September 9, 2022

Joylarda o'rganishlar olib borilmoqda

“Hududgaz Surxondaryo” GTF Boshlangʻich KUQ raisi A.Qobilov tomonidan joriy yilning 9-sentyabr kuni "Muzrabodtumangaz" GTB va Muzrabod GTSHlar mehnat jamoalarida uchrashuvlar oʻtkazilib, mehnat huquqi, mehnat muhofazasi, ichki mehnat tartib qoidalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni ragʻbatlantirish tizimi, odob-ahloq qoidalari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan amaliyotga tadbiq etilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida suhbatlar uyushtirildi.

Shundan soʻng ishchi-xodimlar bilan mehnat va shaxsiy muammolarga oid savollarga joyning oʻzida javoblar berildi hamda belgilangan tartibda amaliy yordam koʻrsatilishi tushuntirildi.

Ma'lumot o'rnida: Amaldagi qonunlar bo‘yicha tarqatilayotgan gaz ballonlar har bir aholiga maxsus nazorat tarozi orqali tortib berilishi kerak emasmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgust kunidagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan gaz ta’minoti bo‘limi avtoulovlari maxsus nazorat tarozisi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lib, faqatgina iste’molchilar tomonidan so‘ralganda (talab qilingan taqdirda) nazorat tarosizi orqali o‘lchab beriladi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlarda qizgʻin bahs va xodimlarning faoliyatga oid ayrim takliflari ijtimoiy sherikchilik asosida “Ish beruvchi” bilan kelgusida koʻrib chiqish va kelishish uchun qabul qilindi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati