#serenade_of_silence
Jungkook eshikni qarsillatib yopib Monani eshikka tiradi. Mona qorqib ketdi. Chunki u erkaklar bilan avval bunday yaqinlikda boʻlmagan. Jungkook Monaga yuzini yaqinlashtirdi va koʻzlariga termuldi. Jungkookning qaynoq nafasi Monaning yuziga urilib, yanoqlarini kuydirayotganday edi goʻyo. Mona moʻltirab Jungkookga qarab turardi. Jungkook undan koʻzlarini uzmay qatiy ovoz bilan gapirdi.
Jk: senga mumkin emas. Chunki sen menga tegishlisan.
Mona:s..sizga tegishliman..?? Bu nima deganingiz.
Jk:Mona senga bu gaplarni aytmasam boʻlmaydi. Men seni sevib qoldim. Seni Yeonjun bilan koʻrganda yuragimda portlagan rashk vulqonining qaynoqligini, bu rashkli lava qalbimni qanday kuydirayotganini his qilganingda edi. Seni boshqa yigit bilan koʻrish uyoqda tursin, boshqasi seni hayolida tasavvur qilsa qizgʻonaman. Hatto oʻzimdan qizgʻonaman seni. Mona iltimos menga imkon ber. Seni shoshirmayman yaxshilab oʻylab koʻr.
Mona:Jungkook... men haligi...
~Jungkook Monani gaplarini eshitmay, yuzini Monaning boʻyniga koʻmdi.
Jk:Mona iltimos birozgina ruhsat ber. Ozginagina...bir daqiqaga.
~Mona shok holatiga tushib qolgandi. Jungkook uning indamayotganini rozilik alomati deb oʻylab, boʻynidan chuqurroq hidladi. Mona esa qaltirab koʻzlaridan sekin yosh oqayotgandi. Monaning koʻzyoshi jungkookni boʻyniga tushganida Jungkook Mona yigʻlayotganini his qildi va tezda yuzini Monaning boʻynidan olib yuziga qaradi.
Jk: Mona kechir, kechir meni. Yigʻlama iltimos. Seni hafa qildimmi.
~Jungkook Monaning koʻzyoshlarini muloyimlik bilan artib, Monaga termuldi.
Jk:oʻzingga kelib oldingmi. Nega yigʻlaganingni ayta olasanmi.
Mona:haligi...menda bunday hislar birinchi marta. Men avval erkaklar bilan bunday yaqinlikda boʻlmaganman. Jungkook iltimos qoʻyib yuboring.
~Jk Monaning gaplarini eshitib undan sekin uzoqlashdi. Mona esa eshikdan tez chiqib ketdi.
Mona men oʻylaganimdan ham pok qiz ekan. Men uni qanday boʻlmasin oʻzimniki qilaman. U meniki boʻladi. Seni koʻndiraman Monashim.
~Jungkook shu hayollar bilan tirjayib kreslosiga oʻtirdi. U Mona unga yaqin turganda qanday titraganini, lablarini, shirin hidini eslab tinmay tabassum qilardi.
~Mona esa eshikdan chiqishi bilan ayollar xonasiga bordi va oynaga qarab chuqur nafas oldi.
Mona:u nimalar dedi. Yo hudo men endi uning koʻziga qanday qarayman. Esi joyidami oʻzi bu yigitni tavba... Boʻldi Mona oʻzingga kel. Ishga qaytishing kerak
~Mona oʻziga oʻzi dalda berdi va oʻzini tartibga keltirib ayollar xonasidan chiqdi va ishga qaytdi.
Allaqachon kech boʻlgan ammo Mona Hali ham ishlayapti. Chunki Jungkook ataylab unga koʻp vazifa bergandi. Soat 21:24 Mona vanihoyat ishini bitirdi va jungkookni oldiga kirdi. Boya boʻlgan ishni hal ham oʻylayotgan va undan anchagina uyalayotgandi.
Mona:Janob Jeon hujjatlarga imzo qoʻyib berasizmi.
Jungkook: albatta Mona olib kel.
~mona hujjatlarni tez olib bordi va oʻzi undan uzoqlashdi. Koʻzlari esa Jungkookga qaramaslik, u bilan toqnashmaslik uchun butun xonani aylanib chiqdi. Jungkook hujjatlarga imzo qoʻyib berdi. Mona esa tez hujjatlarni olib xonadan oʻqday uchib chiqib ketdi. Jungkook uning ortidan kulib qarab qoldi va oʻrnidan turdi. Mona ish joyiga borib sumkasini oldi va Jungkook kobinetidan chiqib uning oldiga keldi
Jungkook:soat tungi 10 boʻlyapti. Bu paytda qiz bola bir oʻzi koʻchada yurishi hatarli. Seni oʻzim tashlab qoʻyaman
Mona:kerak emas oʻzim yetib olaman
Jungkook:eʼtirozlar qabul qilinmaydi. Men bilan ketasan
~Jungkook shunday deb yurishni boshladi. Mona esa jahl bilan uning ortidan yurdi. Chunki u bilardi agar yoʻq desa Jungkook uni majburlab boʻlsa ham oʻzi olib borishini va unga har qanaqasiga kuchli yetmasligini.
Ular mashinaga oʻtirishdi. Jungkook haydovchi oʻrindigʻiga, Mona esa old oʻrindiqqa. Yoʻlda sukunat hukm surardi. Mona Jungkook qilgan ishi uchun hafa edi Jungkook esa Monaga qarab qarab qoʻyardi ammo gapirolmasdi. Shu payt Monaning telefoni jiringladi. Bu Jimin edi.
📱Jimin:Salom Mona ahvoling yaxshimi
Mona:salom Jimin ha yaxshiman rahmat. Oʻzing qalaysan.
📱Jimin:men ham yaxshiman rahmat. Haligi Mona ertaga oʻqishga kelasanmi
📱Jimin:Darsdan keyin vaqting qanday
Mona: ertaga dam olish kunim vaqtim bor.
📱Jimin:unda ertaga sen, men, Lena va Yoongi sayrga boramiz.
Mona:mayli boramiz. Ertaga yana maslahatlashamiz
📱Jimin:yaxshi unda yaxshi dam ol. Ertagacha
~Mona goʻshakni oʻchirdi. Jungkook esa rashk bilan yonayotgandi.
Jk:kursdoshing bilan shunday gaplashasan mi.
Mona:qanday gaplashay. Oddiy gaplashyapmizku.
~Jungkook mashinani birdan toʻxtatdi va Monani qoʻlidan ushlab unga yaqinlashdi.
Jk:Mona iltimos meni rashkim bilan oʻynashma. Gaplarimni oʻylab koʻrdingmi
~Mona qoʻrqib ketib Jungkookga qarab qoldi.
Jk:Mona menga bir marta imkon ber. Seni chindan sevib qoldim. Soʻz beraman hech kim seni hafa qila olmaydi. Baxtli qilaman seni. Men sevgiga ishonmasdim, toki seni koʻrmaguncha.
Jk:tshhh gapimni boʻlma. Birgina ha de yetarli. Qolganini menga qoʻyib ber. Nima istasang barchasini bajaraman. Faqat meniki boʻl. Agar yoʻq desang ham seni oʻgirlab ketib boʻlsa ham oʻzimniki qilaman. Chunki yoshligimdan men nimani hohlasam u meniki boʻlgan.
~Mona oʻylanib qoldi. Aslida uning ham yuragini tub tubida Jungkook nisbatan qandaydir hislar bor edi.
~Jungkook quvonib ketdi va Monani qattiq quchib oldi. Mona uning katta bagʻrida qisilib oldi.
Mona(biroz kulib): Jungkook...oʻldirib qoʻyasiz hozir...
