April 12, 2025

#𝗙𝗼𝗿𝗴𝗼𝘁𝘁𝗲𝗻_𝗦𝗼𝘂𝗹 #𝗕𝘆_𝗛𝘆𝗼𝗼𝗻𝗮 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲 5

Forgotton Soul -《 Alya Jungkook♡ Hyoona Hyunjin♡ Chiny Song Kang♡ Lua Sunghoon♡ Sua Taehyung♡Ksena Chan♡ Danielle Minho♡》

𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲 5

Forgotton Soul -《 Alya Jungkook♡ Hyoona Hyunjin♡ Chiny Song Kang♡ Lua Sunghoon♡ Sua Taehyung♡Ksena Chan♡ Danielle Minho♡》

𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲 5

Jungkook unga yetib borolmadi.Alya yurishda davom etdi.Yolg‘iz, ammo orqa tarafda yuragi ortida qolgandek.Shu lahzada hamma stadionni tark etmoqda. Har biri o‘zicha, biroq yuraklar... bir maktab, ikki sinf sinf, bir stadion…

*Mkdan keyin. Jungkookning uyi.

Xona ichida sokinlik hukmron.
Terasadan quyosh nurlari gila ustiga yumshoq tusda tushadi. Xonada minimalizm: qora devorlar, kitoblar javoni, gitara, va har doimgidek yotoqning yonida turgan bir dona surat ramkasi.Jungkook kuraksimon kaftlarini yuziga bosib yotibdi. U bugun ichki o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, lekin hech kim buni bilmaydi.Yuzida hech qanday ifoda yo‘q. Ko‘zlar esa uzoqqa qaraydi. Juda uzoqqa. Balki Hyoona turgan joyga.Gitara yonidan qo‘liga ilindi. O‘tirib, bir necha marta torlarni barmog‘i bilan ohanglab ko‘rdi. So‘ng... asta bir ohangni chala boshladi.Bu ohang sukutdan tug‘ilgan.Oradan bir necha daqiqa o‘tdi. Gitara tovushi hali sust eshitilmoqda edi.Shu payt telefon tebranib, stol ustida titradi. Jungkook asta o‘rnidan turdi. Qaramadi. Yana gitara chalishda davom etdi.
Ammo... bir necha daqiqadan so‘ng, baribir qaradi.

Ekranda:Alya> "Tinchmisan?"

Jungkook telefonni qo‘ydi. Unga javob yozolmadi. Chunki u tinch emasdi.Oradan yana biroz o‘tib, bu safar telefon tebranishiga "ping!" ovozi qo‘shildi.

Hyunjin> "U ham seni o‘ylayapti."

Jungkookning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U telefonni qo‘liga olib, chuqur nafas oldi.

– Men buni istamagan edim... – dedi u ohangsiz. – Ammo yurak... istaganini qiladi.

So‘ng, deraza yoniga bordi. Quyosh botayotgan manzarani ko‘zdan kechirdi.Ko‘zlarida og‘riq, ko‘nglida kimnidir sog‘inch.Shu payt, u xonadagi stulga o'tirdi. Asta ko‘zlarini yumdi. Quloqlarida esa birdan — Hyoona kulgisi eshitilgandek bo‘ldi.
Yolg‘izlikda… faqat o‘sha ovoz uning jimligini buzishga qodir edi.Shu tarzda Jungkook uchun uy nafaqat dam olish joyi, balki yurakning dumbul bo‘lib yutadigan xonasi edi.Unda Hyoona bor, Alya bor… ammo hech biri yonida emas.

Jungkookning xonasida Kech tushmoqda.Xona qorong‘ilashib qoldi. Tashqarida kun botgan.
Faqat derazadan tushayotgan pushti-qizg‘ish yorug‘lik, yotoqxona ichida nimadir sehrli va sokin bir ohang yaratmoqda.Jungkook jim qoldibGitara qo‘lida Barmoqlari asta, yuragi bilan birga ohang qidiryapti.U nigohini pastga gitara torlariga tikdi. Nafasini to‘g‘rilab, xuddi birovni eslashi kerakdek, ko‘zlarini yumdi.So‘ng, mumtoz o‘zini unutib, o‘zining ichki ovozida kuylay boshladi.Past ovozda, shivirlagandek kuylaydi

"Why do I see her everywhere I go?"

