𝑸𝒊𝒓𝒎𝒊𝒛 𝑳𝒂𝒃𝒍𝒊 𝑿𝒐𝒏𝒊𝒎
1910 𝑦𝑖𝑙 𝑌𝑎𝑝𝑜𝑛𝑖𝑦𝑎 𝐾𝑜𝑟𝑒𝑎𝑛𝑖 𝑏𝑜𝑠𝑖𝑏 𝑜𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝑉𝑎 32 𝑦𝑖𝑙 𝑑𝑎𝑣𝑜𝑚𝑖𝑑𝑎 𝑡𝑢𝑡𝑞𝑢𝑛 𝑚𝑎𝑚𝑙𝑎𝑘𝑎𝑡 𝑠𝑎𝑛𝑎𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝐾𝑜𝑟𝑒𝑎 ℎ𝑜𝑘𝑖𝑚𝑖𝑦𝑎𝑡𝑖 𝑌𝑎𝑝𝑜𝑛𝑖𝑦𝑎 𝑞𝑜'𝑙𝑖𝑑𝑎 𝑏𝑜'𝑙𝑎𝑑𝑖. 𝑌𝑎𝑝𝑜𝑛𝑙𝑎𝑟 𝑝𝑜𝑠𝑡𝑖𝑟𝑖𝑏 𝑘𝑒𝑙𝑔𝑎𝑛 𝐾𝑜𝑟𝑒𝑎 ℎ𝑎𝑙𝑞𝑖 50 𝑓𝑜𝑖𝑧𝑖 𝑦𝑎𝑝𝑜𝑏 𝑎𝑟𝑎𝑙𝑎𝑠ℎ 𝑞𝑎𝑙𝑞𝑑𝑎𝑛 𝑖𝑏𝑜𝑟𝑎𝑡 𝑏𝑜'𝑙𝑎𝑑𝑖.
Nazomi Honim. Asl millati koreys . Ammo onasi yaponiyalik bólgani uchun butun umri yaponiyada ótadi. Ammo Yaponlar Koreani bosib olgach Miss Nazomi onasi vafot etgach ota yurtiga keladi. Va ósha yillar otasi qazo qiladi. Qiz óz ózidan hech ham tasavvur qilmagan boyligiga ega bóladi. Ota onasi ajrashgan bólsada u yagona farzand edi. Otasining barcha merosi unga ótadi. Nazomi qólida juda katta boylik bor. Va bir qancha binolar egasi.
Yaponiya hokimiyati Nazomiga suyanadi. Yaniy Nazomi choson xonimi edi. (Choson yaponiya va Korea birlashgandagi davlat nomi)
Barcha hokimiyat uning izmida desa ham bóladi. Chunki otasining martabasi juda ulugʻ bólgan
Nazomiga keladigan bólsak . U juda gózal nafosatli va tarviyali qiz edi. Ammo shu bilan birga qattiqqol beshavqat edi .
Uni aholi orasida qirmiz labli honim , malika ham deb atalardi.
Bunday atalishiga sabab u lablarini qizil rangga bóyab yuradi. U uchun bu juda muhim . Va etibordan chetta qoldirmaydi.
Shunday qilib Nazomi honim kóchib kelgandan beri otasining uyida yashaydi. Juda katta va zamonaviy binolar qurilishiga qaramay Nazomi honim Hanok uyini tanladi. U hanok uyiga mansub kiyinar va ósha yerda yashardi.
Uning dovruği ham shu bilan ajralib turardi.
Nazomi ertalab kózini ochishi bilan ikki hizmatkor yoniga kiradi , yuz qóllarini yuvgach uni kiyintiradi. Hamma narsa qonuniyat bilan bajarilayotgandek. Mobodo 1 hato qilinsa Nazomi qattiq jazolaydi.
Qirmiz pamadalarini birinchi bólib lablariga surdi. Va asta eshikdan chiqdi. Doim stol ustida yalpizli choy turishi shart edi. Mobodo sovib qolgan bólsa hizmatkorlar holiga voy. Juda issiq bolsa ham jazo oladi
Nazomi har doimgidek oʻtirdi, va stol ustidagi choyni nozik qóllari bilan olib icha boshladi
Ertalabgi nonushtasi bu yalpizli choy edi. Va undan keyin tamaki chekadi.
Choy 1 ichgulik qolganda shosha pisha tamaki keltirishadi.
Hizmatkor: honim . General shu yerda
General ichkariga keldi va tazim bajo keltirdi:malikam ....-va unga yaqinroq keldi . Qaltirardi .
General yutindi va: tinch aholi otasida Yaponiya generali va uning odamlari izğib yuribdi.
Nazomi hotirjamlik bilan órnidan turdi va generalga yaqinlashdi. Tamaki tutunini yuziga bosdi .
General oğriqdan baqirardi: men sizga necha martta aytganman ..... Nega ular bu yerda.
General qonli yuzini ushlab: kechiring malikam- tiz choʻkdi: hammasini tóğirlayman. Aytishlaricha Korealik yigit izlanayotgan emish...... U taqiqlangan hududga kirmoqchi bólgan
Nazomi : vaziyatni zimmanga ol . Boʻlmasa ózim boshingni olaman
Va general ketgach bir necha soatdan soʻng yapon generali tashrif buyurdi...
Nazomi uni judayam yomon koʻradi. Sababi hamma unga boʻy sinadi va pora bilan barcha ishni qiladi. Ammo Nazomi uni sotib ololmaydi. Chunki u halol va adolatli General edi.
2 yil avval Yangi general saylanadi. Va Nazomi har doimgidek uni oʻz tarafiga ogʻdirish va ittifoq tuzish uchun pora bilan yoniga boradi. Ammo undagi halollikni va qattiyanlikni koʻrib pora taklif qilishga ham botinmaydi. Pora taklif qilganda ham olmasligini biladi. Nazomi uni shuning ichun ham yomon koʻradi. U Nazomiga boʻy sinmaydi.
Va uni koryoga kelganini eshitsa jahli chiqdi
U yana keldi. Nazomi asabi buzildi : kirsin.
General bir necha odamlar bilan kirib keldi va tazim qildi: malikam.
Nazomi avzoyi buzuq: sizni qaysi axmoq shamol boshlab keldi
General kuldu: hiih. Men sizdan habar olib kelay desamu....sizni gapingizni qarang .
Nazomi jahlda edi: qani bu yerga keling.— uni tashqariga taklif qildi. ( Mehmolar uchun usti yopiq stol stul bor edi).
Chiqshi bilaniq Nazomi belidagi pichoqni olib general biqiniga bosdi.
General : har doimgidek chaqqonsiz malikam_ uni ógirib bağriga oldi va pichoğini óziga óqtardi
Nazomi: siz ham chakkimas.- ózini tortdi
(Bu ularni salomlashish usuli desa ham bóladi)
General: yugurdagingiz aytgandir. Korealik qochoqni izlab yuribmiz
Nazomi: siz axmoqsiz..... agar óshanda men bilan ittifoq tuzganingizda hozri sizga yordam bergan bóladim
General kuldi: yóq. Menga hech kimni yordami kerak emas. Men halol ishlayman
Nazomi jahl bilan unga óqraydi: siz adolatni tutib qolaman deb óylayapsizmi. Adashasiz. Hamma men tomon ammo yagona siz .. ... Adolat tomonidasiz. Endi óylab kóring. Shuncha adolatsiz ichida bir ózingiz adolatni ushalab qola olasizmi...hiih _ gapini tugatib zinadan pastga tusha boshaldi
General ham orqasidan bordi va atayin Nazomi oyoq kiyimini bosdi
Nazomi esa tóqishib oldinga qarab yiqilayotganida general uni bellaridan ushlab tutib qoldi. Va lablarini bóyin tomoniga olib kelib quloğiga: agar siz adolat bólsangiz men sizni shunday tutib qolaman– dedi. Uning issiq nafasi Nazomi bóyniga ufurib turardi. Va ózini tortdi .
Nazomi kuldi: meni adolat deyapsizmi..... judda kulgili .
Ular gapini tugatib bólgach uyga kirishdi va Nazomi: sizga ruhsat.
General tazim qilib chiqib ketti.
Nazomi hokimiyat ishlaridan bósh vaqtida surat chizib turadi.
General ketgach u tashqariga chiqdi. Va surat chiza boshladi. Bir necha daqiqalardan soʻng: men shaharga bormoqchiman . Hoziroq tayyorlaning.
Uning qirmiz lab bóyoğini olib keldi. Nazomi uni surib tashqariga chiqdi .
Ammo Nazomi uyi kabi mashinada emas aravada yurishni lozim topadi.
Uning yonida hamisha ikki qoʻriqchisi yuradi . Ugʻar ashshaddiy qotil, hech kimni ayab oʻtirmaydi. Yoʻlidan chiqqani yoʻq qiladi. Bu Nazomi havsizligini toʻliq taminlaydi
Nazomi aravaga oʻtirdi va shahar tomon yoʻl oldi. U vaqti vaqti bilan Shaharga borib turadi. ( Koryo markaziga)
Aravani toʻxtatishdi. Nazomi tushdi. Ikki qotil har doim yonida , va Nazomi aholi yonida boʻlganda uni yuzini soyabol bilan berkitishadi. Ammo Nazomi koʻp hollarda erkin boʻlgisi keladi va qoʻriqchilarni arava yonida qoldirib oʻzi yelpigʻich bilan yuzini yopgan holda shahar aylanadi ( bu hafsizlik uchun)
Nazomi: sizlar shu yerda boʻling.
Yelpigʻichni olib yolğiz ketdi. Koʻcha har doimgidek toʻla. Hamma yoq shovqun va chiroyli kiyingan honimlar.
Nazomi shaharni tomosha qilib aylandi.
Va shu damda Yapon generalni odamlarini koʻrdi. Ular yugurayotgan edi. Nazomi ham u tomon bordi. Kichik yoʻlakdan kesib oʻtdi.
Va bir yigit yugirib kelayotgan edi. Nazomi sezdi. Bu oʻsha qochoq yigit deb tahmin qildi . Va yugurib kelayotgan yigit qoʻlidan tortib devorga itardi va unga juda yaqin kelib ( boʻsa olayotgandek koʻrsatdi)
Va yuzini yelpigʻich bilan berkitdi .
Tez orada general va odamlari yoʻlakka yaqinlashdi va oʻtib ketishdi.
Yigit oʻziga yaqin turgan qirmizi labli bu honimga tikilib qoldi.
Ótib ketgach Nazomi ózini tortdi , ammo shu vaqt yigit yana Nazomini óziga tortib oldi. Nazomi bellaridan tutib turardi. U hayron yigitga tikildi.
Orqadan yana bir sohchi kelayotgan edi. Shu uchun yigit uni óziga tortgandi .
Yigit : sizga katta rahmat. Ammo kimsiz. Nega meni qutqardingiz
Nazomi indamay yurib keta boshladi: bu yoqqa— yigitga ham yól boshladi .
Ular arava yoniga borishdi. Yigit ikki qora kiyingan qotillarni kórib tóxtab qoldi.
Nazomi ógrilganida yigit tazim qildi; malikam.....kechiring sizni tanimay qolganim uchun.
( Yigit ikki qotildan tanidi. Chunki Koryoda yagona Nazomi gina qora kiyingan qotillar bilan yurardi )
Nazomi yigitni olib óz uyiga ketti