#๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐_๐๐๐๐ ๐๐๐๐ฃ๐ง๐๐ฅ ๐ฎ
๐๐๐๐๐พ๐ - ๐ธ๐๐ ๐ช๐๐๐๐๐ ๐ฒ๐บ๐๐๐ฟ๐
๐๐๐๐๐๐ ๐บ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐บ ๐บ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐ป๐๐ ๐ป๐๐ ๐บ๐ ๐ฃ๐๐๐ ๐๐ ๐บ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ฝ๐บ๐ ๐พ๐๐๐บ๐๐๐บ๐ฝ๐ ๐ป๐๐ ๐บ๐ : ๐๐บ๐ป๐๐๐๐๐ ๐๐ ๐๐บ ๐ป๐พ๐๐บ๐๐๐๐ ๐๐
Shu kundan keyin oradan ancha vaqt oโtdi. Kiyoko doim tasodiflar orasidan unda yaqinlashishga harakat qildi. Bu orada esa Kazuya uning bu harakatlarini sezb qoldi. Soat millari shomni koโrsatar ekan, qasrda imperator oโz vazirlari bilan majlisda edi. Vazirlardan biri mamlakat uchun oโz hissasini qoโshmoqchiligi haqida ogohlantirmasdan birdan gapirib qoldi. Imperator bu harakatni oโzi uchun boโlgan hurmatni poymol qilish va beodoblik deb hisobladi.
โ Sening bu fikringga qoโshilaman lekin kimning oldida ekaningni unutma. Bu yerda doim rasmiyat va hujjatlar muhim oโrin tutadi sen bu harakatlaring yoki masalalarni faqat qogโoz bilan bayon qila olasan. - Vazir bu gaplardan soโng tezda tizzalab oโtirdi va oโz harakatlari uchun kechirim soโradi .
โ Bir qoshiq qonimdan keching, buyuk imperator. Men bu qilgan ishim uchun oโlimga loyiqman - Imperator qosh chimirgancha yogโon ovozi bilan gapirdi .
โ Unda oโl - deb toโntoq gapirdi va yana davom etdi โ Lekin men seni kechira olaman, oโz maqsading uchun oโz daromad va mollaringni ishlatish yoโlini tanlasanggina. - Shu bilan imperator hatto oโziga foydali boโlgan yumushlardan ham oโz foydasini olishni oโylardi va xalq sevgan imperatorga aylanardi . Qasrda koโp mish-mishlar yurardi ichki va tashqi saroy buni hamma bilardi. Bu g'alamis mish-mishlar kanizak va malikalarni gโazabini choโqqiga chiqargandi. Ular dunyoga keltirgan yosh shahzodalariga ham bu haqida koโp aytib berishardi. Bu Kiyoko bilan bir necha yildan beri sodir bo'layotgan masala. Imperator faqat Kiyoko bilan erkin va sokin gaplasha olardi, qoโshimchasiga u hatto qasrdan ham bemalol kirib chiqa olardi. Uning bu imtiyozlarini hech bir qasr amaldorlari yoki qasr hizmatkorlari-yu kanizaklar ham hushlamasdi. Bu ham yetmagandek Kiyoko qirolning shaxsiy xonasiga kirgan birga ovqat tanavvul qilgan ham edi.
วซแดsส แดแดsสวซแดสษชsษชแด แด
Kiyoko yoโlak boโylab yurib ketardi. Yonida koโplab insonlar, baโzilari chekkalarda oโtirib gaplashib oโtirar boshqalari esa savdo-sotiq, kemachilik, hatto bazi joylarda oโgโirliklarga ham duch kelish mumkin. Bu gavjum yoโlda Kiyoko hushtak chalik ketar ekan bir yigitga urilib ketdi. Kiyoko uni yuziga qarar ekan bu Kazuya edi, Kazuya unga eโtibor bermasdan sohil tarafga yugurdi. Kiyoko sekin unga qarab bir qoshini koโtarar ekan soniyaga hayol surib qoldi.
