#love_me
Soojin:Felix ehtiyot boʻl ruldasan. Felixxxxxx
~Felixni mashinasining oldida ketayotgan yuk mashinasi birdan toʻxtatdi. Felix va Soojin avtohalokatga uchrashiga bir bahiya qolgandi. Ammo Felix ulgurdi. U mashinani tezlikda yoʻl chetiga burdi va tormoz bosdi. Mashina esa tunchiroqga urilib toʻxtadi. Felix mashina toʻxtaganidan keyin chuqur nafas oldi va Soojinga qaradi. Soojin esa qoʻrqib ketgandi. Felix Soojinni chaqirib yelkasiga qoʻlini qoʻyganidan keyin oʻziga keldi va mashinadan tushdi. Felix ham ortidan tushdi.
Felix:Soojin qayerga ketyapsan.
Soojin:uyimga. Ikkinchi sen bilan bir mashinaga oʻtirsam kuchuk boʻlay Felix, kuchuk boʻlay. Sal qolsa hali yorugʻlik koʻrmagan hayotimga nuqta qoʻyar eding. Shuncha yillik hayotim koʻz oldimdan oʻtib ketdi. Shunchalik ham befarq boʻlasanmi. Oʻzing mayli ammo menchi. Hech boʻlmasa men uchun koʻzinga qarab haydasang oʻlasanmi. Yo hudo umrimni yarmi qisqardi. Men aniq insult boʻldim.
~Soojin kuyunib, asabiylashib gapirardi. Ammo Felix uning gaplariga shunchaki kulib qarab turardi. Soojin Felixga qaradi va tirjayib turgan yuzni koʻrib yana asabiylashdi.
Soojin:vooyy sen hayvon. Men oʻlaman desam sen kulaman deysanmi. Hayotimga nuqta qoʻyarding deyapman senga. Uzr soʻrashing kerak. Oʻzi nega sen kaltafahmni uyingga bordim. Yetmaganiga nega meni uyimga mana shu lanati mashinangda olib borib qoʻyishingga rozi boʻldim. Shunchalik ham ahmoq boʻlamanmi. Undan koʻra uyimgacha emaklab ketganim yaxshi edi. Oʻldirarding sal qolsa meni. Toʻnka
~Soojinni gaplaridan endi Felix qah qah otib kula boshladi. Soojin esa battar asabiylashdi va katta yoʻl tomon yura boshladi. Uning ketayotganini koʻrib Felix tezda jiddiylashdi va Soojinga yuzlandi.
Felix:Hoy Soojin esingni yedingmi. Qayerga ketyapsan.
Soojin:ochiq mozorga ketyapman. Borasanmi?
~Felixni tushunmagan ohangini eshitib Soojin toʻxtab Felixga qaradi.
Soojin:ahmoq. Uyimga ketyapman qayerga ketaman boshqa.
~Felixni bu gapidan Soojinni sabri toʻldi va yerda yotgan suv idishini olib Felixga otdi. Idish borib toʻgʻri Felixni boshiga tegdi.
Soojin:asabimni egovlash uchun tugʻilganmisan. Battar boʻl eshak senga bu ham kam.
~Felix yolgʻondan boshini ushlab yerga oʻtirib oldi.
Felix:voyy boshim. Voy oyijon. Ogʻriyapti, yomon ogʻriyapti.
Soojin:senga bu ham kam. Battar boʻl.
~Soojin boshida Felixga etibor bermadi. Ammo Felixni ajoyib roʻl ijro etishidan Soojin rostdan ham qattiq tegdi deb oʻyladi va Felixni oldiga borib oʻtirib, yelkasidan ushladi.
Soojin:hoy nima boʻldi senga. Yomon tegdimi shunchalik yomon ogʻriyaptimi.
~Felix soxta ogʻriq bilan voy voylab birdan Soojinni oʻziga tortib quchogʻiga yiqitdi. Soojin birdan boʻlgan hodisadan qoʻrqib ketdi. Felix esa Soojinni ustidan kulardi.
Felix:meni koʻzing qiymaydi aaa. Meni tashlab ketolmaysan.
~Felix Soojinni qitiqladi. Soojin esa kulib Felixdan qochishga harakat qilardi.
Soojin:uyatsiz...qoʻyib yubor haha...Felix iltimoss
~Soojin kulib Felixni bilagiga yopishib amallab oʻrnidan turdi va mashinani ortiga yugurdi. Felix ham kulib oʻrnidan turdi.
Soojin:yaqin kelma. Koʻzingni oʻyib olaman.
~Felix kulib Soojin tomon yurdi. Soojin esa ortga yurdi. Ularning koʻzlari esa bir biridan uzilmasdi. Soojin Felixga qarab ortga yurayotgani uchun ortidagi yoʻlni koʻrmayotgandi. Birdan Soojin notoʻgʻri qadam bosdi va yiqilib tushdi. Oyogʻi biroz qattiqroq tushib ogʻriq berdi va yigʻlab yubordi. Felix buni korib Soojinni oldiga yugurdi.
Felix: yaxshimisan. Meni kechir meni deb boʻldi. Kel oyogʻingni koʻrib qoʻyaman.
~Felix Soojinni topigʻini sekin, ehtiyotkorlik bilan tekshirdi.
