July 28, 2025

#love_me

ep.5

~Felix sinf xonada Hyunjin bilan birga oʻtirgandi. Hyunjin telefon kavlash bilan ovora. Ammo Felixni hayoli umuman boshqa joyda edi. Felix Hyunjinni turtdi va gap boshladi.

Felix:Hyunjin sevgi qanday boʻladi.

~Hyunjin Felixga gʻalati nigoh bilan qaradi.

Hyunjin:esingni yedingmi. Qanday sevgi. Kimnidir sevib qoldingmi. U kim? Men taniymanmi? Felix hozir seni boʻgʻib qoʻyaman. Tezroq gapir.

Felix: bilmayman. Menimcha...ha. balki yoʻq. Ufff boshim ogʻrib ketdi.

~Felix uff tortib stulga bor ogʻirligini tashlab suyandi.

Hyunjin:menimcha rostdan ham sevib qolgansan. Kim u baxti qaro. Toʻgʻrisini aytsam Felix daryoda suv teskari oqyapti desa ishonaman, ammo sen yaramas bir qizni chindan sevib qolishingga ishonmayman. Shu paytgacha maktabning yarmi bilan munosabatda boʻlgan boʻlsang kerak.

Felix:eee oʻchir ovozingni. Menimcha bu shunchaki qiziqish, ha albatta qiziqish.

~Shu payt eshikdan Mona va Yuna kirib kelishdi. Yuna va Mona Chan bilan salomlashdi va Yuna Channi oldiga oʻtirdi. Mona esa Hanning oldiga borib uni yelkasidan ushladi. Han choʻchib ketdi va Monani koʻrib jilmayib qoʻl berib salomlashishdi. Buni Felix va Hyunjin kuzatib turgan edi. Felix Soojinni qidirdi ammo u yoʻq. Shunda Monani oldiga borib qoʻlidan ushladi. Mona choʻchib ketdi va Felixga qaradi.

Mona:Felix? Salom yaxshimisan. Tinchlikmi?

Felix:salom Mona ha yaxshiman haligii....Soojin. Soojin qani?

Mona:Soojin uyda qoldi. Tongda ogʻriq yana kuchaydi, maktabga bora olmayman dedi.

~Felix bu gaplarni eshitib yuragi urib ketdi. U Soojinga uni deb qattiq zarar yetishidan qoʻrqqandi. Felix biroz oʻylanib turdi va eshik tomon yugurib ketdi. Mona va Han ham uning ortidan hayron qarab qolishdi. Boshqa Tomonda Hyunjin ham nima boʻlganiga tushunmay qarab qolgandi.

Mona:yo hudo esini yeganmi bu. Qayerga ketdi endi.

~Mona oʻziga oʻzi gapirib song Hanga qaradi. Hanning koʻzi esa allaqachon Monada edi. Mona Han bilan koʻzlari toʻqnashgandan soʻng jilmaydi. Bu esa Hanning yuragida nimalarnidir uygʻotdi.

Mona:oldingizga oʻtirsam maylimi Janob Jisung.

~Han Monaning gaplaridan kulib yubordi.

Han:albatta Jeon xonim. Marhamat

~Mona ham jilmayib Hanning oldiga oʻtirdi. Ammo uni kuzatib turgan yana bir insonni sezmadi. Yani Hyunjinni. Hyunjin Ularga gʻalati qarab turardi. Ammo nima uchunligini oʻzi ham bilmas edi. Han va Mona kulishib gaplashib oʻtirishar edi. Mona Hanning hazillariga kulib uning yelkasidan turtib qoʻyardi. Han esa Monaga ichidagi boshqarib boʻlmas hissiyoti bilan kulib qarayotgan edi. Hyunjin boshqa chiday olmadi va oʻrnidan turib Mona va Hanni oldiga borib Monani bilagidan qattiq ushladi. Mona Hyunjinga hayron qaradi.

Mona:Hyunjin qoʻlimni qoʻyib yubor. Aqling joyidami.

Hyunjin:oʻrningdan tur.

Mona:nima uchun.

Hyunjin:senga tur dedim.

Mona:nega buyruq beryapsan. Hohlamayman.

~Mona bilagini Hyunjinni qoʻlidan chiqarib olmoqchi boʻldi. Ammo Monaning kichik bilagi Hyunjinni katta kaftidan qutulish uchun yetarli kuchga ega emas edi.

Hyunjin:seni boshimga ham urmayman. Loyiha ishini tayyorlashimiz kerak. Seni deb ayni bitiruvga yaqin bahoyimni toʻgʻrilash uchun ustoz ortidan yugurmoqchi emasman. Shuning uchunmi ovozingni oʻchir va yonimga oʻtir.

Mona:hop faqat bilagimni qoʻyib yubor. Oʻzim yura olaman.

~Mona bilagini olishga urinardi. Ammo negadir Hyunjinga bu bilaklarni ushlab turish yoqayotgandi. Lekin boshqa iloji ham yoʻq. Hyunjin hohlamay Monani bilagini boʻshatdi va oʻz stuli tomon yura boshladi. Mona ham Hyunjinga ensa qotirib narsalarini yigʻishtirdi. Soʻng Hanning yelkasiga qoʻlini qoʻydi.

Mona:Han uzr soʻrayman. Hyunjinni koʻrdingku.

Han:hechqisi yoʻq. Bemalol oʻtiraver ahir sababi borku.

Han


~Mona Hanga yana jilmaydi va Hyunjinni oldiga borib oʻtirdi. Avval bu stulda Felix oʻtirgani uchun Hyunjinning stuli bilan orasidagi masofa juda qisqa edi. Mona stulini Hyunjindan uzoqlashtirdi va unga qaradi.

Mona:tayyorlanamizmi.

Hyunjin:ha...

~Hyunjin va Mona birgalikda loyiha ishini tayyorlashni boshlashdi. Dars boshlanishiga hali 10 daqiqacha vaqt boʻlgani uchun ular loyihaning ogʻzaki senariysini tuzib olishga ulgurishdi. Maktab qoʻngʻirogʻi chalindi va oradan 1 daqiqa oʻtar oʻtmas ustoz So xonaga kirdi va dars boshladi...

Hyunjin
Mona

Timeskip➡️

~Felix maktabdan uchib chiqdi va oʻzining mashinasini tunda boʻlgan baxtsiz xodisadan keyin ustaxonaga tashlagani uchun taksi toʻxtatib dorixonaga bordi. U yerdan ogʻriq qoldiruvchi tabletkalar, mazlar va yana bir necha hil dorilar olib Soojinni oldiga bordi. Soojin bu payt uyda dorama koʻrib oʻtirgan edi. Birdan eshik taqilladi.

Soojin:qiziq bu payt kim boʻlishi mumkin. Qizlar hali kelmaydi. Dars vaqti tugamagan.

~Soojin oʻrnidan turib devorni ushlab bir amallab eshini oldiga bordi va ochdi. Eshi tashqarisida havotir aralash nigoh bilan Felixni koʻrdi va hayratdan koʻzlari kattalashdi.

Soojin:sen?! Bu yerda nima qilyapsan. Nega darsda emassan.

Felix:sendan havotir oldim. Ahvoling yaxshimi. Dorilar olib keldim. Maktabga bormaganing uchun seni koʻrgani keldim.

Soojin:Felix nega bunday qilasan. Darsdan nega qochding. Darsdan keyin kelsang ham boʻlar ediku. Ehhhh yaramas bola. Mayli boraqol

~Felix jilmaydi va ichkariga kirib Soojinni koʻtarib oldi.

Felix:bilaman hozir meni qoʻyib yubor deb asabimga tegasan. Oʻzing yurishing mumkin emas.

~Felix Soojinni ichkariga olib kirdi va divanga oʻtqizib oyogʻiga maz surta boshladi...

