M1noR L1GHTDreaM - Minimalism TEXT
1
Ko'rsatolamanu mahoratim man xohladim balki...
Klavish va voice faqat, tark etilar lady boys...
Marketing va crazy box nadayeli po poryatku...
Karobka udachi, xax, nevzyote po poryatku...
2
Da sinmiman kupletim bor
Ismlimanku repim bor...
Yostig'imni tagida hali hamon sekretim bor...
Manga birodar olis bolalikdan boymaganlar...
Manga birodar kinder syurprizga to'ymaganlar...
3
Joyladim bejon repimga jon ayladim jonajon...
Bir yurakda bir o'rin, joy olar yagona jon...
Balki hayot yo'llarida bu miya to'lgan...
Manga tishin qayraganlar undan ko'ra ma, o'rgan...
4
Daa...
Aytolaman nomer 1 man deb a...
San aytolasanmi? "yirtvoraman", "talantman" dema...
Balki hamma Mani urib sindirishni xohlashar...
Chunki san'at taraflama sindirar faqat Maxshar...
5
Ey...
Nega hech kimingdan qo'rqmaganimey...
Chunki ramantikmasman ko'rmaganman anime...
Man kimgadir gapirsam adresi aniq bo'ladi...
"Qizim sanga gapirdim, kelinim eshitsin" bo'madi...
6
Yee...
San'atdaman yetib bo'lmas joydaman...
Man vocal to'qisam tomosha qilasan oydaman...
Daa, foydamam sanikidan pastroqdur...
Foyda, san'at-panat mayli darajangda pastroq yur...
7
Sangamas, akengamas, ukengamas, otengamas...
Man bugun san'atdaman, Manga hech kim tengamas...
Balki aytishar bugun "Nega M1noR karranda"...
Xursandman chunki san'atga emasman parranda...
8
Yee
Oddiy klavish-u, oddiy bir ovoz...
Kritdushi, lekin sanlardan yuqoriroq parvoz...
O'ylashasan, qani manam nimadir qilolsamu...
A man nimadir qilolaman o'ylanib pul olsamu...
9
Yee...
Qiyinchiliklar uchun rahmat hayot...
Qalbi ojizmasman bermaganing ham uchun najot...
Da to'g'ri, qofiyasi uncha zo'r kemadi, no...
Hattoki shu ham san yozolmedigan matnu...
10
Bu YouTube, erkin so'z, erkin ijod davomi...
Aytilarchi, Oʻzbek Konsertda san'atkorlar bormi...
Yo'q! Bordir balki, man uchun san'at emas...
Rep silarga san'atmasmi, hh faqat YouTube damas...
11
Yee...
Silarga konkurent hamma san'atkorlar...
Rep keldi endi paxta qo'yma o'sha paxtakorlar...
Yee...
Qani qaysi janr, bitta ayt qani...
To'g'ri kelarmikin shunaqa gaplarni aytgani...
12
Aa...
Miyagi man ko'tarila olmagan...
Kavabanga man hatto kadr orti qolmagan...
Deyl Kornegi man kitobin tugata olmagan...
Man M1noR man hamma illatlarni bitta jamlagan...
13
Limitim oz, lekin kuchim yetmaganidan emas...
Muhlislarim yarmi eski, yarmi yangi tanimas...
Salom! Bir psixni blogiga xush kebsiz...
Sanʼatda yashash qiyin ayniqsa immunitetsiz...
14
Manga farqi yo'q kim zo'r Obama yoki Tramp?
Baribiram ikkovini qabul qilmas xotiram...
Hoziram, ma'lumot almashganda routerlar...
Reklamaga pozvolyat qimasa prosmotrlar...
15
Yo'q!
Tanhomiz bizni hech kim qo'llamadi...
Sahnadan yo'qol deyishdi, to'g'ri yo'lga yo'llamadi...
Qancha tanqid qilishgandi, yerga urishdi lekin...
Shunchalik past bo'sek unda prosmotrlar kimniki?!
16
Da tanqid qilish oson o'zidan yasab yaxshi...
Unda nega bu raqamlar o'ynar sanlarga qarshi...
Yo'q, autist yo ruhiy kasal ham emasman...
Shunchaki reper bo'lib man sanlardan kam emasman...
17
Navoiyni ko'p gapirdim qancha tanqid qilishdi...
"Sevgi haqidagi she'rni Xudoga aytgan" deyishdi
"Kecha kelgumdir debon" mish, jinni-pinnimasmisila?
"Sarvi gulro' kelmadi" qiz haqida bu misra...
18
Man faxrlanmiman o'sha Umar Hayyom bilan...
Alkash silarga faxr bo'sa tabrik ayyom bilan...
