June 12, 2020

M1noR L1GHTDreaM ft Elmurod Haqnazarov – Bolalik ( pilot - no pilot ) TEXT

You Tube: M1noR Official

1

Esimda xato bilan yozardik har bir soʻzni,
Maktab payti doʻstlarim bilan koʻchada shomgacha,
Shunchaki daydib yillar oʻtgani sezilmasdan manzil sari eltadi,
Vaqt hech kimni ayamasdan beshavqat qaritadi.

2

Bulutlar tarqadi mana keldi bahor,
Qushlar sayradi kimlarni topishtirb va kimlarni ayradi,
Kecha oʻqigan qizlarga bugun boshpana salon,
Chunki endi maktab hayr katta hayotga salom.

3

Unutilgan sinfdoshlar hatto gruppadoshlarim,
Va har kim oʻz haqida qaygʻurishlar endi boshlanar,
Va qani bolalik doʻstlaring bitta xabar biz tugadik,
Yangi notanishlar senga yaqinroq aka-uka dek.

4

Eski hayotimdan balki hayolan toʻyganman,
Lek Nokia da boʻlsa ham videoga saqlab qoʻyganman,
Va MS ni topshirishda tan olaman kam boʻlardim,
Nokia da skrenshot qilishni faqat man bilardim.

5

Esimda erta turish uchun internetdan oʻzimni tiyishim,
Koʻrardik darsdan qochganlarni kaltak yeyishin,
Soʻrardik har hil baxonalar uyga javob berishin,
Oʻqituvchini mot qilardik oʻzaro kelishib.

6

6-soatiga deyarli da qomasdim,
Hatto och qolganimda bufetdan qarzga non omasdim,
Sinf rahbarimizni nimalardir qilib koʻndir,
Kim birinchi borsa sazdavat qilib qoʻyardi Counter.

7

Onda-sonda qoʻshni sinf bilan oʻynab interesno,
Sehirgarlik boʻlib tuyulardi bizga Clientracce
Balki hozirgidan koʻra biz begʻubor tuyulardik,
Kim sigaret cheksa sen tez oʻlasan deb kulardik.

8

Hech qanaqa telegram biz anketa toʻldirardik,
Vaqti kelsa oʻqituvchini ham kuldirib oʻldirardik,
Yaxshiroq edi skameyka bizga begona divan,
Anketachi qizni topsam anketalarni soʻreman.

9

Esimda kundalikni hamma yashirgan oʻsha paytlar,
Bitta mard topilmaguncha bir birimizni ayblab,
Bori Java oʻyin, Sefan.ru yo kachka degan saytlar,
Esimda Ummonni bollar yoqtirmagan oʻsha paytlar.

10

Begʻubor sutkalarda qor oʻynab kurtkalarda,
Yurardik eski havorang sovet mashrutkalarda,
Zebra ruchkalardan, zvanok qutqarardi,
Esimda endi ochilgan edi Paynet butkalarda.

11

Sevgi izhor qilishlar unutilmas ayb boʻgandi,
Koʻz oldimizda oʻsgan nechta qizlar hayf boʻgandi,
Statuslar qoʻyish uchun Ok.ru degan sayt boʻlardi,
Toki aql kirganida hamma yurak mayb boʻgandi.

12

Qorsiz oʻtgan yangi yilni yangi yil deb tan omasdim,
Yugurib oʻtardik svitaforlar sekund sanamasdi,
Qad koʻtargan daraxtlarni negadir tekkizlagandi,
Bizga yomon xabar edi sani oying izlagandi.

13

Neligini his qilgandim GTA da zoʻrlikni,
Koʻrinishi esimda sariq 50 soʻmlikni,
Balki hozr gapiramiz yoshlarga qarigandek,
Jaloliddin Manguberdini tangadan tanigandik.

14

Yoʻqolib ketdi Akon qoʻshiqlar bemazadir,
Agar taqqoslasam hatto gazvadalar bemazadir,
Taronani faqat Oriyat Dono dan tinglagandik,
Rap nimaligini biz chorni bumer dan bilgandik.

15

Har bir uyda 1 ta DVD va 1 ta jinipi,
Wi-fi paydo boʻlganda oʻqigan edik vi-fi,
Bluetoothdan narsa tashab zagruzka sekin toʻlardi,
Har bir domda koʻngli ochiq rus babulyalar boʻlardi.

16

Koʻrilardi seriallar qoʻni qoʻshninikida,
Qish sonatasiga yaqin ayollar panikada,
Balki hozirgi yoshlar bilishganida edi hich yoʻ,
Yoʻq faqatki biz bilamiz kimligini Milisiyo.

17

Telfonda ilon oʻyin yutolmas edik hecham,
Bizni super qahramonimiz koʻngli ochiq Jeki Chan,
UzOtayoʻl avtobuslar juda ham kam boʻlardi,
Hamma ham futbolda Ronaldinyo desa tan olardi.

18

Koʻchalarda artizandan suv oqardi ichishardik,
Beeline operatori bilan doim oʻynashardik,
Bizga tuyilarmidi yoki rostdan toʻq yashardik,
Uyda yolgʻiz boshlansa har ishimizni tashardik.

19

Chiroq oʻchganida sham bilan oʻynashib oʻtirgandik,
Aqua yo Spring suvini avtoritet deb bilgandik,
Avtoritet telefon 6300 boʻlgan,
Bizda eng zoʻr Stand up faqat Hojiboy boʻgan.

20

Bu kunlarim ham oʻtib ketadi huddi oq-qora kino,
Unutilamiz goʼyo unutilganidek Damino,
Ahir hayotda hech nima qilishga hali ulgirmading,
Topganing 1 ta doʻst va shu ham xbet1.

21

Kuzatgin fasllar almashishin tomosha qigin,
Va bir oʻzim emasman bilib turib xatolar qilgan,
Va balki paytlar ham keladi uygʻonib erta azon,
Qariganda tengdoshini izlaganidek sarson.

22

Biz oʻsha avlod bolalikdan srazi qarigan,
Va yillar oʻtib doʻstini ham zoʻrgʻa eslab tanigan,
Va bizni eng sevimli oʻyinimiz berkinmachoq boʻlgan,
Bizni bolalik valyutamiz bu nakleyka boʻgan.

23

Love is toʻplagan edik 100 raqamini oxtarib,
Va boshqa dvorlarga borgan edik raqib oxtarib,
Lekin hozr hamma internetga devona boʻgan,
MegaBayt degan soʻz hatto bizga begona boʻgan!

24

Begʻubor sutkalarda qor oʻynab kurtkalarda,
Yurardik eski havorang sovet mashrutkalarda,
Zebra ruchkalardan, zvanok qutqarardi,
Esimda endi ochilgan edi Paynet butkalarda.

25

Sevgi izhor qilishlar unutilmas ayb boʻgandi,
Koʻz oldimizda oʻsgan nechta qizlar hayf boʻgandi,
Statuslar qoʻyish uchun Ok.ru degan sayt boʻlardi,
Toki aql kirganida hamma yurak mayb boʻgandi.