April 17, 2020

Present simple

Mehmonov Husniddin.

​​5-dars
Present simple - Oddiy hozirgi zamon

Bugun sizlar bilan ingliz tilidagi zamonlarni o'rganishni boshlaymiz.

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Uchinchi shaxs birlikda (he, she, it) so'ng fe’l o‘zagiga , -ies,-es, -s qo‘shimchalari qo‘shiladi. Masalan:
Darak gap
I play - Men o'ynayman.
We play - Biz o'ynaymiz.
You play - Siz o'ynaysiz.
They play - Ular o'ynaydilar.

He plays - U o'ynaydi.
She plays - U o'ynaydi.
It plays - U o'ynaydi.

Oddiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi:
He goes - U boradi
She does - U bajaradi.
Study, worry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi:
He studies - U o'rganadi
She worries - U xavotirlanadi.
Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.

Oddiy hozirgi zamon quyidagi hollarda ishlatiladi:
Biror narsa yoki kimsaning hozirgi holati yoki maqomini ifodalash uchun holat fe’llari bilan.
Does Madina live in Tashkent now?
- Madina hozir Toshkentda yashayaptimi?

Oddiy hozirgi zamon odat tusiga kirgan, takrorlanuvchi ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi.
Sanjar drinks coffee every morning.
- Sanjar har kuni ertalab kofe ichadi.

Yangi so'zlar
Play - o'ynamoq
Go - bormoq
Do - qilmoq, bajarmoq
Live - yashamoq
Now - hozir
Study - o'qimoq, o'rganmoq
Worry - xavotir olmoq
work - ishlamoq
Read - o'qimoq
Drink - Ichmoq
Coffee - kofe
Every - har, har bir
Morning - ertalab

@learning_channeluz

Biz yoshlar,yoshlar uchun harakatdamiz!