Yetib kebsila tamom, dardilar hamyon bilan...
E'tibor bermelar, bugun turganman chap yon bilan...
19
Manda kuchli xotira, to'ldiraman kamini...
Eslab qolishga to'g'ri kelardi Cola ta'mini...
Man unutmasidim unutishsa ham qasamini...
Umrbodga eslab qoganman hiyonat ta'mini...
20
Balki o'sha man repga yuqori ton qigan...
Hamma bilgan fazosidan baritone qigan...
Lekin hech qachon bo'meman san'atda to'n kiygan...
Axir Mani do'stlarimku BMW ni ugon qigan...
21
O'zbek ishlariga Nikolas Kejdz hijolat...
Odamlar vaqtin sotmoqda bunga YouTube tijorat...
Man TV ga bormaganim sababi hamki shunda...
Hich kim yo'limni to'solmasa suhbatdoshim kim unda?!
22
Aa....
Rep kutishar muhlislarim qancha mani...
Hali hamon qor yoqqanda termulishdan charchamadim...
Sanga qarab o'yladim, haq bo'ganmidi Darvin?!
Man mason bo'ganimda san kamchiliksiz yasharding...
23
Gaplarimni tushunish uchun kuzatishing kere...
Man hech kimni kuzatmasam aytchi manga kim kere?
So'nggi payt yiroqdir, Beethoven, Amadeus laram...
Manga qarab qomaganlar unda kuzatmelaram...
24
Daa...
Muloyim emasman boshqalar kabi...
Balki shu sabab manga teskari qizlar ta'bi...
Yoqmedi sevgi ta'mi, diydasi qattiq shoir...
Yoshi o'tganlaram sevgi haqida aytar, "qoyil"!
25
Ayt undan ko'ra Vatan haqida, san ayt...
Yoshinga yarasha ish, zamon haqida bir payt...
Yorvoraman bilishadi mani har bir tanigan...
Shukr qil Xudo Manga sharoit bermaganiga...
26
Jim, bo'pti sapchimemiz, puli bor doim prav...
Hech vaqoni bilmasayam san'atda bo'lar graf...
Kim uchundir motivatsiya vaqtinchalik foydasi...
Gaplarimni uqvoling, burnizgacha loydasiz...
27
Hayot... Nega doim seni yoningni omas?
Arzimaganlarga baxt nu sanga keganda qomas ..
Oddiy spartivkada balki nazarga ilmas...
Kostyum shimda valdira, hech kim behurmat qilmas...
28
Exx...
Chalg'ishni xohladim ushbu mavzulardan...
Qo'ydim" Prostokvashino"ni, beg'ubori yo'q ulardan...
Tinmasdan vibratsya berar 3 yillik bu android...
2020 yu, lekin 19-covid...
29
Aa...
Tushunadi faqat perfektsionistlar...
Terset cerez oktava, tushunadi pianistlar...
Degan xayollar bilan yozmoqdaman hozir matn...
Yozmoqchidim yana dalshe, no negadir yozmadim...
30
Ishlatilar hamma instrumentilarni , ok...
Manga piano yetadi barmog'im singani yo'q...
To'q Mani ko'nglim san'at kelajagimdan...
O'lik muhlis silarda, a Biz qo'rqmemiz hech kimdan...
31
G'aflat tortadi mana go'yoki bu igrafson...
Bo'shatadi klavishlar, bo'shatadi mikrofon...
Ayni damda Man ne g'amda hatto money siz bo'samda....
Mani audionarkotigim doza yo'q hatto dozamda....
32
Intizor bo'lib kutadi, o'zin raqib ko'rsatadi...
Sabr qisin kun keladi kimligim vaqt ko'rsatadi...
Bo'lsa qani iste'doding mani eshit, manga qara...
Haligacha o'g'risanlar iste'dodli dangasalar.
33
Manga xalq bersa ovoz qilasanlar yana zarda...
Eslagin "Sanlargamas" deb etganidim Man azaldan...
Kulishgandi gapimga Man kitobiy gapirsam...
Gaplarimni aytdim mana, qani endi gapirsam?!
34
Chaqir she'riyat shohini sanga qisin ustozlik...
Hatto bir asrlik tajribangam qiladi ozlik...
Balki muammo mandadir, manda bordir nosozlik....
Unda nega xalq meni repimga berdi rozilik?!
35
Maqtanmoqchimasman, shunchaki bo'madim man beg'am...
Man roziman repimni faqat maktab eshitsa ham...
Yee..
Balki hayot bir kun eshigin ochadi...
Unutmelar qo'rqoqlar doim boridan qochadi...
Aa...
- Telegram - @M1noR_FM
- Instagram - m1nor_official
- You Tube - MINOR