— Dark Soul — 01.
— Hayotdagi vaqt suvdek o'tib ketadi. Hamma ham bir kuni o'ladi va qora mato bilan o'ralgan taxtali qabrga joylanadi. Qabrga joylaydigan inson esa doim joylangan jasadlarni o'zi shu holga keltirgan lekin shu kimsani ham seva oladigan qiz borligini hayoliga ham keltirmagan edi... — Dark soul
Yigit kostyumini to'g'irlagancha qo'llarini cho'ntagdan chiqarmagan holda sovuq qiyofada turar ekan,atrofdagi atmosfera ham go'yoki uning mavjudligini his qilayotgandek jim jit edi. U Bir onga ortidan kimdir o'tganini sezdi ammo qayrilib qiyo ham boqmadi. Chunki u bilar ediki bularning barchasi uning ichida rivojlanayotganini...uning ancha yillar avval Qoraygan va muzlagan qalbi ila Ruhi hozir faqatgina o'zining yonayotgan istagini qondirishni o'ylar edi...qotillik. Jae wook faqatgina shu narsa bilan taskin topa olar edi.
Jae wook ortiga o'girilish uchun harakat qildi ammo nimadir uni qattiq qisgandek joyidan qimirlay olmadi,shundan so'ng u ko'zlarini yumib o'z hayollari og'ushida mast bo'ishga yo'l qo'yib berdi.
U og'ir xo'rsingancha o'zining ko'rkam ko'ringan ammo daxshatli soyalar izidan quvgan tuflisiga qarab ko'zlarini ochdi. Hech o'ylab o'tirmay ko'zlarini tepaga yugurtirib qarshisida turgan insonga tik boqdi.
— Kutilmagan tasodif Janob Lee.
Xushbichim kiyingan,ko'z oynak taqgan va yuzida chandiq izi qolgan g'alati erkak Jae wookning sirli nigohiga titragan ammo soxta iltifot bilan qarardi. Jae wook boshini yon tomonga qiyshaytirgancha unga tepadan pastga razm soldi. Bur qadam unga yaqinlashib o'z ko'zlariga g'arq bo'ishi uchun erkakka imkon berdi. Erkak uning tasodifiy harakatlarini indamay qabul qilib joyida haykaldek qimirlamay turaverdi. Ammo uning yaltiragan peshonasidan billurga teng ter oqayotgani Jae wookning e'tiborini jalb qilishga erishdi.
Jae wook ichidagi istakdan bo'g'ilgan ovoz bilan undan so'rar ekan, yana ham erkakka yaqinroq egilib undna qanday is kelayotganini aniqlashga kirishdi. Erkak bir oz o'zini ortga tortdi va ko'zlarini chirt yumib nimalar bo'lishini hayolida tasavvur qildi. Jae wook shu holida chuqur nafas olgancha ortga tortilib qaddini tik tutdi. Erkakning atrofida hech qanday qon isi yo'qligini sezgach uning qiyofasi yanada sovuqlashdi,erkakga o'tkir nigoh bilan tikilib uning javobini kutayothanini aks ettirdi.
Erkak ko'zlarini chim bostirilgan yam yashil yerga tikdi va titroq ovozda so'z boshlaganidan uyalib,o'zini zaif his qildi. So'ng chuqur nafas olib Jae wookga qarab gaplarini davom ettirdi.
— Bilaman hozir aytadigan gaolarim sizga xush kelmaydi ammo Sizning otangiz...otangiz Janob Liam sizni o'z offisida kutayotganini sizga yetkazishim kerakligini aytdi.
— Otam? Meni eslab qolibdimi? Qoyil. O'ylashimcha u meni unutgan edi.
Erkak bosh irg'agancha uning keyingi harakatini kutdi. Jae wook qoshlarini chimirib qo'lini cho'ntagidan chiqarmagan holda indamay uning oldidan o'tib kedi.
Uzoqdan bir qora mashina ko'rindi va Jae wook qabriston eshigi oldida to'xtagancha ortiga yelmasidan burilib qaradi.
U shunday degancha eshikdan chiqib mashina tomon yo'l oldi. Mashinaga yetib kelishi bilanoq xaydovchi o'rindig'idan xizmatkor tushib kelob tezda u uchun joy hozirladi.
