June 24, 2025

— Dark soul —

01.

— A burning desire lost in the abyss of night — Dark soul

— Hayotdagi vaqt suvdek o'tib ketadi. Hamma ham bir kuni o'ladi va qora mato bilan o'ralgan taxtali qabrga joylanadi. Qabrga joylaydigan inson esa doim joylangan jasadlarni o'zi shu holga keltirgan lekin shu kimsani ham seva oladigan qiz borligini hayoliga ham keltirmagan edi... — Dark soul

— Chiroyli.

Yigit kostyumini to'g'irlagancha qo'llarini cho'ntagdan chiqarmagan holda sovuq qiyofada turar ekan,atrofdagi atmosfera ham go'yoki uning mavjudligini his qilayotgandek jim jit edi. U Bir onga ortidan kimdir o'tganini sezdi ammo qayrilib qiyo ham boqmadi. Chunki u bilar ediki bularning barchasi uning ichida rivojlanayotganini...uning ancha yillar avval Qoraygan va muzlagan qalbi ila Ruhi hozir faqatgina o'zining yonayotgan istagini qondirishni o'ylar edi...qotillik. Jae wook faqatgina shu narsa bilan taskin topa olar edi.

Jae wook ortiga o'girilish uchun harakat qildi ammo nimadir uni qattiq qisgandek joyidan qimirlay olmadi,shundan so'ng u ko'zlarini yumib o'z hayollari og'ushida mast bo'ishga yo'l qo'yib berdi.

— Ugh

U og'ir xo'rsingancha o'zining ko'rkam ko'ringan ammo daxshatli soyalar izidan quvgan tuflisiga qarab ko'zlarini ochdi. Hech o'ylab o'tirmay ko'zlarini tepaga yugurtirib qarshisida turgan insonga tik boqdi.

— Kutilmagan tasodif Janob Lee.

Xushbichim kiyingan,ko'z oynak taqgan va yuzida chandiq izi qolgan g'alati erkak Jae wookning sirli nigohiga titragan ammo soxta iltifot bilan qarardi. Jae wook boshini yon tomonga qiyshaytirgancha unga tepadan pastga razm soldi. Bur qadam unga yaqinlashib o'z ko'zlariga g'arq bo'ishi uchun erkakka imkon berdi. Erkak uning tasodifiy harakatlarini indamay qabul qilib joyida haykaldek qimirlamay turaverdi. Ammo uning yaltiragan peshonasidan billurga teng ter oqayotgani Jae wookning e'tiborini jalb qilishga erishdi.

— Nima istaysan?

Jae wook ichidagi istakdan bo'g'ilgan ovoz bilan undan so'rar ekan, yana ham erkakka yaqinroq egilib undna qanday is kelayotganini aniqlashga kirishdi. Erkak bir oz o'zini ortga tortdi va ko'zlarini chirt yumib nimalar bo'lishini hayolida tasavvur qildi. Jae wook shu holida chuqur nafas olgancha ortga tortilib qaddini tik tutdi. Erkakning atrofida hech qanday qon isi yo'qligini sezgach uning qiyofasi yanada sovuqlashdi,erkakga o'tkir nigoh bilan tikilib uning javobini kutayothanini aks ettirdi.

— J.janob...

Erkak ko'zlarini chim bostirilgan yam yashil yerga tikdi va titroq ovozda so'z boshlaganidan uyalib,o'zini zaif his qildi. So'ng chuqur nafas olib Jae wookga qarab gaplarini davom ettirdi.

— Bilaman hozir aytadigan gaolarim sizga xush kelmaydi ammo Sizning otangiz...otangiz Janob Liam sizni o'z offisida kutayotganini sizga yetkazishim kerakligini aytdi.

— Jae wookning tashqi ko'rinishi —

— Otam? Meni eslab qolibdimi? Qoyil. O'ylashimcha u meni unutgan edi.

Erkak bosh irg'agancha uning keyingi harakatini kutdi. Jae wook qoshlarini chimirib qo'lini cho'ntagidan chiqarmagan holda indamay uning oldidan o'tib kedi.
Uzoqdan bir qora mashina ko'rindi va Jae wook qabriston eshigi oldida to'xtagancha ortiga yelmasidan burilib qaradi.

— Tez orada qaytaman.

U shunday degancha eshikdan chiqib mashina tomon yo'l oldi. Mashinaga yetib kelishi bilanoq xaydovchi o'rindig'idan xizmatkor tushib kelob tezda u uchun joy hozirladi.

— Mashina —

Biroz vaqtdan so'ng

Mashina yo'lda silliq suv ustida yurgandek harakatlanar ekan,Jae wook nazarini oynadan tashqariga qaratdi. Tashqarida havo salqin, Quyosh botmoqda. Bu manzara qora tanirovkali oynadan yanada jozibador ekanligini yana bir bor his qildi. Lekin shu manzarani Katta bir qo'rg'onning qora soyalari to'sib qo'ydi. Tabiiyki bundan Jae wookning kayfiyati ham buzildi. Ular qo'rg'on oldiga yetib kelishdi, Panjarali darvozalar ochilishi bilan havo yana keskin tus oldi. Jae wook galstugini to'g'irlab mashina to'xtash joyiga yetganida eshikni ochib uzun oyoqlari bilan tushib keldi. Uyning kirish eshigida esa uning bir nechta eski hisoblangan shaxsiy hizmatkorlari uni kutib turar edi.

— Qo'rg'on —

— Ugh yana xuddi shu uy...jonimga tegdi.

Jae wook bosh chayqagancha uyga kirib ketdi. Zinalar bo'ylab ikkinchi qavatga,otasining ofisiga ko'tarildi. Eshikni taqillamasdan kirib kelinishidan Janob Lee (uni otasi) bir oz avval ichiga sho'ng'igan qog'ozlaridan bosh ko'tarib unga hisobli nigoh tashladi.

— Vanihoyat seni ham ko'radigan kun bor ekan,o'g'lim.

Janob Lee ning gaplari Wookga ta'sir qilmagandek hech qanday reaksiya bildirmadi. Indamay uning oldidagi stulga kelib joylashdi va uning ko'zlaridan nigohini uzmadi.

— Janob Lee va Jae wook —

— O'g'lim? Qachondan beri?