#love_me
Felix Soojin bilan birga qolgandi. Chunki uni bu ahvolda yolgʻiz qoldirgisi kelmagandi. Felix Soojin bilan birga dorama koʻrib oʻtirgandi. Doramaning kiss joyi keldi va Soojin buni koʻrib uyalib koʻzini olib qochdi. Felix esa aksincha televizordagi boʻsani koʻrib yuragi urib ketdi va Soojinga qaradi. Soojinni pushti rang lablariga koʻzi tushdi va Soojinni ikki yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi va unga yaqinlashdi. Soojin esa shok holatiga tushib qoldi va orqaga tisarila boshladi. Soojinni ohirgi manzili divanning yon tomoni boʻldi. Felix Soojinni ozi va divan oʻrtasiga qamadi va yuzini unga yaqinlashtirib koʻzlariga qaradi.
Soojin:F..fe...Felix nima qilyapsan.
Felix:Soojin ozginagina. Boshqa chiday olmayman
~Felix shunday deb Soojinni lablariga sekin oʻzining lablarini tekkizdi va sekinlik bilan boʻsa ola boshladi. Soʻng boʻsani chuqurlashtirdi. Soojin esa avval qotib qoldi soʻng Felixni itara boshladi. Felix Soojinni ikki bilagini bir qoʻli bilan ushladi. Ikkinchi qoʻli esa Soojinni belidan aylanib uni oʻziga yaqinroq tortdi. Keyin lablarini ozod qildi va yuzini Soojinni boʻyniga koʻmib iforidan chuqur hidlab koʻzlarini yumdi.
~Soojinning oshqozonida kapalaklar uchayotgandi. Chunki unda avval bunday hislar boʻlmagan. U Felixni yaqinligidan misoli yonib ketay derdi. Ikki yuzi huddi pamidordek qib qizil. U bu noqulaylikdan qutilish uchun Felixni itarmoqchi edi ammo Felixning baquvvat qoʻllaridan oʻzining bilaklarini boʻshata olmadi.
Soojin:Felix...bu nima qilganing...qoch
~Felix boshini koʻtardi va Soojinning burniga burnini tekazdi. Soʻng shivirlagan ovozda gapira boshladi.
Felix:bilasanmi Soojin kelganingdan beri hayolimdasan. Men sengacha juda koʻp qizlarni koʻrganman va munosabatda boʻlganman. Ammo sen boshqachasan. Sen meni oʻzingga tortasan. Seni oʻzimniki qilishni hohlayman. Eshityapsanmi Soojin. Faqat meniki boʻlishingni hohlayman. Faqat va faqat meniki. Senga telbalarcha oshiq boʻldim. Toʻgʻri men playboyman. Juda koʻp qizlar bilan munosabatda boʻlganman. Ammo sen uchun oʻzgarishga tayyorman. Hohlasang boshqa qizlar bilan hatto qoʻl berib koʻrishmayman. Faqat sen hop de. Meniki boʻl. Men seni baxtli qilishga vaʼda beraman. Senga yaqinlashganimda yuragim daxshatli darajada tez uradi. Bu koʻzlar, bu lablar, bu qoshu-kipriklar doim meni telba qiladi. Soojin men seni sevaman. Seni jonimdan ortiq sevaman. Iltimos men bilan munosabatda boʻl.
~Soojin bu gaplarni eshitib tosh qotdi. Aslida unda ham Felixga nisbatan qandaydir hislar bor edi ammo Felix uni sevmaydi deb oʻylardi. Soojin indamadi. Toʻgʻrirogʻi yuragidagi misoli dostonday uzun boʻlgan gaplarni Felixga aytolmadi. Boʻgʻzidan hatto tovush ham chiqmadi. Felixning koʻzlari esa Soojinni koʻzlaridan uzilmadi.
Felix:Soojin iltimos javob ber. Mayli agar hohlasang oʻylab ol. Men seni shoshirmayman. Seni hatto asrlab kutishga tayyorman. Soojin... maylimi.
Soojin:Felix...iltimos ket. Men oʻylab olishim kerak. Oʻzimga kelib olay. Iltimos ket.
Felix:hop ketaman. Oʻzingni ehtiyot qil mittivoyim.
~Felix Soojinni koʻzlari ustidan sang lablaridan sekin oʻpdi va oʻrnidan turib eshik tomon yurdi va uydan chiqib ketdi.
