July 12, 2025

#love_me

ep.3

~Monaning bu kesatiqli gaplariga Hyunjinning jahl maximal darajaga yetdi va Monani bilagidan ushlab tortdi va Monani oʻzi va maktab karidori devori orasiga qamadi.

Hyujin:men senga ovozingni oʻchir dedim. Men bilan gaplashyapsan. Oʻylab gapir.

Mona:nima uchun unday qilishim kerak. Menga aql oʻrgatma. Oʻzing muloyim boʻlganingda men ham yaxshi gapirar edim. Undan tashqari katta xolangni qizi bilan gaplashmayapsan. Masofa saqla

~Hyunjin Nimaga yanada yaqinlashdi.

Hyunjin:unday qilmasamchi nima qilasan. Mana shu mitti qoʻllaring bilan meni urasanmi. Yoki huddi akulaniki kabi baquvvat jagʻlaring va burgutnikidek oʻtkir ovozing bilan baqirsanmi. Agar shularni qilmoqchi boʻlsang oldindan aytaman yordam bermaydi.

~Mona Hyunjinni itarishga harakat qildi. Ammo Hyunjin hatto joyidan qimirlamadi.

Mona:men seni qoʻpol desam qip qizil surbet ham ekansanku. Men senga uzoqlash mendan dedim.

Hyunjin va Mona tasavvur uchun

Hyunjin:avval uzr soʻra

Mona:kechirim??! seni esing joyidami. Nima uchun men kechirim soʻrashim kerak ekan. Sen aslida mendan uzr sorashing kerak ahmoq.

Hyunjin:men seni yana ogohlantiryapman ogʻzingga qarab gapir. Hudo haqqi oʻzimga javob bera olmayman.

Mona:Hyunjin qoch. Masofa saqla mendan

~Shu payt Han sinfda daftari qolib ketganini eslab ortga qaytgan edi va Hyunjin va Monani koʻrdi.

Han:Mona?Hyunjin?sizlar birga?bundan holatda?nima qilyapsizlar oʻzi?!

Mona:yo hudo najot farishtam keldi. Han iltimos menga yordam ber. Mana bu telba menga zoʻravonlik qilyapti.

Hyunjin: zoʻravonlik qilyapmanmi?? Hoy agar men zoʻravonlik qilsam qolimdan sogʻ chiqmaysan.

Mona:oʻzingni zorman deb oʻylaysanmi.

~Han vaziyatni koʻrib nima boʻlganini tushunmasada Hyunjinni yelkasidan ushlab Monadan uzoqroq tortdi. Hanga ham Hyunjinni Monaga bunchalik yaqin turishi yoqmagandi.

Han

Han: Hyunjin nima qilyapsan.q

Hyunjin:oʻzi boshladi. Menga hurmatsizlik qilib har hil soʻzlar aytdi.

Han:ahir u qizbola. Ozgina muloyimroq boʻlishing kerak.

~Han shunday deb Monani qoʻlini ushladi va karidor boʻylab yurib ketdi. Hanni biroz jahli chiqqandi. Ammo nima uchun ekanligini oʻzi ham bilmaydi.

Mona:Han...

~Han Monaning ovozini eshitib toʻxtadi.

Han:hmm?

Mona:rahmat senga

Han: arzimaydi. Uying qayerda kuzatib qoʻyaman.

Mona:ovora boʻlib qolmaysanmi.

Han:yoʻq albatta ovorasi bor ekanmi. Qayerda yashaysan.

Mona:piyoda yursak taxminan yarim soatlik yoʻl.

Han:juda yaxshi unda kettik.

Mona:kettik

Mona

Timeskip

Felix&Soojin

~Soojinni biroz qovoqlarini uyib olganiga qaramay Felix uni kulib mashinasiga olib bordi. Felix Soojinga mashinasi eshigini ochib berdi ammo Soojin qovoqlarini solib oldi.

Soojin:oʻtirmayman.

Felix:nega. Nima qildim senga

Soojin:sekinroq muomala qilish kerak.

Felix:men ham sekinroq muomala qildim. Yoki kaltaklab olib chiqdimmi seni. Qani qaysarlik qilma oʻtir.

Soojin:yoʻq dedim

Felix:aniq oʻtirmaysanmi.

Soojin:ha oʻtirmayman.

Felix:oʻzing bilasan.

~Felix indamay Soojinni dast koʻtardi. Soojin qoʻrqib ketdi.

Soojin

Soojin:hooy Felix tushir meni.

~Felix mashina eshigini ochdi va Soojinni mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtkazib eshikni yopdi.

Felix:men senga oʻtir dedim oʻtirmading.

~Felix aylanib oʻtib mashinaning haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirdi va kulib Soojinga qaradi. Soojin esa Felixni tirjayishidan battar asabiylashdi.