โ U bugun boshqa yerda boโlishi kerak ediโฆNega u hozir sohilda? uni kuzatishim kerakmi? - Kiyoko bitta bosh chayqab hamma fikrini boshidan chiqarib tashladi va Kazuyani orqasidan bordi. Kazuya kemalardan biriga chiqar ekan Kiyoko ham uni orqasidan shoshilib chiqib oldi. Buni Kazuya hatto bildirmagan boโlsa ham sezib qoldi, soโngra koโzdan gโoyib boโldi. Kiyoko oโngga va chapga alanglagancha uni topa olmadi. Shu zahoti bir soya paydo boโldi hatto bir kiprik qoqishga ulgurmasdan qizni boโyniga pichoq tiradi va qulogโiga quyuq pichirladi .
โ Seni kim yubordi? maqsading nima? Nega meni kuzatib yuribsan? - Kazuya Kiyokoni qulogโi tagida issiq nafas olar ekan bundan qizning yuragi tez urdi .
โ Shunchaki seni koโrib qoldim, oโsha mayxonada doim koโradigan kelishgan yigitni. Balki bu taqdir deb lrqangdan chiqdim. Men ham shu kemaga chiqmoqchi edim oโzi . - Kiyoko sekin pichoqni oโzidan uzoqlashtirdi. Kazuya Kiyoko bilan koโzlarini birlashitirar ekan, yolgโonning hisini his qilmadi.
โ Ko'zimdan yoโqol. Senga meni oldimda turishing uchun sabab koโrmayapman. - Kazuya Kiyokoni itarib yubordi lekin birdan kema yurishni boshladi. Kiyoko biroz tebranidhdan yiqildi lekin oโzini ushalab qolishga muvaffaq boโldi. Kazuya buni sovuq nigoh ila kuzatib turardi.
โ Ufffโฆaxmoq seni deb oโz ishlarimdan chalgโib qoldim! - qiz oโrnidan biroz turib kema chekkasida oโtirib oldi.
โ Gavjum joyda tomosha koโrsatgan oโzingsan , endi esa hohlagan gapingni aytishda davom etyapsan. - u shunday degancha kema chekkasiga suyanib oโtirib koโzini yumib oldi.
โ Meni kuzatishni bas qil. Yo'qsa Seni oโldiraman. - Kazuya boshqa tarafga qarab yurib ketdi.
โ Seni kuzatishga ehtiyojim yoโq - deb ensasini qotirarkan , Shu vaqt Kazuya Kiyokoni oldiga sekin yurib kela boshladi .
โ Tashqari sovuq ichkariga kir. - Sovuq ohang bilan gapirdi yigit .
โ Qachondan beri eโtibor beradigan boโlib qolding? Juda sovuqqon va g'ururi baland eding . - Kazuya bu gaplardan soโng hatto gapirmasdan huddi oโz bilganingni qil degandek kema palubasidagi bri xonaga kirib ketdi.
โ Hey toโxta, bunchalik tez emas..savollarim bor hali - Kazuya bu gaplardan keyin joyida toโxtadi.
โ Yana nma demoqchisan? - yigit Kiyokoga o'girilib qaradi va biroz boshini egdi.
โ Nega bu kemaga chiqding qayergadir ketyapsanmi? - Kazuya bu savlodan shunchaki qoโlini koโtardi va kuldi.
โ Hatto bu kemaga nimaga chiqqanimni ham bilmayman - bu quruq gaplardan Kiyoko birdan oโrnidan turdi va Kazuyaga yaqinlashdi .
โ Hozir nima deding? bilmasdan turib nega chiqding unda..jinnimisan? - Kazuya koโzlarini begunohlik qiyofasi bilan qiz tomon pirpiratdi.
โ Shunchaki meni kuzatishlari yoqmaydi, sen meni kuzatayotganing bundan ham battar yoqmadi. Sendan qochmoqchi edim lekin hatto bu rejamni ham buzding. - Shunday degancha Kiyokoni oโzidan qayta uzoqlashtirdi .
โ Bu meni aybim emas, lekin endi qayerga boramizโฆkemada odamlar ham yoqolishni boshlayotganga oโxshaydi, chiqqanimizda koโproq edi endi deyarli hech kim yoq. - Kiyoko atrofga qaradi insonlar huddi soya kabi tuman orasiga berkingandek yoโqolardi.
โ Nimadir gโalati ekanini sezmayapsanmi? - Kiyoko va Kazuya bir-biriga qarab nimadir xato ekanini chunishdi.
#๐ช๐๐๐๐๐ - Swear That You Can Forget How You Loved Me Over My Dead Body!