August 10, 2025

#unnoticed

ep.2

Jk:Oyi bu qiz Kira. Mening sevgilim va sizning boʻlajak keliningiz.

~Mona bu gaplarni eshitib qotib qoldi. U yillab kutgan insonidan eshitgan gaplari tufayli nafas olishni unutdi goʻyo. Shu payt Jungkookning koʻzi Monaga tushdi va unga gʻalati qaradi. Huddi bu insonni qayerdadir koʻrib eslay olmayotganday. Mona Jkning nigohini payqadi. U jungkookning qahvarang koʻzlari bilan toʻqnashganda yigʻlab yubormaslik uchun koʻzini olib qochdi va oshxonaga kirib ketdi. Soʻng bogʻga chiqdi. Oʻzining sevimli maskaniga aylanib qolgan bogʻning oʻrtasiga borib oʻtirdi va koʻzlaridan hohlamasada nazoratsiz toʻkilayotgan yoshlariga endi erkinlik berib yigʻlay boshladi.

Mona (bogʻda dib tasavvur qilasla)

~Mona bogʻda yigʻlab yarim soatcha qolib ketdi. Soʻng onasiga yordamlashishi kerakligini va hozir onasi uni qidirsa va bu ahvolda topsa havotir olib mazasi boʻlmasligini bilib oʻrnidan turdi. Hali ham nazoratsiz oqayotgan koʻzyoshlarini artib chuqur nafas oldi va yigʻlab yubormaslik uchun lablarini tishladi va vannaga borib yuzini yuvdi va oshxonaga bordi.

Hwang x: voy qizim vaqtida kelding. Ishlarga ulgurmayotgan edim...toʻxta koʻzingga nima qildi? Nega qizarib shishib ketgan? Nima boʻldi, yigʻladingmi?

Mona:haligii...yoʻq oyi yigʻlamadim. shunchaki yana alergiyam boshlandi shekilli.

Hwang x: ha mayli qizim hech oʻzingga qaramaysanda. Unda men oʻzim amallayman. Sen uyga borib dam ol.

Mona:hop oyijon

~Mona arang jilmayib oshxonadan chiqib ketdi va hizmatkorlar uyiga yoʻl olganida yana koʻzlari namlana boshladi. Mona uy ichiga kirdi va oʻzining yotogʻiga yotib yostigʻini quchib yana yigʻlay boshladi.

Pov Mona:nega nima uchun? Jeon Jungkook ahir men seni yigʻlab kutdimku. Seni deb hech kim bilan munosabatda boʻlmadim. Hatto boshqa yigitga qarash uyoqda tursin sendan boshqa erkak zoti haqida hayol ham qilmadim. Menga qanday vada bergan eding. Ahir ketishingdan oldin meni unutmagin men ham seni unutmayman degan edingku...

~Monaning yoshga toʻlgan koʻzlari endi bilagidagi bilakuzukga tushdi va oʻtmishni eslab yanada qattiq yigʻlay boshladi.

Monaning bilaguzugi

Flashback ➡️2010-yil.

~8 yoshli Jungkook qovoqlarini uyib mutlaqo hafa holatda qorgʻon zinasida oʻtirardi. Uning oldiga Mona keldi va Jungkookni hafaligini koʻrib oldiga oʻtirdi.

Mona:nima boʻldi Kookiee.

~Mona ataylab Jungkookni Kookie dedi. Chunki Jungkookga bunday chaqirishlari yoqmaydi. Mona uning kayfiyatini koʻtarib hazillashmoqchi edi ammo Jungkookdan hech qanday javob boʻlmagach battarroq havotirlana boshladi.

Mona: Jungkook nima boʻldi.

Jk:Moniy...dadam meni Amerikaga olib ketmoqchi.

Mona:Amerika? U yer uzoqmi?

Jk:ha judayam uzoq.

Mona:yaxshiku. Juda koʻp doʻstlar orttirasan.

Jk:ammo senchi. Mona menga sen yetasan. Boshqa doʻst kerak emas.

Mona:ammo boshqa ilojing ham yoʻq...

~Jungkook Monaning qoʻlini ushladi.

Jk:Moniy...

Mona:hmm?

Jk:meni unutmaysana. Vaʼda ber. Seni unutmayman de. Men ham sen unutmayman. Chunki sen menikisan. Meni Moniyimsan.

