— Dark Soul — 02.
— Hayotdagi vaqt suvdek o'tib ketadi. Hamma ham bir kuni o'ladi va qora mato bilan o'ralgan taxtali qabrga joylanadi. Qabrga joylaydigan inson esa doim joylangan jasadlarni o'zi shu holga keltirgan lekin shu kimsani ham seva oladigan qiz borligini hayoliga ham keltirmagan edi... — Dark soul
Qiz qo'rqganidan so'zlari chalkashib ketdi, Jae Wook esa qizning yuzini oldigacha yaqin kelib, tanasi bilan uni ortidagi eshikga mahkamlagancha bir qo'lini uning beli yonidan o'tkazdi. Qiz esa to'fondek sodir bo'lgan ishlardan yuragi tez ura boshladi,
Uning ko'zlarida hayrat aralash nimadir chaqnab Jae Wookga tikilib turar edi. Jae Wook esa qo'li bilan uning ortida turgan eshik tutqichini bosdi va eshikni ichkariga ochib yubordi, Oqibatda esa qiz ortga turtilib, yerga yiqilishiga oz qoldi ammo Jae Wook uni tutib qolishga ulgurdi.
Shu onda qiz qotib qoldi. Uning belliga o'ralgan qo'lni his qilgan zahoti, tanasiga sovuq ter yugurdi. Nafasi tomog'iga tiqilib nima qilishni ham bilmay qoldi. Jae Wook yaqinroq egilib, nafaslari bir-birinikiga aralashishga imkon berdi va past ohangda
— Uyimga kirishga yo'l qo'yasanmi?
Jae Wook gapirar ekan, Karina undan ko'zini uzmadi. Nafasi to'xtagan, ko'zlari esa uning ko'zlariga qadalgan. Wook ham uning harakatini g'alati darajada qabul qilib indamay turdi. Lekin keyin istalmagan holda Wook unga yaqinroq egilib, Iforidan chuqur nafas oldi. Jae Wook shu onda tushunib yetdiki U avval his etgan o'sha ifor Karinada mavjud edi...
Wook gapini tugatib ulgurmasidan Karina uning gaplarini bo'ldi.
Jae Wook bir zum o'z hayollariga g'arq bo'lish uchun sukut saqlagan holda, Karinaning ko'zlaridan nigohini uzmadi.
Nahotki? Bu xuddi o'sha ifor... Qora ifor. Men bolalikda his qilgan, menga zavq bera olgan, Xavfli ammo lazzatli ifor…bo'lishi mumkin emas. Bu shunchaki uning atirini isi bo'lsa kerak. Ha ha xuddi shunday.
Jae Wook pastga, so'ngra yana uning ko'zlariga qarab, yana o'sha sovuq qiyofasini egalladi. Cho'ntagidan o'tkir uchli pichoqni chiqargancha uning iyagiga tiradi. Mayin ammo xavfli ohangda so'z boshladi.
— Sen gapga tushunmaysanmi? Uyimga kirish uchun yo'l ber deb aytdim.
Karina iyagiga tiralgan pichoqdan zarracha qo'rqqani yo'q. Chunki u bu paytda o'z fikrlari og'ushida Wookning ko'zlariga g'arq bo'lgan edi...
Uning ko'zlari...tinch okeanidek sokin va xavfli. Yutib yuborishi mumkin...
Jae wook Pichoqni qizning iyagidan sekin astalik bilan, ochiq yoqa suyagiga bir chiziqda tushirdi, va Karinaga O'sha iblisona jilmayish bilan ko'z tikdi. O'ylab o'tirmay, Pichoqni uning ochiq teriga qattiq botirdi, va o'zi istagan go'zallikni ko'rdi...Uning oppoq teridan alvon kabi qonni sizib chiqishini ko'rib, Jae Wookning ko'zlarida daxshatli chaqnash paydo bo'ldi. Karina umuman og'riq his qilmagancha, uning ko'zlaridan ko'zini uzmadi aksincha, Unga ham javoban o'sha jilmayish bilan tikilib, o'tkir tirnoqlarini uning Bel qismiga botirdi.
— Og'riq his qilmasam ham, Menga zarar yetkazganlarga jim boqmayman, Garchi uning ko'zlari chiroyli bo'lsa-da.
Karina shunday degancha Uning belidagi tirnoqlarini qattiqroq botirdi. Jae Wook unga bunday muomala qilishlariga o'rganmagan edi, Lekin hayronligini yashirish uchun jahl ifodasi bilan tishlarini g'irchillatdi. Bir zum uni o'ldirish haqida o'yladi. Lekin buning o'rniga unga ozor berishni ko'rish, Jae Wookga asl zavq hissini qaytarishga sabab bo'lishini tushundi...
Jae Wook hanuzgacha yuzidan tabassumini yashirmay, sekinlik bilan pichoqni uning yoqasidan oldi. Karina esa buni aksini qildi. Tirnoqlarini uning qorin qismiga qattiqroq botirib, uni xirillashga majbur qildi. Jae Wook uning yelkasidan bir qo'li bilan mahkam qisib, yon tomonga turtib yubordi.
— Mgh…shaytondan battar ekansan!
Jae Wook Shunday degancha uning ustiga g'azab ila bostirib kelayotganda, Karina bir oz avvalgi tirtilishdan chetga surilgan edi. Biroq baribie taslim bo'gani yo'q, Ko'rsatkich barmog'ini uning ko'zini oldiga keltirib so'z boshladi.