"Even in the silence, I hear her laugh..."

"Tried to hide it, bury it, let it go,"

"But my heart always finds its path..."

"She don’t know how she breaks me inside."

"Smiles like sun, but leaves me at night."

"I’m not supposed to feel, not supposed to care,"

"But damn… she’s everywhere."

Ohang kuchayadi. Yig‘lamaydi. Ammo ovozida titroq bor.
Uning har bir notasi yashirin muhabbatning izhori. Faqat to‘shakka yotib, shiftga qaraganda eshitiladigan turdagi dardSo‘nggi satrni esa xo‘rsinib aytdi, xuddi tan olib qo‘ygandek

"And still… she’ll never know…"

Jimlik.Faqat gitara torlari hali ham ozgina tebranib turibdi.Jungkook gitara ustidan qo‘lini olib, o‘zining sadosiz xonasiga qaradi.Yolg‘iz Ammo yuragi to‘la. Sog‘inch, sevgi, charchoq, va… Hyoona.O‘sha lahzada, balki biror joyda Hyoona ham uning haqida o‘ylayotgandir. Lekin hozir… faqat Jungkook va uning kuylagan dardi bor.

Jungkookning xonasi eshigi taqillatdi.Jungkook gitara torlarini asta bosdi. Nafas oldi.Kim bo‘lishi mumkin? U hech kimni kutmayotgandi.Eshikni ochdi.Alya Kelgan edi Qo‘lida kichik pirog solingan quti, yelkasida kichik sumka. Sochlari sal shamolda taralgan, lekin ko‘zlari – aniq, to‘g‘ri Jungkookka qaragan.

– Salom, – dedi u tabassum bilan. – Men... yaqin atrofda edim. O‘yladimki, belgilangan loyihamiz haqida gaplashamizmi deb.

Jungkook jim turdi. So‘ngra yoqasini to‘g‘rilab, yon tomonga chiqdi.

– Kirsang bo‘ladi... – dedi u.

Alya xonaga qadam tashladi. Xonada hali hanuz gitara ohangi asrandi. U sezdi, Alya shiftga qarab, lablarini tishladi yuragi nimanidir his qildi. Bu xona... bu xona Hyoona bilan to‘la edi. Ammo u hech narsa demadi.Jungkook derazani yopdi, Alya esa yostiqqa cho‘kdi.

– Kechirasan, to‘satdan keldim, – dedi u past ovozda. – Shunchaki... bugun ko‘nglim bir nimani istadi,To'g'rirog'i Seni.

Jungkook unga qaradi. O‘sha muzdek, lekin ichkarida muhrlangan his-tuyg‘ular bilan to‘la nigohlar.

– Men... – dedi u, gap topishga harakat qilib. – Bugun charchadim.

Alya asta jilmaydi.

– Men ham. Yelkangdan salgina dardni olsam bo‘ladimi?

Jungkook bir zum sukut saqladi. So‘ng, asta boshini qimirlatdi.Ular jim o‘tirishdi. Hamma gap jimlikda edi.

Alya ichida tilayapti: Iltimos, menga qarab kul... meni ko‘r...

Jungkook esa yuragida shivirlayapti - Nega bu tabassum menga Hyoona emasligini eslatadi?

Ammo ikkisi ham indamaydi.Faqat yuraklar... har xil odamlar uchun, har xil tarzda urmoqda...

Xona sokin. Faqat deraza ortidan shamolning shivirlashi eshitiladi. Jungkook stulda o‘tirgan, Alya esa karavot chetida, ikki qo‘lini tizzasiga qo‘ygancha unga qaramoqda.Uzoq sukutdan so‘ng, Alya so‘z boshladi

– Jungkook… seni ko‘rmaganimda yuragim xuddi qisilib ketadiganday bo‘ladi. Lekin seni ko‘rganimda esa… – u o‘zini bosishga harakat qildi, ammo lablari qaltirardi. – Yuragim og‘riydi… chunki, sen menga hech qachon o‘sha ko‘zlar bilan qaramaysan.

Jungkook indamadi. Qoshlarini sal chimirgancha, yerga qarab turdi.Alya ovozini titratib davom etdi

– Men buni bilaman. Hamma vaqt bilganman, lekin baribir... baribir umid qilishdan charchamadim. Har safar kulganingda, meni emas, uni eslashingni bilaman. Har safar gapirsang... yuragingda boshqa birov borligini sezaman.

U asta ko‘z yoshini artdi. Jungkook asta, og‘ir nafas oldi. Uning yuragi ham tinch emas edi. U Alyaning ko‘zlariga qaradi.

– Alya... – dedi u nihoyat. Ovozi past, lekin chin yurakdan edi. – Men yomon inson emasman, bilaman. Ammo seni sevishga kuchim yetmadi. Chunki qalbim... allaqachon band edi.

Alya kuldi Ammo bu kulgi og‘riqli edi

– Bilaman. Va shunga qaramay, seni sevishni tanladim. Chunki men o‘zimni aldolmadim. Sen… – u chuqur nafas oldi – sen menga uyimday bo‘lib qolganding.

Jungkook bir zum ko‘zlarini yumdi. Ichidagi og‘riqni so‘zlar bilan ifodalash mushkul edi.

– Kechir meni, – dedi u. – Seni xafa qilganim uchun emas… seni sevib bera olmaganim uchun.

Alya o‘rnidan turdi. Endi ko‘zlaridan yosh to‘xtovsiz oqar edi. U sumkasini oldi, eshikka yo‘naldi.ekin chiqib ketishdan oldin, orqasiga o‘girildi.

– Bir kun seni unutaman, Jungkook. Bir kun seni ko‘rganimda yuragim titramaydi. Lekin o‘sha kungacha… – u qo‘llari bilan ko‘zini artdi – men seni sevishda davom etaman.

U chiqib ketdi ortudan eshik yopildi.Jungkook esa yerga qaragancha, ko‘zlarini yumdi. Gitara torlariga ohangsiz tegindi. Yuragi shivirlaganday bo‘ldi: “Hyoona… nega bu yurak seni tanladi?”Xona jim Faqat yurak og‘ridi.

Telefon Jiringlamoqda Jungkook hali ham o‘sha stulda. Barmoqlari gitara torida, lekin musiqani eshitishmayapti — yuragidagi shovqin balandroq.Ekranga qaradi.“Hyoona” yozuvi korindiYuragi bir lahzaga to‘xtab qolganday bo‘ldi. So‘ng ohista Yashil tugmasini bosdi.

– Alo?

– Salom, Jungkook… – dedi Hyoona, ovozida shunchaki oddiylik, shunchaki tinchlik. – Senga bir narsani so‘ramoqchiydim. O‘sha PI darsining uy ishi bor edi-ku, topshirish formati qanday edi?

Jungkook nigohini derazaga qadadi. Uning ovozida esa boshqacha ohang bor edi — sog‘inch, chidamsizlik, lekin baribir ehtiyotkorlik.

– Ha… uy ishi... – bir lahza jim qoldi. – Hyoona… men seni sog‘indim.

Hyoona jimib qoldi. Telefon qulog‘ida, lekin yuragi… yuragi allaqachon tilga kelgan edi.

– Nima? – deganday sekin so‘radi.

Jungkook chuqur nafas oldi. Ichida shuncha yillar berkitilgan hislar qaynardi. U endi ularni ushlab tura olmadi.

– Seni har kuni ko‘raman. Har darsda yoningdan o‘tama. Har safar kulganingda... ichimda bir narsa qimirlaydi. Lekin men faqat tomosha qilib yuraman. Chunki bilaman… sen meni emas… boshqa birovni sevganingni.

Hyoona bir zum ko‘zlarini yumdi. Yuragidagi narsa ham silkinib tushdi.

– Jungkook… men... – u nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin so‘z topolmadi.

– Hech narsa dema – dedi Jungkook sokin, lekin og‘riqli ovozda. – Shunchaki bilgin… seni sog‘indim. Juda.

U yana jim qoldi. Faqat nafaslar eshitilardi — ikki tomonda ham.So‘ng, u xotirjam gapirdi

– Uy ishining formati – prezentatsiya shaklida. Guruh bo‘lib topshiramiz.

– Rahmat, – dedi Hyoona, ohangida biroz titroq bilan. – Ko‘rishamiz.

– Ha… ko‘rishamiz.

