May 15, 2021

FerDefy ft. Assss - Intiho TEXT

You Tube: FerDefy Official

[Assss]
1
Ko'r mani yuragim sensiz madorsiz
Ko'r mani hayotim sensiz manosiz
Yo'q mani qiynama taqdir deya ketma
Axir birga edik barchasin unutma

2
Baxtli edingku nima yetmadi gapir
Shunchalar osongina sotildi qadir
Lol qolardi oʼzgalar havas bilan qarardi
Nega yuraklarimiz o'zgaga qadaldi

3
Eslisanmi birga bo'lgan, damlarni biroz
Seni olib ketishimga qolgandiku oz
Menga bergin mehringni olib ketdingku
Baxtsizlar olamida qolib ketdimku ...

4
Go'yo hamoooon, birgamiz yorim
Sen uchun meen, bergandim borim
Nigohlaringni izladim tinmay
meni eslagin tunlar bedorim

[FerDefy]
5
Yozilgani hammasi faqatgina sen uchun
Aldadim o'zim faqat nursiz o'tgan tun uchun
Ha hammasi esimda kulib turgan ku yuzlar
Unut bo'lgandi barchasi alam to'la bu ko'zlar

6
Savollar tinmasdi qara javob olay ayt kimdan
Azoblama ayt qani alaming olda mendan
Unutilmas barchasi go'yo tor bular
Sen kimga zorsanu senga zor kimlar

7
Yo'q to'xtadim bugun Bo'ldi qilmay orzular
Yolg'iz sayyoh o'z yo'lida yopiladi mavzular
Kulib o'taman bariga sig'mas bo'lib ketsa ham
Ishon jim qolaman men taqdir olib ketsa ham

8
Qolarman bugun zulmatni orqasida
Borarman bugun yolg'iz panasida
Toparman bir kun nasib qilarmi hali
Faqat qoldi tun oruzlar ketdi nari

N A Q O R A T ...

Qani mani o'sha~o'sha go'zalim
Qani manga aytgan o'sha so'zlari
Yiroqlashib ketding qay tomon
Qayda bo'lma mayli bo'l omon (4×)

[Assss]
9
Balki qaytdimm balki ko'nikdim
Hayot yo'lingga kirib keldi kim
Qancha sir tutma keladi bilgim
Qalbim qiynaldi, endi unutdim!

10
Ozor chekdi sevgimiz qancha
Hijroning ham anchadan ancha
Afsus yorim buni sezmading
Muhabbatdan qoldi bir parcha

11
Fasillar ham, almasha bordi
O'ylayverib yuraklar toldi
Nahot bugun sevgimiz o'ldi
Yolg'izlikka bir umir ko'ndi

12
Soyang misol boraveramman
Jim tikilib sening ortingdan
Aldangancha ayrildim baxtdan
Sevgim isrof sening dastingdan

[FerDefy]
13
Ketsaydim qani hozir kimsasiz bir tog'larga
Ishonchim qolmadi bugun erib ketgan qorlarga
Vadalarni berishsayu sadoqatsiz yorlarga
Tasir qilmas gaplarim yuragi muz torlarga

14
Kunlar keladi hali ketamiz biz soyasiz
Kerak emas endi qolamiz biz qoyasiz
Qanaqadir talpinishlar bo'ldi bari foydasiz
Soxtalikka g'arq bo'lgan to'lib toshgan oydasiz

15
Beriladiku imkon hammaga ham bir marta
Bizlar bergandik imkon qani ayting nech marta
Sadoqat nima bilmisiz qotib qolgan tosh misol
Kimga kere bilmadim yolg'onga davo visol

16
Qaytsa bahorlar qaytar lekin aslo kuz emas
Hazonlarni tanlardi ha afsuski yor emas
Hayollarda so'zlashilgan, yozilmadiku xanuz
Ko'z yoshlaringni to'kma qarshimda turib mayus

N A Q O R A T ....

Qani mani o'sha-o'sha go'zalim
Qani manga aytgan o'sha so'zlari
Yiroqlashib ketding qay tomon
Qayda bo'lma mayli bo'l omon (4×)

  • You Tube - FerDefy Official
  • Telegram - @FerDefy_Official
  • Instagram - ferdefy_official