September 9, 2022

MUROJAATLARNI O‘Z VAQTIDA VA XOLISONA O‘RGANISH DAVLAT IDORALARI OLDIDAGI ASOSIY VAZIFADIR

Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tobora qizg‘in tus olmoqda. Ayni jarayonda xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan -masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini ta’minlash muhim o‘rin tutayotir.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filialining tuman va shahar gaz ta'minoti bo'limlarida tashkil qilingan murojaat va abonent bo‘limi xodimlariga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida, shinam xonalar, zarur texnika vositalari, ish qurollari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlandi. Zero, har qanday tashkilotdagi qulay shart-sharoitlar ishchi-xodimlarning kayfiyati va ish unumining samarali o‘sishiga xizmat qiladi. Qolaversa, fuqarolar murojaatini ijobiy hal qilish uchun ham o'z samarasini beradi. Korxonada kasaba uyushmasining va jamoa shartnomasining mavjudligi ish beruvchining o‘z mehnat faoliyatini qonuniy hamda adolatli olib borishi uchun ko‘mak vazifasini o‘taydi.
Xalq bilan birga yashab, uning dardini his etish bugun har bir tashkilot uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, vaqtida hal etiladigan murojaatlar nafaqat fuqaroning, balki o‘sha davrning ham farovonligini ta’minlaydi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali ham o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, murojaatlar yechimiga astoydil kirishmoqda.

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarning vaqtida hal etilishiga, ularning ijrosini ta’minlashda, tezkorlik bilan o‘rganib, fuqarolar huquqlarini himoya qilish asosiy maqsadimizlarimizdan biri hisoblanadi.

Viloyat aholi xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash uchun ishlab chiqarish zavodlaridan 1 500 dona gaz ballonlari olib kelinib 10-14 sentyabr kunlari tarqatilishi rejalashtirilgan.

Bugun mutaxassislar ishtirokida Termiz tumanining “Uchqizil”, “Bunyodkor”, “Qoraxon”, “Ayritom”, “Istiqlol” mahallalaring 8 ta xonadonlariga 8 dona hamda Uzun tumanining “Ulanqul”, “Fayziobod”, “Mustaqillik” mahallalaring 8 ta xonadonlariga 8 dona maishiy gaz ballon yetkazildi.

Shuningdek, iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz va bir maromda yetkazish maqsadida aholining ehtiyojidan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda suyultirilgan gaz ballonlar bilan ta’minlanishi “Hududgaz Surxondaryo” GTF tomonidan tizimli nazoratga olingan.

Iste’molchilar bilan muloqatni yanada yaxshilash maqsadida:

Gaz ta’minoti xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha taklif va shikoyatlarni o‘rganish, filial hamda mijoz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining (76) 221-06-14 “Ishonch” telefoni, avariya-dispetcherlik xizmatining “104” va “Call-markaz”ning (76) 221-05-97, (76) 221-25-10 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratilgan. O‘zaro ishonchga asoslangan muloqot, albatta, iste’molchi va yetkazib beruvchilarning samarali va teng huquqli aloqalarini ta’minlashga, natijada yuklatilgan vazifalarni bajarib, xalqimiz oldida yuz yorug‘ bo‘lishiga xizmat qiladi.

Bugun yangilanishlar sari intilyapmiz, murojaatlarni qabul qilishda yana nimalarga e’tibor qaratish zarur deb o‘ylaysiz?

Murojaatlar bilan ishlashda avvalo murojaatchining aniq maqsadi bilan o‘rtoqlashish zarur deb o‘ylayman. Shubhasiz, murojaatlarni qabul qilishda zamonaviy innovasiyaga ko‘proq tayanish vaqti keldi. Bunda esa shubhasiz, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki hal qilingan muammo nafaqat fuqaroning, balki butun bir jamiyatning yashash sharoitiga ta’sir qiladi. Shuning uchun biz tizimda aniqlik va shaffoflikka doim tayanamiz. Muhimi, fuqaro bilan ishlashda ilg‘or innovasion texnologiyalardan foydalanib, gaz ta’minoti tizimida mavjud tushunmovchiliklarni bartaraf etishda intilmog‘imiz lozim. Shundagina muammolar kamayadi, vaqtida hal etilishiga erishiladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati