July 1, 2025

#serenade _of_silence

Ep2

Darsdan soʻng Lena va Mona uyga yoʻl olishdi. Birga kulishib gaplashib ketishayotgan edi va birdan Lena universitetda telefoni qolib ketganini angladi.

Lena: Monaaa telefonim universitetda qolib ketibdi.

Mona:yo hudo ahmoq. Endi nima qilamiz.

Lena:unda sen uyga ketaver. Men taksida tez borib kelaman.

Mona: mayli men ertaroq borib kechki ovqat tayyorlayman. Ammo idishlarni sen yuvasan.

Lena:yaxshi, yaxshi. Endi men boray-deb Lena katta yoʻlga chiqib taksi toʻxtatdi va universitetga qaytib ketti. Mona esa uyga hayol surib ketayotgan edi. Hayol bilan katta yoʻlga chiqib ketganini, piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotganini sezmay qoldi. Shu payt katta tezlikda kelayotgan bir mashina kelib Monani turtib yubordi. Mashina tormoz bosdi ammo ulgurmadi. Mona yerga oʻtirib qoldi. Mashina haydovchisi mashinadan tushdi. Bu Jungkook edi. Jk tushib Monaga baqirib ketdi.

Jk:hoyy bu yoʻlni senga dadang qurib berganmi. Hohlagan joyingda hohlagancha yurasan. Katta yoʻlda koʻzingga qarasang boʻlmaydimi. Sal qolsa boshimga balo boʻlarding.

Mona:nimaaa? Hoy toʻnka ahir seni deb boʻldi. Sen kelib meni urib yubording. Yana aybni menga agʻdaryapsanmi. Juda aqlli ekansan nega oʻzing katta yoʻlda mashinani tez haydayapsan ahmoq. Yosh umrimni hazon qilarding sal qolsa. Uzr sorashing kerak aslida.

Jk kinoyali kulib: uzr soʻrash?! Yana nima qilay. Balki koʻtarib shifoxonaga ham olib borarman. Qiz bola degan ham shunchalik zahar boʻladimi.

Mona:hali men zaharmanmi. Yaramas, ahmoq aslida sen zaharsan. Erkak kishi boʻla turib qiz bola bilan oʻchakishyapsan. Biroz gentleman boʻl.~Mona biroz kuldi va koʻrsatib: Yoki hohlasang hozir uyimga bor. Kiymayotgan kiyimlarim, yupkalarim bor. Senga juda yarashadi. Sahiylik qilib senga berib yuboraman.

Jungkookni jahli chiqib:hoyy yalmogʻiz nima deding.

Shu payt mashinadan Tae tushdi.

Tae:hoy Jk boʻldi kettik. Xonim ming bor uzr bizni kechiring.

Mona oʻrnidan turdi va Jungkookga qarab: doʻstingdan madaniyatni oʻrgan dugonajon! ~deb yurgan yoʻlida biroz oqsoqlanib davom etdi.

Jungkook Taening qistovi bilan mashinaga oʻtirdi.

Jk:bu qiz qanday aaa. Gapirayotgan gaplarini eshittingmi. Menga yupkalarini berarkan. Oʻzini kim deb oʻylayapti. Meni tanimaydi shekilli. Shunday hotining boʻlsa urdi hudo. Umringni ohirigacha haqiqiy ilon bilan yashaysan.

~Jungkook asabiylashib gapirgani sayin Tae uning ustidan kulardi. Soʻng Jungkook Taeni boshiga urdi. Ammo Tae toʻxtamadi.

Jk:yaramas oʻchir ovozingni. Nega kulasan

Tae:senga juda mos ekan.

Jk:tavba qildim de. Gapingni qaytarib ol

Tae:yoʻq yoʻq juda zoʻrku. Seni shu qiz tarbiyalaydi.

Jk:men 2 yoshli goʻdakmidim bu qiz meni tarbiyalasa. Bu yalmogʻizni oziga tarbiyachi kerakku

Tae:ehh mayli hayda. Asabingni buzma boʻlib turadi.

~Jungkook mashinani haydadi.

