π»πΎπΊππππΏππ ππΊππ - πΌππΊπππΎπ π€
ππππππ πΊπππππ ππππππΊ πΊπππππ ππππππ π»ππ π»ππ πΊπ π£πππ ππ πΊπππππ πππππ½πΊπ πΎπππΊπππΊπ½π. π»ππ πΊπ : ππΊπ»πππππ ππ ππΊ π»πΎππΊππππ ππ
Shu kundan keyin oradan ancha vaqt oβtdi. Kiyoko doim tasodiflar orasidan unda yaqinlashishga harakat qildi. Bu orada esa Kazuya uning bu harakatlarini sezb qoldi. Soat millari shomni koβrsatar ekan, qasrda imperator oβz vazirlari bilan majlisda edi. Vazirlardan biri mamlakat uchun oβz hissasini qoβshmoqchiligi haqida ogohlantirmasdan birdan gapirib qoldi. Imperator bu harakatni oβzi uchun boβlgan hurmatni poymol qilish va beodoblik deb hisobladi.
β Sening bu fikringga qoβshilaman lekin kimning oldida ekaningni unutma. Bu yerda doim rasmiyat va hujjatlar muhim oβrin tutadi sen bu harakatlaring yoki masalalarni faqat qogβoz bilan bayon qila olasan. - Vazir bu gaplardan soβng tezda tizzalab oβtirdi va oβz harakatlari uchun kechirim soβradi .
β Bir qoshiq qonimdan keching, buyuk imperator. Men bu qilgan ishim uchun oβlimga loyiqman - Imperator qosh chimirgancha yogβon ovozi bilan gapirdi .
β Unda oβl - deb toβntoq gapirdi va yana davom etdi β Lekin men seni kechira olaman, oβz maqsading uchun oβz daromad va mollaringni ishlatish yoβlini tanlasanggina. - Shu bilan imperator hatto oβziga foydali boβlgan yumushlardan ham oβz foydasini olishni oβylardi va xalq sevgan imperatorga aylanardi . Qasrda koβp mish-mishlar yurardi ichki va tashqi saroy buni hamma bilardi. Bu g'alamis mish-mishlar kanizak va malikalarni gβazabini choβqqiga chiqargandi. Ular dunyoga keltirgan yosh shahzodalariga ham bu haqida koβp aytib berishardi. Bu Kiyoko bilan bir necha yildan beri sodir bo'layotgan masala. Imperator faqat Kiyoko bilan erkin va sokin gaplasha olardi, qoβshimchasiga u hatto qasrdan ham bemalol kirib chiqa olardi. Uning bu imtiyozlarini hech bir qasr amaldorlari yoki qasr hizmatkorlari-yu kanizaklar ham hushlamasdi. Bu ham yetmagandek Kiyoko qirolning shaxsiy xonasiga kirgan birga ovqat tanavvul qilgan ham edi.
Η«α΄sΚ α΄α΄sΚΗ«α΄ΚΙͺsΙͺα΄ α΄
Kiyoko yoβlak boβylab yurib ketardi. Yonida koβplab insonlar, baβzilari chekkalarda oβtirib gaplashib oβtirar boshqalari esa savdo-sotiq, kemachilik, hatto bazi joylarda oβgβirliklarga ham duch kelish mumkin. Bu gavjum yoβlda Kiyoko hushtak chalik ketar ekan bir yigitga urilib ketdi. Kiyoko uni yuziga qarar ekan bu Kazuya edi, Kazuya unga eβtibor bermasdan sohil tarafga yugurdi. Kiyoko sekin unga qarab bir qoshini koβtarar ekan soniyaga hayol surib qoldi.
β U bugun boshqa yerda boβlishi kerak ediβ¦Nega u hozir sohilda? uni kuzatishim kerakmi? - Kiyoko bitta bosh chayqab hamma fikrini boshidan chiqarib tashladi va Kazuyani orqasidan bordi. Kazuya kemalardan biriga chiqar ekan Kiyoko ham uni orqasidan shoshilib chiqib oldi. Buni Kazuya hatto bildirmagan boβlsa ham sezib qoldi, soβngra koβzdan gβoyib boβldi. Kiyoko oβngga va chapga alanglagancha uni topa olmadi. Shu zahoti bir soya paydo boβldi hatto bir kiprik qoqishga ulgurmasdan qizni boβyniga pichoq tiradi va qulogβiga quyuq pichirladi .
