April 11, 2020

Ona tili-millat ruhi

43-maktab 9-sinf oʻquvchisi Mehmonov Husniddin tomonidan yozilgan "Ona tili-millat ruhi"mavzusidagi Insho.

Ona tili-millat ruhi
Insho:Ona tili-millat ruhi mavzusida.
Ona tili-millat ruhi.Haqiqatdan shunday,bu soʻzlar zamirida ulkan ma'no mujassam.Inson ruhsiz mavjud boʻlmaganidek,millat ham tilsiz mavjud emas.Har bir millatning oʻzi yaxshi koʻradigan Vatani boʻlganidek,oʻz jonajon tili ham bor.Millat uchun oʻz Ona Vatani qanchalar aziz va moʻtabar boʻlsa,tili ham shunday qadrli.Ona biz uchun qanchalik aziz va muqaddas,til ham shunchalik muqaddas-ki,biz unga ONA soʻzini qoʻshib aytamiz.Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek :  “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.
 Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan: A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi.
1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli chet ellerda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining  borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jozibadorligidan darak beradi.Shunday ekan ona tilimizning shundayin go’zalligini, sofligini keying avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilni ulug’lash, asrab-avaylash o’sha tilda so’zlashadigan har bir insonning burchidir.
O’zbek tilining so’zlari shu qadar ma’noli, ko’pki bitta ma’noga ega bo’lgan tushunchasi bir nechta so’zlar orqali ifodalash bo’ladi. Masalan, birgina ko’z so’zining bir necha ma’nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so’z, bir necha so’zlar bilan ifodalansa, ya’ni sinonim so’zlari qanchalik ko’p bo’lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “Til-millat ko’zgusi”, “Til-ma’naviyat ko’zgusi”, “Til-millatning bebaho boyligi” va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi.
Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz aytiladi.
“Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz musyahkam bo’ladi.Zero bizning tarix domlamiz aytganidek:“Millatni yo’q qilish uchun u yerga qurol ko’tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini yoʻq qilish kerak.Shunda millatning o’zi yo’q bo’lib ketadi” degan fikri naqadar to’g’ri ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Yozdi:Mehmonov Husniddin. Ba'zi imloviy hatolar uchun uzur soʻrayman.