September 12, 2022
SURXONDARYO VILOYATIDA 858 DAN ORTIQ MUROJAAT QILGAN ISTE'MOLCHILARGA GAZ BALLONLAR TARQATILMOQDA
Viloyat aholi xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash uchun ishlab chiqarish zavodlaridan 1 500 dona gaz ballonlari olib kelinib 10-14 sentyabr kunlari tarqatilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz va bir maromda yetkazish maqsadida aholining ehtiyojidan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda suyultirilgan gaz ballonlar bilan ta’minlanishi “Hududgaz Surxondaryo” GTF tomonidan tizimli nazoratga olingan.
Gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarning vaqtida hal etilishiga, ularning ijrosini ta’minlashda, tezkorlik bilan o‘rganib, fuqarolar huquqlarini himoya qilish asosiy maqsadimizlarimizdan biri hisoblanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati