May 1, 2025

𝐒𝐢𝐥𝐯𝐞𝐫

𝐽𝑢𝑓𝑡𝑖𝑙𝑗𝑎𝑟 ℎ𝑎𝑟 𝑞𝑎𝑛𝑑𝑎𝑦 ℎ𝑜𝑙𝑑𝑎 𝑎𝑦𝑖𝑙𝑎𝑙𝑎𝑟 ℎ𝑎𝑚 𝑠𝑒𝑣𝑔𝑖 𝑘𝑢𝑐ℎ𝑙𝑖 𝑏𝑜'𝑙𝑠𝑎 𝑦𝑎𝑛𝑎 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑠ℎ𝑎𝑑𝑖 . 𝑎𝑚𝑚𝑜 𝑢𝑙𝑎𝑟𝑛𝑖 𝑡𝑎𝑞𝑑𝑖𝑟 𝑎𝑦𝑖𝑟𝑠𝑎 𝑘𝑢𝑐ℎ𝑙𝑖 𝑠𝑒𝑣𝑔𝑖 ℎ𝑎𝑚 𝑦𝑜𝑟𝑑𝑎𝑚 𝑏𝑒𝑟𝑎 𝑜𝑙𝑚𝑎𝑦𝑑𝑖....

𝐸𝑝 1

Rona Telefoni jiringladi , bu notanish raqam edi. Goʻshakni oldi.

Wo: alo. Siz bilan koʻrisha olamizmi.

Ronaga ovoz tanish, birozdan soʻng bu Taehyung ni onasi ekanini tushundi: ha...ha qayerda.

Wo: ishxonangiz yonidagi kafega yarim soatdan keyin.

Aloqa tugadi.

Rona biroz hayajonlanardi. U nima deyishni bilmasdi, chunki onasi uni yotirmasligini bilardi. Biroz asabiy.

Yarim soatdan soʻng kafe yoniga tushdi. Kirib borarkan Wo honim juda asabiy koʻrinardi. Rona hayajonlandi, ochigʻi u bilan qanday gaplashishni ham bilmasdi.

Wo avzoyi buzuq holda oʻtirardi. Huddikim ortiqcha narsa boʻlsa yeb qoʻyadigandek.

Rona kelib stolga oʻtirdi

Wo: hullas choʻzib oʻtirmayman...... Taehyung dan voz kech. Nima hohlasang beraman. Pulmi uymi mashinami nima hohlasang. Men oʻgʻlimni bilaman sen inkor qilsang yoninga qaytib bormaydi.

Rona hech soʻz demasdi, shunchaki yigʻlardi. Yana va yana koʻzyoshlar. U bir soʻz ham demadi. Koʻzlaridan duvullab yosh oqardi.

𝐸𝑝 2

Namjoon. Ronaga yetishish uchun hayvonga aylanishga ham tayyor.

Yuri: rozi boʻlganingizdan juda hursandman. Demak sizni ishingiz Taehyung ni chaqirib Rona bilan ahloqsiz ishlar qilib yurganingizni aytasiz. Yoki Ronani chaqirib u bilan juda yaqin boʻlasiz va bu tasodifdek koʻrsatib ularni ayiramiz rozimisiz.

Namjoon jim eshitardi: yahshi. Menga uning raqamini ber.

Yuri juda mamnun edi bu ishidan: aha.

Yuri tez orada u yerni tark etdi. Va toʻgʻridan toʻgʻri Taehyung ish honasiga bordi.

U kotibadan ham soʻrab oʻtirmay qoʻpollarcha Tae honasiga bostirib bordi.

Eshikni ochib: kirsam boʻladimi.

Tae boshini koʻtardi: allaqachon kirib boʻlding.

Yuri milashkani yoqdi: yaxshimisiz.

Tae: hoʻsh maqsadga oʻt.

Yuri kelib stolga oʻtirdi

Yuri: bilaman siz Ronani yaxshi koʻrasiz. Mayli sizlar bahtli boʻlsalaring boʻldi— ilonlik qildi : am...ammo Rona.......Rona boshqa yigitni sevadi. U bilan yaqinda tortishib qolgandi. Balki alamidan siz bilan birga boʻlgandir

Tae: hhhh. Ishonadi deb oʻylayapsanmi.

Yuri oʻziga qattiq ishonch bilan gapirdi: ishonmasangiz Ronani ish honasiga boring oʻzingiz koʻrasiz.— u ishonch bilan gapirgani uchun Tae ham ikkilanib qoldi.

Yuri: shunchaki men unga yaxshi boʻlishini istayman— honani tark etdi.

Tae shu ondan boshlab oʻylovga tushdi. Toʻgʻri Ronaga qattiq ishonadi. Ammo koʻngil dushman deganlaridek...... Tae Rona ish honasiga yoʻl oldi.

Yoʻl boʻyi oʻylanib ketardi. Chunki Taehyung Yurini bunday ilonligini bilmasdi. Rostan ham Ronaga gʻamhoʻr deb oʻylardi. Sababi oʻsha birinchi ovqatlanishda ham Yuri Ronaga juda mehribondek koʻringandi (ammo unday emas... Buni yaxshi koʻrinish uchun qilgan)

Tae mashinadan tushib Rona honasiga bordi. Eshik qiya ochiq edi. Tae sekin kelib eshikda qaradi.

Ichkarida Namjoon oʻtirgandi. Rona ham shu yerda deb oʻyladi. Tae yuragi toʻxtab qolay dedi. Va eshikni shartta tortdi. Honada Namjoon oʻtirgandi.

Tae gʻazab bilan: hoy....hoy sen kimsan ...

Namjoon: men Ronaga oshiq yigit— hotirjam gapirdi

Tae unga musht tushurdi. Ammo u qarahilik qilmasdi. Oʻlimini bilgan qoʻydek.

Tae : hoy nima....nimalar deyapsan— yoqasidan siltasi

Namjoon Tae ga qarab: bilasanmi nima... U seni qattiq sevadi , juda qattiq. Men unga dil izhor qildim. Ammo u seni sevishini ayti. Iltimos uni qoʻyib yuborma...... U seni qattiq sevadi.

Tae hayron Yuri gaplari va Namjoon aytadigan gaplar mutlaqo boshqa boshqa edi.

Namjoon batafsil hammasini aytib berdi. Rona bilan aslida munosabati qanday hammasini: biroz oldin Yuri kelgandi. U Ronani oʻgʻay singlisi. U mendan sizlarni ayirish haqida iltimos qildi. Va Ronani ahloqsiz deb ayting. Yoki Tae koʻz oʻngida Ronaga tegining dedi.

Tae shunchalar jahli chiqdiki u Yuridan buni kutmagandi. Qattiq gʻazablandi.

Namjoon: uni bahtli qil iltimos. Shundogʻam u umri boʻyi bahtsiz edi.

Tae honadan chiqib ketti.

𝐸𝑝 3

Taehyung mehmonhonaga bordi. Ammo Rona yoʻq edi. Unga qoʻngʻiroq qildi, javob bermadi. Tae undan qattiq havotir oldi. Va oxxiri uni uyiga bordi.

Rona uyida edi.

Taehyung uni koʻrib: hoy..... Nega menga aytmay ketding. Nega telefonga javob bermaysan.

Rona zinadan pastga tushdi va: nega bunday qilishim kerak.....nima....sen rostan ham meni sevadi deb oʻylaganmiding— qattiq kuldi.

Tae : bu...bu nima deganing.

Rona: oying menga moʻmaygina pul berdi. Seni deb boʻyib kettim .— kuldi.

Tae qattiq gʻazablandi. Gʻazab va dard aralashib ketti. Ichida " nahotki" degan soʻz aylanardi. Yuragi qattiq ogʻridi. Koʻzlariga olovdek qaynoq yosh toʻplandi.

Rona: hullas. Endi keraging yoʻq. Oyingdan pullarni olib boʻldim. Endi meni tinch qoʻy.

Tae shunda ham unga ishonmay: kim

...kimmm majburlayapti seni aaaa. Oʻsha oʻgayonangmi.

Rona kuldi: ha nima.... ishonging kelmayaptimi. Ha men shunday qizman.

Taehyung oyoqda turolmay qoldi. Rona esa tinmay kulardi.

Taehyung qattiq yomon ahvolga tushib qoldi. Oʻzini ahmoqona his qilardi. Alam ichini kuydirib qonga belab tashlardi.

Qoʻriqchilar uni olib chqdi.

Bu ....bu juda achchiq. Garimdori dan ham......ishonch sinsa bu juda ham achishtiradi. Ayniqsa ayriliq bilan tugasa. Koʻzyoshlari kislota kabi yuzini kuydirib oqardi. Oyoqda turolmay qoldi. Harorati oshib ketti.

𝐸𝑝 4

Taehyung juda yomon axvolda. Na tomogʻidan suv oʻtardi. Na ovqat. Oʻlikdek boʻlib qoldi. Rona bilan borgan joylariga borib tinmay boʻkkunicha ichardi. Har kuni shu axvol. Yuragidagi olov hech ham oʻchmasdi. Muzli vannaga kirsa ham, yuragi qaynab ketayotgandek.

: nahotki.......nahotki men oshiq boʻlgan koʻzlar endi yoʻq...... Nahotki bu mayin qoʻllarni tuta olmayman. Nahotki meni zarracha boʻlsa ham sevmasa.

Ammo u hamon umid qilardi.

U bu oʻgy ni ishi deb oʻyladi. Ammo Ronani oʻsha kun aytgan gaplari yolgʻonga oʻxshamasdi. Endi u rostakamiga singandi.