Mona:albatta unutmayman. Faqat sen ham meni unutmagin maylimi. Ahir seni eng yaqin doʻstingman.

Jk:albatta. Va bu senga

~Jungkook Monaga qizil rangli bilaguzuk berdi.

Jk:Bu bilaguzukni bir jufti menda. Qachon meni sogʻinsang bu bilaguzukga qarab meni esla. Men esingdan chiqarsang bu bilaguzuk senga meni eslatadi.

Mona:voy bu buncha chiroyli. Albatta rahmat....

FLASHBACK➡️ hozir.

~Monaning xotirasidan deyarli 10 yilgi Jungkook bilan ohirgi suhbati oʻta boshladi.

Pov. Mona:Nima uchun vaʼdangda turmading. Ahir menga vaʼda bergandingku seni unutmayman deb. Mening Moniyimsan degandinggku. Nega bunday qilding? Nega? Seni 10 yil shuning uchun kutdimmi. Bilaguzuk berib meni kut men albatta qaytaman, meni unutma deding. Men seni unutmadim va sevishdan ham toʻxtamadim. Uzoqda boʻlsang ham har daqiqa senga boʻlgan muhabbatim ortib bordi. Ammo sen hatto meni kimligimni ham eslolmasang kerak...

~Mona shu ahvolda kechgacha yotdi. Hattoki suv ham ichmadi. Shu payt onasi xonasiga kirdi. Mona bu ishlarni onasiga bildirmaslik uchun oʻzini uxlaganga solib koʻzlarini yumdi. Onasi esa Monaning oldiga oʻtirib sochlaridan siladi va peshonasidan oʻpdi.

Hwang x: meni shirintoy qizalogʻim. Bechoraginam qattiq charchabdi. Alergiya ham yomonda. Insonni holsiz qilib qoʻyadi. Mayli dam ola qolsin. Bezovta qilmay.

Hwang xonim

~Hwang xonim Monaning peshonasidan oʻpdi va xonadan chiqib ketdi. Mona ertalabgacha uxlamadi. Faqat yigʻlab oʻylab chiqdi.

Pov. Mona:yetarli endi Mona. Seni hatto eslolmaydigan inson uchun koʻz yosh toʻkma. U koʻz yoshlaringga arzimaydi. Endi kelajagim uchun harakat qilaman. Yaxshi oʻqiyman. Kollejni ham yaxshi baholarga bitiraman. Bugundan yaxshi oʻqishni boshlayman. Kitob oʻqiyman, rivojlanaman. Ammo tezroq pul topishim kerak. Ishga joylashishim kerak. Chunki bu qoʻrgʻondan tezroq chiqib ketishimiz kerak. Avval ishlab pul yigʻib soʻng oyimga aytaman. Ahir men har kuni Jungkookni koʻrib yashay olmayman.

~Soat 06:02 ammo Mona allaqachon tayyor edi. Hwang xonim Monani uygʻotish uchun uning xonasiga kirdi va Monani kollej formasida, tayyor boʻlib oʻtirganini koʻrib hayron boʻldi.

Hwang x:Senmisan Mona?

Mona: albatta oyijon. Nega hayron boʻlasiz. Ahir men ham qiz bolaman. Erta tura olaman.

Hwang x:voyy seni qiz bola boʻlgan. Avvallari seni soat 7da krovating qoshiga kelib zambarak oʻtib arang uygʻotar edimku. Bir kun erta turib menga aql oʻrgatyapsanmi.

Mona:yaaa oyi... Mayli oyi men ketdim. Ertaroq borishim kerak edi. Yaxshi oʻtiring. Koʻp ish qilmang, oʻzingizni charchatmang.

~Mona onasining yuzidan oʻpdi va avval eshikdan song butun uydan chiqib ketdi. aslida u Jungkook bilan koʻrishmaslik uchun bunchalik erta ketayotgan edi. Mona tez tez qadamlar bilan darvoza tomon yoʻl olardi. Uning koʻzlari qoʻrgʻonda edi. Koʻzlari va oyoqlari ikki hil tomon boʻlgani uchun tabiiyki u yoʻlni koʻrmayotgandi va birdan qattiq narsaga urildi......

Mana ep.2 oʻylimanki yoqadi. Imlo xatolari uchun uzr. Tekshirmadm.