April 17, 2020

Past simple tense

Mehmonov Husniddin

​​
"Past simple tense - Oddiy o'tgan zamon"

Ingliz tilida oddiy o'tgan zamonni hosil qilish uchun fe'lning ikkinchi shakli(V2)dan foydalanamiz. Bunda to'g'ri fe'llarga -ed qo'shimchasi qo'shiladi, noto'g'ri fe''larning esa ikkinchi shakli olinadi.

@learnenglish_uz kanalidan olindi

Ingliz tilida fe’llarning 2 turi mavjud: to’g’ri (regular) va noto’g’ri (irregular).
To’g’ri fe’llarning o'tgan zamoni fe’l negiziga -ed,-d yoki -ied qoshimchasini qo'shish bilan yasaladi.
Masalan: work-worked (ishladi), play-played (o'ynadi), enjoy-enjoyed (rohatlandi), finish-finished (tugatdi, yakunladi).
He finished his work last night - U ishini o'tgan tunda tugatdi.

Live, dance kabi so'zlarga "d" qo'shiladi: live-lived (yashadi), dance-danced (raqsga tushdi).
Marry, study kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ied" qo'shiladi: marry-married (turmush qurdi), study-studied (o'qidi).
I married yesterday - Men kecha turmush qurdim

Noto'g'ri fe’llar esa fe’l negizidagi unli yoki undoshning o’zgarishi yoki so’zning butunlay o’zgarib ketishi bilan yasaladi.
Masalan:
Begin(V1) - began(V2) - begun(V3)
Go - went - gone
Guli went to the cinema yesterday - Guli kecha kinoga bordi.

Ba’zi fe’l shakllari mutlaqo o'zgarmaydi:
Masalan: put - put - put

Past simple tense (positive) - Oddiy o'tgan zamon (bo'lishli shakl)
Demak, oddiy o'tgan zamonda darak gaplar yasalishi:
I study - Men o'qiyman (Present simple)
I studied - Men o'qidim (Past simple) va hokazo
He studied
She studied
It studied
We studied
You studied
They studied

@learning_englishuz

Biz yoshlar,yoshlar uchun harakatdamiz.