Felix

Timeskip ➡️

~Barcha oʻquvchilar ustozga quloq solib oʻtirardi. Baʼzilaridan tashqari. Va bu baʼzilar orasida Yuna, Chan, Hyunjin va Han ham bor edi. Yuna va Chan birga pichirlashib suhbatlashib oʻtirishar edi. Yuna Channi yoqtirib qolgandi. Shuning uchun Chan bilan suhbatlashishdan zerikmas edi. Uning tabassumini, kulganida lablariga qoʻshilib jilmayadigan jigarrang koʻzlarini kuzatib charchamas edi. Han esa bir insondan koʻzini uzmay toʻkilayotgandi. Ozi hohlasa ham koʻzlari unga boʻysunmay, koʻrgisi kelayotgan goʻzallik uchun talpinayotgandi. Yuragida esa rashkga oʻxshash gʻalati his yonayotgandi. Hyunjinda ham huddi shunday. Muammo shunda ediki bu ikki yigit termulayotgan inson aslida bitta odam yani Mona edi. Mona ularni payqamay bor eʼtiborini darsga qaratgandi. Hyunjin zerikdi va Mona bilan gaplashish uchun bahona qidira boshladi.

Hyunjin:Mona

Mona:hmm?

Hyunjin: oʻyin oʻynaymizmi.

Mona:mayli. Qanday oʻyin

Hyunjin: haqiqat yoki jasorat.

Mona:kelishdik. Birinchi men. Tanla haqiqat yoki jasorat

Hyunjin:mm..haqiqat

Mona:yaxshi...kimni sevasan.

Hyunjin:nimaa? Haligi...men hech kimni...

Mona:aldama..

Hyunjin: rostdan hech kimni

~Mona Hyunjinga gʻalati kulib qaradi

Mona:mayli endi men. Menga ham haqiqat

Hyunjin: eng katta siring nima

~Mona oʻylanib qoldi. Mona sirini Hyunjinga aytgisi kelmadi. Chunki unga toʻliq ishonmaydi.

Mona:ayta olmayman. Mayli shart bera qol

~Hyunjin bundan jilmaydi. Chunki Hyunjinga ham bu kerak edi. Hyunjin Nimaga yaqinlashdi va qulogʻiga shivirladi.

Hyunjin:Mona...seni tatib koʻrgim kelyapti...

~Hyunjin shunday deb Monaning qulogʻiga kuldi va sekin lablarini bosdi song uzoqlashdi. Mona bu holatdan shok holatda edi. Han ham ularning yaqinligini koʻrdi va Yuragi qattiq yonib ketdi. Hyunjin bu ishni ataylab qilgan edi. Chunki Hyunjin Ham Monani kuzatayotganini sezgandi va rashk qilgandi. Mona vanihoyat oʻziga keldi va Hyunjinni koʻksiga bir urdi.

Mona: Hoy bu nima qilganing.

Hyunjin:shirin ekansan.

Mona:oʻchir ovozingni. Meni hech bir yigit hali oʻpmagandi. Seni nima haqqing bor men oʻpishga.

~Hyunjin Monani gaplarini eshitib hayron qoldi.

Hyunjin: rostdanmi

Mona:ha. Yaramas

~Mona Hyunjinda hafa boʻlib teskari qarab oldi. Hyunjin esa Monaga tikilishda davom etdi. Endi u Monani rostdan oʻziniki qilishni oʻylayotgandi. Tahminan 10 daqiqadan keyin dars tugadi va tanaffus boʻldi. Mona Hyunjin qilgan ishini oʻylab kayfiyatsiz oʻtirgan edi. Han esa koʻksida vulqon kabi porlayotgan rashkdan yonib oʻtirgandi. U boshqa chiday olmadi. Oʻrnidan turib Momani oldiga bordi va qoʻlidan ushlab hechnarsa demay tez tez yurib xonadan olib chiqib ketdi....

Timeskip ➡️

Felix Soojin bilan birga qolgandi. Chunki uni bu ahvolda yolgʻiz qoldirgisi kelmagandi. Felix Soojin bilan birga dorama koʻrib oʻtirgandi. Doramaning kiss joyi keldi va Soojin buni koʻrib uyalib koʻzini olib qochdi. Felix esa aksincha televizordagi boʻsani koʻrib yuragi urib ketdi va Soojinga qaradi. Soojinni pushti rang lablariga koʻzi tushdi va Soojinni oʻziga ikki yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi va ...........

Silani uzoq kuttirib vanihoyat yozib boʻldim. Endi mani hafa qimela🩷