
Sodir bo‘lgan jinoyatlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha tahlil qilganda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi, 49 tasi og‘ir, 10 tasini uncha og‘ir bo‘lmagan, qolgan 12 tasini kam ahamiyatli jinoyatlar tashkil qiladi.
Jinoyatlarning ochilish foizi 83,3 foizni tashkil qilib, barcha sohalar bo‘yicha tamomlangan jinoyatlar 10 tani, harakatdan to‘xtatilganlari 2 tani tashkil qiladi.
Jami jinoyatlar tumanda 100 ming aholiga nisbatan 143,8 tadan to‘g‘ri keladi.
O‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan
“Oldi olinishi lozim bo‘lgan” jinoyatlar (9/9) ga teng holatda.
“Aniqlanishi lozim bo‘lgan” jinoyatlar (15/19) ga 26,7 foizga oshgan,
Ushbu oldi olinishi lozim bo‘lgan 9 ta jinoyatlarni turlari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan:
- O‘lim bilan bog‘liq YTH (266 m2q) jinoyati - (1/1) teng, Arbek mahallalarida sodir bo‘lgan
O‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan YTH (266 m1q) jinoyati - (1/1)teng, Arbob mahallalarida sodir bo‘lgan
- Firibgarlik (168 m) jinoyati (2/1) ga kamaygan. Monoq mahallasida 1 ta
- O‘g‘irlik (169 m) jinoyati (4/3)ga kamaygan. Qiyot mahallasida 2 ta, Guliston mahallasida 1 ta
- mehnat muhofazasi qoidalarini buzish 100 foizga (0-1) oshgan Paxtakor mahallasi
- ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati yetkazish 100 foizga (0-1) oshgan. Paxtakor mahallasi
Alohida toifadagi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
- Yoshlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar(0/2) ga oshgan, shaxslar soni 2 nafar.
Guliston mahallasida o‘g‘irlik jinoyati, Arbob mahallasida yo‘l transport hodisasi sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilgan.
- Ayollar, mastlar, ilgari sudlanganlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zgani mulkini nobud qilish jinoyatlari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo‘yicha tumandagi 52 ta mahallalardan 51 ta mahallada ya’ni 98,1 foizida jinoyat sodir qilinmagan yashil toifada, 1 ta mahalla 1,9 foizi “sariq” toifaga kiritildi.
“Qizil” toifaga tushgan mahallalar yo‘q, 1 ta Sariq toifadagi Guliston mahallasida o‘g‘irlik jinoyati sodir bo‘lganligi sababli sariq toifaga kiritilgan
Oldi olinishi lozim bo‘lgan 9 ta jinoyatlarning 3 tasi mahalla hududida (47 ta modda bo‘yicha) sodir etilgan jinoyatlar, 3 tasi xam o‘g‘irlik jinoyati Qiyot mahallasida 2 ta, Guliston mahallasida 1 ta sodir qilingan.
Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri bir qator ishlar amalga oshirilmoqda jumladan joriy yil boshidan shu kunga qadar 6 nafar ilgari sudlangan shaxslarga ma’muriy nazorat o‘rnatildi, 4 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar tuzalish yo‘liga kirmaganligi sababli majburiy davolash bo‘limiga joylashtirildi, 8 nafar voyaga yetmaganlar qarovsiz va nazoratsiz qolganligi sababli viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi, 77 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berildi, mahallalardagi xonadonlarni o‘rganish davomida aniqlangan 1956 nafar huquqbuzarlik sodir qilishga moyil shaxslar aniqlanib profilaktik tadbirlar olib borish uchun mahalla yettiligi a’zolariga biriktirildi. Shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo‘lgan yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan 1956 nafar shaxslar bo‘yicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan 1366 nafarini muammolari ijobiy yechim topdi, qolgan shaxslarning muammolari tizimli hal qilib borilmoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tumandagi barcha ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan turli xil mavzularda uchrashuvlar o‘tkazilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.