OYGA QO'NGAN KAPALAK 🌕🦋
YN POV
Borgan sari men qo‘rqayotgan kun yaqinlashmoqda. 31-avgust... bu sanani har kuni yuragimda sanab kelyapman. Go‘yo har tongda quyosh chiqsa ham, men uchun u qorong‘ulikni boshlab kelayotgandek. Chunki o‘sha kuni u hammasini ochiq aytadi. “Biz endi biz emasmiz” deydi. Shunday bo‘lishini bilsam ham, umid qilaman. Yurak axir shunchaki tushunib qo‘ya qolmaydi....😭💔
Men telefonimni qo‘lga oldim. Uning nomi ko‘zimga tushishi bilan yuragim yana tez ura boshladi. Qo‘ng‘iroq qilamanmi, yo‘qmi — ikkilanaman. Oxiri baribir “chaqirish” tugmasini bosdim.💗
— “Alo, JK?” — dedim titroq ovoz bilan.
— “Ha, eshitayapman,” — dedi u odatdagidek sovuqqon ohangda.
— “Men ham… shunchaki… sizni eshitgim keldi.”
U bir muddat jim qoldi. "4 kun qoldi..."
— “YN, bu odatni tashla. Men seni aldamayman. Sen bilasan-ku…”
O‘sha so‘zlarini yana eshitdim. Ha, u meni sevmasligini allaqachon aytgan. Lekin baribir bir parcha umid bilan unga yopishib yashayapman.❣️
— “Men bilaman… faqat sen bilan gaplashsam, o‘zimni yaxshi his qilaman,” — dedim sekin.
U esa xo‘rsinib, qisqa javob berdi:
— “Yaxshi. O‘zingni ehtiyot qil.”
Qo‘ng‘iroq tugadi. Ekranim o‘chdi. Ammo ko‘nglimdagi og‘irlik o‘chmadi.
YNning POV davom etadi:
Borgan sari men qo‘rqayotgan kun yaqinlashmoqda. To‘rt kun. To‘rt kundan keyin men butunlay yutqazaman. Shunday bo‘lsa ham, men so‘nggi soniyalargacha uni sevaman. Chunki bu sevgi mening tanamga singib ketgan. Uni yo‘qotishdan qo‘rqyapman, lekin o‘zimdan ham ko‘ra uni sevishim kuchliroq....❤️