Biroz vaqtdan so'ng
Mashina yo'lda silliq suv ustida yurgandek harakatlanar ekan,Jae wook nazarini oynadan tashqariga qaratdi. Tashqarida havo salqin, Quyosh botmoqda. Bu manzara qora tanirovkali oynadan yanada jozibador ekanligini yana bir bor his qildi. Lekin shu manzarani Katta bir qo'rg'onning qora soyalari to'sib qo'ydi. Tabiiyki bundan Jae wookning kayfiyati ham buzildi. Ular qo'rg'on oldiga yetib kelishdi, Panjarali darvozalar ochilishi bilan havo yana keskin tus oldi. Jae wook galstugini to'g'irlab mashina to'xtash joyiga yetganida eshikni ochib uzun oyoqlari bilan tushib keldi. Uyning kirish eshigida esa uning bir nechta eski hisoblangan shaxsiy hizmatkorlari uni kutib turar edi.
— Ugh yana xuddi shu uy...jonimga tegdi.
Jae wook bosh chayqagancha uyga kirib ketdi. Zinalar bo'ylab ikkinchi qavatga,otasining ofisiga ko'tarildi. Eshikni taqillamasdan kirib kelinishidan Janob Lee (uni otasi) bir oz avval ichiga sho'ng'igan qog'ozlaridan bosh ko'tarib unga hisobli nigoh tashladi.
— Vanihoyat seni ham ko'radigan kun bor ekan,o'g'lim.
Janob Lee ning gaplari Wookga ta'sir qilmagandek hech qanday reaksiya bildirmadi. Indamay uning oldidagi stulga kelib joylashdi va uning ko'zlaridan nigohini uzmadi.
Jae wook kesatiq ohangda gapirdi ammo Janob lee buni qabul qilgaancha kulib unga gapira boshladi.
— Wook,o'g'lim. Buni bilasan bizning munosabatlarimizdagi yaqinlik degan narsa ancha avval yo'q bo'lgan. Biroq sen baribir mening zurriyodimsan.
Jae wook otasining falsafiy gaplaridan bir oz zerikgandek tuyuldi va boah chayqab uni gaplarini tasdiqladi.
— Mayli,Ota. Maqsadingiz nima? Nega meni bu yerga chaqirtirdingiz? O'ylashimcha meni so'g'inmagansiz.
— Qo'ysangchi,seni sog'inmay bo'lar ekanmi.
Janob lee Shunday deb o'rnidan turdi va Jae wookning oldiga kelib yaqinroq egilgancha ovozini shivirga tushirdi.
Jae wook bu gaplarni eshitib qiyogasi jiddiy tus oldi va yana o'sha o'tkir nigoh bilan otasiga boqdi.
— Men avval ham aytgnman sizdan bo'lgan 1 zarra qum ham menga kerak emas. Shunday ekan meni bu narsaga aralashtirmang
Wook otasining istehzoli nigohidan ko'zini uzmagan holda dadil ohangda gapini davom ettirdi.
— Men sizning oilangizdqn chiqganimga 22 yil bo'ldi. Va hozir men o'zimni ancha eplay olaman sizning manavi 'meros' deb atalgan lash lushlaringizning menga umuman foydasi yo'q. Shunday ekan men bu mavzuda yo'qman iatasangiz menga ajratilgan merosni yetimlarga hadya qiling yoki…nima bo'lsa ham qiziq emas.
Jae wook shunday deb o'rnidan turdi va kostyumini to'g'irlagancha otasiga so'ngi bor qaradi. U eshik tomon yurib endi eshik tutqichini ushlaganida otasining so'zlari uni ortga qarashga majbur qildi.
— Shoshilma,kechki ovqatga qol.
Jae wook boshini quyi soldi va indamay eshikdan tashqariga yo'l oldi. Janob lee esa yana hech narsa o'zgarmagandek o'z ishiga qaytdi. Jae wook Uzun koridor bo'ylab o'zining eski xonasiga yo'l olar ekan, shu yerda o'tgan uning xar bir azobli bolalik kunlari ko'z oldidan u bilan birga o'tayotgandek edi go'yo. Koridordagi 3 chi xona uning og'riqli o'tmishi boshlangan va yakunlangan xona edi...
— Jin Ursin...yana shu xonami.
U eshikni zarb bilan tepib ochdi. Ichkari ancha chang bosgan,va bir oz…eskirgani bilinar edi. U o'z kravati tomon kelib bir chekkasiga o'tirgancha hayollarga berildi...
Wook va uning otasi yolg'iz kechki ovqat payti birga qarama qarshi o'tirar edi. Wook bir oz avval otasining ovqatiga o'zining narkotiklaridan birini solgan edi...uni o'ldirish uchun. Lekin bu haiqda hech kim bilgani yo'q edi shu bois Janob Lee bu haqida hatto hayoliga ham keltirmagan holda ovqatini yeyotgandi. Ammo bir necha daqiqalardan so'ng uning yuzi qizarib,bo'g'ila boshladi. Ammo Janob Lee buni zahardan emas aksincha Uning qand kasalligi xuruji deb o'zini ovutdi.
— Wook,shu yerda…quticham bor. Uzatib yubor...
