September 9, 2022

DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN SARIOSIYO TUMANDAGI "BOG'ISTON" MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

✍️ Sariosiyo tumandagi "Bog'iston" mahallasida joylashgan "Gazarak" GRSda 159 dm bo’lgan o’rta bosimli er-usti gaz quvurida avariya holati sodir bo’lganligi sababli 2022-yilning 9-sentyabr kuni soat 23:00 dan 2022-yil 10-sentyabr kuni soat 13:00 ga qadar 1920 ta aholi xonadonlari va 13 ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

🔥Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.

🔥 Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

⚡️ “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati