#Forgotten_Soul #By_Hyoona Episode 14
Forgotton Soul -《 Alya Jungkook♡ Hyoona Hyunjin♡ Chiny Song Kang♡ Lua Sunghoon♡ Sua Taehyung♡Ksena Chan♡ Danielle Minho♡》
Song Kang bosh irg‘adi Uning yuzida bu safar soxta tabassum yo‘q edi Faqat chin dard va sadoqat.
— Isbotlayman Har kuni, har soniyada Faqat ketma.
Va ular jim turishdi Yuraklari endi ohangni topayotgandek sekin urar, ammo hali ham orada shubha va dard bor edii Sevgi esa endi vaqt bilan sinalardi. Song kang yana bir qadam yaqnlashib…
Song Kang yuragini yutib yana bir qadam yaqinlashdi. Ko‘zlarida yalinish, qo‘rquv va baribir umid chaqnardi. U Chinyni qo‘liga qo‘lini cho‘zdi sekin, ehtiyot bilan, go‘yoki bu qo‘l harakati bilan butun yuragini uzatgandek.
— Iltimos... hech bo‘lmasa qo‘limni ushla. O‘sha sen bilgan Chiny bo‘lishing uchun emas… shunchaki… bu yurak hali urayotganini his qilishing uchun
Chiny pastga qaradi Unga cho‘zilgan qo‘l... bu qo‘l nafaqat sevgi, balki o‘tmishdagi xatolar, endi esa kechirim iltimosi bilan to‘lib turardi. Chiny uzoq tikilib turdi. Ichidan o‘tayotgan his-tuyg‘ular uni ikkiga bo‘lardi bir taraf yelkasiga og‘irlik qilgan azob, boshqa taraf esa hali ham Song Kangni sevishini fosh qilardi.
U sekin qo‘lini ko‘tardi… lekin… so‘ng to‘xtadi. Barmoqlari qaltiradi Nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Song Kangning ko‘zlariga ilindi.
— Song Kang… — dedi u xo‘mrayib, ammo titrab turgan ohangda. — Men seni yo‘qotib tinchlik topgandek bo‘ldim. Endi yana seni ushlasam... yana yo‘qotishdan qo‘rqaman.
Song Kang bir qadam ham chekinmadi.
— Demak, bu safar men seni yo‘qotmaslik uchun kurashaman.
Chiny chuqur nafas oldi Boshini sekin silkitdi Va ko‘zlarida yosh bilan, ohangida iztirob bilan pichirladi
So‘ng o‘z qo‘lini orqaga tortdi. Song Kangning cho‘zilgan qo‘li havoda muallaq turdi sovuq havoda qoldirilgan iliqlik singari Va Chiny asta orqasiga o‘girilib, yurib ketdi Song Kang o‘sha holatda qotib qoldi. Yuragi uni ortidan quvmoqchi bo‘ldi, lekin oyoqlari yurmasdi.Bu hali yakun emasdi. (Battar bo‘sn🗿🌚)
Tomlar ustidagi shamolda ranglar hilpirar, yuraklar esa qaror topolmas, qarama-qarshi yo'llarda adashib yurgandek edi.Chiny allaqachon o‘zini yo‘qotgandek yurardi Yana bir marta tanlov qilish, yana bir bor yuragining to‘g‘ri tomonini aniqlash qiyin edi.Jon Suk uning yonida yelkasi bilan yelkasiga suyanib turardi U asta jilmaydi, yuragi og‘risa-da, yuziga kuch bilan xotirjamlik niqobini taqdi.
— Men qarshi emasman, — dedi Jon Suk sekin, ohangida hech qanday da’vo yo‘q edi, faqat haqiqat. — Agar yuraging hali ham uni tanlasa… u bilan bo‘l. Men… men sen uchun do‘st bo‘lib qolishga tayyorman, Chiny.
Chiny unga tikildi Yuzida minnatdorlik, ko‘zlarida esa bir zumda porlagan nimadir boridi Balki bu tan olish, balki bu og‘riqli qaror, balki bu... erkinlik edi. U sekin boshini egdi, bir nafas jim qoldi Keyin esa hech narsa demasdan yugurib ketdi. Jon Suk uning ortidan qarab turdi Bir zarracha ko‘zida og‘riq chaqnadi, ammo uning labidagi jilmayish soxta emasdi Chin dildan edi
Song Kang u kutgan joyda turardi o‘sha eski daraxt tagida. Nigohi yiroqlarga tikilgan, yuragi esa Chinyga qarab urardi. U hali hech narsadan xabarsiz edi.To‘satdan Chiny yugurib bordi, hech narsa demadi. Faqat... Song Kangning oldiga kelib, bir soniyaga to‘xtadi va ko‘zlariga tikildi. Keyin birdaniga yuziga yaqinlashib, lablarini uning lablariga qo‘ydi. Bir zumga vaqt to‘xtagandek bo‘ldi Song Kang shokka tushib qotib qoldi Keyin esa Chiny yugurib qochib ketdi. Orqasiga ham qaramadi. Faqat yuragi bilan sezdi bu o‘pish ichida g‘azab ham bor, sog‘inch ham bor, e’tirof ham bor lekin eng muhimi "hali yakunlanmadi" degan ishora bor edi Song Kang esa hozirgina bo‘lib o‘tgan voqeani tushunishga urinar, yuragini bosib turardi Va shunchaki asta kulimsiradi.
Chiny yugurib ketar, yuragi go‘yoki ko‘kragidan otilib chiqayotgandek, nafaslari betartib edi. U nima qilganini hali o‘zi ham anglab yetmagan, shunchaki yuragining buyrug‘iga ergashgan edi. Lekin bir necha qadam yurmasidan… ortidan tanish ovoz chaqirdi
U to‘xtashga urindi, lekin yuragi hali ham "qoch" deb urardi. Biroq bir necha soniyadan so‘ng kimdir uni ortidan quvib yetdi. Kutilmaganda Song Kang uning bilagidan mahkam ushlab, o‘ziga tortdi Chiny birdan unga qarshi to‘qnashdi yuraklari to‘qnashgandek, nafasi ichida muzlab qoldi.Song Kang hech narsa demadi. Faqat... uni qattiq bag‘riga bosdi Qattiq va uzoq Go‘yo shu quchoq orqali hamma narsa aytilgandek edi.
— Menga qaytdingmi? — deb pichirladi u, sochlari orasiga yuzini yashirib.
Chiny ko‘zlarini yumdi va qattiq uh tortdi Ichidan qandaydir issiqlik o‘tdi Yillar, azoblar, radla hammasi shu quchoqda erib ketayotgandek edi.
— Ha, — dedi u sekin, yuragidagi barcha noaniqliklarga yakun yasab. — Ha, men qaytdim.
Song Kang asta chekinib, yuziga qaradi. Ko‘zlarida chin dildan quvonch chaqnardi Chinyni ikki yelkasidan ushlab, yana bir bor ishonch hosil qilgandek bosh irg‘adi.
— Bu safar men seni ketishga yo‘l qo‘ymayman Hatto o‘zing istasang ham!
Chiny yengil jilmaydi Endi u ham qochishni xohlamasdi
Va ular yana bir-birining quchog‘ida qoldi. Atrofda shovqin, maktab hovlisida bolalar, qorong‘ilik bilan kurashayotgan bahor quyoshi ammo bu ikki yurak uchun hozir faqat shu daqiqa bor edi Shu quchoq Shu ohang Song Kangni quvonchdan yuzini yashirib bo‘lmas, yuragi esa shunchaki shunday deb urardi
Fizika darsi boshlanishi kerak edi, ammo ustoz hali sinfga kirib kelmagan edi O‘quvchilar bu bo‘sh vaqtni har xil suhbat, kulgu va telefonlarga ko‘milgancha o‘tkazayotgan edi Sinfda shovqin avjida, har kim o‘z dunyosida edi. Chiny joyida o‘tirar, lekin bu safar ular orasida sukut emas allaqanday o‘zaro iliqlik taralib turardi. Chiny stoliga tirsagini qo‘ygancha, daftarini varaqlab ko‘rardi, Song Kang ularni sinfiga qochib kirdi va Chinyni yoniga egilib pichirladi:
— Bilasanmi, men ustoz kelmasin deb har safar orzular qilaman. Bugun orzum ro‘yobga chiqdi, lekin sababi butunlay boshqacha bo‘lib qoldi.
Chiny unga yonbosh qaradi, labining bir chetida kulgi chaqnadi.
— Sen shunchaki darsdan qochmoqchi bo‘lgansan-da?
— Yo‘q, — dedi Song Kang jiddiy ohangda. — Sen bilan shu yerda o'tirish uchun.
Chiny boshini engashtirib kulimsiradi, biroq hech nima demadi. Ularning suhbati orasiga Sunghoon va Lua aralashdi, ular orqa tomondan
— Hoy, muhabbatchilar! Yana qanday "tajriba" boshlanayapti?
— Issiqlik almashinuvi haqida dars o‘tsam kerak, — dedi Lua kulib.Barchasi kuldi. Danielle bilan Minho bir-biriga qarab jilmayishdi, Ksena esa Chan bilan ko‘z urishtirib, darrov qarashlarini yashirdi. Shu payt
eshik ochildi ammo ustoz emas, Jon Suk ekirib keldi (bezlarcha) Qo‘lida bir nechta kitob, yuzida odatdagidek jimjimador tabassum.
— O‘xshashlikni qarang! Menimcha, men fizika darsini kechiktirgan yagona o‘quvchi emasman, — dedi u o‘tirarkan.
Uning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chinyga qadaldi, ammo bu safar... hech qanday bosim yo‘q edi. Faqat do‘stona, samimiy bir qarash Chiny unga yengil bosh irg‘adi, keyin yana daftariga egildi. Song Kang esa Jon Suk tomonga qarab boshini qimirlatdi. Ular o‘rtasidagi qarash bu safar tinch edi.Sinf hali ham shovqinli, lekin yuraklar asta-asta joyiga tushmoqda edi bu dars emasdi Bu kichkina tinchlik edi Vaqtning to‘xtab, nafas olishga ruxsat bergan onlari edi.
Chiny hech kim yo'qligini ko'rgach partaga yaxshilab joylashib oldi va deyarli yotib oldi
Chiny hech kim yo‘qligini, ustoz ham hali kelmaganini payqagach, partaning yoniga suyanib, charchoq bilan yotib oldi. Ko‘zini yumdi, burnigacha tortilgan niqobini bir oz ko‘tarib, yuzini quyoshdan yashirdi. Adashib sinfda uxlab qolganlarga o‘xshamasdi bu ataylangan, ongli tanlov edi. Darslar, hissiyotlar, chalkashliklar... hammasidan ozgina nafas olish kerak edi Yonida o‘tirgan Song Kang esa boshini qiyshaytirib unga qarab kulib qo‘ydi.
— Judayam qulay joy topibsan-a, — dedi u pichirlab. — Endi sening yoningda men qo‘riqchi bo‘lib o‘tiramanmi?
Chiny javob bermadi Faqat yelkalari bilinar-bilinmas harakat qildi u kulib qo‘ygan bo‘lishi mumkin edi. Song Kang esa asta daftarini yopib, unga qarshi engashdi
— Nimalardan charchading, Chiny?
Yana javob yo‘q. Faqat barqaror nafas, tinchlik, xotirjamlik.Song Kang chuqur xo‘rsindi. U qizga qattiq tikilib qaradi, so‘ng asta uning stol ustidagi adyolning bir chetini ko‘tarib, Chinyga yaxshiroq yopib qo‘ydi.
— Dam ol. Men shu yerda bo‘laman. Endi seni bezovta qiladigan hech kim yo‘q.