Jungkook tasavvur uchun

Pov Mona:

Yaramas oʻzini kim deb oʻylayapti. Oyogʻim ham biroz ogʻriyapti. Uzr soʻrash oʻrniga menga baqirdi eshak. Toʻnka hali koʻrsatib qoʻyaman senga. Ahmoqlar shoxi yoʻq yoʻq ahmoqlar malikasi. Nozik malikasi.

~Mona jahl bilan uyga yetib keldi va kiyimlarini almashtirib pizza pishirishga kirishdi. Birozdan keyin Lena ham keldi. Mona esa Genisga boʻlgan voqeani aytib berdi.

Mona:oyogʻim hali ham biroz ogʻriyapti. Hissiz toʻnka.

Lena:Mayli Mona siqilma arzimaydi. Ovqatlanib dars tayyorlaylik. Biroz chatgptdan

Mona:mayli shunday qilaylik

~qizlar pizza pishgandan keyin gaplashib birgalikda pizzani yeb olishdi. Soʻng Mona stol ustini yigʻishtirib oldi, Lena esa idish yuvdi. Birga darslarini tayyorlashdi va uxlashga yotishdi.


•••••

Pov Jungkook:

Yalmogʻiz boya menga aytgan gaplaring uchun javob berasan. Meni kimligimni bilmaysan shekilli. Ufff oʻzi nega bu qizni oʻylayapman. Jungkooook hayolingdan chiqar uni. Vaqti kelganda qasos olasan. Lekin...koʻzlari chiroyli edi, lablari ham. Yo hudo nimalar deyapman. Jungkook oʻzingga kel

~Jungkook ham shu hayollar bilan uxlab qoldi.


•••••

Ertasi kuni tong.

Qizlar uyqudan turishdi va nonushta qilib, kiyinib, tayyorlanib universitetga borishdi. Lena va Mona kulishib sinfiga kirishdi va joylariga oʻtirishdi. Jimin allaqachon shu yerda edi. U Monani koʻrib yana yuragi urib ketdi. Mona Avstraliyadan boʻlgani uchun talabalar orasida ingliz tili boʻyicha birinchi oʻrinda turardi. Jimin Mona bilan gaplashish uchun bahona qilib ingliz tili daftarini olib Monani oldiga bordi va gap boshladi.

Jimin

Jimin:Salom Mona. Menga yordaming kerak edi iltimos.

Mona:salom Jimin qalaysan. Albatta qanday yordam. Qoʻlimdan kelsa jonim bilan.

Jimin: haligi... ingliz tilidan ohirgi mavzuga tushunmadim. Shuni tushuntirib bera olasanmi.

Mona:ha albatta. Kel yonimga oʻtir.

~Mona Jiminga mavzuni tushuntirib bera boshladi. Ammo Jimin bunga etibor bermasdi. Chunki uning koʻzi Monaning gapirishlari, mimikalari, gapi orasida biroz tabassum qilishlari va ingichka lablari gapirayotganda qanday harakat qilishini kuzatib turgandi. Buni Mona ham payqadi va biroz uyaldi.

Mona

Mona:hoyyy Jimin men kimga kuyib pishib tushuntiryapman. Oʻzi meni eshityapsanmi. Daftaring partani ustida meni yuzimda emas. Qani bu yerga qara. Tushundingmi mavzuni.

Jimin:aaa ha tushundim. Rahmat Mona.

~Jimin rahmat aytib oʻrnidan turdi va joyiga oʻtirdi. Aslida Jimin mavzuni juda yaxshi tushungandi. Bu shunchaki Mona bilan gaplashish uchun bahona edi.

~Jimin joyiga oʻtirgandan keyin Lena Monani sekin turtdi va gap boshladi.

Lena:shu Jiminda biror gap borda. Menimcha u seni yoqtiradi.

Mona:bilmadim balki. Balki shunchaki qarashdir. Bilasan qizlarga uncha suyagi yoʻq. Deyarli babnik yigit.

Lena:ha mayli nima boʻlsa ham.

Mona:haa... Aytgancha Lena men bir ish topdim. Ofisda kotibalik. Oyligi ham yaxshi ekan. Kecha eʼlon boʻyicha roʻyhatdan oʻtgandim. Bugun kelishimni suhbatdan oʻta olsam ish boshlashimni aytishdi.