Han oʻrnidan turib Monani oldiga bordi va qoʻlidan ushlab hechnarsa demay tez tez yurib xonadan olib chiqib ketdi. Mona hayron boʻldi va uni sudragudek olib ketayotgan Handan bilagini ozod qilishga harakat qildi. Ichkarida esa Hyunjin bu vaziyatni koʻrib ichidagi notanish his tuygʻu bilan qolgandi. Han Monaning bilagini shunchalik qattiq ushlagani uchun Mona chiday olmadi.
Mona:Haaan nima qilyapsan? Bilagim ogʻriyapti ahir. Esingni yedingmi. Qoʻyib yubor meni. Hoy Haannnn
~Han indamadi va Monani zinadan pastga yani birinchi qavatga sudray boshladi. Hanning tez qadamlariga Mona zinada yetib ola olmadi va oyogʻi toyib beton zinaga tizzasi bilan yiqildi va tizzasini jarohatlab oldi. Han esa bunga etibor bermay yana Monani tortib turgʻizdi va zinaning ostiga olib tushib uni itarib devorga tiradi. Mona allaqachon yigʻlashni boshlagandi. Bilagidagi, tizzasidagi ogʻriq va Hanning birdan bunday qilgani uchun.
Han:yigʻlama Mona. YIGʻLAMA! Nega yigʻlaysan. Jin ursin nimalar qilyapsan? aaa ayt nimalar qilyapsan oʻzi? Nega? nega Hyunjin senga bunchalik yaqin. Tushuntir menga nima uchun? GAPIRR!! NIMA UCHUN!!!
~Han soʻnggi soʻzlarini baqirib aytdi va Monaning yon tomonidagi devorga musht tushurdi. Mona bundan sakrab tushdi va yigʻisi battar kuchaydi.
Mona:nima istaysan mendan? Nega bunchalik qoʻpollik qilib meni hafa qilyapsan. Hyunjin shunchaki sinfdoshimimiz. Men u bilan nima uchun oʻtirmoqchi ekanligimni senga aytdim. Bu shunchaki loyiha uchun. Va senga nima oʻrtamizda nima boʻlishi. Sen meni doʻstim va sinfdoshimsan Han. Ammo bu degani men bilan hohlaganingni qilasan degani emas...
~Hyunjin xonada oʻtira olmadi. Uning hayoli Mona va Handa edi. U boshqa chiday olmadi va katta katta qadam tashlab sinfdan tashqariga chiqib atrofga qaray boshladi. Zinaning oldiga yaqin kelganida esa Monaning yigʻi aralash ovozini eshitib zinadan uchib tushdi va Zinaning ostiga qaradi. U yerda Monaning yigʻlayotganini Han unga baqirib gapirayotganini koʻrib jahli chiqib ketdi. Ular tomon tez bordi va Hanni itarib yubordi.
Hyunjin:Han Jin ursin seni. Nimalar qilyapsan. Nega uni yigʻlatyapsan.
~Mona hozir uni Hanni qoʻlidan olib chiqa oladigan yagona inson Hyunjin ekanligini sezardi va Hyunjinni ortiga biroz yurdi. Hyunjin ortiga qaradi va Monaning koʻzyoshlarini artdi.
Hyunjin:tshhh Mona yigʻlama...yetarli yigʻlama. Yur men seni olib ketaman. Yaxshimi?
~Mona bosh chayqadi va Hyunjin karidor tomon burildi. Ammo Han qoʻyib yubormadi. U Monaning bilagidan mahkam ushlab oldi. U ushlagan bilagi biroz oldin uni sudrab olib kelganda qizarib qolgan bilagi edi. Mona bilagida turgan ogʻriq sababli yura olmadi.
Mona:aay Han...ogʻriyapti qoʻyib yubor iltimos.
~Hyunjin ortiga qaradi va Hanning yana boshlayotganini koʻrib Monaning bilagini Handan yulib oldi.
Hyunjin:jin ursin. Qoʻlingni unga tekkazma tushunarlimi.TEGMA UNGA!
~Hyunjin qahrli nigohi bilan Hanga qaradi. Soʻngra Monaning bilagiga qaradi. Uning bilagidagi qizarishlarni koʻrib asabi chiqib ketdi. Va shu payt koʻzi Monaning qonayotgan tizzasiga tushdi. Hyunjin oʻylab oʻtirmay Monani koʻtardi va oʻzi bilan olib ketdi. Uni toʻgʻri maktab tez tibbiy yordam koʻrsatish xonasiga olib bordi...