August 27, 2025

OYGA QO'NGAN KAPALAK 🌕🦋

16-YAKUNIY QISM 🍃 | #FLOREA 💗

" 31-avgust 🌙 "

YN POV::
Mana, o‘sha kun. Men bir oy mobaynida qattiq qo‘rqqan, kechalari yig‘lab kutishdan qochgan, dushmanimga ham ravo ko'rmaydigan qilgan kun.🦋

Endi undan qochib bo‘lmaydi. Yuragim tez ura boshlaydi, qo‘llarim qaltiraydi. Barchasini bilaman – bugun u meni butunlay tark etadi. Bir umrga... Shunday bo‘lsa ham, bir umid bilan uyg‘ondim: balki… balki u fikridan qaytar? Axir men uni shunchalar sevaman-ku...❤️

Telefonim jiringladi. U.
Qo‘limni titratib javob berdim...🫀

📱 " So‘nggi telefon qo‘ng‘irog‘i "

— “Alo…” — dedim past ovozda.🥹

— “YN, sening bilan gaplashishimiz kerak,” — dedi u. Ovozi qattiq, sovuq, lekin ichida ozgina iztirob seziladi. ❄️

— “Bilaman… bugunmi?” 🌊

— “Ha. Men seni ko‘rishni xohlayman. Yolg‘iz.”🌎

— “Qayerda?”❣️

— “Biz doim uchrashadigan joyda. Soat yettida.” 😊

Men javob berolmadim. Ko‘zlarimdan yosh o‘zi oqib chiqdi. U jim qoldi, men ham. Oxiri u asta gapirdi:
— “Iltimos, kel. Bu safar hammasini tugatamiz...”🌒

Qo‘ng‘iroq tugadi. Bu kunimni qolgan qismini qanday o‘tkazganimni bilmayman. Soat yettiga yaqin men u yerga bordim... Osmonda quyosh botib, havo salqinlashgan, go‘yo tabiat ham mening holimni his qilayotgandek. 🍁

* * *

"JK bilan Yuzma-yuz uchrashuv" 🍃

U meni kutib turardi. Har doimgidek sokin, salobatli. Lekin bu safar uning ko‘zlarida boshqa narsa bor edi – qaror.
Men sekin unga yaqinlashdim. 🖤

— “Salom…” — dedim titroq ovozda.🗣
U boshini qimirlatib javob berdi.

Bir necha soniya sukut cho‘kdi. Nihoyat u so‘z boshladi:
— “YN. Men seni aldamayman. Bilasan, men seni sevmayman. Boshidan ham shunday edi. Va mana o'sha kun keldi, bu bizning so'ngi uchrashuvimiz, so'ngi suxbatimiz va bu xullas barcha yo'llarimizning so'ngisi...” 🫀

Bu so‘zlar yuragimni kesib tashladi. Nafasim qisilib, ko‘z yoshlarimni ushlab turolmadim.
— “Lekin… men seni kutaman. Men sening yoningda qoldim. Har kuni seni sevib yashadim. Bu ham hech narsa emasmi?” — deya yig‘lab yubordim. 😭

U chuqur xo‘rsindi.
— “Sen menga qimmatli odamsan. Lekin sevgi… bu boshqa. Men seni hech qachon o‘zimga yolg‘on gapirib ushlab qolishni xohlamayman. Men sen uchun chinakam yigit bo‘lolmayman. Biz birga bo'lolmaymiz...” 😶

Men boshimni chayqadim.
— “Men sendan mukammallik so‘ramayman! Men faqat yoningda bo‘lishni xohlayman! Istagim shu edi xolos..” 😿

U ko‘zlarimga tik qaradi. Bu qarashda sovuqlik emas, og‘riq bor edi.
— “YN, men sening mehringni qadrlayman. Lekin sevgisiz birgalikda qolish — ikkovimizni ham halok qiladi. Bugun, bu yerda hammasini tugatamiz...”👌🏻