Soojin:Felix yaramas hozir oʻldirib qoyaman seni. Hayda mashinangni

~Soojin arazlab mashina oynasiga boshini qoʻyib oldi. Felix esa Soojinni qiliqlarini koʻrib kulib unga qarab turdi va mashinani harakatga keltirdi.

Pov.Felix

Qaysar ammo goʻzal. Barcha qiliqlari oʻziga yarashadi. Ehh Soojin seni meni tipimdagi qizsan. Menga nasib qilarmikansan

Felix

Timeskip

BangChan&Yuna

Oradan 2 soatdan ortiq vaqt oʻtgan va kutubxonada Chan va Yana tayyorlanishini endi tugatishgan edi.

Yuna: ha sen slayd yasaysan men esa mavzu haqidagi maʼlumotlarni ikkimiz uchun ham yozib senga yuboraman.

Chan: tushunarli. Yuna kun ham kech boʻlib qolibdi. Bu paytda bir oʻzing keta olmaysan. Men seni kuzatib qoʻyaman.

Yuna: yoʻq shart emas. Oʻzim yetib olaman.

Chan:tashlab qoʻyaman dedim. Qani kettik.

~Chan kutubxona eshigi tomon yurdi ortidan Yuna ergashdi. Eshikdan chiqib Channing mashinasiga oʻtirishdi va Chan Yunani uyiga yoʻl oldi. Yoʻlda suhbatlashib ketishdi.

Chan

Chan:Yuna oʻzing haqingda gapirib ber.

Yuna:ismim Yuna. 18 yoshdaman. Bu yerda Mona va Soojin bilan birga yashayman.

Chan:ota onangchi.

Yuna:ular menga pul joʻnatib turishadi. Oʻzlari Amerikada. Men yoshligimdan ularni eʼtiborini deyarli koʻrmaganman. Buvimning qoʻlida katta boʻlganman. Ammo 5 oy oldin Buvim ham ukam bilan Amerikaga ketishdi. Men bu yerga yolgʻiz qoldim. Faqat Mona va Soojin bor mening hayotimda.

Chan: kechirasan

Yuna:nega uzr soraysan. Hechqisi yoq

~Chan Yunaning gaplarini eshitib ichidan gʻalati boʻlib ketdi va boshqa gapirmaslikka qaror qildi.

Yuna

~15 daqiqalardan keyin Channing mashinasi qizlarning kvartirasi oldida toʻxtadi. Yuna Changa qaradi.

Yuna:rahmat senga. Mayli yaxshi yetib ol. Hayrli tun

Chan:mayli senga ham hayrli tun

Yuna:rahmat

~Yuna mashinadan tushdi va uyga kirishdan oldin Changa qoʻl silkitib ichkariga kirib ketdi. Chan ham jilmayib Yuna kirib ketganidan keyin mashinani oʻt oldirdi va uyiga ketdi.

~Yuna uyga kirdi va dorama koʻrib oʻtirgan Momani koʻrdi.

Yuna:Mona

Mona:ha Yuna keldingmi. Ahvoling yaxshimi

Yuna: yaxshiman rahmat. Soojin qayerda.

Mona:Felix bilan. Loyiha ishiga tayyorlanishga ketgan. Hali qaytmadi.

Yuna:haa tushunarli.

Mona:ovqatlanasanmi ovqat qilib qoydim

Yuna:yo hudo buncha yaxshisan. Boʻriday ochman albatta yeyman.

Mona:yur unda birga ovqatlanamiz. Soojin ham kelib qolsa kerak. Hech biringiz yoʻqligingiz uchun bir oʻzim ovqatlanishni istamagandim.

~Qizlar oshxonaga kirishdi va ovqatlanish uchun stollarni toʻgʻrilay boshlashdi.

Yuna and Mona

timeskip

~Felix va Soojin ham loyiha ishini tayyorlab boʻlishdi va Felix Soojinni uyiga tashlab qoʻyish uchun birga yoʻlga chiqishdi.

Felix:Soojin sen Koreys emassan shundaymi.

Soojin:ha men Tailanddanman. Sen ham koreysga oʻxshamaysan.

Felix:toʻgʻri men ham Avstraliyalikman. Senga bir narsa koʻrsatmi.

Soojin:nima

Felix:hozir...

~Felix telefoniga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi va u telefonni koʻtardi. Ammo telefon qolidan sirgʻalib oʻrindiqning tagiga tushib ketdi. Felix telefonini olishga harakat qildi.

Felix:Jin ursin

Soojin:Felix ehtiyot boʻl ruldasan. Felixxxx.........

N'fires mana silaga ep.3 yoqadi digan umiddaman💋