Shovot tumani prokurori R.R.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI.
Shovot tumanida hokimlik, prokuratura, ichki ishlar bo‘limi, mahalla yettiligi va boshqa mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026 yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli, “2026 yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-sonli va 14.03.2017 yildagi PQ-2833-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ijtimoiy-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Buning natijasida joriy yilning o‘tgan 2 oyi davomida tumanda kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi qasddan odam o‘ldirish, og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik va nomusga tegish jinoyatlari sodir etilmadi.
Biroq, 2 oyida 3 ta o‘g‘rilik, 1 ta o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-transport hodisasi, 3 ta giyohvandlik, 2 ta fohishaxona saqlash, 33 ta kiber jinoyatlar qayd etildi.
Jinoyatlarning kelib chiqish sabab sabablari o‘rganilganda, o‘g‘rilik jinoyati fuqarolarning o‘z mulkini saqlashda beparvoligi, qarovsiz qoldirishi oqibatida, kiber jinoyatlar fuqarolar tomonidan telefondan foydalanish qoidalari buzilganligi ya’ni shaxsiy, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar oshkora qilganligi, APK fayllarni qabul qilish va ularga kirish oqibatida sodir qilinganligi aniqlandi.
Shu sababli hurmatli fuqarolar!
Jinoyatning oldini olish, uning qurboni bo‘lmaslik uchun mol-mulkingizni qarovsiz qoldirmaslik, telefondan foydalanishda shaxsiy, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkora qilmaslikni, APK fayllarni qabul qilmaslik va ularga kirmaslikka chaqiramiz!