#unnoticed
Hwang xonim: Xonim sizga katta rahmat uyingizdan joy berganingiz uchun.
Jeon honim:voy nega rahmat deysan ahir 2 yildan buyon shu uyning hizmatini qilamanku. Qizing ham oʻrtada qolib charchab ketdi.
~Jeon xonim shunday deb Hwang xonimning yelkasini siladi va ortida turgan 5 yoshli mitti Monaga qaradi.
Jeon x: qizing shirin ekan. Shirin qizaloq isming nima, necha yoshdasan.
Mona(biroz erkalanib):Mona 5 yoshdaman.
Jeon x: juda yaxshi. Meni ham sen bilan teng oʻgʻlim bor. U bilan doʻstlashishni hohlaysanmi.
~Hwang xonim qizining aytgan gaplaridan biroz hijolat boʻldi. Jeon xonim esa kulib yubordi.
Hwang x: uzr xonim. U hali kichik.
Jeon x:yoʻq yoʻq hijolat boʻlma. Qanday bolaligini soʻragani yaxshidan. Mayli u bilan tanishib olasizlar
Hwang x:albatta xonim tanishib olishadi.
~Jeon xonim jilmayib bosh irgʻadi va ichkariga kirib ketdi. Hwang xonim esa qoʻrgʻon ishlari bilan band edi. Mona zerikib bogʻga chiqdi bogʻning oʻrtasi ammo hechkimni nazari deyarli tushmaydigan joyga borib oʻtirdi. Shu payt ortidan unga kimdir gapirganini eshitdi
Mona:men Monaman oʻzing kimsan.
X:mening ismim Jungkook. Kichkina Jeonman men. Bu yerda nima qilyapsan.
Mona:ha demak boyagi xonimning oʻgʻli sensan. Bugun biz bu yerga koʻchib keldik. Men hizmatchi Hwangning qiziman.
Jk:ha men sening kichik janobing ekanmanda.
~Jungkook Monaning oldiga oʻtirdi.
Jk:Mona seni Moniy deb chaqiraman.
Mona(biroz jahli chiqib mitti qolchalarini musht qildi):hoyy kichik janobim boʻlishing mumkin ammo ismimni toʻgʻri ayt. Bu menga yoqmaydi.
Jk:ammo menga yoqadi. Sen ham meni kichik Janob emas shunchaki Jungkook de.
Mona:men ham seni Kookie demayapmanku.
Mona:mayli faqat senga meni bunday chaqirishga ruhsat beraman.
Mona(oʻrnidan turib):men kettim.
~Ammo Jungkook uning yoʻlini toʻsdi.
Jk:Kel doʻst boʻlamiz. Men zerikdim men bilan oʻyna.
~Jungkook va Mona birga vaqt oʻtkaza boshlashdi. Ular qalin doʻst boʻlib qolishgan edi. Toki Janob Jeon Jungkookni amerikaga olib ketmaguncha...
~Kira kulib yigitni boʻyniga osildi va belidan aylangan baquvvat qoʻllarni his qilib jilmaydi.
Jk:seni koʻrganimdan keyin yanada aʼlo boʻldi azizam.
Namjoon:yo hudo bularni qarang. Yaxshi ham bir biringizni oldingizdasiz.
~Suga kulib Namjoonning yelkalaridan qoʻlini oʻtkazdi.
Suga:ehhhh Joon qoʻy yoshlarga halaqit berma.
Jk(jilmayib): alam qilyaptimi sevganingiz yoʻqligi.
Rm:havotir olma bizda ham bir kun boʻladi.
Kira:hoy yigitlar yetarli. ichlariga kiramizmi.
~Jungkook va Kira birinchi va ularning ortidan Rm va Suga ham klubga kirib ketishdi.
Hwang x:qizim yaxshi oʻqib keldingmi. Menga yordamlashib yubor.
~Mona onasiga yordamlasha boshladi. Kechgacha faqat qoʻrgʻon ishlari bilan band boʻldi. Hwang xonim ham yoshi oʻtgani sayin tez tez kasal boʻlyapti. Shuning uchun Mona onasini qiynamoqchi emas. U onasi dam olishi uchun barcha ishlarni oʻzi qiladi. Bugun ham huddi shunday. Bugun ishlar koʻproq edi shuning uchun Mona qattiq charchadi. Oshxonadagi ohirgi mahsulotni muzlatgichga joylab yengil nafas chiqardi va chiroqni oʻchirib hovliga chiqib oʻzining kichik shinam xizmatkorlar uyiga yoʻl oldi. Ammo Mona har doim kiradigan osha bogʻning oʻrtasidagi birinchi Jungkook bilan tanishgan joyining oldidan shunchaki oʻta olmadi. U har doim Dadasini yoki Jungkookni sogʻinsa, kimdir hafa qilsa shu yerga keladi. Charchoqdan oʻlay deyotgan boʻlsa ham u bogʻga kirib oʻtirdi va yulduzli osmonga tikilib Jungkookni oʻyladi.