β Seni kim yubordi? maqsading nima? Nega meni kuzatib yuribsan? - Kazuya Kiyokoni qulogβi tagida issiq nafas olar ekan bundan qizning yuragi tez urdi .
β Shunchaki seni koβrib qoldim, oβsha mayxonada doim koβradigan kelishgan yigitni. Balki bu taqdir deb lrqangdan chiqdim. Men ham shu kemaga chiqmoqchi edim oβzi . - Kiyoko sekin pichoqni oβzidan uzoqlashtirdi. Kazuya Kiyoko bilan koβzlarini birlashitirar ekan, yolgβonning hisini his qilmadi.
β Ko'zimdan yoβqol. Senga meni oldimda turishing uchun sabab koβrmayapman. - Kazuya Kiyokoni itarib yubordi lekin birdan kema yurishni boshladi. Kiyoko biroz tebranidhdan yiqildi lekin oβzini ushalab qolishga muvaffaq boβldi. Kazuya buni sovuq nigoh ila kuzatib turardi.
β Ufffβ¦axmoq seni deb oβz ishlarimdan chalgβib qoldim! - qiz oβrnidan biroz turib kema chekkasida oβtirib oldi.
β Gavjum joyda tomosha koβrsatgan oβzingsan , endi esa hohlagan gapingni aytishda davom etyapsan. - u shunday degancha kema chekkasiga suyanib oβtirib koβzini yumib oldi.
β Meni kuzatishni bas qil. Yo'qsa Seni oβldiraman. - Kazuya boshqa tarafga qarab yurib ketdi.
β Seni kuzatishga ehtiyojim yoβq - deb ensasini qotirarkan , Shu vaqt Kazuya Kiyokoni oldiga sekin yurib kela boshladi .
β Tashqari sovuq ichkariga kir. - Sovuq ohang bilan gapirdi yigit .
β Qachondan beri eβtibor beradigan boβlib qolding? Juda sovuqqon va g'ururi baland eding . - Kazuya bu gaplardan soβng hatto gapirmasdan huddi oβz bilganingni qil degandek kema palubasidagi bri xonaga kirib ketdi.
β Hey toβxta, bunchalik tez emas..savollarim bor hali - Kazuya bu gaplardan keyin joyida toβxtadi.
β Yana nma demoqchisan? - yigit Kiyokoga o'girilib qaradi va biroz boshini egdi.
β Nega bu kemaga chiqding qayergadir ketyapsanmi? - Kazuya bu savlodan shunchaki qoβlini koβtardi va kuldi.
β Hatto bu kemaga nimaga chiqqanimni ham bilmayman - bu quruq gaplardan Kiyoko birdan oβrnidan turdi va Kazuyaga yaqinlashdi .
β Hozir nima deding? bilmasdan turib nega chiqding unda..jinnimisan? - Kazuya koβzlarini begunohlik qiyofasi bilan qiz tomon pirpiratdi.
β Shunchaki meni kuzatishlari yoqmaydi, sen meni kuzatayotganing bundan ham battar yoqmadi. Sendan qochmoqchi edim lekin hatto bu rejamni ham buzding. - Shunday degancha Kiyokoni oβzidan qayta uzoqlashtirdi .
β Bu meni aybim emas, lekin endi qayerga boramizβ¦kemada odamlar ham yoqolishni boshlayotganga oβxshaydi, chiqqanimizda koβproq edi endi deyarli hech kim yoq. - Kiyoko atrofga qaradi insonlar huddi soya kabi tuman orasiga berkingandek yoβqolardi.
β Nimadir gβalati ekanini sezmayapsanmi? - Kiyoko va Kazuya bir-biriga qarab nimadir xato ekanini chunishdi.