— Dark Soul — 03.
— Hayotdagi vaqt suvdek o'tib ketadi. Hamma ham bir kuni o'ladi va qora mato bilan o'ralgan taxtali qabrga joylanadi. Qabrga joylaydigan inson esa doim joylangan jasadlarni o'zi shu holga keltirgan lekin shu kimsani ham seva oladigan qiz borligini hayoliga ham keltirmagan edi... — Dark soul
Karina lablari orasiga Cappucinoning tayoqchasini solgancha yo'lida yurar ekan To'satdan mashina yo'lida kimdir uni turtib, chekkaga yiqitdi va bu narsa kutilmaganda sodir bo'ganidan Karina ko'zlarini yumishga ham ulgurmagandi. Aslida Karina o'z yo'lida to'g'ri yurib ketayotgandi, lekin yaqin kelayotgan Yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo'qotib Karinani bosib ketishiga deyarli bir qadam qolgan edi.
Jae Wook uni yelkasidan qattiq ushlab, chetga tortdi. Mashinada ketayotgan haydovchi esa ularning shundoqqina yonidan sirg'alib o'tib ketdi. Karina bir zumga ham kiprik qoqgani yo'q, aksincha uning ko'zlari katta ochilgan va to'g'ri Wookga qadalgan edi. Wook esa o'zi bilmagan holda uni bag'riga mahkam bosib, yo'qotib qo'yishdan qo'rqgandek yon atrofni yaxshilab ko'zdan kechirar edi. Karina sekin bishini uning ko'ksidan ko'tarib Wookga qaradi, Wook esa o'zi qilgan ishni keyinchalik payqab, sekin qo'llarini Karinani atrofidan bo'shashtirdi. Ammo to'liq qo'yib yubormadi.
— Kechagina o'ldirmoqchi eding, bugun esa qutqarding. Qoyil.
Karina yarim hazl bilan shunday deb ohangsiz kular ekan, Wook chalg'igan paytda nimalar bo'layotganini miyasida hal qilayotgandi.
— Bu…shunchaki…tasodif edi. Men seni sen ekangligingni bilmadim, agar bilganimda…
Wook gapini tugatolmay ko'zlarini Karinadan olib qochayotganida, Karina barmoqlarini uchi bilan uning iyagidan mayin ushlab, o'zi tomon qayta burdi. Ikkinchi maotaba uning ko'zlariga g'arq bo'lib, Qandaydir g'alati tabassum bilan unga boqishda davom etdi. Wook esa qotib qolgancha uning ko'zlaridan nimani izlayotganini hatto o'zi bilmasdan, javoban undan ko'zini uzmadi.
— Nega ko'zlaring bunchalar chiroyli bo'lishi kerak?
Karinaning bu gaplari uning lablaridan silliqina chiqib, Wookning yuragini teshib o'tgudek qamrab oldi. U hayotida birinchi marta bunday gaplarni eshitishi emas edi, u bu gaplarni ko'p marotaba har xil odamlardan eshitgan. Ammo u bunday mayin va o'ziga tortadigan ohangda ilk bor eshitishi edi…yoki u endigina kimgadir e'tibor bera boshlagandi...
— Hoy… Mendan qo'llaringni ol.
U Karinadan uzoqlashishga harakat qildi, ammo Karina uni osonlikcha qo'yib yubormadi. O'sha o'tkir tirnoqlari bilan bir oz qattiqroq uni iyagidan ushlagancha yuzlarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Bu esa Wookning qoni sovuq yugurishiga sabab bo'ldi. Karina yanada yaqin kelgancha past ovozda shivirladi.
Uning qaynoq nafasi va yumaloq ko'zlari bir oz yumilganida, Wook butunlay uning nafasidan sarmast bo'lgandek ko'zlarini bir onga yumdi. Yanada yaqinroq egilib uning bo'ynidan nafas olib, xotiralar ichida yo'qoldi.
Nega undan bunday ifor kelishi kerak? Nega u bunchalik sodda va ahmoq? Nega u menga bu darajada yaqin kelishiga ruxsat bera olyapman? Qanday? Agh jin ursin. Savollarim ham chalkashib ketdi. Bu ketishda men aniq sog' qolmayman…yoki bu qiz…bu qiz ketsa yana men yillar mobaynida izlagan iforimni yo'qotamanmi? La'anati kelib kelib odamdan ham shu ifor keladimi…hech bo'maganda biror bir buyum bo'lganida ham uni asrar edim…jin ursin,odamlardan nafratlanaman. Lekin yana qayta bu iforni qo'ldan chiqara olmayman.