U qo‘ng‘iroqni tugatdi.Xona yana jim.Lekin yurak… u jim emasdi. Unda Hyoona nomi abadiy yozilgandi.

*Hyoona…

Qo‘lidagi telefonni ohista stolga qo‘ydi. Quloqlari hanuz Jungkookning ohangini eshitardi:

> “Seni sog‘indim.”

U qimirlamay o‘tirardi. Ko‘zlari shiftga qadalgan, ammo yuragi… yuragi esa allaqachon ko‘z yoshlar bilan to‘lib, darz ketgan edi.U asta turgancha deraza yoniga bordi. Ko‘chaga qaradi. Quyosh botayotgan edi. Osmonda shunday sokinlik, ammo ichida bo‘ron.

– Nega… Jungkook… sen shunchaki aytib qo‘yaqolding? Nega shunchaki yengil so‘zlading? Men esa shu so‘zlarni yillar kutdim… – deb pichirladi u, yuragini siqib ushlab.U nigohini qo‘lidagi rasmlarga burdi. Maktabdagi rasmlar, darsda yashirin suratga olinganlar… Jungkookning soya bo‘lib tushgan suratlari… Hyoona bu hislarni har doim berkitgan. Chunki yuragida boshqa biri Hyunjin bor edi. Ammo Jungkookning gaplari… o‘sha bir og‘iz so‘z bu devorni yorib o‘tdi.U divanga o‘tirib, sekin yelkalarini qisdi, boshini egdi… va asta ko‘z yoshlarini chiqardi. Qattiq emas. Sokindir, ammo yurakdan oqayotgan ko‘z yosh edi.

– Men seni kechikib sevib qo‘ydimmi, Jungkook?.. – deb shivirladi u.Telefonini oldi Chat oynasini ochdi Jungkookning ismi… yurakchadek porlab turardi.Barmog‘i yozishga keldi. Lekin yozolmadi.Faqat bitta jumla qoldirdi

> "Men ham seni sog‘indim…"

Ammo yubormadi Faqat shunchaki o‘tirib, kozyoshlari bilan jilmaydi. Chunki bu sevgi… bu yurak, og‘riq bilan go‘zal edi.

*Keyingi kun

Dars boshlanishiga hali besh daqiqa bor edi. Sinfda hamma allaqachon o‘tirgan: Hyunjin derazadan tashqariga qaragan, Hyoona daftarini varaqlab o‘tirar, Alya esa Jungkook tomon qarab qo‘yardi, go‘yoki biror tiniq javob kutayotgandek. Jungkook esa sovuqqon... lekin bugun nimadir boshqacha edi. Uning nigohlari Hyoona bilan to‘qnashgan zahoti yuragi gursillab urar, ammo ko‘zlarini tezda chetga oldi. Progessor Chan hali kelmagan, lekin sinfda allaqachon shovqin: Ksena stulida orqaga suyanib, Minho va Danielle tomonga kulib qarardi. Danielle Minhoga nimadir deb pichirlardi, Minho esa ko‘zlarini yerga tikib, yelkasini qisib jilmayardi — har doimgidek uyalchan.Birdan eshik ochildi.Ularning sinfiga 9-A sinf yigitlari kirib kelishdi. Ichkarida baland bo‘yli, o‘ziga ishongan yigitlar edi. Boshlarida qora ryukzaklar, ba’zilarining bo‘ynida naushnik. Ular ichkariga qadam bosgan zahoti sinfda sukunat cho‘mdi.

Professor Chan ortidan kirdi.

— Diqqat! Eshitib turinglar, — dedi u ovozini baland qilib. — Ertaga 9-A sinf va siz – 8-D sinf – Seul tog‘lariga sayohatga borasiz. Bu o‘quviy-amaliy safar. Faqatgina eng namunali o‘quvchilar tanlab olingan. Shunday ekan, o‘zingizni tutinglar, bunday imkon har doim ham bo‘lavermaydi.