~Jungkook ham bundan kulib yubordi va Monani boʻshatdi. Ammo butunlay qoʻyib yubormadi. Monaning sochlariga lablarini bosdi.
Jk:menikisan. Faqat menikisan.
~Soʻng Jungkook Monani butunlay boʻshatdi va lablariga yaqinlashdi. Ammo Mona lablarini kafti bilan yopib oldi. Jungkook hayron boʻldi.
Mona:men hali tayyor emasman...
~Jk jilmaydi va Monaning kaftlari ustidan labini bosdi va toʻgʻri oʻtirdi.
Jk:mayli mittivoyim ammo tez kunda lablaringni oʻzimniki qilaman.
Mona:heyyy Jungkook suyulmang.
Jk(jilmayib):mayli mayli. Endi qoʻlingni ber.
Mona:Jungkook juftlik boʻlganimizga hali 5 daqiqa ham bomadi. Hali bu ishlarga juda erta emasmi.
Jk:sen nima desang shu. Ammo unutma ertami kechmi shunday kun keladiki hohlasang ham mendan qutula olmaysan.
~Mona biroz qizarib indamadi va oynaga boshini qoʻyib oldi. Jungkook kulib mashinani yana oʻt oldirdi. Soʻng Monani uyiga olib bordi. Mona mashinadan tushdi, Jungkook ham uning ortidan tushdi va Monaning oldiga keldi.
Mona:mayli yaxshi yetib oling. Men ichkariga kiray.
~Jungkook Monaning peshonasiga lablarini bosdi va jilmaydi.
Jk:mayli boraqol kichkintoyim. Yaxshi dam ol.
Mona:siz ham yaxshi dam oling.
~Mona kulib uyga kirib ketdi. Jungkook ham uning ortidan uyga kirib ketgunicha kuzatib turdi. Soʻng u ham mashinasiga oʻtirib uyga ketdi. Yoʻlda Taehyungga qoʻngʻiroq qildi. Tae telefonni oldi.
📱Tae: Kook ohirgi vaqtda seni toming ketyapti bilyapsanmi. Nega kech boʻlganda qoʻngʻiroq qilyapsan.
Jk:Men Monaga barchasini aytdim.
📱 Tae:rostdanmi. U nima dedi. Yuzingga bir tushirdimi.
Jk:yoʻq albatta. U rozi boʻldi
📱Tae:ohhhh jigarim tabriklayman. Endi seni ham sevgan qizing bor.
Jk:rahmat. Senga ham qiz topish kerak. Mendan katta boʻlsang ham sevgan qizing yoʻq. Mendan oʻrnak olsang boʻlmaydimi.
📱Tae:yo hudo bu aqlliga qarang. Seni bir sevganing boʻlmasin ekan. Mayli hazil hazil bilan, tabriklayman.
Jk:rahmat. Mayli Har yoʻlda edim. Eng yaqinim boʻlganing uchun senga buni aytishga qaror qildim
Oradan 1 hafta oʻtdi. Ishda ham Mona uyalib Jungkookga boshliliday muomala qilardi. Jungkook esa teskarisi. U Monani tez tez sogʻinib xonasiga chaqirib ishlashiga qoʻymasdi. Bugun ham huddi shunday. Isoo Monaning oldiga keldi
Isoo:Mona seni Janob Jeon chaqiryapti. Shu kunlarda Janob Jeon seni juda koʻp chaqiryapti.
Mona:haaa...haligi men ham bilmayman. Mayli oldiga kiraychi.
~Mona oʻrnidan turib Jungkookni kobinetiga kirdi. Jungkook Monani koʻrishi bilan hursand boʻlib ketdi. Mona Jungkookni oldiga yurib bordi.
~Jungkook tirjayib oʻrnidan turdi va....
Sila uchun ep.4. yoqadi degan umiddaman. Kechikib ketdi bilaman shundayam keyingi qismi uchun reaksiya va fikrlani ayamela😅❤️🔥