March 25, 2020

Haqiqiy muhabbat sadosi... Yohud vidolashuv maktubi

Husniddindan.Kitobsevarlar fikrini bilish uchun.

Avvalambor assalomu alaykum aziz kitobsevar doʻstlar.Men shunchaki havaskor yozuvchiman.Bu hozirda yozayotgan kitobimdan bir parcha.Balkim bu sizga qiziq tuyulmayotgandir,lekin bu kitob men uchun juda muhim.Shuning uchun ham bu kitobdan olingan parchani oʻqib chiqishingizni iltimos qilar edim.

Fikrlarni menga yoʻllashingiz mumkin

Avvalo salom deb aytishni joiz deb bildim.Menga aziz boʻlgan sevgilim Hayothon avvalo bu hat yuragingga qanchalik ogʻir botishini oʻylab juda siqilidim.Yuragim gʻamga toʻldi.Ammo bu hatni yozmasam boʻlmasdi.Keyinchalik vijdonim qiynalar edi.Men bu ogʻir sharoitlarga seni yolgʻiz tashlab ketayotganim uchun uzur soʻrayman.Men seni chin yurakdan sevardim.Seni bahtingni koʻrish uchun har ishga tayyor edim.Seni sevaman... Men birinchi bor bu soʻzlarni senga aytganim esingdami,8-mart bayrami hamma oʻyin kulguda shunda senga men oʻz sovgʻamni "Kichkina shahzoda"kitobini bergandim.U kitobning ichiga esa sevgimdan soʻzlovchi hat bor edi.Sen u hatni oʻqib menga shunday javob yozgan eding:"Men ham sizni sevaman.Ammo biz birga boʻlolmaymiz.Ota-onalarimiz bunga qarshilik bildirishadi.Men sizni butun umr sevib qolaman.Ha butun umr sevaman.Bunga hech kim toʻsqinlik qilolmaydi.Faqat men bu sevgidan oladigan foydamiz:ayriliqdan sizni azob chikishingizni istamayman".Eslysanmi sen shunday javob yozganding.Men esa"Jinnivoy biz ayrilmaymiz.Biz abadiyga birga boʻlamiz degan edim.Sen rozi boʻlganding.Men oʻsha gaplarim uchun sendan uzur soʻrayman.Men adashgan ekanman.Biz birga boʻlolmadik.Lekin men bundan hafa emasman.Seni koʻrgan har kunim men uchun butun umrimdagi eng yaxshi kunlar boʻlgan.Eslab koʻr,Senga oʻsha sovgʻa qilgan kitobimni oʻqib bermoqchi boʻlganimda"Kitob oʻqimasdan gaplashin oʻtiraylik degan eding.Men senga javoba shunday misralarni oʻqigandim.

-Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko‘rsang, shuning o‘zi ham kifoya: osmonga boqqaning zamon o‘zingni baxtiyor his etasan. "Olislarda, qaydadir mening ham gulim bor", deb shivirlasang bas - ko‘ksing tog‘dek yuksalib ketadi.

Rasm muallifdan

Ha shunda yigʻlab yuboray degan eding.Bizning sevgimiz haqiqiy edi.

Lekin biz bir narsada adashmagan edik "BIZNING SEVGIMIZ ABADIY QOLADI"

Maktubni oʻqib boʻlgach u hammasini angladi.Oʻtmishni oʻzgartirib boʻlmaydi

Ozgina hikoyacha.

Oʻqib chiqqaningiz uchun tashakkur

Hurmat bilan Husniddin Mehmonov