Hamma bir-biriga hayajon bilan qaradi. Ayniqsa, Hyoona va Ksena bir-biriga “sayohaaat!” deb sekin qichqirib kulib yubordi. Hyunjin Hyoona tomonga boshini egib kuldi, lekin ko‘zlarida bir nimadir bor edi — u bu safarni faqat sayohat deb bilmasdi, bu uning uchun yana bir imkon edi... Hyoona bilan biroz yaqinlashish uchun.Song Kang esa orqa partalardaturgan joyidan Chinyga qaradi. Uning qoshlarida qiziqish, labida mayin tabassum paydo bo‘ldi. “Sayohatda ko‘ramiz, chill girl,” dedi ichida.

Ksena birdan qichqirdi

— Men uje ryukzakni tayyorlab qo‘yganman! Hyoona, senchi?

— Menmi? Hali nima kiyishimni bilmayman! — dedi Hyoona kulib.

Jungkook esa Hyoona bilan Hyunjinning gaplarini uzoqdan kuzatdi. Alya esa uning yuzidagi har bir o‘zgarishni sezar, yuragi ich-ichidan achishardi. Lekin u bu safarni faqat sayohat emas, imkon deb bilar edi — Jungkookni yana o‘ziga yaqinlashtirish uchun.

Chan yana gap boshladi:

— Sayohat haqida barcha ma’lumotlar sinf sardorlariga beriladi. Hozir sinflar aralashib, guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhda 4 nafar o‘quvchi bo‘ladi – ikki sinfdan ikki kishi.

Hamma hayajon bilan kim bilan tushishini taxmin qila boshladi. Nigohlar uchrasha boshladi. Yuraklar gursilladi. Sayohat boshlanmasidan burun, his-tuyg‘ular allaqachon yo‘lga tushib ulgurgandi…

Deraza oynasidan quyosh nurlari sinfga yog‘ilib turardi. Hammada hayajon, hammada kutish bor edi. Seul tog‘lariga borish fikri hatto eng sovuqqon qalblarni ham titratgandi. Chan guruhlarni aytish arafasida edi.Lekin eshik yana sharaqlab ochildi.

— Kechirasiz, kech qoldik! — degan tanish ovoz eshitildi.

Sinf bir zum jim bo‘ldi. Eshikda Sunghoon turardi. Yonida esa Lua.Lua cho‘chib, boshini egdi, go‘yoki: "Ehh, bu vaziyatdan qanday chiqaman? Hah menga baribir, Sunghoon bir amallaydi". Sunghoon esa umuman hechnarsa bo‘lmagandek, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, ozgina bemalollik bilan jilmaydi. Ko‘rinib turibdi — kech qolish ularga begona emas.Ksena sekin Daniellening qulog‘iga pichirladi

— Hiss qilyapsanmi? Ular birga kelishdi...

Danielle ko‘zlarini katta ochdi, Minho esa stulida biroz oldinga egilib, Lua tomonga qiziqish bilan qaradi.Hyoona Lua tomon bir qarab qo‘ydi. Lua bo‘lsa, qizarib ketgan holda o‘z joyiga o‘tirdi, Sunghoon esa so‘nggi bo‘sh joyga joylashdi — aynan Lua orqasiga.

Chan o‘qituvchi bo‘sh yo‘taldan so‘ng gapini davom ettirdi

— Mayli, demak, boshlaymiz. Guruhlar quyidagicha: Jungkook, Alya, Danielle va Minho — 1-guruh. Hyunjin, Hyoona, Ksena va Song Kang,Chiny.— 2-guruh...

Jungkooning lablari sezilarli qimirladi, ammo u hech narsa demadi. Alya esa ichida bir "yes!" deb yuborgandek bo‘ldi. Hyunjin Hyoona tomon ohista jilmaydi. Song Kang orqa tarafda Chinyga qarab qosh qoqib qo‘ydi.

— Lua va Sunghoon... — Chan jimib qoldi. — Eh-he, qiziq tasodif. Sizlar uchinchi guruhdasizlar, ikkita 9-sinflik bilan birga bo‘lasiz.

Boshqa sinf yigitlaridan ikkitasi jilmayib, "Bizga omad!" degandek qarashdi.Lua ko‘zlarini yerga tikdi, yuragi qattiq urayotganini his qilar, ammo Sunghoonning ovozi bu jimjitlikni yorib o‘tdi:

— Menga ham bu guruh yoqdi.

Sinf ichida yengil kulgi Lua battar qizardi ammo kibrini saqlab qoldi,Song Kang Chinyga egilib shivirladi:

— Bu sayohatda ko‘p sirlar ochiladi, chill girl.