U nihoyat boshini tik tutib Karinaga yuzlandi. Uning sovuq ifodasi o'z o'rniga qaytib, Qo'llarini uning belidan olgancha O'rnidan turdi. Ust boshini qoqib indamaygina ketmoqchi edi, Lekin Karina ham o'rnidan turib uni to'xtatdi.
— Balki ismingni va kim ekanligingni aytarsan?
Karina shunday deb uning ortga burilishini kutdi. Ammo Wook uni ochiqchasiga javobsiz qoldirib uo'ida davom etdi. Karina unga qoshlarini chimirgancha qaradi va jahl bilan sumkasini yerdan olib, telefoniga va yerda to'kilgan cappucinosiga tikilib qoldi.
Karina ustidagi kiyimiga qarasa, uning qahvasidan bir ozgina ustiga to'kilgan ekan.
— Mm agar uyga kirsam birinchi kundan kech qolaman va balki universitetga ham kiritishmaydi. Qanday ajoyib. Mukammal.
U asabiy ohangda to'zg'igan sochlarini quloqlari orasiga o'tkazib, yerni tepib yura boshladi. Telefonidan joylashuvga qarab universitetga ketar ekan, umuman telefondan boshini ko'tarmadi. O'zini chalg'itish va asabiylashmaslik uchun quloqlariga quloqchin ulab, musiqani baland qilgancha yo'lda davom etdi.
Wook ham o'z yo'lida ketar ekan, koftasining yoqasidagi qizil rang uni e'tiborini tortdi. U qadamlarini sekinlashtirib yaxshiroq ko'rinishi uchun yoqasini to'g'irlar ekan, uning yoqasida kimningdir qonining sachragan izi qolgan edi. U o'yladiki kecha tundagi qon deb, ammo u kecha butkul boshqa kiyimda edi. Keyin u iyagini ushlab undan qon oqganini sezdi.
— Faaaayy...oddiy bir tirnoq shunchalik ham o'tkir bo'ladimi?!
Wook ham asabiylashgancha yerni tepib yura boshladi. U ortidan kimdir kelayotganini sezdi. Yuziga g'alati tabassum yugurgancha, to'satdan qadamlarida to'xtagan edi uning orqasiga kimdir urildi.
Karina quloqlaridagi naushnikni olib, peshonasini ishqalagancha yuqoriga qarashga ulgurmasidan Jae Wook nafas ostida g'o'oldiradi.
— Yana shu qizmi…bugun qanday kun o'zi.
U ortiga o'girilib, qo'llarini cho'ntagiga solgancha Karinaga savol nigohi bilan tikilar ekan Karina telefonini o'chirib Yuqoriga qaraganda, yana o‘sha nigohlarga duch keldi.
— Nimani? Men nima qildim? O'zing-ku meni boshimga urgan.
Karina yoshboladek uni ayblab qoshlarini chimirgancha undan ko'zini uzmadi. Wook esa boshini yon tomonga burib, tinchlanish va biror bir yomon ish qilmaslik uchun tilini tiydi.
U shunday degancha Karinani yolg'iz qoldrib universitet tomon ketdi. Karina esa allaqachon universitetga yetib kelganini sezgach, xursand bo'lgancha eshikdan ichkariga Wook bilan birga kirdi.
Karina ichkariga qadam qo'yar ekan, Konditsionerning sovuq havosi uni sochlariga urilib, bo'ynidagi yara yaxshiroq ko'rinishiga yordam berdi. Bu hodisa hammaning e'tiborini tortdi, hattoki Wookning ham. U o'zining qo'l ishidan xursand bo'lgancha labining chetida jilmayib, undan ko'zini uzib eshik oldidagi qorovulga talabalik bejikini ko'rsatib ichkariga kirib ketdi. Karina esa u ham shu univerda o'qishini bilgach, ichida qandaydir iliqlik paydo bo'ldi. U ham qorovul oldiga keldi. Sumkasidan bejikini chiqarib unga ko'rsatdi.
