June 6, 2025

Black cat Chapter 3

Avvalgi qismda:

Hyoona pichkqni mahkam ushlagancha Jake tomon qaradi.

—Ularga son jihatdan yutqizayapmiz, dedi u past ovozda.Jake esa ko‘zlarini qisib, chetga burildi.

— Xo‘sh unda Morel, nega ularga vaqtni zoe ketkazishga ruxsat beraylik?

Hyoona jilmayib, pichog‘ini aylantirdi.

— Qochamizmi?

Jake kulib qo‘ydi.

—Yo‘g'e Ularni yer bilan yakson qilamiz.

Hyoona Jakega dahshat aralash tikildi.

—Yer bilan yakson qilamiz dedingmi?!

Jake bemalol yelkasini qisdi.

—Ha.

Hyoona jahl bilan

Laablarini tishlab qo‘ydi va indolmadi chunki Yuragi shiddat bilan urar ammo ichidan o‘sha tanish qoni qaynatan jasorat hissi ko‘tarilayotgan edi. U pichog‘ini yanada mahkamroq ushladi.

— Jake bu telbalik! Ular bizdan ko‘p!

Jake esa xotirjam jilmaydi qurolini o‘qlab yo'n tomondagi devorga suyanib oldi.

— Shunday ko‘p Lekin biz kuchsiz emasmiz Sen-chi, tayyormisan? dedi uko‘zlarini Hyoona ko‘zlariga tikgancha Hyoona chuqur nafas oldi Bu qarashda nimadir bor edi bu xavf emas aksincha ishonch. U Jakeni so‘zlariga quloq solib ko‘nglidan o‘tgan ikkilanishlarni quvdi.

— Tayyorman, — dedi u qat’iy ohangda.

Jake indamay bosh irg‘adi.

— Mayli unda men chap tomondan kiraman sen esa orqa eshikdan. Ularning diqqatini chalg‘itaman sen esa Imkon tug‘ilishi bilan yugur va yuqoridagi zinapoyaga chiq Agar kimdir to‘sqinlik qilsa... bilasan nima qilishni.

Hyoona yengil bosh irg‘adi va pichog‘ini beliga mahkam taqdi.

— Jake... — dedi u ketar chog‘ida — ehtiyot bo‘l.

Jake kulimsirab ko‘z qisdi.

— Aha Sen ham Ularni yer bilan yakson qilamiz, esingdami?

Shu so‘zlar bilan ikkalasi ham harakatga tushdi Xonani jimlik qoplagan faqat yurak urishi va uzoqdan eshitilayotgan sharpalar ovozi havoda jaranglab turardi.Jake chap tomondan dushmanlarga o‘t ochdi shu payt To‘satdan portlash ovozi eshitildi kimdir tutunni ko‘paytirish uchun granatani ham tashlagandi va shunda Xona ichini qalin tutun bosdi lekin bundan Jake emas Dushmanlar adashib qoldilar.Shu payt Hyoona orqa eshikdan sirg‘alib chiqdi Yuragi og‘ziga tiqilay deyotgan edi lekin har qadamini aniq tashlab zinapoyaga yugurdi birow Qorong‘ulik ichida bir yigit uning yo‘lini to‘sdi.

— Qayerga?! — deb baqirdi u.

Ammo Hyoona hech ham ikkilanmadi Pichog‘ini chapdan tezda olib mohir zarba bilan yigitning biqinini kesib yubordi Yigit ogriqxan baqirib yiqildi.

— owww Kechirasan, — dedi Hyoona past ovozda yugurishda davom etgancha Jake esa pastda hali ham jang qilardi Qattiq mushtlashuv otishma dod-faryodlar orasida u bir soniya Hyoona yo‘liga qaradi.

"Tirik bo‘lsa bas." deb o‘yladi u.

Lekin shunda birdan... yuqoridan kuchli qadam tovushlari eshitildi Hyoona ularni zinapoya boshida qora niqobli ikki jangchi paydo bo‘lganda ko'rdj

Bosqinchilar endigina unga tashlanmoqchi edi lekin Jake ularni o'ziga qaratdi

- hoooy sen bir toda ahmoqlar! Morelga tegma va men bilan kurash!

Uning ovozi xonani larzaga keltirdi Jake qurolini birdan tashlab yubordi hozir unga musht zarbasidan boshqa narsa kerak emasdi U qattiq qadamlar bilan oldinga yurdi va Hyoona tomon yopirilgan ikki bosqinchini kuchli zarba bilan yerga qulatdi Hyoona ko‘zlari katta ochilgancha bu manzarani kuzatardi Nafasi tezlashgan, tanasi esa titrardi. Jake uni qo‘llaridan tutib sudrab orqaroqqa tortdi.

- Morel, orqaga o't! Bu endi mening jangim

U Hyoonani xavfsiz joyga yetkazdi va yana orqasiga qayrildi Birinchi bosqinchiga musht tushirdi ikkinchisining oyog‘idan uchirib yubordi. Ularning uchinchisi pichoq bilan hujum qildi lekin Jake chap qo‘li bilan uning bilagini burib yubordi va yuziga tizzasi bilan zarba berdi Hyoona orqadan Jakega qarab turardi. Uning ko‘zlarida ikkita tuyg‘u aralashgan edi qo‘rquv va ishonch. Jake esa har bir zarbasida butun g‘azabini chiqarar dushmanlariga ketma-ket zarbalar berardi.

- sizlar hali kim bilan o‘ynayotganlaringni bilmayapsizlar

Xona ichida faqat mushtlarning shovqini va odamlarning o‘kib yiqilish ovozlari eshitilardi. Jake oxirgi bosqinchini devorga urdi va yerga yiqitdi shundan so'ng Atrof jimib qoldi, Jake chuqur nafas oldi va Hyoona tomon yurdi.

