January 25, 2025

FAQ and Group rules

Eng ko'p so'raluvchi savollarga javoblar

❓Birjadan foydalanish: Binance & Bitgetda orderlarni qanday farqisi bor yoki OCO-order qanday qo'yiladi?

Ushbu videoni ko'rib chiqing: https://t.me/firnascrypto/3157

❓Jamoada berilayotgan signallardan qanday foydalanishimiz kerak?

Bo'limlarga va tokenlar turiga e'tibor bering:

Low-risk - risk oz aktivlar (BTC, ETH, LTC...)

Risk oz aktivlarga kottaroq depozit bilan kirsa bo'ladi, umumiy depozitdan maksinal ulush - 30% (kapitalingiz 10,000$ bo'lsa 3,000$ ajratsangiz bo'ladi)

Middle-risk - riski o'rtacharoq bo'lgan aktivlar (SOL, TON, ZRO...)

Riski o'rtacha aktivlarni umumiy kapitaldan maksimal ulush 10-20% sotib olsangiz bo'ladi

High-risk - riski yuqori aktivlarni umumiy kapitaldan maksimal ulush 3-5% sotib olsangiz bo'ladi

Bo'limlar va strategiya individual bo'lsachi?

Jamoada quyidagi bo'limlarga e'tibor bering:

🟢Research

🟢Trading for 30 days

🟢Invest (40-180 days)

🟢AI COINS

Research - bu Firnas shahsiy izlanishlari va analizlari yuboriladigan bo'lim, asosan ushbu bo'limda altcoin riski yoziladi va kapitaldan qancha ajratish kerakligi aytiladi, bu qisqa-muddatlik analizlar emas, lekin ba'zi analizlar qisqa-muddatda o'sishi xam mumkin, ushbu xolatda risk kamaytiriladi

☕Quyidagi bo'limlarga kurs bitiruvchilari xam o'z analizlarini ulashib borishi mumkin:

Trading for 30 days - Ushbu bo'limda barcha analizlar maksimal muddati 30 kunga cho'ziladi, ya'ni qisqa muddatlik analizlar

Invest (40-180 days) - O'rta muddatlik, umuman hisobga olganda 6 oygacha cho'ziladigan sdelkalar.

Barcha o'zini g'oyasi bilan ulashish uchun

AI COINS - Sun'iy ong sohasi rivojlanishi sabab, ushbu bo'limni alohida bo'ldik, ushbu yo'nalishdagi tokenlar juda yangi va riski yuqori, agar AI-AGENT tokenlariga risk qilmoqchi bo'lsangiz maksimal 3-5% kapitalni risk qiling va ba'zilari yuqori foyiz daromad ko'rsatsa xam riskni oshirib yubormang, orada ba'zilari scam bo'lishi mumkin, bu soha juda yangi, shuning uchun kotta risk qilmagan yaxshi.

❓Signalda stop-limit foyizi 5% dan oshsa qancha kapital risk qilish mumkin?

Signal - bu bashorat emas, moliyaviy bozorlarni o'sishiga ba'zi omillar bo'lganda biz signal yuboramiz, aktiv narhi stop-limitingizni olib, aktivni zararda sotib yuborsa umumiy kapitaldan kotta zarar qilmasligingiz kerak, quyidagi sootnosheniyada riskni tog'irlang:

Stop-limit foyizi 3% bo'lsa⤵️

Umumiy kapitaldan max. 1/5 risk qiling (oshirib yubormang)

Stop-limit foyizi 5% bo'lsa⤵️

Umumiy kapitaldan max. 1/10 risk qiling

Stop-limit 5% ko'proq bo'lsa⤵️

Umumiy kapitaldan max. 1/20 risk qiling

❓Firnas ommaviy kanalida bozor tushishini ogohlantirdi yoki riskni kamaytirishni, biz nima qilishimiz kerak?

Agar Firnas signal bergan bo'lsa va stop-limit qo'ymagan bo'lsangiz - stop-limitni quying, agar ushlayotgan altcoinlaringiz 0-3% zararda bo'lsa ulushini ozaytiring va umumiy kapitaldan 30% ~ 50% ni steyblkoinda ushlab turing

Firnas bergan high-risk altcoin 80-90% daromadga chiqdi, qandaydir chora ko'rishimiz kerakmi?

Albatta, sun'iy pampdan keyin aksar altcoinlar sotib olgan narhingizdan ham ancha pastlab ketadi, lekin ko'p holatda bir-necha kunlardan keyin ancha kotta foyizga o'sishi mumkin, shuning uchun 50% dan ko'pro o'sgan altcoinni siz kiritgan depozitni yarmini yechib oling va qolganiga ko'z yuming, o'z ixtiyoringiz bilan to'liq sotishingiz xam mumkin.