— Ha demak sen yangi talabasan, birinchi kuningdan omad tilayman qizaloq.
Qorovul amaki Karinaga ko'z qisgancha unga eshikni ochib berdi. Buni uzoqdan kuzatotgan Wookning ko'zlari bir oz qisilib, shu onda qorovulni o'ldirish hayolidan o'tdi…uning xushmuomalaligi Wook uchun ortiqchalik qilgandi va bu uning ichidagi egalik hissini oshishiga sabab bo'lgandi…u Karinadan ko'z uzib sinfi tomon yo'l oldi. Qiz esa jilmaygancha eshikdan kirib kelishi bilan uni bir yigit kutib oldi va sinfigacha kuzatib qo'ydi.
Karina boyagi yigit ko'rsatgan sinfga kirar ekan, sinf atmosferasi tinch va havo keskin tus oldi. Hamma ko'zlar unga qadalib, domla darsini bo'ldi. Unga tepadan pastga nazar solib, Domla unga gapira boshladi.
— Yu Ji Min? Diqqat, talabalar bu yangi talabamiz Yu ji min. Kel bo'sh joyga o'tir.
— Mayli, Karina joyingni top va o'tir.
Domla shunday degancha undan nigohlarini uzib, ko'z oynagini taqdi va darsni davom ettira boshladi. Karinaning nigohlari sinfni ko'zdan kechirar ekan, o'sha tanish yuz ifodasini ko'rgach yana yuzi burishdi. 1 2 ta bo'sh joydan tashqari uning ham oldi bo'shligini ko'rib, Karina Yovuz tabasssum bilan Qook tomon kela boshladi.
— Demak bir sinfda o'qir ekanmiz, 2 yil. Qanday mukammallik, seni yana uchrataman deb kutmagandim.
Karina sumkasini o'z kursisiga qo'yar ekan gapira boshladi. Butun sinfdagi ko'zlar hali ham undan ayrilmayotgandi, chunki unung bo'ynidagi o'sha yara va Wookning oldiga bemalol kelib o'tirishi, Wook esa bunga hech qanday qarshilik qilmasligi hamma uchun katta syurpriz bo'ldi. Wook hammaning nigohini payqab, Karinaga g'alati qaradi. Stulini chetidagi kamzulini olib, uning bo'yniga hayratlanarli darajada yumshoq teginish, ammo sovuq ifoda bilan yopib qo'ydi. Karina unga bir nazar tashladi keyin beparvolik bilan darsliklarini olib, darsga e'tibor qaratdi.
— Men sen bilan ko'proq o'ynashni istardim.
Karina kesatiq ohangda boshini burmasdan unga gapirdi. Lekin Wook buni e'tiborga ham ilmay partaga yuzini qo'yib sekin ko'zlarini yumdi.
Qo'ng'iroq chalinishi bilan domla darsni yakunlab, xonani tark etdi. Talabalar birin ketin o'rnidan turib istalgan ishini qila boshladi. Kimdir telefon o'ynasa yana kimdir dugonalari bilan gaplashayotgandi. Ayni damda esa Wook o'sha holatda o'tirgancha, o'ylari bilan parishon edi. Ammo Karina... u Wookga yuzini burgancha uxlab qolgandi. Wook sekin boshini ko'tarib quyosh nurlari tushayotgan derazaga boqdi. Keyin boshini burib Karinaning uxlayotgan qifoasiga tikilar ekan, bir zum uning ichidagi o'sha qora istak ortib shu onda Karinani qattiq quchib bo'yniga yuzini ko'mgisi keldi…Lwkin u o'zini tiya oldi. Qiyofasini o'zgartirmasdan o'rnidan turib oshxona tomon ketdi. U ketishi bilanoq Karinani atrofini qizlar o'rab oldi, va sekinlik bilan bir qiz uni turtib uyg'otdi.
Qizning ovozidan Karina cho'chib uyg'ongach, sochlarini tartibga keltirdi. Chuqur nafas olib qizlarga o'tkir nigohlar bilan qaradi.
— Uyqumni buzganlarni yomon ko'raman, ayniqsa tush ko'rayotganimda.
Karinaning keskin va jiddiy tus olgan gaplaridan qizlar jim bo'lob qolishdi. Lekin tor yubka kiygan, sochlari kalta bir qiz oldinga chiqib unga kesatiq ohangda gapirdi.