Chiny esa shaytoncha kulimsirab qo‘ydi

— Sirlar ochilsa ham, yuraklarni ochish qiyinroq, Kang.

Chan daftarini yopdi

— Tayyor bo‘linglar, ertaga soat 7:00 da maktab oldida yig‘ilamiz. Va iltimos, kech qolmanglar... boshqa ba’zilar singari.

Barchada qiyinchalik bilan ushlanayotgan kulgi.Ammo yuraklarda allaqachon sayohat boshlangan, u yerda na xarita bor, na yo‘l belgisi… faqat bir-biriga yetib borishni istagan ko‘ngillar bor edi...

*Aftobusdagi joylashuv

Ertalabki havo iliq, ammo yuraklar bu safarga allaqachon otlangan. Maktab oldida safarga tayyor turgan katta avtobus, yuraklarda go‘yo boshqa bir sayohatni — his-tuyg‘ular sayohatini kutardi.Chan qat’iyat bilan ro‘yxatni tekshirarkan, so‘ng dedi

— Joylashish ixtiyoriy. Faqat tartibni unutmaymiz.

Barcha avtobusga chiqdi. Har kim o‘z yuragiga quloq soldi.Chano rqaroqqa o‘tib o‘tirdi. Tez orada Ksena kirib keldi.

— Yoniz bo‘shmikan, Mr.Chan?

Chan bir qarab, kulib qo‘ydi:

— Seni bu safar orqamdan yugurtirmaslik uchun o‘tir, Ksena.

Ksena jilmayib joylashdi.

*Hyoona kirib keldi. Ko‘zlari bilan atrofni ko‘zdan kechirarkan, nigohi Jungkookga tushdi. U deraza yonida, qo‘ltiq ostida kitob, jim o‘tirardi.

— Joy bo‘shmi? — dedi Hyoona, ohangida quvnoqlik.

Jungkook biroz kulimsiradi, lekin yuragi ezilar edi.

— Har doim sen uchun.

Ular yonma-yon o‘tirdilar. Ammo Hyoona... yuragi birovda edi. Hozir yonida emas —Hyunjinda.Alya yugurgandek chiqdi. Hamma o‘tirib bo‘lgandi, lekin u Hyunjinni izlab topdi.

— Bo‘sh joy bormi?

Hyunjin bir qarab, quloqchinini yechdi

— Senga joyim ham, vaqtim ham doim bo‘sh.

Alya unga qarab jilmaydi, ammo ko‘zlarida nimalardir yashirinardi... Chunki u aslida Jungkookni sevardi. Ammo Jungkook... ko‘nglini Hyoona bilan to‘ldirib bo‘lgandi.Minho va Danielle oldingi qatorlardan biriga joylashdi. Har biri ichida "shu daqiqalar abadiy qolsa edi" deb o‘ylardi.Sunghoonkechikib keldi. Uning yonida esa Lua. Boshqalar hayron bo‘lsa-da, ular go‘yo shunchaki tasodif deya ko‘rsatmoqchi edi.

— Kech qolganimizdan keyin gap-so‘z ko‘p bo‘ladigan bo‘ldi, — dedi Lua.

Sunghoon esa

— Ular nima desa desin. Men kim bilanman — shuni tanladim.

Lua yuragi bilan eshitdi, ammo tilida jimlik.Song Kang va Chinyorqa o‘rindiqlarda. Chiny shaytonchalik bilan

— Sayohat... esda qolarli bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi?

Song Kang jilmaydi

— Sen bo‘lsang, u allaqachon unutilmas.

Avtobus harakatga tushdi. Yuraklar ham. Ular tog‘ sari yo‘l olardi, lekin aslida har biri yurakdagi sezgilari bilan ichkariga — o‘ziga safar qilardi.Yuraklar chalkash. Alya — Jungkookni sevadi. Jungkook — Hyoona’ni. Hyoona esa — Hyunjinni. Va Hyunjin ham... yuragini Hyoona deb atadi.To‘g‘rilashmaydigan chiziqlar, aytilmagan so‘zlar, o‘zini yashirgan qarashlar.Ammo tog‘lar... hamma sirlarni ochib beradi.