beautiful pain - Ep1
Men tirik holimcha o’lim bilan yuzlashdim , atrof to’la g’alati narsalar ular bizga hujum qilmoqda u... bularni yenga oladi , to’g’rimi? O’lishni hohlamayman men kurashmoqchiman…Iltimos o’lishim mumkin emasligini tushunishimga yordam ber…….!
2 oy avval
Imperator xonasida o’tirb kitoblarga tikilb turardi, xona qorong’u va yagona shamning chirog’i uning yuziga tushib turgandi. Hayollar ichida qolib ketgan har bir nafasida o’y hayollar aylanardi shu payt eshik sekin ohang bilan taqqiladi. Eshik qorovullari Imperator oldiga Yiu Kiyoko kelganini xabar berdi. Imperator bosh irg’ab uni kirishiga ruxsat berganini tasdiqladi. Kiyoko sekin qadamlari bilan uni oldiga kirb keldi va hurmat ila quyi tazim qildi.
— Oliy hazratlari , siz uchun qiziqarli yangiliklar olib keldim. buni eshitib aniq hayratda qolasiz. — dedi kulimsirab Kiyoko
— Gapni cho’zmasdan maqsadga o’t , kim bilan gaplashayotganingni doim eslatishim shart emas — joyidan sal sinljigancha gapirdi Imperator.
Kiyoko sekin jilmayib qo’yarkan gapni boshladi.
— Shunday qilib bizning o’lkamizdagi o’sha mashxur qotilni yuzini ko’rishga muvaffaq bo’ldim, Aniqrog'i sovuqqon va yuraksiz yagona odamni .
Qirol Kiyokoga shubhali nigohlar bilan Sinchiklab qaradi.
— Bu mamlakatdagi har bir voqealardan xabarim bor har bir burchakni bilaman va men uchun yana bir kashfiyot olib kelib yana ham hursand qilding . Xo’sh evaziga nima so’ramoqchisan? Maqsadsiz keladigan odam emassan
— Cho’zishni hohlamaydiganga o’xshaysiz, yaxshi men hohlaydigan narsa bu mamlakatimizdan yaxshiroq boshbana va yetarlicha mablag’ kerak — Qirolga qarab turarkan uning ifodasini sekin o'rgandi. Imperator biroz o’ylanib qoldi, bu unga rostan foyda keltira oladimi deya biroz hayol surarkan Kiyokoga ham qarab qo’ydi.
— Yaxshi avval ishni bajar keyin mukofotni olasan muhlatni o’zim belgilayman, deyarli bir oy yoki bir yarim oy sarfla. Va buni tezroq bajarsang yaxshiroq mukofotlanasan — Imperator Kiyokoni chiqishiga ruxsat berdi va yotoqga yotib hayollar og’ushida uyquga ketishga tayyorlandi. Bu vaqtda Kiyoko saroy bo’ylab yurarkan unga oqsoch va hizmatchilar yomon ko’z bilan qaradi, u bularga e’tibor bermay orqa eshikdan chiqib ketdi. Mamlakat juda chiroyli edi, savdo va insonlar madaniyat ko’chada yugurib yurgan bolalar uylaridan derazaga qarab turgan qizlar har biri o’zgacha ko’rinish va go’zallikka ega. Bundan tashqari u yerda bezorilar to’dalari ham bor. Sohil bo’ylarida kemachi yigitlarga qizlar mahliyo bo’lgandi go’yo, mamlakat doimgidek gullab yashnagan. Kiyoko ham bu yerlarni yoqtirar hatto qora iz qoldirgan tarixlardan ham xabari bor. Bu mamlakatning buyuk va o'chmas Nomi Darkland edi. U yo’lda to’g’ri mahalliy ishratxonaga kirib, bir idish may buyurtma qildi. U borib o'zining Doimiy joyi chekkadagi qatorga o’tirdi. Bu joyda turli erkaklar, bezorilar va qotillar ham bo’lardi, ayollar kamdan kam kelsa ham Kiyoko bunga e’tibor bermagan muhimi unga bu yerdagi ichimliklar bilan o’ljalar yoqardi. ichib bo’lgach sekin turib pul to'lash uchun mezbonni oldiga keldi.
— Yaxshi tayyorlabsiz bu safar oldingilaridan yaxshi to’g’rimi? — Kiyoko mamnun jilmayib ma’lumotni olish uchun yaxshi vaqtda kelganini chundi.
— Ha doimgidan ancha yaxshi va yana kelsangiz oldingi qatordan yettinchi stulga o’tiring, o’zim tayyorlab qo’yaman — ishchi yigit sekin bosh irg’ab ma’lumotni uzatarkan , Kiyoko sekin chiqib ketdi. Ko’chada o’z ishlari bilan doim band bo’lgani uchun u deyarli uysiz edi.
Mm Deyarli qiladigan ishim qolmadi. Endi faqat unga e’tiborimni qaratishim kerak.
Kech tushib qolgandi va Kiyoko uxlash uchun bir kun tunab qolish mumkin bo’lgan yotoqxonaga bordi , u yerda anchagina tanishlari ham bor edi.
— Salom xonim men keldim tongda ketaman — Kiyoko mehmonxona egasiga shunday degancha xonalardan biriga kirdi, bu u uchun maxsus xona edi. Ko’pincha Kiyoko shu turar joyga kelgani uchun mexmonxona egasi bu xonani Kiyokoniki deb hisoblardi. xonaga kirishi bilan yotoqga o'zini tashladi.
— Bugun og’ir kun bo’ldi. Tezroq o’z uyimga ega bo’lsam uyoqdan buyoqa yurmasdim — Kiyoko shunday degancha sekin uyquga ketdi. U uyquga ketisji bilan allamahalda qandaydir tush ko'ra boshladi .
“Qorong’ulik ostida qolgan qiz, tinchlik hukm surayotgan yo’lakdan yurardi yo’lak oxiridagi eshikka yetib borish qiyindek go’yo. Atrofidagi daxshatli ovozlar qulog’ini qitiqlagancha tushanarsiz gaplarni pichirlasa boshqa tarafdan yer uni tortib ketayotgandek edi. Yurak urushi tezlashar, peshonasidan esa qaynoq ter oqardi, to’xtab qolganda esa sekin orqaga qaradi orqasiga qaraganida esa daxshatli narsaga ko’zi tushdi”
U o’z kunini befarqlarcha o’tkazar , o’gay otasni aytganlari bajarib so’zidan chiqmaydigan yigit edi . Otasini ta'limotini olganligi jang sanatini o’rgangani sabab mukammal josus va qotilga aylangan ipini uzolmaydigan qo’g’irchoqdek edi u . Kunlar shunday o’tardi , toki bugungi tundagi holat yuzaga kelmaguncha .
tunda mayxona
Kunduzgi quyosh nuri yerga cho’karkan, tunning yorug’ va sirlar ichida qolgan uylar yonidan yuradigandek oy ko’tarila boshladi. Ko’chalardagi sham chiroqlarni insonlar yoqishdi va tungi mayxonalar ham ochildi. Shunda Kiyoko sekin qadamlar bilan doimgi keladigan mayxonaga yetib keldi. Eshikni ohista ochib har gal buyuradigan maydan oldi va oldingi qatordan yettinchi stolga o’tirdi. Oradan bir muncha vaqt o’tgan mayxonaga yana bir odam kirib keldi. Boshqalardan ajralib turadigan sodda va chiroyli deyarli e’tibor tortmaydigan. Yuzida esa qora niqob bilan yopilgan faqat uni oy kabi porlab turgan ko’zlari ko’rinib turardi . Kiyoko ozgina yuzinj burish bilan unga qaradi va maydan bir ho’pladi. Yigit sokin qadamlar bilan kelib Qizdan bir stol oldinga o’tirdi . Kiyoko yigitga o'ynoqilik bilan ko’zini qisdi
— Avval sizni ko’rmagan ekanman yangimisiz? - Yigit uni e’tiborsiz qoldirdi , lekin qiz uni so'roqqa tutishda davom etdi .
— Aytgancha men ham bu yerda yangiman deb o’ylayman balki shuning uchun sizni ko’rmaganman .
Kiyoko yigitni gapirishga majbur qilardi, nihoyat yigit boshini sekin ko’tarib qiz bilan ko’zlarini birlashtirdi. Kiyoko ko’zlarini yigitni ko’zidan uzolmasdi huddi bu ko’zlarga cho’kib ketayotgandek .
— Doim o’tiradigan joyingizdan turib bu yerga keldingiz va doimgi maydan yana ichyapsiz, xo’sh yaqinlashishdan maqsad nima? — sovuq ohangda gapirdi yigit .
— Juda e’tiborli ekansiz janob, lekin adashdingiz bu yerga siz bilan shunchaki maqsad haqida gaplashgani kelmaganman, shunchaki rohatlanyapman. — Maydan yana bir ho’plab ensasini qotirdi qiz kulimsiragancha .