Felix: hammasi yaxshi. Shunchaki yiqilganing uchun ogʻriyapti. Endi seni uyingga olib boraman. Qani kel
~Felixni qoʻli Soojinni tizzalari ostidan aylangandi hamki Soojin oyoqlarini tortib oldi.
Soojin: koʻtarma meni. Oʻzim yura olaman.
Felix: aniqmi. Men boʻlmasa mashinada boʻlaman qaysarxonim. Oʻzing turib borasan.
~Felix shunday deb oʻrnidan turdi va sekin mashina tomon yura boshladi. Soojin ham oʻrnidan turmoqchi boʻldi ammo tura olmadi. Oyogʻi ogʻriyotgan edi. Atrofdan esa gʻalati ovozlar eshitilardi. Soojin chiday olmadi. Hozirgi vaqtda unga yordam bera oladigan yagona inson Felix edi.
~Felix Soojinni yalingudek ovozini eshitib jilmaydi va unga qaradi.
Soojin:men qoʻrqyapman. Yordam ber menga.
~Felix tirjayib Soojinni oldiga keldi va tezda uni koʻtarib oldi.
Felix: oʻylaganimdan yengil ekansan.
Soojin:ha shunday. Nima 300 kg boʻlishim kerakmi.
Felix:albatta yoʻq. Men seni 70 kg deb oʻylagandim.
~Felix Soojinga qarab tirjaydi va yelkasiga zarba bergan Soojinni qoʻllarini his qilib battarroq kuldi va uni mashinaga olib borib oʻtqizdi.
~Mona va Yuna uyda Soojindan havotir olib oʻtirishgan edi.
Yuna:kelsa oʻzidan soʻraymiz. Oyogʻini sindiraman men bu qizni. Yoki...hoy Mona Felix bilan birga qoldimikana.
Mona:Yuna esingni yedingmi. Soojin yigitlar bilan kelisha olmaydi. Boya Felix bilan ham rozi boʻlmay ketayotgan edi. Kelib qolsa kerak. Nima boʻlsa ham yaxshi bolsinda.
~Yunaning gapini eshik qoʻngʻirogʻi buzdi. Yuna va Mona bir biriga qarashdi va tezda turib eshikni ochishdi. Eshikni ochib koʻrgan manzarasidan esa shokka tushishdi. Eshik tashqarisida Felix Soojinni koʻtarib turardi.
Mona:Yo hudo ikki tentak bu nima ahvol.
Yuna:koʻrdingmi men nima degandim.
Yuna: albatta boshqa variantingiz ham yoʻq chunki.
~Felix Soojinni koʻtarib ichkariga kirdi va divanga qoʻydi.
Felix:men endi ketsam boʻladi.
Mona:qayerga ketasan. Qani oʻtir ikkingiz nima uchun bunday ahvolda kelganingizni tushuntirasiz. Hoy men senga dugonamni ishongandim. Bu nima ahvol. Bir urib chakagingni yoraymi hozir.
Yuna:olgʻa Mona shunday qilish kerak. Men sen bilanman. Kuching yetmasa qoʻlini ushlab turaman.
~Felix oʻtirdi va Soojin bilan birga boʻlgan voqeani aytib berishdi. Yuna va Mona eshitib hayron qolishdi.
Yuna:yoʻlda ehtiyot boʻlmaysizmi. Biz bu yerda qattiq havotir oldik. Miyyamga ming bir hayol keldi ahir.
Mona:hechqisi yoʻq, ataylab qilmagansan ahir.
Felix:haligi men ketishim kerak. Mayli qizlar ertaga maktabda koʻrishamiz.
~Mona Felixni kuzatib qoʻydi. Soʻng, Yuna va Mona Soojinni xonasiga olib borishdi va oʻzlari ham xonalariga borib uyquga ketishdi.
~Qizlar uygʻonishdi. Nonushta qilib, makeup qilishdi va formalarini kiyib oʻqishga ketishdi. Soojindan tashqari. Soojin oyogʻi biroz ogʻrigani uchun uyda qoldi. Yuna va Mona maktabga yetib kelganidan keyin Chan ularni koʻrib qoʻl silkidi. Yuna va Mona Chan bilan salomlashdi. Chan ham ular bilan iliq salomlashdi.
Chan:yaxshi keldingizmi qizlar. Yuna meni oldimda oʻtirasanmi. Loyiha ishini qolgan narsalarini kelishar edik.
~Yuna Channi oldiga oʻtirdi. Mona esa atrofga qaradi. Han yolgʻiz telefon oʻynab oʻtirganini koʻrdi va oldiga borib yelkasidan ushladi. Han qoʻrqib ketdi va Monani koʻrib tabbasum qildi. Mona ham kulib Hanga qoʻlini uzatdi.
Mona:qalaysan, ahvoling yaxshimi.
~Han ham jilmayib uning qoʻlini ushlab qisdi
Han:yaxshiman oʻzing qalaysan.
Mona:men ham yaxshiman rahmat.
~Shu payt Monaning qoʻlidan kimdir ushladi va bu ......
Mana ep.4. yoqadi dib oʻyliman. Fikr va reaksiyelani ayamela girls💞