- Morel, hammasi joyida, sen yaxshimisan

Hyoona unga qarab boshini qimirlatdi Uning ko‘zlarida yosh yaltirab turardi.

- Jake... sen meni qutqarding...

Jake unga yaqinlashib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

- Yig'lama, hali bu hammasi emas Bu binodan chiqishimiz kerak. Hali boshqa xavf oldinda

Ularning oldida hali qorong‘i yo‘laklar va noma’lum xavflar kutib turardi Ammo endi ular birga edilar va bu eng muhim kuch edi.

Jake Hyoonai qo‘lidan ushlab, eshik tomon yo‘naldi U hali ham biroz qaltirardi, ammo Jake uni mahkam ushlab turardi.

- tezroq, bu yerdan ketishimiz kerak

Ular zinapoyadan pastga tushayotganda, kutilmaganda qorong‘ulik ichidan bir bosqinchi sapchib chiqdi U qo‘lida qattiq temirga o‘xshash buyumni ushlab olgandi Jake bunga ko‘zni ilmay oldinga yugurdi, lekin juda kechikdi.

- mana bu senga, qizaloq

U kuchli zarba bilan o‘sha temir buyumni Hyoona boshiga tushirdi Hyoona chinqirib yubordi va ko‘zlari sekin yumildi Tanasi bo'shashib yerha qulab tushdi.

bo‘shashib yerga qulab tushdi.

- MOOOREEEL

Jake ko‘zlari qonga to‘lgan holda bosqinchiga tashlandi. U bir zarbada uning qo‘lidan temir buyumni urib yubordiso‘ng qattiq musht bilan jag‘iga zarba berdi Bosqinchi devorga borib urildi.

- sen hali qizlarga shunday qilasanmi, a ahmoq?!

U qolgan bosqinchilarga o‘girildi. Ularning bir nechtasi hali ham jang qilishga tayyor edi. Jake ularga qarab yurdi Endi uning ko‘zlarida hech qanday shubha yoki qo‘rquv yo‘q edi faqat g‘azab.

- kel, hammang birga chiq!

Ulrning biri qurol ko‘tardi lekin Jake uni oldin ko‘rib ulgurgandi. Birinchi bo‘lib oyog‘i bilan zarba berib, qurolni tushirdi So‘ng ketma-ket ikki zarba bilan yigitni hushidan ketkazdi. Qolgan bosqinchilar birin-ketin yiqila boshladi Jake kuchini ayamadi hammasini birma-bir yengdi.

Xona yana jimib qoldi Jake chuqur nafas oldi, titrayotgan qo‘llari bilan Hyoona yoniga kelganda avvalgi vaxshiylikdan asar ham qomagandi aksincha juda ehtiyotkor va yumshoq bo'lib qolgandi xuddiki unga qattiqroq tegsa uni sindiradigandek…U ehtiyotkorlik bilan uni ko‘tardi.

-Morel, iltimos, chidab tur, hozir seni olib chiqaman

Jake uni bag‘riga bosgancha zinapoyadan tushdi, binodan yugurib chiqdi. Avtomobilini oldindan tayyorlab qo‘ygandi. U ehtiyotkorlik bilan Hyoona ni orqa o‘rindiqqa yotqizdi va mashinani ishga tushirdi Yo‘l bo‘ylab yuragi shiddat bilan urar ko‘zlarini ko‘zgu orqali Hyoonaga qaratar, uning nafas olayotganini tekshirib turardi

- iltimos, yana ko‘zlaringni och, Morel. Meni yolg‘iz tashlab ketma

Nihoyat, Jake o‘z uyiga yetib keldi va Mashinani to‘xtatib, darvozani ochdi. U Hyoonani ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib ichkariga olib kirdi Yotoqxonadagi yumshoq karovatga yotqizdi.

-endi xavfsizsan, Morel Bu yerda seni hech kimga bermayman

U og‘ir nafas olib yoniga o‘tirdi Uning yuragi hali ham tinchimagan ed. Ko‘zlari esa faqat bitta narsani kutardi Hyoona ko‘zlarini yana ochishini.

Jake Hyoonanni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa yotqizdi Uning boshi ostiga yumshoq yostiq qo‘ydi sochlarini yon tomonga surdi. Lekin Hyoona hanuz ko‘zlarini ochmas deyarli jonsiz yotardi. Jake yonida tiz cho‘kib o‘tirdi Yuragi gupillab urardi Qo‘llari bilmasdan titrardi.

- Morel... iltimos... meni eshityapsanmi

U javob kutdi ammo hech qanday harakat bo‘lmadi Hyoona haliyam hushida emasdi. Jake kaftlarini yuziga bosdi chuqur nafas oldi.

- men kechikdim... seni himoya qila olmadim... endi faqat uyg‘onishingni kutaman

Jake uni tinchlantirishga harakat qilib, peshonasiga iliq matoni qo‘ydi So‘ng yoniga stul olib keldi Unga tikilib o‘tirishda davom etarkan O‘sha mash’um zarba ssenariy kabi ko‘z oldida aylanardi.

-men hozir seni yolg‘iz qoldirolmayman Sen yana ko‘zlaringni ochishing kerak Morel. Bilaman sen kuchlisan

**Soatlab vaqt o‘tdi. Tashqarida tong yorishib borardi. Lekin Jake joyidan siljimadi U butun tun davomida uning qo‘lini ushlab o‘tirdi Nafas olishiga quloq tutdi.

- men seni topdim. Endi seni yana yo‘qota olmayman

Uning ko‘zlari charchoqdan qizarib ketgandi Ammo yuragi hali ham Hyoona uchun urardi.

- uyg‘on, Morel... iltimos...

U kutishda davom etdi Va xona ichini faqat

...

Tugadi