September 13, 2022
KUZ-QISH MAVUSMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG'IN OLIB BORILMOQDA
Kuz-qish mavsumida aholining gazga bo‘lgan ehtiyoji yanada ortadi. Bu esa o‘z vaqtida soha xodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi va mavjud muammolar bartaraf etiladi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan ham amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy samarasini bermoqda.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida viloyatdagi 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ta'minotni yanada yaxshilash va suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlar belgilab olingan. Jumladan, 6,3 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarini qurish va ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib bugungacha 6,3 km qismi ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. 32 dona gaz taqsimlash punktlarini ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib bugungacha 32 donasi ta’mirlandi