Mona:qiziq mening kichik xoʻjayinim xozir nima qilayotgan ekansan. Seni sogʻindim...
~Mona shu holatda biroz vaqt oʻtirdi. Soʻng oʻrnidan turib uyiga bordi. Eshikni ochib ichkariga kirdi va xonasiga borib oʻzining yumshoq boʻlmagan ammo sevimli yotogʻiga yotdi. Koʻzlarini yumdi va tezda uxlab qoldi.
~Soat 08:05. Oppoq koʻrpaga oʻralib yotgan Jungkook budilnik ovozidan arang koʻzini ochdi. Oʻrnidan turishi kerakligini bilib turib dushga kirib ketdi va dushdan chiqib kiyimlarini alishtirib pastga tushdi. Pastda janob Jeon bilan toʻqnashdi.
Janob J:salom Jungkook. Tayyorlan bugun Koreyaga uchasan.
Jk:ammo nima uchun. Men bu yerdan ketmoqchi emasman.
Janob J:men senga nima qilishing haqida aytdim. Narsalaringni yigʻishtir.
~Jungkook mutlaqo yoʻq kayfiyat bilan avval katta zaldan soʻng butun uydan chiqib ketdi.
~Mona uygʻonib dush qabul qildi. Soʻng oʻzining qulay kiyimlarini kiyib hovliga chiqdi. Bugun uning dam olish kuni. Mona bundan judayam hursand. Chunki u kollejni yomon koʻradi. Oʻqishga qiziqmaydi. Shunchaki onasini qistovlari uchun oʻqiydi. Shuning uchun bugun uning kayfiyati aʼlo edi. Shu payt oldidan Jeon xonim chiqib qoldi. Mona Jeon xonimni koʻrishi bilan tazim qildi.
Jeon x:senga ham salom Mona. Mona oʻzi seni qidirib yurgan edim. Bugun butun uyni tozalang. Hech qaysi joy qolib ketmasin. Yuqori qavatdan bitta xona ham tayyorlang. Va oʻqishingdan 1 2 kun qola olasanmi.
~Mona oʻqishdan qolish soʻzini eshitib ichidan sevindi. Chunki u oʻqishga bormaslik uchun butun qoʻrgʻonni bir oʻzi tozalashga ham tayyor. Ammo nima uchunligi qiziq.
Mona:albatta xonim. Ammo nima uchunligini bilsam boʻladimi
Jeon x:ha ertaga Jungkook keladi.
~Mona bu gapni eshitib qotib qoldi. U shuncha yil kutgan insoni keladi. Mona Jungkookni yoshligidan unutmadi va Amerikaga ketganida unga boʻlgan sevgisi sababli hatto hech bir yigitga qaramadi va imkon bermadi.
Jeon x:ha Jungkook. Mayli Mona men xonamga chiqishim kerak. Ishingizga omad.
~Mona oʻzida yoʻq xursand edi. U jon jaxti bilan barcha ishlarni mehr bilan qildi. Ertaga Jungkookni koʻrishini oʻylab yuragida toʻfonlar boshlangandi. Mona kechasi bilan uxlay olmadi. Hayolida hali ham Jungkook edi. Ertalab hammadan erta turdi va Jungkook kelishiga barcha hizmatchilarga qoʻshilib taomlar tayyorlay boshladi. Mona uchun har bir soniya huddi asrdek oʻtayotgan edi. Ishlarini tugatib uyiga bordi. Yangi koʻylagini kiyib biroz make up qildi. Soʻng barcha bilan birga Jungkookni kuta boshladi. Albatta oshxonadagi ishlarni bajargan xolatda.
Vanihoyat Mona yillab kutgan shu onlar keldi. Katta darvozadan qora rangli mashina kirib toʻxtadi va ichidan Jungkook tushdi va ichkariga kirdi. Uni Jeon xonim kutib oldi. Jeon xonim oʻgʻlini koʻrishi bilan oʻzini uning bagʻriga otib yigʻlab yubordi. Jungkook ham jilmayib onasini quchdi.
~Jungkook onasining koʻzyoshlarini artib yana bagʻriga bosdi. Ona va bolaning necha yillik sogʻinchi. Bu juda ajoyib edi. Mona ularga tabassum bilan qarab turardi. Soʻng Jungkook Onasini bagʻridan chiqardi va yonida turgan Kirani belidan ushlab oʻziga yaqinlashtirdi. Boshida Mona Kirani Jungkookning oddiy doʻsti deb oʻylab ahamiyat bermagan edi. ammo Jungkook Kira haqida aytgan soʻzlar Monaning qulogʻi chiyillab yuragi urmaydigan darajaga kelib qolishiga sabab boʻldi.
Jk:tanishing oyi bu qiz Kira. Mening.....
Mana silani uzoq kutilgan fanfici birinchi qismi. Oʻylimanki yoqadi. Xatolar uchun uzr💗