Janob lee zo'rg'a gapirar ekan,wook nihoyat sanchqidagi luqmasini yeyishdan to'xtab otasiga qaradi va qutichani olib o'rnidan turdi.
— Otajonim,bilasizmi sizni juda sog'inaman. U yerlardan menga habar yuboring
Wook shunday degancha iblisona jilmayish bilan unga yaqinlashib,qo'lida bir oz avval olgan dori quti va Sanchqisi bilan o'ynayotgan edi. Otasi esa tobora qizarib,dori ta'sirida venalari yorilgudek o'zini his qilayotgan edi. Wook unga xuddi o'sha yovuz jilmayish va qoniqish hissi bilan qarab turgancha, To'satdan Sanchqini otasining bo'yin qismiga sanchib oldi.
— Tskkk men ataylab qilmadim. Uzur
U yoshboladek labini burgancha, yuzidagi qiyofani yo'qotmadi. Qo'lidagi Otasining qoni bilan bo'yalgan sanchqini, uning bo'ynidan sekin sug'urib oldi. Wook Sanchqiga va uning oyoqlari ostiga yiqilgan jasadga so'ngra...ortidan kelgan odamga qaradi. Uning ortida Bir xizmatkor turgan edi, Lekin Wook Xizmatkorni ko'rmaganlikga olib ataylab otasini o'ldirdi.
J.jin ursin...u otasini o'z qo'li bilan...aysh...hattoki qaltiramadi ham...yoki ikkilanmadi. U meni ko'rmadi,demak qochish uchun imkonim bor...
Wook ortida titrab turgan Xizmatkorning sekin qochish uchun tashlayotgan qadamlarini sezdi,ammo o'zini ko'rmaganlikga olishda davom etdi. Xizmatkor tezda ortga burilgancha Xonadan yugurib chiqdi. Nihoyat Jae Wook boshini burib mag'rur jilmayish bilan ovozsiz,ammo tez qadamlar bilan Xizmatkorni ortidan yetib oldi. U xizmatkorni eshik oldiga kelganda,to'satdan yo'lidan paydo bo'ldi va boyagi sanchqi bilan uning qorin qismiga zarba berdi.
Xizmatkor oldinga bir oz egilib,lablari orasidan og'riqli nola chiqdi,shu bilan birga qon ham...Wook sanchqini uning qorin qismiga chuqurrow botirgancha uning quloqlariga shivirladi.
— Bu narsani ko'rganingda qochishing kerak edi,voqeani oxirini kutmasdan.
U shunday degancha sanchqini zarb bilan uning ichiga joylab,uni yerga turtib yubordi. Xizmatkor yarim o'lik holda ovoz chiqarolmay, yerda hushdan ketish arafasida yotgandi. Wook egilib uning cho'ntagidagi sochiqchaga qo'llarini artib, Otasining jasadi qolgan xonaga ketdi.Wook o'z aybini berkitishga urinmadi,shunvhaki otasining jasadini olib mashinaga joylab,yarim tun bo'lishini kutdi.
Yarim Tun
Soat 00:00 ni ko'rsatishi bilanoq u kalitni burab,mashinani o't oldirdi va Qorong'u yo'llar bilan o'rmon tarafga ketdi. O'rmonga kelganda,Daraxtlarning soyasi va hayvonlarning sokin uyqusi unga huzur berdi. Ammo uning ortida turgan otasining o'ligi uni zarracha ham bezovta qilmadi. Jasadni mashinaning orqa o'rindog'idan olib, yaqin atrofdagi daraxtining tagiga qo'ydi.
Wook bunday sokinlikni buzmagan holda,Berkurakni olib jasad uchun qabr qaziy boshladi.
Yana taxminan 20 daqiqadan so'ng u endigina qabrni qazib bo'lgan edi. Ammo u noto'g'ri joyni tanlaganini sezgach,daraxtni qattiq tepob baqirib yubordi.
— Agh! La'anati jin urgur daraxt!
U O'rmonning o'rtasidagi daraxtni emas,shundoqqina yo'l yuzasidagi daraxtning ostini qabr uchun qaziganiga hatto e'tibor ham bermagan edi.
U sochlaeini asabiy ortga tarab,qo'llari orasiga changallagancha tinchlanishga harakat qildi. Keyin esa pastga egilib otasining jasadini o'rashga kirishdi. Uni qora mato bilan o'rar ekan, ortidan qadam tovushlari kelayotgamini eshitdi.
— Yo hudoo jin ursin endi bunisi kim ekan...bugun ortimdan yuradiganlar ko'paydi.
