QUEEN CROWN-EP3
Pastda, minorada Yuri hali hushida emas edi. Uning yuragi sekin urayotgan, terisi sarg‘aygan, lablari ko‘kargan edi. Garchi u tirik bo‘lsa-da, go‘yoki u boshqa dunyoda yurardi.
Hyunjin qizni tomosha qilib o‘tirgan edi. Uning har bir nafasida yuragi og‘rirdi. Kechagi xuruj, Yurining o‘zini zaharlab bo‘lsa-da to‘xtatishi — bu oddiy kuch emasdi. Bu o‘zini fido qilish edi.
Eshik ochildi. Saroy posboni bir rulo qog‘oz bilan ichkariga kirdi. Uni Hyunjinga uzatdi.
Muhrli. Qizil.
“Malika Yuri tong otishidan oldin yo‘q qilinsin. Qochishga urindi, deb rasmiylashtirilsin. Shaxsan sizga topshiriladi.” deb yozilgandi
U so‘nggi so‘zlarni takrorlab o‘qidi: "Shaxsan sizga."
Hyunjin asta Yuriga qaradi. Qizning kipriklari titrardi. U uyg‘onayotgan edi.
Ammo u buni ko‘rishni xohlamadi. Ko‘zlaridagi og‘riq haddan tashqari chuqur edi.
Yana bir bor qog‘ozga qaradi.
Buyruq – yoki yurak?
Itoat – yoki xiyonat?
Hyunjin javob bermadi. Faqat qo‘lini uning yuziga qo‘ydi. Bu nafaqat tasalli, bu — vidolashuv edi.
Ammo u zanjirlarni yechmadi. Endi har bir qarori ikki odamning emas — butun qirollikning taqdirini hal qilardi.
Hyunjin minorani tark etdi. Qog‘oz ruloni beliga yashirib, yuzidagi qattiq ifodani saqlab qoldi. U yuragida bo‘layotgan bo‘ronni hech kim sezmasdi — hatto posbonlar ham.
Saroy yo‘laklarida qirol askarlari saf tortgan, yana bir navbatdagi “qochqin” qatlga tayyorlanayotgandi. Hali hech kim malikaning kimligini aniq bilmas, ammo unga qarshi buyrug‘ni bajarish — tantanali harakat sifatida ko‘rilardi.
Ammo Hyunjin yuragini tinglashga qaror qildi.
U saroyning pastki qismidagi yashirin tibbiyot xonasiga yo‘l oldi. U yerda faqat bir kishi bor edi — Melina, eski tabib va Yurining sirdoshi. U Yurining qanday mavjudot ekanini tushunadigan yagona ayol edi.
Hj-Men uni o‘ldirolmayman, Lekin endi uni bu yerda saqlab bo‘lmaydi.
Melina- Sen bilasan, Hyunjin. Agar Yuri yashasa,ularning rejasi chippakga chiqadi. U faqat sen ishonadigan dunyoda omon qoladi.Uni bu yerda saqlab bo'lmaydi, hatto uni otasi bo'lsada u qiziga qayg'urmaydi
Yuri uyg‘ondi. Zanjirlar hanuz joyida edi. Ammo bu safar yuragida qo‘rquv emas, g‘azab bor edi.
U asta harakatlana boshladi. Qo‘llaridagi eski jarohatlar ochildi, ammo u qaytishga tayyor edi. Zahar tanasidan chiqqandi. Endi u kuchsiz emasdi — endi u g‘azab bilan to‘la edi.
Eshik ochildi, bu Hyunjin emas aksincha qirollik askarlari edi
Askar1-Qirol buyrug‘i,mahbusni yuqoriga olib chiqamiz.
Yuri- kimni mahbus deyapsan lanati o'lging kelyaptimi? Men malikaman
To‘satdan minoraning ustki qismidan portlash eshitildi. Yong‘in chiqqan, signal ko‘tarilgan edi.
Shu payt Hyunjin yashirin eshik orqali paydo bo‘ldi.
Hj orqa eshikdan kelib- Yuri, vaqt yo‘q. Men seni bu yerdan olib chiqaman.
Yuri unga qaradi. Ko‘zlarida ko‘r qo‘rquv emas, minnatdorchilik porlab turardi.