February 3

π–»π–Ύπ–Ίπ—Žπ—π—‚π–Ώπ—Žπ—… 𝗉𝖺𝗂𝗇 - 𝖼𝗁𝖺𝗉𝗍𝖾𝗋 𝟀

𝗐𝗋𝗂𝗍𝖾𝗋 - π–ͺπ—‚π—’π—ˆπ—„π—ˆ

π—‚π—‡π—Œπ—ˆπ—‡π—…π–Ίπ—‹π—‡π—‚π—‡π—€ 𝗂𝗄𝗄𝗂𝗍𝖺 π–Ίπ—Œπ—ˆπ—Œπ—‚π—’ π—€π—Žπ—‡π—ˆπ—π—‚ π–»π—ˆπ—‹ π–»π—Žπ—…π–Ίπ—‹ π–£π—ˆπ—‚π—† π—Žπ—…π–Ίπ—‹π—‡π—‚π—‡π—€ π—ˆπ—‹π—π—‚π–½π–Ίπ—‡ π–Ύπ—‹π—€π–Ίπ—Œπ—π–Ίπ–½π—‚. π–»π—Žπ—…π–Ίπ—‹ : π—Œπ–Ίπ–»π—‹π—Œπ—‚π—“π—…π—‚π—„ 𝗏𝖺 π–»π–Ύπ—‰π–Ίπ—‹π—π—ˆπ—…π—‚π—„

Shu kundan keyin oradan ancha vaqt o’tdi. Kiyoko doim tasodiflar orasidan unda yaqinlashishga harakat qildi. Bu orada esa Kazuya uning bu harakatlarini sezb qoldi. Soat millari shomni ko’rsatar ekan, qasrda imperator o’z vazirlari bilan majlisda edi. Vazirlardan biri mamlakat uchun o’z hissasini qo’shmoqchiligi haqida ogohlantirmasdan birdan gapirib qoldi. Imperator bu harakatni o’zi uchun bo’lgan hurmatni poymol qilish va beodoblik deb hisobladi.

β€” Sening bu fikringga qo’shilaman lekin kimning oldida ekaningni unutma. Bu yerda doim rasmiyat va hujjatlar muhim o’rin tutadi sen bu harakatlaring yoki masalalarni faqat qog’oz bilan bayon qila olasan. - Vazir bu gaplardan so’ng tezda tizzalab o’tirdi va o’z harakatlari uchun kechirim so’radi .

β€” Bir qoshiq qonimdan keching, buyuk imperator. Men bu qilgan ishim uchun o’limga loyiqman - Imperator qosh chimirgancha yog’on ovozi bilan gapirdi .

β€” Unda o’l - deb to’ntoq gapirdi va yana davom etdi β€” Lekin men seni kechira olaman, o’z maqsading uchun o’z daromad va mollaringni ishlatish yo’lini tanlasanggina. - Shu bilan imperator hatto o’ziga foydali bo’lgan yumushlardan ham o’z foydasini olishni o’ylardi va xalq sevgan imperatorga aylanardi . Qasrda ko’p mish-mishlar yurardi ichki va tashqi saroy buni hamma bilardi. Bu g'alamis mish-mishlar kanizak va malikalarni g’azabini cho’qqiga chiqargandi. Ular dunyoga keltirgan yosh shahzodalariga ham bu haqida ko’p aytib berishardi. Bu Kiyoko bilan bir necha yildan beri sodir bo'layotgan masala. Imperator faqat Kiyoko bilan erkin va sokin gaplasha olardi, qo’shimchasiga u hatto qasrdan ham bemalol kirib chiqa olardi. Uning bu imtiyozlarini hech bir qasr amaldorlari yoki qasr hizmatkorlari-yu kanizaklar ham hushlamasdi. Bu ham yetmagandek Kiyoko qirolning shaxsiy xonasiga kirgan birga ovqat tanavvul qilgan ham edi.

Η«α΄€sΚ€ α΄›α΄€sΚœΗ«α΄€Κ€ΙͺsΙͺα΄…α΄€

Kiyoko yo’lak bo’ylab yurib ketardi. Yonida ko’plab insonlar, ba’zilari chekkalarda o’tirib gaplashib o’tirar boshqalari esa savdo-sotiq, kemachilik, hatto bazi joylarda o’g’irliklarga ham duch kelish mumkin. Bu gavjum yo’lda Kiyoko hushtak chalik ketar ekan bir yigitga urilib ketdi. Kiyoko uni yuziga qarar ekan bu Kazuya edi, Kazuya unga e’tibor bermasdan sohil tarafga yugurdi. Kiyoko sekin unga qarab bir qoshini ko’tarar ekan soniyaga hayol surib qoldi.