— Kuchli bo'lsang ham sen ko'p o'ylaysan! Shu sabab hozir menga taslim bo'liah haqida ham o'ylayapsan, Ammo chang bosgan g'ururing bunga yo'l qo'ymayapti.
Jae Wook Karinaning to'satdan portlashidan ortga bir-ikki qadam turtilib, Qo'llarini yuqoriga ko'targancha taslim bo'ldi. Karina esa uni ko'rsatkich barmog'i bilan ortga yurishga majbur qilishda davom etdi.
— Men sen uchun begona hisoblansamda, Insonman. Shunday ekan menga hurmatli bo'liahing kerak! Keyingi safar pichoqing bilan o'zingni mayda-mayda qilaman!
Jae Wook Qoshlarini chimirgancha, nihoyat yaqin atrofdagi devorga orqasi bilan urilib to'xtadi. Karina esa asabiy ohangda o'sha holatda unga tikilib turishda davom etdi.
Jae Wook unga past, Bir oz avvalgi dag'al ovozidan farqli o'laroq yumshoq gapirdi. Karina esa qo'lini tushirgancha, to'zg'igan sochini tartibga solish uchun boshini yon tomonga burib tez va tartibsiz nafas oldi.
U nafas ostida g'oldiragancha, so'nggi bor Jae Wookga qarab:
Deb Ortga o'girilib ketishga shaylandi, Lekin Jae Wook uni bilagidan ushlab tezda o'ziga o'girgan holda Devordagi o'rni bilan alishtirdi. Karinani devorga qarshi tirab, tanasi bilan qayta qulfga soldi. Quloqlariga shivirlash uchun egilgdi.
— Bugunchalik oson qutulding qizaloq. Lekin keyingi safar tirnoqlaring sinishi aniq.
Jae Wookning gaplaridan Karinaning umurtqa pog'onasiga sovuq titroq yugurdi. Uning iliq nafasi qizning bo'yin sohasida aralashib l, o'sha daxshatli hisni keltirib chiqardi. Karina bir zum turgan joyida muzlab qoldi.
— S.sen...sen...tanang og'ir va...katta ekan!
Karina gaplarini to'g'irlagancha, Hayoliga birinchi kelgan ishni qildi. Jae Wookni o'zidan itarib, ortiga qaramay qochib ketdi.
Jae Wook uni yo'lning oxiriga yetib, To burilguncha kuzatib turdi. So'ng miyig'ida kulgancha o'ziga o'zi ming'irladi.
— Esini yegan shekilli. Ah nega men uni tirik qoldirdim? Mm hech qisi yo'q. Mgh…
U endigina uyqisi kelganini his qilib, kerishishmoqchi edi ammo uning qorin bo'shlog'ida nimadir qattiq tortilgandek bo'lib, Jae Wookning ingrashiga majbur qildi.
U qora kamzulini zamogini sekin pastga tortib, ichidagi maykasini ko'tardi. Ko'rgan narsasidan hayratlangancha sekin yaraga tegib ko'rdi, lekin yana og'riqdan ingrab yubordi.
— Shhh…jin ursin! Zulukmi bu qiz?! Tirnog'ida zahar bormikin…yoki shunchalik kuchlimi? Onasini emsin... nima bo'lsa ham.
Haqiqiatdan ham Karina tirnoqlarini sanchgan joyi zuluk chaqgandek iz qoldirgan edi. Xuddi u Karinani bo'ynida chandiq kabi iz qoldirgandek, Karina ham unda o'zining izini qoldirdi.
Jae Wook kamzulini yechib, qo'iga ildi.
Jae Wook uyiga kirgandan keyin ustidagi maykasini ham yechib, jahl bilan yerga uloqtirdi. Oyna oldiga kelganida, qorin bo'shlig'idagi o'sha izlarni ko'rib battar asabiylashgancha oynaga qaratib shisha idishni uloqtirib yubordi...
Karina kechagi tundan so'ng yaxshi uxlolmagan edi. Bo'ynidagi yarani hatto yashirishga ham urunmay, Ustiga oq koftasini kiyib, Pastga kengroq qora rangli shim kiyib eshikdan chiqdi. Sovuq havo uning ortga yoyilgan sochlarini uchirib, ochiq yarasiga muzdek suv quygandek ta'sir o'tkazdi.
Karina Bugun yangi universitetga kelishi kerak. O'tgan galgi universitetida yong'in sababli butunlay yopilgan edi. Jae Wook esa Karinani Universitetga o'tgan hafta hujjat topshirish uchun kelganida ko'rgan edi. Lekin Karina uni hatto payqamagandi. Payqasa ham buni foydasi yo'q... Karina bugungi kunini yaxshi boshlash sifatida eshikdan qo'lida 'Cappucino' bilan qadam qo'ydi.
— Mm Bugun yetarli darajada sokin kun.
Karina lablari orasiga Cappucinoning tayoqchasini solgancha yo'lida yurar ekan To'satdan mashina yo'lida kimdir uni turtib, chekkaga yiqitdi va bu...
#𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 "𝐒𝐡𝐞 𝐰𝐚𝐬 𝐚 𝐝𝐚𝐰𝐧 𝐭𝐡𝐚𝐭 𝐡𝐚𝐝 𝐥𝐨𝐬𝐭 𝐢𝐭𝐬 𝐥𝐢𝐠𝐡𝐭 — 𝐀𝐛𝐛𝐲𝐳𝐨𝐫𝐚 𝐬𝐜𝐫𝐞𝐚𝐦𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐧 𝐭𝐡𝐞 𝐬𝐢𝐥𝐞𝐧𝐜𝐞."🐉