HIS TOUCH HER SALVATION-EP8
Somi ko‘zlarini asta ochdi. Yorug‘ shift, oq xona... yuragidagi og‘riq hali o‘tmagan, lekin u hayot edi. Yonida esa Jisung — u stulda yelkasi bukilgancha uxlardi. Unga tikilgan ko‘zi bir muddat to‘xtamadi.
Somi o‘zini asta yuqoriga ko‘tardi. Qo‘lini Jisungning yuziga ohista tekkizdi, sochini siladi.
— “Men tirikman...” — dedi pichirlab.
Jisung hushyor tortdi va ko‘zini ochdi. U Somining tikilgan ko‘zlariga tushdi. Sekin o‘rnidan turdi, yuragi beixtiyor tezlasha boshladi.
— “Somi... sen uyg‘ondingmi?..” — ovozida hayrat va quvonch aralash.
Somi kuchsiz jilmaydi: — “Sen meni qutqardingmi?”
Jisung indamadi. Faqat unga tikilib turdi. U bu savolga javob bera olmasdi. Negaki, bu safar u hech nimani qila olmagan edi.
• Qaytish va xatolik •
Sena esa endi asta-sekin ishiga qaytgandi. Kampaniya ofisining hidini, kompyuter klavishlarining tovushini, xodimlar yurishini yana his qilar edi. Lekin u allaqachon boshqa odam edi.
Ofisdagi xonada kutayotgan tanish ovoz: — “Sog‘indim seni...” — dedi Lee Know.
Sena to‘xtadi. Uning orqasidan ovoz unga yuragini siqdi. Asta o‘girildi.
— “Bu yerda nima qilyapsan?” — dedi jahlini bosishga urinib.
Lee Know unga yaqinlashdi. — “Men faqat seni ko‘rishni istadim. Juda o‘zgargansan, Sena... Men hali ham seni sevaman.”
Sena ortga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin Lee Know to‘satdan uni tortib oldi va bo‘sa oldi. Qattiq, majburiy.
Sena qattiq itardi: — “Nima qilayapsan?! Aqling joyidami?!”
Shu onda xonaga ochiq eshikdan kimdir tikilib turardi... Jisung. U ko‘rib turardi — ko‘zi keng ochilgan, yuragi xuddi yana sindi.
Sena esa uni hali ko‘rmagandi.
Jisung yuragini changalladi. Ichida nido: — “Yo‘q... men yana kech qoldimmi?!”
U jimgina orqasini o‘girdi. Qadamlar qattiq edi, yuragi esa yana insonga aylangan zaiflikda yondirardi.
Jisung eshikni ochib, og‘ir qadamlari bilan xonaga kirib keldi. U Senani ko‘zlaridagi qattiqlik bilan ko‘rdi, lekin ko‘zlari Lee Know’da to‘xtadi.
U bir soniyada Lee Knowni yoqasidan ushladi va devorga itardi. Xona ichida hava muzdek bo‘lib qoldi.
Jisung g‘azab bilan tishlarini g‘ijimlab shivirladi: — “Shuncha ishing yetmagandek, endi menga tegishli narsalarga ko‘z olaytiryapsanmi?”
Lee Know qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, lekin Jisungning kuchi juda kattaroq edi.
— “Seni kechirganim uchun rahmat aytishing kerak. Lekin bu safar… agar yana bir marta unga yaqinlashsang…” — Jisungning ovozi bo‘g‘ilib chiqdi — “...mening ichimdagi iblis uyg‘onadi.”
Sena hayratda. Bu — u tanimaydigan, lekin yuragi ilgari tanigan Jisung edi. Uning ko‘zlari yonayotgan edi.
Lee Know xo‘rsinib kuldi: — “Demak, u hali ham seni tanimasayam, sen uni o‘zingniki deb bilasan?..”
Jisung: — “Sena meni tanimasa ham, yuragi hali meniki. Bu yetarli.”
U Lee Know’ni itarib yubordi va Senaga qaradi.
Sena xonada qoldi. Nafasi qaltirardi, yuragi esa tushunarsiz tarzda urardi. Jisung unga ohista yaqinlashdi. Yuragi bilan kurashayotgan Senaga tikildi.
— “Men seni endi majburlamayman… lekin yuragingni unutmaganman,” — dedi Jisung.
Sena cho‘kib ketayotgandek edi, lekin o‘zini tutolmadi. Jisung asta qo‘lini uning yuziga tekkizdi. Sena ko‘zlarini yumdi.
Uning qo‘llari Senaning beliga sirg‘alib bordi. Jisung lablarini uning yelkasi yaqiniga olib bordi, asta bo‘yin bo‘ylab mayin nafas oldi. Senaning yuragi o‘zini tutolmasdi.
— “Men seni eslatib qo‘yaman... hatto agar menda so‘zlar qolmagan bo‘lsa ham.”
Jisung lablarini Senaning lablariga tekkizdi — ehtiyotkor, lekin shiddatli. Sena bir daqiqa qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, lekin yuragi oldinroq taslim bo‘lgandi.
Ular bir-biriga ohangli nafaslar bilan yaqinlashdi. Jisung uni divanga ohista bosdi, Senaning qo‘llari uning boyniga o‘raldi. Ular orasidagi harorat butun xona ichini qamrab oldi. Senaning lablaridan bir so‘z chiqdi:
— “Nima bo‘layotganini tushunmayapman, lekin... meni qo‘yib yuborma...”
Jisung faqat bitta gap aytdi: — “Hech qachon.”