U ishini davom ettirgancha o'ziga o'zi ming'irladi. U hech kimdan qo'rqmas edi,shunchaki ishiga halaqit berganlarni yo'qtirmaydi. Va yoqtirmaganlarni o'ldiradi…
— Yana ish ko'payar ekan. Mayli.
Wook jasadni yarim ochiq qoldirib o'rnidan turdi va ortga o'girilishi bilan ko'rgan narsasidan hayron qoldi. Chunki uni ortida 2 3 qadam uzoqlikda oddiygina bir qiz turar edi, Oppoq Va keng Kofta bilan kaltaroq shortik kiygan,sochlari to'zg'igan va kepkasi ostida lablari va burni ko'rinib turgan bir oddiy qiz... qiz uni ko'rishi bilan nimalar bo'layotganini tushuna olmadi. Atrof qorong'u, sokin, Va xavfli.
— Janob? Siz kimsiz? Bu yerda nima qilyapsiz?
Uning odatdagidek ohangi ayni damda bir oz pastroq va ishonchsizroq chiqdi, Lekin Wook bu qizni tanidi. Ular bir Universitetda o'qishadi, Hatto bir sinfda... Wook qiz uni tanimaganini anglagach bir qadam ortga yurdi, qorong'ulik ichiga kirib indamadi. Qiz esa hayron qiyofada pastdagi o'likni ko'rib qotib qoldi. Na baqirishni biladi, Na u yerga borishni. Qiz o'ylab o'tirmay ortga tirsalib qoqilishiga bir oz qoldi, ammo tezda o'zini tutib yugurib ketdi.
Yo'lda hansirab yugurar ekan, Qiz o'zidan savol so'rab tinchlanishga harakat qilayotgan edi. U yaqin atrofdagi mashinasiga tezda o'tirib, o'zi bilmagan ammo qochish uchun ma'qul ko'ringan yo'lni tanladi. Jae Wook esa murdani tezda chuqurga tashlab, uni ko'mmasdan o'z mashinasiga minib Qizni ortidan tushdi...
Bir necha Daqiqalardan so'ng
Qiz shaharga kirib olgandan so'ng o'zini yaxshi his qila boshladi,ammo uni ortidan kelgan odam haqida bilmasdi. U mashinasini mahallaning boshidagi avtoturargohga joylab, do'kon tomon ketdi. Jae Wook esa Qizni kuzatuvdan chetlashtirmasdan kiyimlarini o'zgartirishga kirishdi.
Jae Wook qora kepka va qora kamzul bilan birga niqob taqib, qizning ortidan do'konga kirdi. Do'konda qiz aylanib yurgan edi, qo'lida esa 1 dona bdak va saqich to'plamini olib kassa tomon yurdi.
Kassadagi sotuvchu yigit unga mayin jilmayish bilan qaytim va chek uzatdi. Qiz ham xushmuomalalik bilan javob qaytardi. Bir necha qadam uzoqlikda Jae Wook bu manzaradan zerikgancha ko'zlarini aylantirdi. Qiz To'lov qilgandan so'ng saqichni cho'ntagiga solib,eshikdan chiqib ketdi.
Tashqarida chiroqlar xira chiroqlar ostidan o'ylanmay qadam bosayotgan qiz, Qo'lidagi buldak idishini o'ynab ketayotgandi. Ammo uni ortidan Jae Wook o'zini borligini sezdirish uchun qizga yaqinlashib qadamlarini tezlatdi. Qiz ortidan kelayotgan odamni sezgach ortga burildi, va bir oz avval qabr ustida turgan inson ekanligini tushundi.
Qiz shunday degancha ortga qaramasdan yugurdi. Lekin qandaydir oxiri yaqin, oxiri bir omborga o'xshash uy bilan tugagan ko'chaga kirib qoldi. Jae Wook esa cho'ntagidan kichkina metalga o'xshash narsani chiqarib qizga yaqin kelishda davom etdi.
Qiz shunday deb ombor eshigini taqillata boshladi. Lekin ichkaridan ovoz kelmagach eshikga suyangancha Jae Wookning kelishini kutdi
Qiz qo'rqganidan so'zlari chalkashib ketdi, Jae Wook esa qizning yuzini oldigacha yaqin kelib, tanasi bilan uni ortidagi eshikga mahkamlagancha...
#𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 "𝐒𝐡𝐞 𝐰𝐚𝐬 𝐚 𝐝𝐚𝐰𝐧 𝐭𝐡𝐚𝐭 𝐡𝐚𝐝 𝐥𝐨𝐬𝐭 𝐢𝐭𝐬 𝐥𝐢𝐠𝐡𝐭 — 𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 𝐬𝐜𝐫𝐞𝐚𝐦𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐧 𝐭𝐡𝐞 𝐬𝐢𝐥𝐞𝐧𝐜𝐞."