❓Firnas Research'da bergan altcoinlarni barchasi aktualmi, narchasini sotib olsa bo'ladimi?

Yo'q, agar berilgan altcoin sotib olish narxidan konservativ hadafga o'sgan bo'lsa - aktual emas, o'z ixtiyoringiz va analizingiz bilan ishlang, ya'ni bizning mas'uliyatda emas.

Agar uzoq muddat o'tgan bo'lsa va o'smagan bo'lsa chatdan Firnasdan so'rab oling!

❓Research'dagi altcoinlar scam bo'lishi mumkinmi va qanday bilib olsak bo'ladi?

Xa, o'tgan yili Firnas WEST tokenni analiz yuborgan edi, lekin barcha birjadan delisting qilinib, scam bo'ldi. Shuning uchun umumiy Researchdagi altcoinlar bilan 100% depozitni to'ldirib olmang, kapitalingiz <1,000$ bo'lsa researchdagi altcoinlarni 10$/1 sotib oling, agar <10,000$ bo'lsa unda 30-50$ dan sotib olishingiz mumkin, ushbu bo'limga invest nazari bilan qarang, bu qisqa muddatlik treyding emas.

❓Agar qisqa muddatlik bozor qulashi xaqida ogohlantiruv berilsa, bozordan to'liq chiqib ketish kerakmi?

E'tibor bering, qisqa muddatlik bozor qulashi 1 oyga cho'zilshi xam mumkin, orada 3-4 kun o'sish tanaffusi bilan, bu bo'yicha shamlar strategiyasiga rioya qilasiz.

Signallarga kirgan bo'lsangiz, o'rta muddatli altcoinlarni sotib yuborisngiz mumkin. Uzoq muddatlik aktivlarni foydada yoki zararsiz turgan bo'lsa riskini kamaytiring, lekin to'liq chiqib ketgan taqdiringizda aynan o'sha aktiv bozor tushganida o'sishiga tayyor bo'lsangizgina to'liq chiqib keting.

Ushbu FAQ bo'limi jamoa tashkillanishi va keyinroq savollar berilishida to'ldiriladi va o'zgartirish kiritiladi, ushbu savollarga javoblar standart javoblar bo'lib, xoxlagan odam individual o'z ixtiyori bilan yo'l tutishi mumkin, bu javoblar barcha uchun majburiy emas, lekin bozorga yangi kirganlarga tushuncha va Firnasni strategiyasini anglay olmaslik kabi tushunmovchilik bo'lmasligi uchun tuzildi.

🔗Group Rules

  1. Jamoada boshqa shahsiyatlar (treyder, analitik) bo'yicha alohida mavzu ochish va suhbat qilish ta'qiqlanadi (barcha uchun neytral fikr bildira olasiz).
  2. Jamoadagi barcha suhbat va kontentlar, signal-analizlar va researchlar - OMONAT. (Boshqa chatlarda savol formatida yoki g'oya qilib tarqatganingizni ko'rsak guruhdan chiqarib yuboramiz)
  3. Fitna va harom aralashishi ta'qiqlanadi.
  4. Xar-bir kripto-tokenni hukmini tekshirib, biron ma'muriyatda halol/joiz bo'lsa ulashingiz mumkin.
  5. Guruhda o'zingiz kanalingizni reklama qilish yoki boshqa kanallardan analizlar yuborish ta'qiqlanadi (rek. maqsadida)
  6. Firnasga nisbatan barcha muhokama yoki savollar faqat o'ziga berilishi kerak.
  7. Bepul o'rin evaziga qo'shilganlar oxirgi 30 kun davomida yozmagan bo'lsa guruhdan chiqarib yuboramiz (salom, alik, yangilik tashlash - xisob emas).
  8. Airdrop va telegram botlariga referal link ulashish mumkin emas. (Foydali airdrop bo'lsa Firnas botiga yozing)
  9. Jamoada bahs ko'tarish, bizga aloqador bo'lmagan diniy mavzularni ochish ta'qiqlanadi (moliya, kriptovalyuta bo'yicha fatvolar va fiqh bundan istisno)
  10. Jamoada qonunbuzarlik 3 martta bitta shahs tomonidan takrorlangan bo'lsa guruhdan umrbod chiqarib yuboramiz.

Ushbu qoidalar barcha uchun majburiydir.

Biz bilan bog'lanish uchun: @firnas_eth / @feedbackfirnaabot