Men qaltirab, yig‘lab dedim:
— “Shundaymi? Demak, sening uchun mening sevgim hech narsa emasmi?”😅

U asta gapirdi:
— “Yo‘q… u juda katta narsa. Faqat men uni qaytara olmayman.”🍃

Sukut. Atrof jim bo‘lib qoldi. Shamol esdi. Men ko‘z yoshlarimni yashirmay, uning yuziga oxirgi marta qaradim.🥹

— “Yaxshi.... Sen meni sevmasang ham, men seni unutolmayman. Balki bu mening jazoyimdir. Lekin bil, men seni umr bo‘yi sevadigan yagona inson bo‘lib qolaman. O'sha qizlaringdan ham ko'proq sevaman seni, ishon! ” ❤️

U ko‘zlarini yumdi. Bir zumda lablari titradi, lekin qaroridan qaytmadi.
— “Rahmat. Meni kechir. Hayr...” 🙂

U sekin orqasini o‘girib ketdi. Men esa yerga cho‘kdim. Osmon qorong‘ulashdi. O‘sha ondayoq bilardim — mening dunyoim endi bo‘linib ketdi....
Men juda ham qattiq baqirib yig'lay boshladim...😭

YNning POV😭:
Borgan sari men qo‘rqqan kun yaqinlashayotganini bilardim. Va mana, u keldi. Endi men yolg‘izman. Uning ismi yuragimda abadiy qoladi, lekin uning sevgisi hech qachon menga tegishli bo‘lmaydi. Bu mening eng katta og‘riqim, eng katta sevgim...😭💔

U ketdi...😭

Men esa yerda qolib, butunlay parchalanib tushdim. Ko‘z yoshlarim to‘xtamasdi. Nafasim qisilib, yuragim og‘ridi. “Shunday tugaydimi?” — deb o‘yladim. Men uni shunchalik sevdim-ku! Nega bu sevgi menga og‘riqdan boshqa hech narsa bermadi?😭

Men battar yig‘ladim. Ovozimni shamol olib ketayotgandek edi. Qo‘llarim bilan yuzimni bekitdim. Hamma orzularim shu yerda tugadi, deb o‘yladim.😓

Ammo… orqamda kimningdir qadami eshitildi. Nafasimni to‘xtatdim. Sekin orqaga qaradim. U edi — JK. 🍃

Men hayratdan ko‘z yoshlarimni artdim:
— “Nega qaytding?..” — dedim titrab.🥺

U yonimga kelib, qo‘llarimni ushladi. Ovozida avvalgi sovuqlik yo‘q edi, balki nimadandir kechirim so‘ragandek edi:
— “Tinchlan. Senga bir yangiligim bor.”🫂

Men ko‘zlarimni kattaroq ochdim, yuragim yana tez ura boshladi.
— “Nima… demoqchisan?”😳🥺

U chuqur nafas olib, jiddiy ohangda dedi:
— “25-may kuni men qaytaman.”❤️

Shu so‘zlar yuragimga yangi umid singdirdi. Go‘yo butun og‘riqlarim birdaniga yengillashdi. Men uni tushunmadim, lekin baribir, uning qaytishini kutishga tayyor edim.🥲

31-avgust menga oxir deb tuyulgandi. Lekin u keldi… va 25-mayni va’da qildi. Endi mening yuragimda yana bir bor nur paydo bo‘ldi. Balki sevgim tugamagan, balki bizning hikoyamiz endi boshlanayotgandir…🥰

Men kapalagimni qo'yib yubordim. U oyga qo'nmadi. Bir necha kunlar mobaynida atrofida uchib yurdi, qo'nishni istamadi.. Mayli, nima ham derdim. Boshqa sayyorasiga borib qo'nsin, o'sha yerda baxtli bo'lsa, o'sha yerda orom topsa... men ham baxtli bo'laman.🌒😍🦋

🌙 THE END