Lena:voyy zoʻrku. Omadingni bersin

Mona:Rahmat dugonajonim

Lena


Mona uyga borib tayyorlandi. Biroz make up qildi va kiyindi. Sochlarini yoyib olib suhbatga ketdi

Monaning koʻrinishi.

Mona kompaniyaga yetib keldi. Kompaniyaning tashqi koʻrinishi juda ajoyib edi. Mona sekin ichkariga kirdi va uni menejer Isoo kutib oldi.

Mona:salom xonim

Isoo:salom hush kelibsiz. Siz Hwang Onasiz shundaymi.

Mona:ha xonim

Isoo:Juda yaxshi. Iltimos shu yerda oʻtirib turing. Janob Jeonning oldida hozir odam bor. Sizni oʻzlari sinovdan oʻtkazmoqchilar

Mona:ha albatta xonim.

~Mona yumshoq divanga oʻtirdi va kuta boshladi. Taxminan 15 daqiqalardan soʻng Isoo Monaning oldiga keldi va direktor oldiga olib bordi. Eshikni taqillatib ichkariga kirdi. Ichkarida kimdir kresloda aylanib teskari qarab oʻtirgan edi.

Isoo:Javob Jeon yangi kotibani olib keldim. Suhbatdan oʻtkazmoqchi edingiz.

Jeon:ha albatta. Chiqishingiz mumkin.

Isoo:hop boladi janob.

~Isoo Monaga jilmaydi va borib oʻtirishiga ishora qilib oʻzi xonadan chiqib ketdi. Mona sekin gap boshladi.

Mona:salom janob

~kreslodagi odam oʻgirildi va ikkisi ham bir birini koʻrib hayron qolishdi. Ha bu barchangiz tahmin qilganingizdek Jungkook edi. Ikkisi bir vaqtda SEN?? deb yuborishdi.

Mona:sen toʻnka bu yerda nima qilyapsan

Jk:koʻrmayapsanmi ishlayapman. Bu mening kompaniyam.

Mona yerga qaradi va hozir Jungkook uni haydab yuboradi deb oʻylab oʻzi eshik tomon yura boshladi.

Jk:hoyy yalmogʻiz qayerga ketyapsan.

Mona:oʻzing haydamasingdan avval ketmoqchiman.

Jk:Kim aytdi senga men seni haydayman deb. Qani kel oʻtir

~Mona biroz hayron boʻldi ammo boʻrib oʻtirmadi. Jungkook esa oʻrnidan turib Monaning oldiga keldi.

Jk:sen oʻtirishni bilmaysanmi

Mona: yoqqq bilaman...haligi...mana oʻtiraman

~Mona qizarib tez tez yurib oʻtirib oldi. Jungkook bundan kulib oʻz kreslosiga borib oʻtirdi.

Jk:hoʻsh zaharxonim isming nima. Oʻzingni tanishtir.

Mona:Hwang Mona. 19 yoshdaman

Jk:Juda yaxshi Mona. Men Jungkookman. Jeon jungkook. 23 yoshdaman va shu kompaniyaning egasiman. Seni ishga olaman

Mona:Hali suhbatni boshlamadingku...haligi boshlamadingizku

Jk:menga farqi yoʻq. Sen endi shu yerda ishlaysan. Ertadan ish boshlashing mumkin. Hozir esa boʼshsan.

Mona:mayli...rahmat

~Mona oʻrnidan turdi va Jkga tazim qilib chiqib ketdi. Jk unga qarab turdi va ketganidan keyin kresloga oʻzini bor ogʻirligi bilan tashlab oʻylay boshladi.

Pov Jungkook:

Nega oʻzi uni ishga oldim. Yaqindan qaraganda juda chiroyli ekan. Kiygan kiyimi ham oʻziga juda yarashibdi. Malla sochlari...oʻzi menga nima boʻlyapti. Mona menga nimalar qilyapsan. Jungkook yoʻq oʻzingni yigʻ. Sen uni yaxshi koʻrib qola olmaysan.

Jungkook shu hayollar bilan biroz oʻtirdi soʻng oʻziga kelib ishga qaytdi. Mona esa uyga kelib Lenani oldiga yugurdi....

Mona:Lenaaa....

Mana shirinlarim keyingi qism. Oʻylimanki yoqadi❤️‍🔥