— Qanday qilib sen buni uddalayapsan?
Qiz qo'llarini ko'ksiga bog'lab unga tepadan pastga nazar soldi. Karina esa bu paytda esnab, endigina unga qaragandi va hatto uning gaplarini eshitsa-da eshitmaganlikga olib, o'rnidan turib uni turtib o'tib ketdi. Qiz og'ir xo'rsingancha kelib Karinaning bilagidan qattiq ushlab to'xtatdi va u o'girilishi bilan uning yuziga tarsaki tortdi. Karina bo'gan ishdan so'ng indamay turdi, labini chetida jilmaygancha qaddini roslab qizning ustiga bostirib kela boshladi.
— Sen kimsan-ki meni yuzimga uradigan? Yoki kichkina panjang ortiqchalik qilyaptimi? Mm?
Uning ovozi daxshatli tus oldi, qolgan qizlar ham qo'rqgancha bunday sokin uning portlashidan ortga chekinishdi. Karina esa uning ustiga bostirib kelishda davom etayotganda
Eshik oldidan "To'xta" degan qirrali ovoz eshtildi. Bu Jae Wook edi, u eshikdan kelganida Karinaning kechagi holatini eslab qizga zarar berishi mumkinligini sezdi. Shuning uchun shu ishga aralashishga qaror qildi, U Karina tomon kelib uning qarshisiga chiqdi. Qiz esa Wookning ortiga berkinib indamay keyingi voqealarni kutdi.
— O'lging kelyaptimi? Yol'imdan qoch.
Karina Zo'rg'a o'zini bosgancha Unga tikildi. Wook esa uni gaplariga javoban chuqur nafas olib, sekin tushuntira boshladi.
— Karina, o'zingni bos. Yoki men o'zimga javob bermayman
Karina uning gaplaridan ohangsiz kulib yubordi.
— Hah, bu qiz senga kim bo'ladi? Va sen menga kim bo'lasan? Hech kimsan. Nega men o'zimni bosishim kerak? U kelib meni uyg'otdi va o'zidan o'zi tarsaki tushirdi! Men indamay ketishim kerakmi?! Hattoki ismini aytishga noz qilgan inson mendan kelib to'xtashimni aytyapti, pfk bu qanday joy bo'ldi tavba.
Karina asabiylashgancha ko'zlarini yumib o'zini tinchlantirishga harakat qildo. Ammo qiz to'satdan oldinga chiqib Unga baqirib yubordi.
— Sen kelishing bilanoq o'zingni ko'rsata boshlading! Jae Wookga yopishib olding! Indamay hammani nazariga tushaman deb o'ylaysanmi?! Adashasan!
Qiz shunday deb baqirar ekan, Karinaning jilmayishi keskin jahl bilan o'rin almashdi. Bu safat u o'zini tuta olmadi qo'lini qizning bo'yniga cho'zgan edi, Wook o'rtaga chiqib uni qo'lini tutib qoldi.
— Gapimni qaytaraymi? O'zingi bosmasang, Men ham o'zimni bosmayman.
Karina bu gaplarni eshitib jahldan qizardi va u ham baqirib yubordi.
— Nega meni yo'limni to'syapsan?! Nega aralashyapsan?! Bu qiz menga ochiqchasiga tuxmat qilyaoti! Men nima qildim?! Aybim nima?! Shunchaki shu sinfga kelganimmi?! Sizlar hammangiz aqldan ozgansiz!
Karina gapini yakunlab ulgurmasidan Jae Wook uni bilagidan mahkam qisib, o'ziga tortdi va egilib uning oyoqlaridan ushlagancha yelkasiga tashlab, hammaning ko'z o'ngida uni ko'tarib oldi....
#𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 "𝐒𝐡𝐞 𝐰𝐚𝐬 𝐚 𝐝𝐚𝐰𝐧 𝐭𝐡𝐚𝐭 𝐡𝐚𝐝 𝐥𝐨𝐬𝐭 𝐢𝐭𝐬 𝐥𝐢𝐠𝐡𝐭 — 𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 𝐬𝐜𝐫𝐞𝐚𝐦𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐧 𝐭𝐡𝐞 𝐬𝐢𝐥𝐞𝐧𝐜𝐞."🌟