U orqaga suyanib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. O‘sha paytda kimdir sinf eshigini ochdi bu Jon Suk ediU kirib, tezda holatni fahmladi Nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chinyga tushdi, so‘ng Song Kangda edi U hech nima demadi Faqat bo‘sh joyga o‘tirdi va daftarini ochdi.Sinfda sokinlik hukm surardi Bu tinchlik esa ko‘p narsalarni hal qiluvchi, ichki kurashlar ostonasidagi sukunat edi.
Kimdir yelkasidan asta silkitdi. Chiny ko‘zlarini yarim ochdi. Qarshisida Lua qiziqib tikilib turardi.
— Nima bo‘ldi? — Chiny charchoq bilan pichirladi.
— Tez, yur! Senga bir nima ko‘rsataman!
— Nima uxlayverasanmi, sinfda yotib? Qara, hech kim yo‘q hozir. Yur ddm!
Lua uning qo‘lidan tortdi. Chiny majburan o‘rnidan turdi. Yonida turgan Song Kang “Qayerga?” degandek qaradi, lekin hech nima demadi.Lua uni sinf orqasidagi eski shamollatuvchi quvurlar joylashgan xonchaga yetakladi. O‘sha joy... sirli edi. Hech kim u yerga kira olmasdi, lekin Lua bilmasdan eshikni ochib qo‘yishganini payqagan edi.
— Kiramizmi? — Lua pichirladi.
— Tupoymisan? O‘sha yerda chang bosgan sichqonlar yashaydi!
— xo'sh bo‘lsa-chi? Qani, yur!
Lua qiziquvchanlik bilan eshikni ochdi va ikkalasi qorong‘i, lekin salqin va sokin tor shamollatuvchi xonaga kirib ketishdi Ichkarida devorlarga o‘rnatilgan quvurlar, temir panjaralar, va eski sovuq havo tizimi ko‘rinib turardi. Lekin eng hayratlanarlisi devordagi eski suratlar va chizilgan ismlar edi.Chiny bir zum jim turdi va vaxshiyona jilmaydi
— Bu yer... kimlargadir tegishli bo‘lgan. Kimdir bu yerni yashiringan joyga aylantirgan...
— Vueheheh Endi bu joy... bizga tegishli.
Chiny va Lua xonani qiziqib ko‘zdan kechirishdi. Quvurlar orasiga yozilgan eski nomlar, deraza tagidagi chizilgan yurak shakllar bu yer avval ham kimlargadir sirli panoh bo‘lgan.Lua quvurlar orasidan bir eski kundalikni topib oldi
— Vaaa, bu nimasi endi?! — dedi u hayrat bilan varaqlay boshlarkan Chiny esa devorga suyangancha atrofni kuzatdi. Xonadagi sovuq havo, sust chiroq va har qanday tovushni yutadigan sukunat bu joyda nimadir... g‘alati edi.Shu payt shirq degan ovoz eshitildi Lua o‘rnidan irg‘ib tushdi Chiny esa darhol eshikka qarab yugurdi ammo allaqachon Eshik tashqaridan qulflanib qolgan edi.
— Lua?! Bu nimasi endi?! — dedi Chiny eshikni taqillatarkan.
— Kimdir eshikni yopdi! Kimdir bor edi! — Lua dahxshatga tushib atrofga qaradi.
— Tinchlan, bu bo‘lishi mumkin emas...
Lekin ayni paytda orqa tarafdan nimadir harakatlanayotgandek tovush chiqdi Ikki qiz birdan burilib qaradi Quvurlar oralab kimningdir soya-siyoqi g‘oyib bo‘ldi.
— Sen uni ko‘rdingmi? — dedi Lua, ovozini titratib.
— Ko‘rdim... — Chiny asta cho‘kkalab kundalikni qo‘liga oldi Uning oxirgi sahifasida yozuv turgan edi
- U yerda yolg‘iz emassiz, Faqat jim bo‘ling