β€” U bugun boshqa yerda bo’lishi kerak edi…Nega u hozir sohilda? uni kuzatishim kerakmi? - Kiyoko bitta bosh chayqab hamma fikrini boshidan chiqarib tashladi va Kazuyani orqasidan bordi. Kazuya kemalardan biriga chiqar ekan Kiyoko ham uni orqasidan shoshilib chiqib oldi. Buni Kazuya hatto bildirmagan bo’lsa ham sezib qoldi, so’ngra ko’zdan g’oyib bo’ldi. Kiyoko o’ngga va chapga alanglagancha uni topa olmadi. Shu zahoti bir soya paydo bo’ldi hatto bir kiprik qoqishga ulgurmasdan qizni bo’yniga pichoq tiradi va qulog’iga quyuq pichirladi .

β€” Seni kim yubordi? maqsading nima? Nega meni kuzatib yuribsan? - Kazuya Kiyokoni qulog’i tagida issiq nafas olar ekan bundan qizning yuragi tez urdi .

β€” Shunchaki seni ko’rib qoldim, o’sha mayxonada doim ko’radigan kelishgan yigitni. Balki bu taqdir deb lrqangdan chiqdim. Men ham shu kemaga chiqmoqchi edim o’zi . - Kiyoko sekin pichoqni o’zidan uzoqlashtirdi. Kazuya Kiyoko bilan ko’zlarini birlashitirar ekan, yolg’onning hisini his qilmadi.

β€” Ko'zimdan yo’qol. Senga meni oldimda turishing uchun sabab ko’rmayapman. - Kazuya Kiyokoni itarib yubordi lekin birdan kema yurishni boshladi. Kiyoko biroz tebranidhdan yiqildi lekin o’zini ushalab qolishga muvaffaq bo’ldi. Kazuya buni sovuq nigoh ila kuzatib turardi.

β€” Ufff…axmoq seni deb o’z ishlarimdan chalg’ib qoldim! - qiz o’rnidan biroz turib kema chekkasida o’tirib oldi.

β€” Gavjum joyda tomosha ko’rsatgan o’zingsan , endi esa hohlagan gapingni aytishda davom etyapsan. - u shunday degancha kema chekkasiga suyanib o’tirib ko’zini yumib oldi.

β€” Meni kuzatishni bas qil. Yo'qsa Seni o’ldiraman. - Kazuya boshqa tarafga qarab yurib ketdi.

β€” Seni kuzatishga ehtiyojim yo’q - deb ensasini qotirarkan , Shu vaqt Kazuya Kiyokoni oldiga sekin yurib kela boshladi .

β€” Tashqari sovuq ichkariga kir. - Sovuq ohang bilan gapirdi yigit .

β€” Qachondan beri e’tibor beradigan bo’lib qolding? Juda sovuqqon va g'ururi baland eding . - Kazuya bu gaplardan so’ng hatto gapirmasdan huddi o’z bilganingni qil degandek kema palubasidagi bri xonaga kirib ketdi.

β€” Hey to’xta, bunchalik tez emas..savollarim bor hali - Kazuya bu gaplardan keyin joyida to’xtadi.

– Yana nma demoqchisan? - yigit Kiyokoga o'girilib qaradi va biroz boshini egdi.

β€” Nega bu kemaga chiqding qayergadir ketyapsanmi? - Kazuya bu savlodan shunchaki qo’lini ko’tardi va kuldi.

β€” Hatto bu kemaga nimaga chiqqanimni ham bilmayman - bu quruq gaplardan Kiyoko birdan o’rnidan turdi va Kazuyaga yaqinlashdi .

β€” Hozir nima deding? bilmasdan turib nega chiqding unda..jinnimisan? - Kazuya ko’zlarini begunohlik qiyofasi bilan qiz tomon pirpiratdi.

β€” Shunchaki meni kuzatishlari yoqmaydi, sen meni kuzatayotganing bundan ham battar yoqmadi. Sendan qochmoqchi edim lekin hatto bu rejamni ham buzding. - Shunday degancha Kiyokoni o’zidan qayta uzoqlashtirdi .

β€” Bu meni aybim emas, lekin endi qayerga boramiz…kemada odamlar ham yoqolishni boshlayotganga o’xshaydi, chiqqanimizda ko’proq edi endi deyarli hech kim yoq. - Kiyoko atrofga qaradi insonlar huddi soya kabi tuman orasiga berkingandek yo’qolardi.

β€” Nimadir g’alati ekanini sezmayapsanmi? - Kiyoko va Kazuya bir-biriga qarab nimadir xato ekanini chunishdi.

β€‹π™Ίπš’πš’πš˜πš”πš˜ - Swear That You Can Forget How You Loved Me ; Over My Dead Body